Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.04.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DON MAHSULOTLARI (“OʻZDONMAHSULOT”) DAVLAT KONSERNINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 22-apreldagi PF-840-sonli “Oʻzdonmahsulot” davlat konsernini “Oʻzdonmahsulot davlat-aksionerlik korporatsiyasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi.
Respublikaning novvoyxona, tegirmon va omixta em sanoati korxonalari va birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida hamda mehnat jamoalarining takliflarini eʼtiborga olib:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi tugatilsin va uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Don mahsulotlari (“Oʻzdonmahsulot”) davlat konserni tashkil etilsin.
2. “Oʻzdonmahsulot” davlat konserni Oʻzbekiston Respublikasi don mahsulotlari vazirligining huquqiy vorisi deb hisoblanib, uning zimmasiga:
respublika xalq xoʻjaligini va aholisini ovqatbop don, un va non, qandolat mahsulotlari, omixta em bilan taʼminlash;
tarmoqda yagona texnologiya siyosatini amalga oshirish;
novvoyxona, makaron, tegirmon-yorma va omixta em sanoati korxonalari va birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Farmonni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy tadbirlarni koʻzda tutuvchi qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-fevral,
PF-334-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 190-modda; 1994-y., 6-son, 167-modda)