

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.08.2014
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-242865" id="onLBC-242865">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6097"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-242865" id="onLS-242865">[<b>TSZ:</b><div id="LS3684"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-455512" id="-455512">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-455513" id="-455513">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-455514" id="-455514">OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-455516" id="-455516"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2445194" id="-2445194">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-2438871?ONDATE=11.08.2014 00#-2444549">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455517" id="-455517">Oʻzbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi paytida jamoat xavfsizligini taʼminlash va tartibni muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455518" id="-455518">1. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish <a href="/ru/acts/-242865#-455528">qoidalari </a>ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455519" id="-455519">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455520" id="-455520">ommaviy tadbirlar oʻtkazishga moʻljallangan obyektlar roʻyxatini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455521" id="-455521">ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari boshchiligida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qilish komissiyalari tashkil etsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455522" id="-455522">3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish <a href="/ru/acts/-242865#-455528">qoidalarini </a>buzganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455523" id="-455523">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-455524" id="-455524">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-455525" id="-455525">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-455526" id="-455526">2003-yil 13-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-455527" id="-455527">15-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-455528" id="-455528"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-455529" id="-455529">Vazirlar Mahkamasining 2003-yil<br />13-yanvardagi 15-son <a href="/ru/acts/-242865#-455512">qaroriga</a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-455534" id="-455534">Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1017234" id="-1017234">qoidalari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-455536" id="-455536"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-455539" id="-455539">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455541" id="-455541">1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlarni oʻtkazish paytida jamoat xavfsizligini taʼminlash va tartibni muhofaza qilishga qaratilgan hamda ommaviy tadbirlar oʻtkazish tartibini va ular qatnashchilari munosabatlarini tartibga soladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455542" id="-455542">2. Mazkur Qoidalar maqsadlari uchun koʻngilochar, teatr-tomosha, konsert, sport, reklama dasturlari va boshqa dam olish dasturlarini, shuningdek kamida 100 kishi ishtirokida umumxalq, diniy, professional bayramlarni oʻtkazish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq va yopiq inshootlarda, maydonlarda, binolarda va boshqa joylarda tashkil etiladigan kishilarni toʻplash ommaviy tadbir deb eʼtirof etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455543" id="-455543">3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tashkilotchilari boʻlishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455544" id="-455544">4. Quyidagilar: tashkilotchilar, artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutilgan tomoshali chiqishlarni (harakatlarni) bevosita amalga oshiruvchi boshqa shaxslar hamda tomoshabinlar ommaviy tadbirlar qatnashchilari hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455546" id="-455546">5. Ommaviy tadbirlar roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan bunday maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan joylarda, tegishli ruxsatnoma olingandan keyin oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455548" id="-455548">6. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455550" id="-455550">respublika (Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun) ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455551" id="-455551">viloyat va shahar (Toshkent shahri uchun) ahamiyatiga ega boʻlgan tadbirlarni oʻtkazish uchun — viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455552" id="-455552">tuman (shahar) ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga — tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455553" id="-455553">Xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455554" id="-455554">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma olish talab etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455555" id="-455555">7. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma berish masalalarini koʻrib chiqish va ular ustidan nazoratni amalga oshirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini nazorat qiluvchi komissiyalar tashkil etiladi (keyingi oʻrinlarda matnda “Komissiyalar” deb yuritiladi). Komissiyalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari boshchilik qiladi. Komissiyalar tarkibiga Ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy organlari va boshqa manfaatdor muassasalar va tashkilotlarning vakillari kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455556" id="-455556">Komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimlar tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455557" id="-455557">8. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibi muhofaza qilinishini va xavfsizlikni taʼminlash ichki ishlar organlari tomonidan budjet mablagʻlari, shuningdek xayriya va diniy maqsadlarda oʻtkazilayotgan tadbirlar hisobiga pulli-shartnoma asosida amalga oshiriladi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan tashkil etilayotgan ommaviy tadbirlar bundan mustasno. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-455558" id="-455558">II. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma berish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455562" id="-455562">9. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga ruxsatnoma olish uchun tashkilotchilar ommaviy tadbir oʻtkazishning moʻljallangan sanasidan kamida bir oy oldin tegishli komissiyalarga ariza bilan murojaat etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455564" id="-455564">Arizada:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455568" id="-455568">a) yuridik shaxsning nomi va manzili, vakolatli shaxsning lavozimi koʻrsatilgan holda familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotchi-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455571" id="-455571">b) kamida ikkita muloqot telefoni raqami;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455574" id="-455574">v) tadbirning nomi, maqsadi va shakli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455577" id="-455577">g) tadbir oʻtkaziladigan sana, joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455581" id="-455581">d) tadbir boshlanishi va tamom boʻlishi vaqti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455584" id="-455584">e) qatnashchilarning moʻljallanayotgan soni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455586" id="-455586">j) tashkilotchilarning tadbir qatnashchilari xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish yuzasidan majburiyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455589" id="-455589">z) ariza berilgan sana, tashkilotchilarning imzolari koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455591" id="-455591">10. Ariza bilan bir vaqtda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455595" id="-455595">a) foydalaniladigan texnik vositalar koʻrsatilgan holda tadbirlar dasturi (sahna maydonchasi, ovozni kuchaytirish, elektr manbai, chiroqlar bilan bezash, tozalash vositalari va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455598" id="-455598">b) obyektning tadbirni oʻtkazishga tayyorligi toʻgʻrisida inshoot maʼmuriyatining maʼlumotnomasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455601" id="-455601">v) agar ommaviy tadbirni oʻtkazish faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan taqdirda faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455605" id="-455605">11. Tadbir oʻtkazish toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar komissiya tomonidan 10 kun mobaynida koʻrib chiqiladi. Komissiya koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ommaviy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat berish yoxud sabablarini koʻrsatgan holda ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Komissiya qarorining nusxasi tashkilotchilarga qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455608" id="-455608">12. Ommaviy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilgan taqdirda tashkilotchilar rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ruxsat berish toʻgʻrisidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqlidirlar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2083432" id="-2083432"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2083433" id="-2083433">Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani qayta koʻrib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2083434" id="-2083434">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli <a href="/ru/acts/-2076839?ONDATE=01.11.2012 00#-2077076">qaroriga</a> asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455609" id="-455609">Komissiyaning ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi organlarga yoxud sudga shikoyat qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455611" id="-455611">13. Ommaviy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat olingandan keyin tashkilotchi oldindan, biroq tadbir boshlanishidan 10 kundan kechikmay, ichki ishlar hududiy organlarini yozma ravishda xabardor qilishi hamda jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi toʻgʻrisida shartnoma tuzishi zarur. Bildirishnomaga jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash uchun ajratilayotgan mablagʻlar koʻrsatilgan holda ruxsatnoma, tadbirlarni oʻtkazish dasturi ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455612" id="-455612">Ommaviy tadbir oʻtkazishda jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ichki ishlar hududiy organlarining xizmatlari haqi tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi. Jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni amalga oshiruvchi shaxsiy tarkib xizmat uchun zarur boʻlgan maxsus va texnik vositalar bilan ichki ishlar hududiy organlari tomonidan taʼminlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455614" id="-455614">14. Ommaviy tadbir oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish hamda jamoat tartibi muhofazasi va xavfsizlik taʼminlanishi toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi ommaviy tadbir oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-455617" id="-455617">III. Ommaviy tadbirlar oʻtkazilishiga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455618" id="-455618">15. Tashkilotchilar ichki ishlar hududiy organlari bilan birgalikda komissiyalarga tasdiqlash uchun ishchi guruhlar tarkibini kiritadilar. Ishchi guruhlarga tadbirlarni oʻtkazish joyining xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli mutaxassislar, tashkilotchilar, obyektlar maʼmuriyatlari, ichki ishlar hududiy organlari va boshqa manfaatdor idoralarning vakillari kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455620" id="-455620">Ishchi guruhlar tadbirning xususiyatiga, ob-havo sharoitlariga hamda qatnashchilar va tomoshabinlarning xavfsizligi taʼminlanishiga taʼsir qiluvchi boshqa omillarga bogʻliq ravishda tadbir oʻtkazilishi boshlanishidan kamida 2 kecha-kunduz oldin obyektni tekshirib chiqadilar, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradilar, moʻljallangan tadbir oʻtkazilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtiradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455623" id="-455623">Ommaviy tadbir oʻtkazilishini, jamoat tartibi, tomoshabinlar va qatnashchilarning xavfsizligi muhofazasi taʼminlanishini murakkablashtiruvchi hamda tadbir boshlangunga qadar bartaraf etish mumkin boʻlmagan holatlar aniqlangan taqdirda ishchi guruhlar komissiyaga mazkur tadbirni oʻtkazishni keyinroq muddatga qoldirish, uni tomoshabinlarsiz oʻtkazish yoxud ommaviy tadbirni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadilar. Komissiya ommaviy tadbir tashkilotchilari va obyekt maʼmuriyati vakillari ishtirokida ommaviy tadbir oʻtkazilishigacha oʻttiz olti soatdan kechikmay tegishli qaror qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455627" id="-455627">Mazkur tadbirni oʻtkazish keyinroq muddatga qoldirilishi, uni tomoshabinlarsiz oʻtkazish yoxud ommaviy tadbir bekor qilinishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya, ommaviy tadbir tashkilotchilari, ichki ishlar hududiy organlari ommaviy tadbir boshlanishidan kamida bir kecha-kunduz oldin tomoshabinlar va boshqa qatnashchilar qabul qilingan qarordan, ommaviy tadbir oʻtkazishning yangi muddatlaridan, chiptalar qiymati va tomoshabinlarning boshqa xarajatlari qaytarilishi shartlaridan xabardor qilinishini taʼminlaydilar. Ommaviy tadbir oʻtkaziladigan joylarda koʻzga koʻrinarli va qulay joylarda ommaviy tadbir oʻtkazilishi keyinroq muddatga qoldirilganligi, u tomoshabinlarsiz oʻtkazilishi yoxud ommaviy tadbir bekor qilinishi toʻgʻrisidagi axborot joylashtirilishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455629" id="-455629">16. Yirik ommaviy tadbirlarni (spartakiadalar, xalqaro musobaqalarni) tayyorlash va oʻtkazishda tegishli muassasalar va xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tashkiliy qoʻmitalar tashkil etiladi, tadbirga keluvchilar uchun xavfsiz sharoitlarni, jamoat tartibini buzish holatlari namoyon boʻlishi profilaktikasini, yongʻin xavfsizligini, tibbiy taʼminotni taʼminlovchi, tadbirlar oʻtkaziladigan joylar toʻldirilishi va tomoshabinlar evakuatsiya qilinishi tartibini, favqulodda holatlar yuz bergan taqdirda xizmatlarning vazifalarini nazarda tutuvchi ommaviy tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishning aniq rejalari ishlab chiqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455631" id="-455631">17. Ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini rejalashtirishda ularning tashkilotchilari tomonidan tadbir tamom boʻlgandan keyin uning qatnashchilari tomonidan jamoat transportidan foydalanish imkoniyati albatta koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455632" id="-455632">18. Ommaviy tadbir tadbir dasturiga muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455633" id="-455633">19. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda inshootlarda tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlovchi xizmatlarning funksional vazifalarini tartibga soluvchi hujjatlar, shu jumladan quyidagi hujjatlar mavjud boʻlishi majburiy hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455634" id="-455634">a) texnik foydalanish qoidalariga rioya etilishini tartibga soluvchi (muhandislik, qurilish konstruksiyalari va texnik tizimlarning ishonchliligi va barqarorligi) hujjatlar, tomoshabinlarni evakuatsiya qilish yoʻllarining belgilangan normativlarga muvofiqligi, yongʻin xavfsizligi taʼminlanishi, tadbirlarni oʻtkazishning sport-texnologiya shart-sharoitlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455635" id="-455635">texnik xizmatlarning barcha turlari uchun texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455636" id="-455636">xodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455637" id="-455637">b) ommaviy tadbirlar oʻtkazishda inshootdan foydalanishning umumiy tartibini tartibga soluvchi hujjatlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455638" id="-455638">mahalliy shart-sharoitlar va xususiyatlar hisobga olingan holda tegishli hokimlik tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbirlar tashkil etilishi va oʻtkazilishi tartibini tartibga soluvchi yoʻriqnomalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455639" id="-455639">tomoshabinlarning inshoot hududi boʻylab harakatini tashkil etish, tribunalarni toʻldirish va evakuatsiya qilish yoʻllari, chipta kassalari, ovqatlanish punktlari, garderoblar, dam olish, tibbiy yordam koʻrsatish joylari, yongʻinga qarshi inventar va asbob-uskunalar mavjudligi va ularning joylashishi sxemalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455640" id="-455640">inshootga keluvchilarning oʻzini tutish qoidalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455641" id="-455641">v) navbatdagi (bir tipli turkumdagi) ommaviy tadbirni oʻtkazish qoidalarini tartibga soluvchi hujjatlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455642" id="-455642">tadbirni oʻtkazuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan tadbirlarni oʻtkazish qoidalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455643" id="-455643">inshootning, uning barcha xizmatlarining tadbirni oʻtkazishga tayyorligi toʻgʻrisida inshoot rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455644" id="-455644">ishchi komissiya aʼzolari (inshoot rahbari, ichki ishlar hududiy organlari, milliy xavfsizlik xizmati vakillari, tashkilotchining vakillari) tomonidan imzolanadigan obyektning shoshilinch-texnik tekshirib chiqilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455645" id="-455645">tadbirlar oʻtkaziladigan joyga olib kirish taqiqlangan buyumlar, ashyolar roʻyxati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455646" id="-455646">20. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish vaqtida obyektlarda va unga tutashib ketgan hududlarda spirtli ichimliklar, pirotexnika buyumlari, uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilish, shuningdek shisha idishdagi chanqovbosdi ichimliklarni sotish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-455647" id="-455647">IV. Ommaviy tadbirlar qatnashchilarining jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizligini taʼminlashga doir majburiyatlari va huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455648" id="-455648">21. Ommaviy tadbirlar tashkilotchilarining majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455649" id="-455649">ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari va obyektning maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455650" id="-455650">ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joyni tanlashda jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi shart-sharoitlarining mavjudligini hisobga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455651" id="-455651">ommaviy tadbirlarni oʻtkazish vaqtini tanlashda tomoshabinlar va tadbirlarning boshqa qatnashchilari tomonidan jamoat transportidan foydalanish imkoniyatlari, yongʻin xavfsizligi, tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlar avtomashinalari uchun kirish joylari mavjudligini hisobga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455652" id="-455652">ommaviy tadbirda ishtirok etuvchi davlat boshqaruv organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalar rahbarlarini, faxriy mehmonlarni kutib olish va kuzatib qoʻyish joylarida shart-sharoitlarni taʼminlash va barpo etish masalasini ichki ishlar hududiy organlari va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455653" id="-455653">obyekt maʼmuriyati bilan birgalikda obyektdagi oʻrinlar sonini hamda tartib va xavfsizlik taʼminlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillarni hisobga olgan holda tadbirlar qatnashchilari sonini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455654" id="-455654">ichki ishlar hududiy organlari va milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda ularning xodimlarini joylashtirish uchun tomoshabinlar oʻtiradigan joylarning turli joylarida oʻrinlarning zarur sonini ajratish (har bir sektorda kamida 10 oʻrin, stadionlarda esa — har bir qatorda kamida bitta oʻrin);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455655" id="-455655">chipta (taklifnoma)larning orqa tomonida obyektga olib kirish taqiqlangan buyumlar va ashyolar roʻyxati toʻgʻrisida axborot hamda tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda metall boʻyicha detektor nazorati toʻgʻrisidagi bildirishnoma mavjud boʻlishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455656" id="-455656">ommaviy tadbirlarni tayyorlashda, ularni oʻtkazishda jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlik taʼminlanishi boʻyicha ichki ishlar organlarining xarajatlarini qoplash uchun zarur boʻlgan pul mablagʻlari ajratishni nazarda tutish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455657" id="-455657">ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibi muhofazasi va xavfsizlik taʼminlanishi yuzasidan ichki ishlar organlari bilan shartnomalar tuzish hamda ularga muvofiq pul mablagʻlari ajratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455658" id="-455658">mazkur Qoidalarga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish paytida jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining talablarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455659" id="-455659">belgilangan hollarda tadbirlarni foto, audio, video suratga olish va kinoga olish taqiqlanishi toʻgʻrisida tadbir qatnashchilarini oldindan xabardor qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455660" id="-455660">22. Ommaviy tadbirlar tashkilotchilarining huquqlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455661" id="-455661">ommaviy tadbirlar qatnashchilaridan mazkur Qoidalarga qatʼi rioya qilinishini talab etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455662" id="-455662">ichki ishlar hududiy organlaridan tadbirlarni oʻtkazish paytida obyektda jamoat tartibi muhofazasi va xavfsizlik taʼminlanishi uchun shartnoma shartlariga muvofiq kuchlar va texnik vositalar ajratilishini talab etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455663" id="-455663">23. Artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutilgan tomoshali chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi boshqa shaxslarning vazifalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455664" id="-455664">dasturga muvofiq chiqish (harakat) tartibiga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455665" id="-455665">tashkilotchilarning vakillari bilan kelishmasdan dasturda nazarda tutilmagan harakatlarni amalga oshirmaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455666" id="-455666">jamoat tartibi xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelgan taqdirda tashkilotchilarning, maʼmuriyatning yoki ichki ishlar organlarining birinchi talabi bilan chiqishni toʻxtatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455667" id="-455667">tomoshabinlarda agressiv his-tuygʻular qoʻzgʻatuvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455668" id="-455668">24. Artistlar, sportchilar va dasturda nazarda tutilgan tomoshali chiqishlar (harakatlar)ni bevosita amalga oshiruvchi boshqa shaxslarning huquqlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455669" id="-455669">tomosha paytida huquq-tartibotni taʼminlayotgan ichki ishlar organlaridan shaxsiy xavfsizlik taʼminlanishini, shuningdek normal chiqishga toʻsqinlik qiluvchi tomoshabinlarning xulq-atvori bilan bogʻliq holatlar bartaraf etilishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455670" id="-455670">tadbir obyekti maʼmuriyatidan chiqishga tayyorgarlik koʻrish uchun shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455671" id="-455671">25. Tomoshabinlarning majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455672" id="-455672">jamoat tartibiga va xulq-atvorning ijtimoiy normalariga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455673" id="-455673">inshootning jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455674" id="-455674">tadbirlar oʻtkaziladigan joyda boʻlish tartibiga rioya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455675" id="-455675">mazkur Qoidalar talablariga, yongʻin xavfsizligiga rioya qilish boʻyicha tashkilotchilar (maʼmuriyatning vakillari) va huquq-tartibot organlarining talablarini bajarish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455676" id="-455676">26. Tomoshabinlarning huquqlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455677" id="-455677">inshoot hududi va tribunaga chiptalar yoki kirish huquqini beruvchi hujjatlar boʻyicha kirish hamda ularda koʻrsatilgan joyni egallash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455678" id="-455678">tadbirlar oʻtkaziladigan obyektda joylashgan buyum saqlash joylari, garderoblar, yemakxonalar, kafe, maʼlumotlar byurosi, telefonlar, doʻkonchalar va boshqalardan belgilangan tartibda foydalanish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-455679" id="-455679">V. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish paytida jamoat tartibini va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha obyektlar maʼmuriyatining majburiyatlari va huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455680" id="-455680">27. Ommaviy tadbir oʻtkaziladigan obyekt maʼmuriyatining majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455681" id="-455681">obyektdagi barcha muhandislik tizimlari va yoritish tizimlari uzluksiz ishlashini, binolar va inshootlar konstruksiyalari ishonchliligini, tribunalar, qatnashchilarni evakuatsiya qilish yoʻllari tayyorligini, yongʻin oʻchirish vositalari mavjudligini, obyekt xodimlarining favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan taqdirda ularning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi xizmat yoʻriqnomalarini bilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455682" id="-455682">ommaviy tadbir tashkilotchisiga tadbir tomoshabinlari va qatnashchilari uchun moʻljallangan oʻrinlar soni toʻgʻrisida yozma axborot berish, obyektdagi oʻrinlar soniga muvofiq chiptalar sotilishi va taklifnomalar tarqatilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455683" id="-455683">obyektning sanitariya talablariga muvofiqligini, obyekt ichi va unga tutashib ketgan hudud zarur darajada yoritilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455684" id="-455684">koʻzga koʻrinarli joylarga xavfsizlik belgilari, koʻrsatkichlar, xulq-atvor, qoidalar, sxemalar, rejalar va evakuatsiya boʻyicha yoʻriqnomalar, yongʻin xavfsizligi qoidalarini joylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455685" id="-455685">ichki ishlar organlariga ommaviy tadbir oʻtkazilishidan bir kecha-kunduz oldin tarqatilgan chiptalar va taklifnomalar soni, tomoshabinlar va boʻlajak tadbirlar qatnashchilarining moʻljallanayotgan soni toʻgʻrisida axborot berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455686" id="-455686">elektr manbaining avariya (avtonom) manbai (dizel agregati yoki boshqa vositalar), mazkur tizimdan foydalanishga doir yoʻriqnomalar mavjud boʻlishini taʼminlash, masʼul navbatchini tayinlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455687" id="-455687">tadbir boshlangunga qadar obyektning mahalliy radiotranslyatsiya (ovozni kuchaytirgich) tarmogʻi orqali obyekt ichida tomoshabinlar va qatnashchilarning oʻzini tutish qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari eʼlon qilinishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455688" id="-455688">inshoot maʼmuriyatining eng tayyorgarlik koʻrgan xodimlarining kuchi bilan obyektga kirishda nazorat-oʻtkazish rejimini taʼminlash, qatnashchilar va tomoshabinlarni maydon va tribunalarda chiptalar va maxsus ruxsatnomalarga muvofiq joylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455689" id="-455689">tadbir qatnashchilarining transport vositalari uchun, qoidaga koʻra, obyektdan kamida 100 metr naridagi masofada toʻxtash joylari tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455690" id="-455690">mazkur Qoidalarga muvofiq ommaviy tadbirlarni oʻtkazish paytida jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining talablarini soʻzsiz bajarish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455691" id="-455691">28. Ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar maʼmuriyatining huquqlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455692" id="-455692">ommaviy tadbirlar tashkilotchilaridan tadbirlar dasturlari oʻz vaqtida taqdim qilinishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455693" id="-455693">tomoshabinlar va tadbir qatnashchilariga xulq-atvor normalariga va mazkur Qoidalarning talablariga rioya qilish majburiyatini yuklash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-455694" id="-455694">VI. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida ichki ishlar organlarining majburiyatlari va huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455695" id="-455695">29. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida ichki ishlar organlarining majburiyatlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455696" id="-455696">ommaviy tadbirlar hajmi, xususiyati va uning qatnashchilar sonini hisobga olgan holda jamoat tartibi muhofaza qilinishi va xavfsizlik taʼminlanishi uchun yetarli boʻlgan zarur kuchlar va texnik vositalarni jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455697" id="-455697">jamoat tartibini muhofaza qilish chogʻida milliy xavfsizlik xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish, ommaviy tadbirlar oʻtkazish davrida yoʻl xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455698" id="-455698">chiptalar sotish chogʻida kassalarda va obyektga tutashib ketgan hududda jamoat tartibi muhofaza qilinishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455699" id="-455699">ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va obyektlar maʼmuriyati bilan birgalikda tomoshabinlar va qatnashchilarning tadbirlar oʻtkaziladigan joyga xavfsiz oʻtishlarini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455700" id="-455700">mast holatdagi yoki giyohvand moddalar taʼsiri ostidagi shaxslarning ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarga oʻtishiga, shuningdek inshootlarda va ularga yaqin joylarda spirtli ichimliklar ichilishiga yoʻl qoʻymaslikda inshootlar maʼmuriyatiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455701" id="-455701">tomoshabinlarning uyushib oʻtishlari va ularni minbarlarga, buning uchun ajratilgan boshqa joylarga joylashtirishda obyektlar maʼmuriyatiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455702" id="-455702">tribunalar, sektorlarda va tutashib ketgan hududda jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlik ishlarini tashkil etish, obyektga keluvchilarning xulq-atvorining belgilangan qoidalarga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455703" id="-455703">jamoat tartibini va maʼmuriyat tomonidan belgilangan xulq-atvor qoidalarini buzuvchi shaxslarni javobgarlikka tortish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455704" id="-455704">evakuatsiya yoʻllari va yongʻin xavfsizligining holati ustidan nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455705" id="-455705">sport jamoalari va ijodiy jamoalarga, shu jumladan teatr-tomosha va sport muassasalarining boshqa xodimlariga ommaviy tadbirlar oʻtkazish chogʻida paydo boʻladigan noodatiy vaziyatlar sharoitlarida oʻzini tutish qoidalari boʻyicha, shuningdek tomoshabinlarning agressiv his-tuygʻularini qoʻzgʻatuvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriqlar berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455706" id="-455706">ommaviy tadbirlar tamom boʻlgach, zarurat boʻlganda esa ularni oʻtkazish davrida (yongʻin, tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar va boshqalar kelib chiqqan taqdirda) Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli xizmatlari va obyektlar maʼmuriyati bilan birgalikda tomoshabinlar va tadbirlar qatnashchilarini tribunalar, sektorlar va ularga tutashib ketgan hududlardan evakuatsiya qilish jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek ularning jamoat transportida joʻnab ketishlarini tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455707" id="-455707">30. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish chogʻida ichki ishlar organlarining huquqlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455708" id="-455708">tadbirlarni oʻtkazish chogʻida jamoat tartibini muhofaza qilish va xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash yuzasidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tashkilotchilari bilan shartnomalar tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455709" id="-455709">tadbir oʻtkaziladigan joyga odamlar xavfsizligiga tahdid qiluvchi buyumlar va ashyolar olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qatnashchilar, shu jumladan maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan holda, koʻzdan kechirilishini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455710" id="-455710">ommaviy tadbirlar tashkilotchilaridan, inshootlar va tadbirlar oʻtkaziladigan boshqa obyektlar maʼmuriyatidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455711" id="-455711">inshootdagi oʻrinlar sonidan yoki tomoshabinlar va tadbir qatnashchilari uchun tayyorlangan joylardan ortiqcha chiptalar sotmaslikni va maxsus ruxsatnomalar tarqatmaslikni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455712" id="-455712">oʻtish joylari va evakuatsiya yoʻllari har xil buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455713" id="-455713">inshoot ichida va unga tutashib ketgan hududda spirtli ichimliklar bilan savdo qilish taqiqlanishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455714" id="-455714">obyektlar maʼmuriyatiga obyektga keluvchilar, ayniqsa yoshlar va oʻsmirlar bilan qatnashchilar va tomoshabinlarning oʻzini tutish qoidalariga rioya etishlari boʻyicha koʻrgazmali tashviqot, mahalliy retranslyatsiya tarmogʻi va boshqa vositalardan foydalangan holda vaqti-vaqti bilan tushuntirish ishlari olib borish majburiyatini yuklash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455715" id="-455715">yongʻin xavfsizligi talablari bajarilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455716" id="-455716">inshootlar maʼmuriyatining eng tayyorgarlik koʻrgan xodimlarining kuchlari bilan nazorat-oʻtkazish rejimi tashkil etilishini, qatnashchilar va tomoshabinlar ular tomonidan sotib olingan chiptalar, maxsus ruxsatnomalar va taklifnomalarga muvofiq tribunalar va sektorlarga joylashtirilishini tashkil etishini talab etish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-455717" id="-455717">VII. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455718" id="-455718">31. Bir yilda kamida bir marta ichki ishlar hududiy organlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda foydalanish ishonchliligini va qurilish konstruksiyalari chidamliligini, evakuatsiya yoʻllarining normativlarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek yongʻin xavfsizligi choralarini belgilash maqsadida ommaviy tadbirlar oʻtkazish uchun foydalaniladigan tomoshalar oʻtkaziladigan inshootlarning texnik tekshiruvi oʻtkaziladi. Tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish uchun komissiyaga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-455719" id="-455719">32. Mazkur Qoidalar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-455515" id="-455515">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 10-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
