Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarishning namunaviy me’yorlarini tasdiqlash haqida
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarishning Namunaviy me’yorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi:
Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarishning Namunaviy me’yorlarining joriy etilishini doimiy nazorat qilish;
“O‘zarxiv” agentligining rasmiy veb-saytida erkin foydalanish uchun Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarishning Namunaviy me’yorlarini joylashtirish ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 22-aprel,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-apreldagi 100-son qaroriga
ILOVA
Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarishning
NAMUNAVIY ME’YORLARI
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarishning Namunaviy me’yorlari (keyingi o‘rinlarda — Namunaviy me’yorlar) “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq arxivlarning asosiy faoliyat turlarining ishlab chiqarish va vaqt normalarini tartibga soladi.
2. Ushbu Namunaviy me’yorlarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati bois saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy jismlardagi yozuvlar;yozuvlar;
kataloglar — arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavzu yoki soha bo‘yicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxivma’lumotnomasi;
jamlash — arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam to‘ldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini fondlashtirish hamda tashkil etish va jamlash manbalaridan ularni qabul qilib olish maqsadida yo‘nalishi va darajasi bo‘yicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan to‘ldirib borishga doir ishlar majmui;
ilmiy-ma’lumotnoma apparati — arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bog‘liq, o‘zaro to‘ldiruvchi arxiv ma’lumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-ma’lumotnoma tizimi);
yig‘ma jildlar (hujjatlar) ro‘yhati — saqlov birliklari/hisob birliklari tarkibi va mazmunini ochib berish, ularning fondlar ichida tizimlashtirilishi va hisobini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan arxiv ma’lumotnomasi;
foydalanuvchi — arxiv hujjatlaridan zarur ma’lumotlarni olish va ulardan foydalanish uchun arxivga murojaat etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
tartibga keltirish — arxiv ro‘yxatlarini tuzish, yig‘majildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazishni o‘z ichiga olgan hujjatlarni ilmiy-texnikaviy ishlash va arxivlarda saqlash uchun tayyorlash, shuningdek arxiv ro‘yxatlarini tuzish bo‘yicha ishlar majmui;
arxiv hujjatlarining hisobi — arxivlar tomonidan arxiv hujjatlari va arxiv fondlarining muntazam ravishda kelib tushishi, mavjudligi va holatini belgilangan birliklar asosida aniqlash hamda ularni hisob hujjatlarida aks ettirish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish.
3. Ushbu Namunaviy normalarda quyidagi qisqartmalar qo‘llaniladi:
MB ma’lumotlar bazasi;
IMA — ilmiy-ma’lumotnoma apparati;
AQ — alohida qimmatli;
SHEHM — shaxsiy elektron-hisob mashinasi;
MAF — ma’lumotnoma-axborot fondi;
SF — sug‘urta fondi;
ETK — ekspert-tekshiruv komissiyasi;
ETUK — ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi;
MEK — markaziy ekspert komissiyasi.
4. Ushbu Namunaviy me’yorlar boshqaruv, ilmiy-texnik hujjatlar, kinofotofono hujjatlar, shaxsiy kelib chiqish va shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlaydigan davlat, shuningdek nodavlat arxivlariga (keyingi o‘rinlarda — arxiv) tatbiq etiladi.
5. Ushbu Namunaviy me’yorlar quyidagilar:
arxiv, uning tarkibiy bo‘linmalari va aniq ijrochilari faoliyatini rejalashtirishda, asosiy xodimlarning zarur sonini hisoblash va asoslash, arxivlar va ularning tarkibiy bo‘linmalari ishi to‘g‘risida hisobot tuzishda sarflangan ish vaqtini tahlil qilish uchun ishning murakkabligi begilanadi;
40 soatlik ish haftasida 8 soat davom etadigan ish kuni uchun o‘rnatiladi;
tayyorgarlik va yakuniy ishlarning vaqti (topshiriqni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ishlatiladigan vaqt yoki uni yakunlash bilan bog‘liq harakatlar), yordamchi ishlar (asosiy ishning bajarilishini ta’minlaydigan harakatlar uchun ishlatiladigan vaqt) va ish joyiga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish (ish joyini tashkil qilish va unga g‘amxo‘rlik qilish uchun ishlatiladigan vaqt)hisobga olinadi;
ro‘yhatlar, kartochkalar, axborot xatlari, ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlarning bir tilda tuzilishini nazarda tutadi.
6. Me’yorlarni hisoblashda ish kuni davomida 20 daqiqa davom etadigan dam olish va shaxsiy ehtiyojlar uchun vaqt hisobga olinadi (ish kuni davomida belgilangan tanaffuslar uchun vaqtni hisobga olmagan holda).
7. Mazkur Namunaviy me’yorlar maqsadlari uchun saqlov birligi, hujjat, bosma varaq, mashinkada yoziladigan varaq, varaq, kartochka, xarita, mikrofilm, mikrofish, quti, bog‘lam, boks, rolik va boshqa asosiy o‘lchov birliklari qo‘llaniladi.
8. Hujjatlarni saqlov birligi deganda 250 varaqqacha hajmda bo‘lgan 210×297 mm (A4 format) o‘lchamdagi qog‘oz asosdagi yig‘majild, shaxsiy kelib chiqish hujjatlari uchun — xuddi shu o‘lchamdagi 50 varaq tushuniladi.
Ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p yoki kam varaqlar saqlovchi yig‘majildlar mos ravishda 250 yoki 50 varaqqacha hajm bilan bitta shartli yig‘majildga hisoblanadi.
9. 10 (5) saqlov birligini o‘z ichiga olgan quti (bog‘lam) ish hajmini o‘lchash birligi sifatida hisoblanadi.
10. Varaqning ish hajmini o‘lchash birligi sifatida arxiv ishi varaqasi birligi olinadi (varaqning bir tomonidagi matn).
11. Bitta bosma varaqning ish hajmini o‘lchash birligi sifatida 40 ming bosma belgini o‘z ichiga olgan material olinadi, bu har biri 2450 belgidan iborat 1,5 oraliqda bosilgan 16-17 yozuvli sahifani tashkil etadi.
12. Turli xil o‘lchov birliklariga ega bo‘lgan bir nechta operatsiyalardan iborat bo‘lgan ishlar uchun me’yorlarda ikkita o‘lchov birligi o‘rnatiladi, ulardan biri (hisoblagich) ishning yakuniy natijasiga yo‘naltirilgan, ikkinchisi (maxraj) ishning borishini tezkor nazorat qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
13. Mehnat unumdorligi tarixiylik davriga yoki hujjatlarning xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan ishlar uchun hujjatlarning kelib chiqishi (sovet davrigacha (tarixiy), sovet va mustaqillik davri, boshqaruv hujjatlari, shaxsiy kelib chiqishi va shaxsiy tarkibi hujjatlari) asosida tabaqalashtirilgan normalar belgilanadi.