Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq hamda davlat soliq xizmati organlaridan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa olishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2014-yil 27-yanvar,
17-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-yanvardagi 17-son qaroriga ILOVA
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqida
NIZOM
I.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun davlat soliq xizmati organlarida soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom maqsadlari uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar deganda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar — jismoniy shaxslar tushuniladi.
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun davlat soliq xizmati organlarida soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosa xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy shakldagi maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda maʼlumotnoma deb ataladi) tarzida hamda 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Davlat soliq xizmati organlari maʼlumotnomani soliq toʻlovchining shaxsiy kartochkalaridagi mavjud maʼlumotlar asosida beradi.
3. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga maʼlumotnoma berilishi keyinchalik ularga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish huquqini beradi.
4. Maʼlumotnoma bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Maʼlumotnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda yangi maʼlumotnoma berish uchun ariza berishga haqlidirlar.
5. Quyidagilar:
xoʻjalik yurituvchi subyektning soliq qarzdorligi yoʻqligi;
soliqqa oid hisobotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi maʼlumotnoma olishda ruxsat beruvchi talablar va shartlar hisoblanadi.
6. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyoriy tugatilganda maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq beriladi.
II. Maʼlumotnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish maqsadida roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga maʼlumotnoma berish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza beradilar.
Zaruriyat boʻlganda davlat soliq xizmati organi xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan taqqoslama dalolatnomasi tuzadi. Taqqoslama dalolatnomasi xoʻjalik yurituvchi subyektning (yakka tartibdagi tadbirkor — jismoniy shaxsning va yuridik shaxs mansabdor shaxsining) roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmatida hozir boʻlishi yoʻli imzolanadi.
Taqqoslama dalolatnomasi tuzish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organiga soliqlarni hisoblab chiqish hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etadi.
Maʼlumotnoma olish uchun ariza shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektdan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan maʼlumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Maʼlumotnoma olish uchun ariza xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan bevosita, uning olinganligi toʻgʻrisida xabar berilgan holda pochta aloqasi vositasida yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan ariza xoʻjalik yurituvchi subyektning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
III. Arizani koʻrib chiqish hamda maʼlumotnoma berish yoxud uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. Maʼlumotnomaning amal qilishini toʻxtatish va uni bekor qilish
10. Ariza koʻrib chiqilganligi va maʼlumotnoma berilganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektdan yigʻim undirilmaydi.
11. Maʼlumotnoma olish uchun davlat soliq xizmati organiga taqdim etilgan hujjatlar ular olingan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Arizani koʻrib chiqish uchun materiallarni qoʻshimcha oʻrganish yoxud boshqa choralar koʻrish zarur boʻlgan taqdirda arizani koʻrib chiqish muddati, istisno tariqasida, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi rahbari tomonidan oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin, bu haqda ariza bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt xabardor qilinadi.
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan muddatlar mobaynida davlat soliq xizmati organi maʼlumotnoma berishi yoki berishni rad etishi shart.
12. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq boʻlganda unga maʼlumotnoma beriladi.
13. Quyidagilar:
xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq hajmda taqdim etilmasligi;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
xoʻjalik yurituvchi subyektning ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq emasligi maʼlumotnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektda soliq tekshiruvi oʻtkazilayotgan davrda ham maʼlumotnoma berilmaydi.
Maʼlumotnoma berishni boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi tufayli berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Davlat soliq xizmati organi xoʻjalik yurituvchi subyektga maʼlumotnoma beradi yoki uni rad etishning sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Davlat soliq xizmati organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektga maʼlumotnoma berishi yoki uni maʼlumotnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Elektron shaklda berilgan maʼlumotnoma yoki xabarnoma qogʻoz tarzidagi hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rad etish sabablarini bartaraf etish va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega boʻlgan muddat maʼlumotnoma berishni rad etish toʻgʻrisida yozma yoki elektron shakldagi xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ular boʻyicha ilgari maʼlumotnoma berish rad etilgan sabablar bartaraf etilgandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organiga tegishli hujjatlarni taqdim etib takroran murojaat qilishi mumkin.
16. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda davlat soliq xizmati organi tomonidan ilgari yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
17. Xoʻjalik yurituvchi subyekt maʼlumotnoma berishning rad etilishi, shuningdek davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
18. Maʼlumotnoma yoʻqotib qoʻyilganda yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
19. Maʼlumotnomaning amal qilishini toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
IV. Berilgan maʼlumotnomalar reyestri
20. Davlat soliq xizmati organlari berilgan maʼlumotnomalar reyestrini yuritadi va ularni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi.
Berilgan maʼlumotnomalar reyestrida xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
xoʻjalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy- huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
xoʻjalik yurituvchi subyekt — yakka tartibdagi tadbirkor —jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasportiga oid maʼlumotlar, pochta manzili, telefoni;
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
maʼlumotnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
maʼlumotnomaning amal qilish muddati;
maʼlumotnomaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
maʼlumotnomani bekor qilishning asoslari va sanasi.
V. Yakunlovchi qoida
21. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA №___
asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun berildi.
Amal qilish muddati 20___ yil “___” _______________ gacha.
20___ yil “___” ______________
_____________________________ davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
(shahar, tuman)
________________
(imzo)
M.Oʻ.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
SXEMASI
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi Nizomga 3-ILOVA
Asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun ARIZA
(Yuridik shaxs rahbarining yoki yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)
(Xoʻjalik yurituvchi subyektning yuridik (pochta) manzili)
Aloqa qilinadigan telefon
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
Yakka tartibdagi tadbirkorning pasportiga oid maʼlumotlar (yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻldiriladi)
Seriyasi
Raqami
Berilgan sana
/
/
Kim tomonidan
(Raqamlar bilan: kun, oy, yil)
berilgan
Asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamini yopish uchun soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berishingizni iltimos qilaman
(Xoʻjalik yurituvchi subyektning yopiladigan asosiy bank (hisob-kitob) hisob raqamining tartib raqami)
�
MFO
(Bankning nomi)
Budjet yoki boshqa shaharlar va (yoki) tumanlarning budjetdan tashqari fondlari oldida soliq majburiyati mavjudligi
HA
(tegishli katakchada koʻrsatilsin)
X
YOʻQ
Agar budjet yoki boshqa shaharlar va (yoki) tumanlarning budjetdan tashqari fondlari oldida soliq majburiyati mavjud boʻlsa, u holda quyidagilar koʻrsatilsin
(soliq yoki boshqa majburiy toʻlovning nomi, hududiy soliq organining nomi)
Men Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ushbu arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javob beraman