OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2567]
Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-fevral,
75-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 20-fevraldagi 75-mh-son qaroriga
ILOVA
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnoma
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini, shu jumladan elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
audiovizual resurs (AVR) — texnik vositalar yordamida qayta aks ettiriladigan tasviriy va/yoki ovozli va matnli axborotdan iborat axborot-kutubxona resursi;
axborot-kutubxona resursi — moddiy obyektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni taʼminlash uchun rekvizitlarga ega boʻlgan axborot;
axborot-kutubxona fondi — tizimlashtirilgan axborot-kutubxona resurslarining majmui;
axborot-kutubxona fondining harakati — axborot-kutubxona resurslarining hisob hujjatlarida aks ettiriladigan kiritilish va chiqarilish jarayoni;
bozor narxi — iqtisodiy holat, talab va takliflar tendensiyalari hamda raqobatni hisobga olgan holda tegishli mahsulot (kitoblar, (AVR), elektron nashrlar) bozorida shakllanadigan narx;
jamlanma hisobga olish — axborot-kutubxona muassasasining axborot-kutubxona fondi hajmi, tarkibi va undagi oʻzgarishlar (kirish, joyni oʻzgartirish, chiqish) haqida toʻliq maʼlumotlarni olish maqsadida barcha axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish kitobida roʻyxatdan oʻtkazish;
yillik komplekt — axborot-kutubxona resursining bir hisob birligi sifatida qabul qilinadigan bir yillik davriy nashrlar sonlari (nashrlari) yigʻindisi.
2. Axborot-kutubxona resurslari hisobini yuritishga quyidagi talablar qoʻyiladi:
hisobga olish axborotining toʻliqligi va ishonchliligi;
axborot-kutubxona fondiga har bir kirim va chiqimni hujjatlashtirilgan koʻrinishda rasmiylashtirish;
qabul qilishlar va hisobga olish shakllarining mosligi va ularning ishonchliligi.
3. Axborot-kutubxona resursi hisobini yuritishda quyidagilar amalga oshiriladi:
axborot-kutubxona resurslarini qabul qilish;
axborot-kutubxona resurslarini markalash;
axborot-kutubxona resurslari qabul qilinganda, joyi oʻzgartirilganda, chiqarilganda roʻyxatga olish;
axborot-kutubxona resurslarining fondda mavjudligini tekshirish.
4. Axborot-kutubxona muassasasi:
axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan va undan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslarining umumiy va yakka tartibda hisobga olinishini belgilangan hisobga olish birliklarida amalga oshirishi;
axborot-kutubxona resurslarini nusxalarda hisobga olish birliklarining ularni saqlash va berish birliklari bilan taqqoslanishini taʼminlashi lozim, gazetalar, jurnallar, varaqli nashrlar bundan mustasno.
2-bob. Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi
5. Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
axborot-kutubxona fondining barcha boʻlinmalarini hisobga olish;
axborot-kutubxona fondi boʻyicha “1-madaniyat” shaklida davlat statistika hisobotini topshirish;
ayrim axborot-kutubxona resurslarining, shu jumladan kitob yodgorliklarining, alohida (maxsuslashtirilgan) hisobga olinishi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Kitob yodgorliklariga kiritilgan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, tarix va madaniyat yodgorliklarini qoʻriqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan ushbu Yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Axborot-kutubxona fondining hisobga olish obyektlari va birliklari
7. Axborot-kutubxona fondining hisobga olish obyektlari boʻlib axborot-kutubxona resursining turi va shaklidan qatʼi nazar, axborot-kutubxona muassasasiga keladigan va undan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari hisoblanadi.
8. Oʻz tarkibida almashinadigan va rezerv axborot-kutubxona fondlariga ega axborot-kutubxona muassasalari ushbu axborot-kutubxona fondlarining alohida hisobini yuritadi.
9. Bosma nashrlar, chop etilmagan, audiovizual, elektron axborot-kutubxona resurslari fondi hajmini hisobga olishning birliklari boʻlib, nusxa va nomi, gazetalar uchun esa yillik komplekt va nomi hisoblanadi.
Axborot-kutubxona fondi va uning boʻlinmalarining umumiy hajmi nusxalarda hisobga olinadi.
10. Bosma nashrlar va chop etilmagan axborot-kutubxona resurslari uchun axborot-kutubxona fondining hajmini hisobga olishning qoʻshimcha birliklari boʻlib, metrotokcha, yillik komplekt (gazetalardan tashqari) va muqovalangan komplekt (podshivka) hisoblanadi.
11. Barcha mustaqil rasmiylashtirilgan matbaa nashrlari (gazetalardan tashqari) yoki ularning nusxalari alohida hisobga olinishi kerak.
12. Quyidagi kitoblar va risolalar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
har bir yangi nashr (kitob, risola) yoki alohida nashr qilingan nusxa;
umumiy muqova bilan sunʼiy birlashtirilgan nashrlar (konvolyutalar);
yakka tartibdagi sarlavhaga ega koʻp jildli nashrning har bir alohida jildi (nashr, qism);
birlashtiruvchi papka, muqova, manjetkada chiqarilgan risolalarning har biri;
kitob seriyasiga (raqamlangan yoki raqamlanmagan) kiruvchi har bir kitob yoki risola;
yakka tartibdagi sarlavha va mustaqil maʼnoga ega kitoblar, risolalarga alohida nashr qilingan ilovalar.
13. Jurnallar va davomli nashrlar nomi oʻzgarishidan qatʼi nazar, nomi va nusxasi boʻyicha hisobga olinadi. Bunda alohida saqlanadigan son (jild, nashr), shuningdek bitta blokka muqovalangan sonlar (jildlar, nashrlar) komplekti nusxa hisoblanadi.
14. Davomli nashrning yakka tartibdagi sarlavhaga va oʻz raqamiga ega seriya (kichik seriya) alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
15. Mustaqil nashr qilinadigan, yakka tartibdagi sarlavhaga va mustaqil raqamga ega jurnallar uchun davriy ilovalar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
16. Gazetalarni hisobga olishning asosiy birliklari boʻlib, gazeta sarlavhasining oʻzgarishi va komplektning toʻliqligidan qatʼi nazar, axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan butun yillar ichidagi gazetaning yillik komplekti va nomi hisoblanadi.
17. Bir kunlik (bir martali) gazetalarni hisobga olish birliklari boʻlib gazetaning nusxasi (soni, nashri) va nomi hisoblanadi.
18. Yakka tartibdagi sarlavhaga va oʻz raqamiga ega gazetalar uchun alohida chiqarilgan davriy ilovalar mustaqil hisobga olinadi.
19. Tasviriy nashrlar (albomlar, komplektlar, alohida varaqli nashrlar)ni hisobga olish birliklari boʻlib, nusxasi va nomi hisoblanadi.
20. Quyidagi tasviriy nashrlar alohida nashrlar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
yakka tartibdagi sarlavhaga ega har bir alohida chiqarilgan jild, albom nashri yoki davomli nashrlar;
noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilmagan tasviriy nashrlar seriyasining har bir varagʻi (nashri).
21. Noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilgan varaqli nashrlar bitta nusxa va bir nom sifatida hisobga olinadi.
22. Notali nashrlarni hisobga olish birliklari boʻlib nusxasi va nomi hisoblanadi. Bitta nashrda partitura (klavir) bilan birlashtirilgan alohida turkumlar (ovozlar), shuningdek noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilgan turkumlar (ovozlar) bitta nusxa va bitta nom sifatida hisobga olinadi. Alohida nashr qilingan alohida partitura (klavir) va turkumlar (ovozlar) turli nusxalar sifatida hisobga olinadi. Bitta muqovada (konvolyutada) birlashtirilgan mustaqil nomli nashrlar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
23. Kartografik nashrlarni hisobga olish birliklari boʻlib nusxasi va nomi hisoblanadi. Kartografik nashrlarga xaritalar, xarita-sxemalar, planlar, atlaslar va shu kabilar kiradi.
24. Quyidagi kartografik nashrlar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
alohida raqamlangan yoki sana qoʻyilgan nashrlardan iborat atlaslar;
xarita yoki atlas seriyali nashrining har bir nashri.
25. Umumiy nom bilan birlashtirilgan bir necha varaqlarda (yopishtirilishi kerak boʻlgan) nashr qilingan xarita bitta nusxa va bitta nom sifatida hisobga olinadi.
26. Umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan koʻp jildli (koʻp varaqli) kartografik nashrlar jildlar soni va bitta nom boʻyicha hisobga olinadi.
Alohida nashr qilingan, ammo mustaqil mazmunga ega boʻlmagan turli nashrlar (kitoblar, risolalar, jurnallar va hokazolar)ga boʻlgan kartografik ilovalar alohida hisobga olinmaydi.
27. Fotoresurslar va mikroshakllardagi resurslarni hisobga olish birliklari boʻlib nusxasi va nomi hisoblanadi.
28. Axborot-kutubxona resurslarining nusxasi boʻlib:
a) gramplastinka va kompakt-disk uchun — disk;
b) magnit fonogramma uchun — gʻaltak, kasseta va bobina;
v) videoresurs uchun — kasseta yoki disk;
g) fotoresurs (diapozitiv) uchun — kadr;
d) mikroshakldagi resurs uchun:
mikrofish uchun — fish;
mikrofilm uchun — rulon hisoblanadi.
29. Kinoresurslarni hisobga olish birliklari boʻlib kinofilmlar uchun bobina, diafilmlar uchun esa rulon hisoblanadi.
30. Quyidagilar bitta nom sifatida hisobga olinadi:
alohida chiqarilgan gramplastinka, kompakt-disk, kasseta;
gramplastinkalar, kompakt-disklar va kassetalarning umumiy nom bilan birlashtirilgan komplekti (albomi);
bitta gʻaltak (kasseta)dagi magnit fonogramma, umumiy nom bilan birlashtirilgan bir nechta gʻaltaklar (kassetalar)dagi magnit fonogramma;
alohida chiqarilgan fonoresurs yoki umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan fonoresurslar komplekti;
tashkil qiluvchi qismlar yoki diapozitivlar komplekti uchun kadrlar sonidan qatʼi nazar, kinofilm, diafilm, umumiy nom bilan birlashtirilgan fishlar komplekti.
31. Ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish birliklari boʻlib disketa, optik disk flesh-karta (CD-ROM, DVD va shu kabilar), shuningdek ularning nomi hisoblanadi. Agar ajratib olinadigan tashuvchilar nashrga ilova shaklida rasmiylashtirilgan boʻlsa, ular alohida nusxa sifatida hisobga olinmaydi.
32. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish birliklari boʻlib, nusxasi, nomi, fayl, diskda xotira egallagan hajmi hisoblanadi.
33. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslari uchun mustaqil direktoriyaga rasmiylashtirilgan turli formatlardagi uning har bir taqdim etilishi yangi nom hisoblanadi. Boshqa formatga qayta yozish natijasida olingan elektron axborot-kutubxona resurslari ham hisobga olish jarayonidan oʻtadi.
34. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resursini boshqa kompyuterga yoki ajratib olinadigan tashuvchiga xuddi shu formatda, ammo dastlabki resursni yoʻq qilgan holda qayta yozishga joyini oʻzgartirish sifatida qaraladi va manzilini (kompyuter yoki ajratib olinadigan diskning raqami va boshqa atributlarini) almashtirishdan boshqa qoʻshimcha rasmiylashtirishni (kelib tushishini yoki chiqarilishini) talab qilmaydi.
4-bob. Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari kelib tushishini hisobga olish
35. Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari kelib tushishini hisobga olish, ularni doimiy, uzoq muddatli va vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslariga ajratish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
36. Bepul majburiy nusxasini doimiy saqlash sharti bilan axborot-kutubxona muassasalariga kelib tushadigan mahalliy axborot-kutubxona resurslari, shuningdek depozitar saqlash uchun qabul qilinadigan axborot-kutubxona resurslarining bitta nusxasi unga inventar raqami berilib, doimiy saqlash uchun hisobga olinishi kerak.
Axborot-kutubxona resursining turi, uning hajmi, mavzusi va boshqa formal belgilaridan qatʼi nazar, kitobxonlarni kundalik va prognoz qilinadigan talabini qondirish uchun moʻljallangan axborot-kutubxona resurslari ularga inventar raqami berilib, uzoq muddat saqlanishi uchun hisobga olinishi kerak.
37. Axborot-kutubxona muassasasi tomonidan sovgʻa sifatida olingan axborot-kutubxona resurslari (kitoblar, albomlar, boshqa nashrlar) hadya qilish dalolatnomasi asosida axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladi.
38. Axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladigan axborot-kutubxona resurslari markalanadi. Bunda shtempellar, kitob belgilari, yakka tartibdagi mashina oʻqiydigan shtrixli kodlardan foydalanish mumkin.
Axborot-kutubxona resurslarini markalashda ularning tegishliligini belgilanishini, estetik talablarga javob berishini, markalash belgisining uzoq muddatga chidamliligini, matn yoki boshqa belgili axborotning saqlanishini taʼminlash lozim.
39. Yakka tartibdagi tashuvchilarsiz elektron axborot-kutubxona resurslari maxsus kompyuter dasturlari yordamida markalanadi, bunda tegishlilik belgisi umumiy direktoriya tarkibidagi mustaqil fayl bilan rasmiylashtirilishi yoki elektron axborot-kutubxona resursiga kiritilishi mumkin.
5-bob. Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
40. Axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan yoki chiqariladigan barcha turdagi axborot-kutubxona resurslari kuzatuv hujjatlari (davlat roʻyxatiga olish varagʻi, hisob-faktura, yuk xat, reyestr, dalolatnoma va shu kabilar) asosida jamlanma hisobiga olinadi.
Qabul qilinadigan toʻplamlarda kuzatuv hujjatidagi maʼlumotlar bilan farqlar, shuningdek keraksiz yoki nuqsonli axborot-kutubxona resurslari yuborilganligi aniqlanganda, ular boʻyicha yetkazib beruvchiga tegishli eʼtirozlar bildirilishi lozim.
41. Jamlanma hisobga olish qogʻoz yoki elektron shaklda yuritiladigan Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida amalga oshiriladi.
42. Axborot-kutubxona fondining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Yoʻriqnomaning 1 — 3-ilovalariga muvofiq shakldagi Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining quyidagi uchta qismlarida qayd qilinadi:
1-qism — “Axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan axborot-kutubxona resursi”;
2-qism — “Axborot-kutubxona fondidan chiqarish”;
3-qism — “Axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari”.
43. Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi toʻliq toʻldirilishi lozim.
44. Yil yakuni boʻyicha axborot-kutubxona fondining yillik harakatining yakuni chiqariladi. Axborot-kutubxona muassasasida qabul qilingan hisobga olish tartibiga muvofiq axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari chorak yoki yarim yil uchun chiqarilishi mumkin.
6-bob. Axborot-kutubxona resurslarini yakka tartibda hisobga olish
45. Axborot-kutubxona resursining har bir nusxasini yakka tartibda hisobga olish unga inventar raqamini berish orqali amalga oshiriladi. Bunda, davriy bosma nashrlari ularga inventar raqami berilmasdan Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd ettiladi. Yakka tartibdagi raqam axborot-kutubxona resursi axborot-kutubxona muassasasida mavjud boʻlish vaqtida unga biriktiriladi.
46. Axborot-kutubxona resurslarini yakka tartibda hisobga olish shakllari boʻlib mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi inventar kitobi, shuningdek hisobga olish katalogi kartochkasi va roʻyxatga olish varaqchalari hisoblanadi.
47. Inventar kitoblari axborot-kutubxona resurslarining har bir turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
48. Axborot-kutubxona resurslari toʻplami qabul qilingandan soʻng u Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd etiladi va barcha nusxalarga inventar raqami berilib ular xatlovdan oʻtkaziladi hamda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda axborot kutubxona resurslarini kutubxonaga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuziladi.
7-bob. Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan chiqarilishini hisobga olish
49. Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan chiqarilishini hisobga olish ularni fonddan chiqarish sabablari va asoslarini aniq koʻrsatgan holda Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobiga yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
50. Foydalanuvchilar tomonidan yoʻqotilgan axborot-kutubxona resurslari oʻrniga qabul qilingan nashrlar mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Foydalanuvchilardan yoʻqolganlar oʻrniga qabul qilingan kitoblar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish daftarida qayd qilinadi. Unga kiritilgan yozuvlar asosida kelib tushgan va chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari boʻyicha dalolatnomalar tuziladi, bu dalolatnomalar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining tegishli qismlariga qayd qilinadi.
51. Axborot-kutubxona muassasasining faoliyat koʻrsatadigan axborot-kutubxona fondlaridan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi ikkinchi qismining tegishli ustunlariga qayd qilinadi.
8-bob. Axborot-kutubxona fondini tekshirish
52. Axborot-kutubxona fondini tekshirish uchun axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tekshirish komissiyasi tayinlanadi va ushbu komissiya tarkibiga buxgalteriya vakili kiritilishi lozim.
53. Axborot-kutubxona fondini tekshirish:
moddiy javobgar shaxs almashtirilganda;
axborot-kutubxona resurslarini oʻgʻirlash, suiisteʼmol qilish yoki buzish holatlari aniqlanganda;
tabiiy ofat, yongʻin va boshqa holatlarda;
axborot-kutubxona muassasasi qayta tashkil qilinganda va tugatilganda amalga oshiriladi.
54. Fondlarni tekshirish quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
seyflarda saqlanadigan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslari boʻyicha — 3 yilda bir marta;
qadimiy va nodir axborot-kutubxona resurslari boʻyicha — 5 yilda bir marta;
axborot-kutubxona muassasalarining 50 ming hisobga olish birliklarigacha boʻlgan axborot-kutubxona fondlari — 5 yilda bir marta;
axborot-kutubxona muassasalarining 5 mingdan 100 ming hisobga olish birliklarigacha boʻlgan axborot-kutubxona fondlari — 7 — 10 yilda bir marta;
axborot-kutubxona muassasalarining 100 mingdan 200 ming hisobga olish birliklarigacha boʻlgan axborot-kutubxona fondlari — 10 — 15 yilda bir marta;
axborot-kutubxona muassasalarining 200 mingdan 1 mln hisobga olish birliklarigacha boʻlgan axborot-kutubxona fondlari — bosqichma-bosqich 15 — 20 yilda bir marta;
1 mln hisobga olish birliklaridan koʻp boʻlgan axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlari — butun axborot-kutubxona fondining tekshiruvini tugallagan holda tanlab olish tartibida bosqichma-bosqich 20 — 25 yilda bir marta.
55. Ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona resurslarini tekshiruvi hisobga olish va saqlash birliklari boʻyicha amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarini tekshirish axborot-kutubxona resurslaridagi oʻzgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi miqdoriy koʻrsatkichlar (fayllar miqdori) boʻyicha amalga oshiriladi.
56. Inventar raqamlari berilgan axborot-kutubxona resurslarining barcha turlari tekshirilishi kerak.
Agar tekshiruv jarayonida axborot-kutubxona resurslarining yoʻqligi aniqlansa, ularni qidirib topish choralari koʻriladi.
57. Axborot-kutubxona fondini yoki uning qismini tekshirish komissiyaning xulosalari va yoʻq boʻlgan axborot-kutubxona resurslarining roʻyxati yozilgan mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda Axborot-kutubxona fondini tekshirish toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzish bilan yakunlanadi.
9-bob. Yakuniy qoidalar
58. Hisobga olish hujjatlari doimiy saqlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Ushbu Yoʻriqnomaning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 155-moddasi.
60. Ushbu Yoʻriqnoma Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori A. XODJAYEV
2014-yil 20-fevral
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
2014-yil 20-fevral
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 20-fevral
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
2014-yil 20-fevral
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 20-fevral
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 20-fevral
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

‎‎Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
‎KITOBI

‎1-qism. Fondga kelib tushish*

T/r‎ Kelib tushish manbai Ilova hujjatining raqami va (yoki) sanasi‎‏ Jami nusxa‎‏ Summasi‎‏ Manba nomlari (majburiy nusxa, xarid qilingan, obuna yoʻli, xalqaro kitob almashinuvi, sovgʻa va boshqalar)‎‎ Bilim sohalariga oid nashr‎‎ Tillar boʻyicha Boshqa turdagi resurslar‎‏
kitob‎ jurnal‎ boshqa turdagi nashrlar‎ fan, din, siyosat‎ aniq fanlar‎ texnika‎ tibbiyot‎ boshqalar‎ oʻzbek‎ chet tillari‎
* Ustunlar soni axborot-kutubxona muassasalarining turlaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA

Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
‎KITOBI

‎2-qism. Fonddan chiqarish

T/r‎ Sana Dalolatnoma raqami Jami nusxa Qiymati Axborot-kutubxona resurslari turlari Bilim sohalariga oid nashr Tillar boʻyicha Fonddan chiqarish sabablari
kitob jurnal boshqa turdagi nashrlar fan, din, siyosat aniq fanlar texnika tibbiyot boshqalar oʻzbek chet tillari
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA

‎‎Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
‎KITOBI

‎3-qism. Fond harakatining yakunlari

T/r‎‏ Fond harakati Jami nusxa‎‏ Qiymati ‎‏ Axborot-kutubxona resurslari turlari‎‎ Bilim sohalariga oid nashr‎‎ Tillar boʻyicha‎‎ Izoh‎‏
kitob‎ jurnal‎ boshqa turdagi nashrlar‎ fan, din, siyosat‎ aniq fanlar‎ texnika‎ tibbiyot‎ boshqalar‎ oʻzbek‎ chet tillari‎
20_ yilda mavjud‎
20__ yilda kelib tushdi‎
20__ yilda hisobdan chiqarildi‎
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA

‎‎Inventar kitobi 20___ yil boʻyicha

T/r‎ Yozuv sanasi‎ Axborot-kutubxona fondini jamlanma hisobga olish kitobidagi yozuv raqami‎ Axborot-kutubxona resursining inventar raqami‎ Axborot-kutubxona resursining muallifi, sarlavhasi, jildi, qismi, soni‎ Axborot-kutubxona resursining nashr qilingan joyi va yili ‎ Qiymati ‎ Tekshiruv toʻgʻrisidagi belgi‎ Hisobdan chiqarish dalolatnomasi raqami‎ Eslatma‎
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA

‎‎Axborot-kutubxona resurslarini kutubxonaga qabul qilish toʻgʻrisidagi
‎_____-son dalolatnoma

‎20___ yil “___” ________________

‎‎‎‎_______________________________________________________________

‎‎(dalolatnomani tuzishda ishtirok etgan shaxslarning F.I.O.)

‎‎‎‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎axborot-kutubxona muassasasiga qabul qilishda _________________________________

‎‎(hujjat turi va kimdan olingan)

‎‎‎‎‎‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎________________ umumiy summadagi _______________________ nusxa miqdoridagi
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(summa yozma ravishda takrorlanadi)

‎‎Kitoblar (yoki boshqa axborot-kutubxona resurslari) roʻyxati ilova qilinadi*.
‎Imzolar: _______________________________________

‎‎(rahbarning imzosi)

‎‎_______________________________________

(xodimning imzosi)‎‎

‎‎_______________________________________

(axborot-kutubxona resurslarini topshirgan shaxsning imzosi) ‎‎


‎Ilova qilingan axborot-kutubxona resurslari
‎ROʻYXATI ‎‎

T/r‎

Kitob muallifi, sarlavhasi yoki axborot-kutubxona resursining turi‎

Narxi (soʻm)‎‎

Nusxalar soni‎‎

Umumiy qiymati ‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
* Kitoblar yoki boshqa axborot-kutubxona resurslarining miqdori koʻp boʻlmaganda roʻyxat ushbu dalolatnomaning matniga kiritiladi.
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
6-ILOVA

‎‎Foydalanuvchilardan yoʻqolganlar oʻrniga qabul qilingan kitoblar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish
‎DAFTARI

Sana‎‏ Foydalanuvchi F.I.O.‎ Yoʻqolgan‎‎ Qabul qilingan‎‎ Foydalanuvchi imzosi‎‏
inv. raq.‎ axborot-kutubxona resursining muallifi, sarlavhasi, nashr qilingan yili‎ narxi (soʻm)‎ axborot-kutubxona resursini saqlovchi boʻlim ‎ axborot-kutubxona resursining muallifi, sarlavhasi, nashr qilingan yili‎ narxi (soʻm)‎ axborot-kutubxona resursini saqlovchi boʻlim ‎
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
7-ILOVA

Fondlarni saqlash komissiyasida
‎koʻrib chiqildi
‎ 20___ y. “____” __________dagi _________-son bayonnoma ‎‎

“TASDIQLAYMAN”
‎ __________________________________
‎(dalolatnomani tasdiqlagan shaxs F.I.O., imzosi)
‎20 ___ y. “____” __________ ‎‎

‎‎Axborot-kutubxona fondini tekshirish toʻgʻrisidagi
‎ __________-son dalolatnoma

‎20___ y. “____” _____________

‎‎Ushbu dalolatnomani tekshiruv komissiyasi raisi _______________________________

(tekshiruv komissiyasi raisi F.I.O. va lavozimi)

‎‎_______________________________________________________________
‎va komissiya aʼzolari ______________________________________________________

(tekshiruv komissiyasi aʼzolari F.I.O. va lavozimi)

‎‎_______________________________________________________________

(tekshiruv komissiyasi aʼzolari F.I.O. va lavozimi)‎‎

_________________________________________________________sababli

‎‎(tekshiruv sabablari koʻrsatiladi)

‎‎20___ yil “___” ___________________________dan “____” _________________ gacha
‎_________________________ axborot-kutubxona fondining tekshiruvi oʻtkazilganligi

‎‎(axborot-kutubxona muassasasi)

‎‎toʻgʻrisida tuzdik.
‎‎Tekshiruvda quyidagi hujjatlar oʻrganildi:
‎a) _____________________________dagi fondning avvalgi tekshiruvi dalolatnomasi;
‎‎(axborot-kutubxona muassasasining tarkibiy boʻlinmasi)
‎‎b) axborot-kutubxona fondining jamlanma hisobga olish kitoblari;
‎v) inventar kitoblari;
‎g) oldingi va joriy tekshiruvlar oraligʻidagi axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish dalolatnomalari;
‎d) axborot-kutubxona resurslarini foydalanuvchilarga berilishini tasdiqlovchi hujjatlar _____________________________________________________________;

‎(hujjatlarning turi va nomi)

‎‎e) boshqalar _____________________________________________________________;

‎1. Hisobga olish hujjatlari boʻyicha hisobda:
‎______________________________________ axborot-kutubxona resurslari mavjud.

‎‎(soni, turlari va nomlari koʻrsatiladi)

‎‎2. Amalda _______________________________ axborot-kutubxona resurslari mavjud.

‎‎(soni, turlari va nomlari koʻrsatiladi)

‎‎3. Umumiy summasi _____________________________________________ soʻm boʻlgan

‎‎(summasi soʻzlar bilan yoziladi)

_____________________________________ axborot-kutubxona resurslari yetishmaydi.

‎‎(soni, turlari va nomlari koʻrsatiladi)

‎‎Yetishmaydigan axborot-kutubxona resurslarining roʻyxati ushbu dalolatnomaga ilova qilinadi.
‎4. 20___ yilgacha foydalanuvchilarga berilgan axborot-kutubxona resurslardan ____ nusxasi qaytarilmagan.
‎5. Inventar kitobida hisobga olinmagan _______ axborot-kutubxona resurslari nusxa aniqlandi.
‎6. Tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi boʻyicha xulosasi__________________

‎‎_______________________________________________________________
‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎‎_______________________________________________________________
‎‎‎_______________________________________________________________

‎‎7. Tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi boʻyicha takliflari________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________
‎‎Imzolar:
‎‎Komissiya raisi: __________________‎‎

__________________‎‎‎‎

‎‎(F.I.O., lavozimi)

(imzo)‎

‎‎Komissiya aʼzolari

__________________‎‎‎‎

__________________‎‎‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎

(imzo)‎ ‎‎

__________________‎‎‎‎

__________________‎‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎

(imzo)‎ ‎‎

__________________‎‎‎‎

__________________‎‎‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎

(imzo)‎ ‎

__________________‎‎‎‎

__________________‎‎‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎

(imzo)‎ ‎‎

__________________‎‎‎‎

__________________‎‎‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎

(imzo)‎ ‎‎

__________________‎‎‎‎

‎‎__________________‎‎

(F.I.O., lavozimi)‎‎

(imzo)‎ ‎‎

Izoh: tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi boʻyicha kengaytirilgan xulosasi va takliflari dalolatnomaga ilova qilinishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 11-son, 127-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)