Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.05.2022
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI DIREKTORINING
buyrugʻi
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2477 ]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomning 41-bandiga asosan buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2014-yil 14-avgustdagi 01-268-sonli (roʻyxat raqami 2477-1, 21.08.2014-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 34-son, 442-modda)
1. Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-iyul,
01-237-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2013-yil 2-iyuldagi 01-237-son buyrugʻiga
ILOVA
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oliy harbiy taʼlim muassasalarida (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) test sinovlarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan buyon matnda Davlat test markazi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
2. Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli oʻtkazish masʼuliyati, mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, taʼlim muassasalari qabul komissiyalari (bundan buyon matnda qabul komissiyalari deb yuritiladi) raislari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
3. Test sinovlari oʻtkaziladigan kuni Davlat test markazining tegishli ruxsatnomasiga ega boʻlmagan shaxslarning test sinovlari oʻtkaziladigan hudud va binolarga kirishi taqiqlanadi.
4. Davlat test markazi vakillariga boshqa tizim xodimlari topshiriq yoki koʻrsatma berishga haqli emas.
5. Test sinovlari oliy harbiy taʼlim muassasalarida 5-iyulda oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
II bob. Test sinovlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish
1-§. Qabul komissiyalarini tashkil etish va ularning vazifalari
6. Taʼlim muassasalarida abituriyentlarni oʻqishga qabul qilishni sifatli tashkil etish maqsadida belgilangan tartibda qabul komissiyalari tashkil etiladi.
7. Qabul komissiyasi raisi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish maqsadida qabul komissiyasining ish rejasi tasdiqlanadi.
8. Qabul jarayonini yuqori darajada uyushqoqlik bilan, tartibli ravishda tashkil etish, test jarayonining xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur sharoitlarni yaratish hamda test sinovlari natijalari boʻyicha abituriyentlar va ularning ota-onalariga toʻliq maʼlumotlar berish qabul komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Qabul komissiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda mazkur bobning 6-paragrafida keltirilgan tartib boʻyicha test sinovi oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni tayyorlaydi hamda maʼlumotlarni elektron imzo bilan tasdiqlangan holda 25-iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
9. Qabul komissiyasi oʻziga belgilangan vazifalarni quyidagi tartibda amalga oshiradi:
15-iyunga qadar qabul komissiyasining eʼlonlar taxtasiga Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizom, mazkur Nizom hamda qabul jarayoniga oid maʼlumotlarni har kuni joylashtirib boradi va eʼlonlar taxtasining test sinovi natijasi eʼlon qilingunga qadar olinmasligini taʼminlaydi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
test sinovlarini topshirishga tavsiya etilgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan “ABT-Abitur” dasturi orqali maʼlumotlar bazasiga xatosiz kiritadi va ularning elektron suratlari bilan birga 25-iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etadi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
“ABT-Abitur” dasturi orqali bazaga maxsus kod, qayd raqami, taʼlim turi, taʼlim muassasasining nomi, fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, jinsi, pasport seriyasi va raqami, yashash joyi, tugʻilgan yili va joyi, ijtimoiy kelib chiqishi, taʼlim olgan taʼlim muassasasi turi, raqami va nomi, manzili hamda uni tugatgan yili, diplom (shahodatnoma) raqami, diplom (shahodatnoma)dagi oʻrtacha bali, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtaganlar uchun harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasi haqidagi maʼlumotlar hamda tanlovdan tashqari oʻqishga kirish huquqiga ega boʻlgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari, taʼlim tili, ixtisosligi, chet tili va uni topshirish usuli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
25-iyunga qadar mazkur Nizomning 1-ilovasi 1-shakli boʻyicha abituriyentlardan tushgan arizalar haqida maʼlumotni, mazkur Nizomning 1-ilovasi 2-shakli boʻyicha xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar gʻoliblari roʻyxatini, mazkur Nizomning 1-ilovasi 3-shakli asosida harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar roʻyxatini qabul komissiyasi raisining elektron imzosi bilan tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi va ushbu hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritishi qatʼiyan man qilinadi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakldagi titul varaqasi va mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi abituriyent ruxsatnomasini hamda mazkur Nizomning 4-ilovasi 1-shakli boʻyicha abituriyentlarning umumiy roʻyxati, mazkur Nizomning 4-ilovasi 2-shakli boʻyicha abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatish qaydnomasini chop etish boʻyicha Davlat test markazi bilan shartnoma tuzadi;
28-iyun kuni Davlat test markazidan mazkur Nizomning 4-ilovasi 1-shakli boʻyicha elektron imzo bilan tasdiqlangan abituriyentlarning umumiy roʻyxatini qabul qilib oladi va shu kuni eʼlonlar taxtasiga joylashtiradi;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
29-iyunga qadar mazkur Nizomning 5-ilovasi 1-shakli boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihon ballarini, mazkur Nizomning 5-ilovasi 2-shakli boʻyicha chet tili imtihoni ballarini qabul komissiyasi raisining elektron imzosi bilan tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi va eʼlonlar taxtasiga joylashtiradi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ballari hamda chet tili imtihoni ballari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining abituriyentlarni talabalar safiga oʻtkazish haqidagi qarori chiqmaguncha eʼlonlar taxtasidan olinmasligini taʼminlaydi;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
2-iyul kuni Davlat test markazidan abituriyent ruxsatnomalari va abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatish qaydnomalarini qabul qilib oladi;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
3-iyul kuni test sinovlari oʻtkaziladigan binolarda abituriyentlarni test sinovi oʻtkazish tartibi bilan yana bir bor tanishtirish maqsadida maslahat punktlari tashkil qiladi va abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnoma”sini tarqatadi;
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
mahalliy davlat hokimiyati va ichki ishlar organlari hamkorligida test sinovlari oʻtkaziladigan kuni abituriyentlarni bino hududi va binoga oʻz vaqtida tartibli kiritish uchun mazkur bobning 6-paragrafida belgilangan tartib boʻyicha har bir bino eshigida nazorat xizmati postlarini, shuningdek mazkur bobning 7-paragrafida belgilangan tartibga asosan taʼlim muassasasida tashkil etilgan Bosh shtabda, binolarning kirish eshigida va test materiallarini tarqatish, qabul qilish xonasida (shtabda) videotasvirni oʻrnatilishini taʼminlaydi;
3-iyul kuni test sinovi oʻtkazish uchun tayyorlangan binolarni Davlat test markazining bino vakiliga topshiradi va bu haqda mazkur Nizomning 6-ilovasi 1-shakli boʻyicha binoning test sinovlariga tayyorligi toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi;
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
4-iyul kuni repetitsiyani tashkil etadi va oʻtkazadi. Shu kuni soat 7.30 ga qadar Davlat test markazi direktorining elektron imzosi bilan tasdiqlangan mazkur Nizomning 6-ilovasi 2-shakli boʻyicha bino hududiga kirishga ruxsat berilgan Davlat test markazi vakillari (muassasa, bino, hudud va qavat vakillari), videooperator, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari roʻyxatini oladi hamda nazorat xizmati postlariga topshiradi;
(9-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
repetitsiya tugagach, mazkur Nizomning 6-ilovasi 3-shakliga muvofiq binoda repetitsiya oʻtkazish bayonnomasini rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
kompyuter texnikalari, nusxa koʻchirish va aloqa vositalari saqlanadigan xonalar, test sinovlari oʻtkazilmaydigan auditoriyalar, turli qoʻshimcha xonalar va qavatlarning kirish-chiqish eshiklari hamda test sinovlari oʻtkaziladigan auditoriya va xonalar belgilangan tartibda alohida tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng muhrlanishida ishtirok etadi;
Davlat test markazidan test sinovi natijalari qaydnomasi bilan birga, abituriyentni test sinovi natijasi bilan bogʻlovchi yagona hujjat hisoblangan, abituriyent tomonidan belgilangan tartibda toʻldirilgan titul varaqalarining asl nusxalarini va toʻldirilmagan titul varaqalarining nusxalarini Davlat test markazidan tekshirib, mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan titul varaqalari solingan paketni ochish haqida dalolatnoma asosida qabul qilib oladi va belgilangan tartibda toʻldirilmagan titul varaqalarining asl nusxalari Davlat test markazida qoldiriladi;
test natijalarini Davlat test markazidan olgan kuni taʼlim muassasasida eʼlon qiladi hamda abituriyentlarga test natijalari boʻyicha toʻliq maʼlumot beradi.
10. Qabul komissiyasiga yuklatilgan barcha vazifalarning sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha javobgarlik qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi zimmasiga yuklatiladi.
2-§. Test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishda Davlat test markazining asosiy vazifalari
11. Davlat test markazi test sinovini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi vazifalarni bajaradi:
test materiallarining sifatli, nuqsonsiz tayyorlanishini taʼminlaydi hamda maxfiylikni saqlagan holda tayyorlaydi va chop etadi;
taʼlim muassasalaridan mazkur Nizomda qayd etilgan barcha maʼlumotlar va maʼlumotlar bazalarini elektron imzo bilan tasdiqlangan holda qabul qilib oladi va ishlov beradi;
Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini taʼlim muassasalari boʻyicha taqsimotini amalga oshiradi;
abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatlarini shakllantiradi;
test materiallarini feldyegerlik xizmati xodimlariga topshiradi va ulardan qabul qilib oladi;
qabul komissiyalarga test sinovi natijalari bilan birga toʻldirilgan titul varaqalarini topshiradi;
bajarilgan test topshiriqlarini tekshiradi va natijasini chiqaradi;
test materiallari tahlili boʻyicha taftish va test sinovi natijasi boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish uchun apellatsiya komissiyalarini tashkil etadi.
12. Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishda quyidagi ishlarni bajaradi:
auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari uchun oʻtkaziladigan seminar mashgʻulotlari boʻyicha dastur ishlab chiqadi va taʼlim muassasalariga taqdim etadi;
taʼlim muassasalaridan test sinovlarini oʻtkazish rejalashtirilgan bino va auditoriyalar haqidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 8-ilovasi 1 — 6-shakllari asosida qabul qiladi, tahlil qiladi, belgilangan tartibga javob beradigan bino va auditoriyalarning reja-chizmalarini tasdiqlaydi;
25-iyunga qadar auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari uchun oʻtkaziladigan seminar mashgʻulotlarining talab darajasida tashkil etilishi va oʻtkazilishini nazorat qiladi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari haqidagi maʼlumotlar bazalarini elektron imzo bilan tasdiqlangan shaklda qabul qiladi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
2-iyul kuni qabul komissiyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida hududlar boʻyicha yoki alfavit tartibida chop etilgan abituriyentlar ruxsatnomalari va abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatish qaydnomasini elektron imzo bilan tasdiqlangan holda qabul komissiyasiga topshiradi;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
4-iyulga qadar Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarini qurʼa tashlash yoʻli bilan binolar boʻyicha taqsimotini elektron imzo bilan tasdiqlangan holda qabul komissiyasiga taqdim etadi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Davlat test markazi vakillarining oʻz vazifalarini aniq bilishini taʼminlaydi.
3-§. Test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishda Davlat test markazi vakillarining vazifalari
13. Davlat test markazi vakillari manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining tavsiyasi asosida davlat va jamoat tashkilotlari xodimlaridan tanlab olinadi.
Davlat test markazi tomonidan test sinovlari jarayoniga jalb etilgan Davlat test markazi vakillari bilan shartnoma tuziladi.
14. Davlat test markazining taʼlim muassasasi boʻyicha vakili (bundan buyon matnda muassasa vakili deb yuritiladi) Davlat test markazining bino boʻyicha vakili (bundan buyon matnda bino vakili deb yuritiladi), Davlat test markazining bino hududi boʻyicha vakili (bundan buyon matnda hudud vakili deb yuritiladi) va Davlat test markazining qavat boʻyicha vakili (bundan buyon matnda qavat vakili deb yuritiladi)ga umumiy rahbarlik qiladi hamda mazkur Nizom talablari asosida faoliyat yuritishi ustidan nazorat oʻrnatadi. Bino vakili qavat vakillarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Qavat vakili auditoriya rahbarlari faoliyatini boshqaradi.
Vakolati doirasida qavat vakili bino vakilining, bino vakili muassasa vakilining, muassasa vakili Davlat test markazining masʼul xodimi rahbarligida faoliyat yuritadi.
15. Davlat test markazi vakillarining vazifalari quyidagilardan iborat:
test sinovlarini oʻtkazish tartibini mukammal bilish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, qabul komissiyalari bilan hamkorlikda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari sifatida jalb etiladigan xodimlar uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida amaliy seminar mashgʻulotlarini oʻtkazish;
oʻziga biriktirilgan taʼlim muassasasi, bino, qavatda test sinovi oʻtkazish tartibiga qatʼiy rioya qilinishi, test sinovining xolisona va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash;
test sinovi jarayonida auditoriya rahbariga amaliy yordam koʻrsatish;
test sinovlari oʻtkaziladigan muassasa hududiga kirish joyidagi nazorat postida mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali aloqa vositalar hamda shu kabi turli xil taʼqiqlangan vositalar va shpargalkalar olib kirgan abituriyentlarni test sinovidan chetlashtirish boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirish.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2014-yil 14-avgustdagi 01-268-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-1, 21.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 34-son, 442-modda)
16. Muassasa vakili quyidagi tartibda faoliyat yuritadi:
3-iyul kuni qabul komissiyasi masʼul kotibi bilan birgalikda oʻziga tegishli bino, qavat va auditoriyalarning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi. Qabul komissiyasi masʼul kotibidan Davlat test markaziga tasdiqlangan holda taqdim etilgan dislokatsiya hujjatlari asosida binoni qabul qiladi va mazkur Nizomning 6-ilovasi 1-shakli asosida binoning test sinovlariga tayyorligi toʻgʻrisida bayonnomani rasmiylashtiradi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
4-iyul kuni soat 8.00 dan boshlab mahalliy davlat hokimiyati organlari, qabul komissiyasi, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar ishtirokida 5-iyulda oʻtkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun repetitsiya oʻtkazadi hamda binoda repetitsiya oʻtkazish bayonnomasini rasmiylashtiradi va shu kuni Davlat test markaziga taqdim etadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
17. Davlat test markazi vakillari tomonidan test sinovi oʻtkaziladigan binoga yon daftarcha, sumkacha, uyali aloqa vositalari va shunga oʻxshash taqiqlangan buyumlar bilan kiritilishi taqiqlanadi.
18. Muassasa vakili test sinovlari oʻtkaziladigan kuni quyidagi vazifalarni bajaradi:
soat 6.00 dan kechikmasdan oʻziga tegishli taʼlim muassasasiga yetib keladi va hududga nazorat xizmati postlari orqali pasporti bilan kiradi;
soat 6.15 gacha Bosh shtabda bino vakillari ishtirokida feldyegerlik xizmati xodimlaridan test materiallarini muhri buzilmaganligini tekshirib, qabul qilib oladi;
mazkur Nizomning 9-ilovasi asosida bino vakillarining binolar boʻyicha taqsimotini eʼlon qiladi;
kelmagan bino vakili oʻrniga zaxiradagi vakillardan birini tayinlaydi;
soat 6.30 gacha mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan shakl asosida binolar boʻyicha test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasining tegishli ustunini rasmiylashtiradi;
taʼlim muassasasida test sinovlarining oʻz vaqtida boshlanishi va belgilangan vaqtda tugashini nazorat qiladi;
vakolati doirasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi;
soat 13.30 gacha mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan binolar boʻyicha test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasi asosida bino vakilidan test materiallarini qabul qilib oladi va tegishli ustunni rasmiylashtiradi;
oʻz vaqtida topshirilgan test materiallarini bino vakillari ishtirokida feldyegerlik xizmati xodimlariga topshiradi. Bu haqda Davlat test markaziga telefon orqali xabar beradi. Bino boʻyicha sababsiz oʻz vaqtida olib kelinmagan test materiallarini qabul qilmaydi, hisobot shaklining boshqa muammolar qismiga bu haqda batafsil maʼlumot kiritadi;
soat 14.30 gacha mazkur Nizomning 11-ilovasi 1–2-shakllari asosida tayyorlangan qavat vakili hisoboti, bino vakili hisoboti, bino boʻyicha toʻldirilgan barcha shakllar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar, testga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari ruxsatnomalari, test materiallarini tarqatish va yigʻib olish bayonnomalari, abituriyentlarning binoga kirish jarayoni videotasviri solingan va muhrlangan maxsus paketlarni qabul qilib oladi hamda mazkur Nizomning 11-ilovasi 3-shakli asosida muassasa vakili hisoboti bilan birgalikda 5-iyul kuni soat 18.00 gacha Davlat test markaziga topshiradi;
(18-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
test sinovini oʻtkazish tartibini buzgan muassasa vakiliga nisbatan Davlat test markazi masʼul xodimi tomonidan dalolatnoma tuzilib, test sinovidan chetlashtiriladi hamda uning oʻrniga zaxiradan boshqa vakil tayinlanadi, bu haqda nomzodni tavsiya etgan tashkilotga maʼlum qilinadi.
19. Bino vakili test sinovlari oʻtkaziladigan kuni quyidagi vazifalarni bajaradi:
soat 6.30 gacha Bosh shtabda muassasa vakilidan bino boʻyicha qavat vakillari, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar roʻyxatlarini, ularning va videooperatorlar ruxsatnomalarini, test materiallarini qabul qilib oladi hamda binoga soat 6.40 gacha yetib boradi;
zaxira test materiallari solingan qutilarni seyfga joylashtiradi va muhrlaydi;
soat 7.00 gacha qavat vakillari orqali mazkur Nizomning 12-ilovasi 1-shakli asosida qavat vakili, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar taqsimotini eʼlon qilib, ularga va videooperatorlarga ruxsatnomalarni tarqatadi. Kelmagan qavat vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari oʻrniga zaxiradan tayinlaydi va bu haqda mazkur Nizomning 12-ilovasi 2-shaklida keltirilgan Test sinovlariga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi;
soat 7.00 da hudud vakiliga mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq abituriyentlarning bino va guruhlar boʻyicha umumiy roʻyxatini, auditoriya rahbarlariga abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatini va abituriyentlarning guruhlar boʻyicha titul varaqalari solingan paketlarni beradi;
bino boʻyicha soat 7.00 ga qadar toʻldirilgan barcha shakllar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar hamda test sinovi jarayoniga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar ruxsatnomalarini maxsus paketga solib muhrlaydi;
soat 8.15 gacha qavat vakillari orqali mazkur Nizomning 14-ilovasi 1-shaklida keltirilgan Binoda test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasi asosida test materiallari qutilarini auditoriya rahbarlariga topshiradi va bu haqda bayonnomaning tegishli ustunlarini rasmiylashtiradi;
soat 9.00 gacha qavat vakillarining abituriyentlar tomonidan test materialida tipografik nuqson borligi haqidagi murojaati yuzasidan zudlik bilan zaxira qutisidan taʼlim yoʻnalishi, taʼlim tiliga mos test materiallarini olib qavat vakiliga beradi va bu haqda mazkur Nizomning 14-ilovasi 2-shakliga muvofiq Zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtiradi;
soat 12.20 (ikkita fandan test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.20) gacha abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilib boradi va test jarayonida muammo paydo boʻlsa, zudlik bilan hal qiladi;
auditoriyada test sinovini oʻtkazish tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovidan chetlashtirilishi va bu haqda dalolatnoma tuzilishini nazorat qiladi;
soat 13.00 (ikkita fandan test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 12.00) gacha qavat vakillari orqali mazkur Nizomning 14-ilovasi 1-shaklida keltirilgan Binoda test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasi asosida auditoriya rahbarlaridan test materiallari qutilarini muhrlangan holda qabul qilib oladi, bayonnomaning tegishli ustunlarini rasmiylashtiradi hamda oʻz vaqtida topshirgan auditoriya rahbarlari ruxsatnomasining tegishli joylarini toʻldirib imzo qoʻyadi, shuningdek auditoriyadan sababsiz oʻz vaqtida olib kelinmagan test materiallari qutilarini qabul qilmaydi va hisobot shaklining boshqa muammolar qismiga bu haqda batafsil maʼlumot kiritadi;
soat 13.30 gacha qavat vakillari ishtirokida muhrlangan test materiallari qutilarini qoplarga solib muhrlaydi. Muhrlangan test materiallarini Bosh shtabga olib boradi va taʼlim muassasasi vakiliga topshiradi hamda feldyegerlik xizmati xodimlariga topshirilishida ishtirok etadi;
soat 14.30 gacha qavat vakillaridan hisobotlarni qabul qiladi va mazkur Nizomning 11-ilovasi 2-shakli boʻyicha bino vakili hisobotini yozadi. Bino boʻyicha toʻldirilgan barcha shakllar, rasmiylashtirilgan dalolatnomalar, bayonnomalar, testga kelmagan Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar ruxsatnomalari, abituriyentlarning binoga kirish jarayoni videotasviri solingan va muhrlangan maxsus paketni muassasa vakiliga topshiradi.
20. Toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga keltirilmagan shakllar uchun bino vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.
21. Qavat vakili test sinovlari oʻtkaziladigan kuni quyidagi ishlarni bajaradi:
soat 7.00 gacha auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilariga bino vakili boshchiligida ruxsatnomalarni tarqatadi hamda ularni belgilangan auditoriyalarga olib boradi;
oʻziga tegishli qavatda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining faoliyatini nazorat qiladi;
test oʻtkazilayotgan auditoriyada abituriyent tomonidan test oʻtkazish tartibi buzilishi aniqlanganda, auditoriya rahbaridan ushbu holat boʻyicha test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilishini talab qiladi;
test sinovi tartibini buzgan auditoriya rahbari yoki kuzatuvchini test sinovidan chetlashtiradi, ularning oʻrniga zaxiradan boshqani tayinlaydi hamda ushbu holatlarni hisobotida koʻrsatadi;
auditoriyalarda paketlar va test materiallari qutisini muhrlashda amaliy yordam beradi;
qavatdagi auditoriyalar rahbarlari tomonidan test materiallari qutilarining bino vakiliga topshirilishini nazorat qiladi;
mazkur Nizomning 11-ilovasi 1-shakli boʻyicha qavat vakili hisobotini yozib, bino vakiliga topshiradi.
22. Hudud vakili test sinovlari oʻtkaziladigan kuni quyidagi ishlarni bajaradi:
soat 7.00 da bino vakilidan mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan shaklda abituriyentlarning bino va guruhlar boʻyicha umumiy roʻyxatini oladi va bino hududida eʼlonlar taxtasiga joylashtiradi;
abituriyentlarni bino hududi va binoga tartibli ravishda kirishini nazorat qiladi;
bino hududiga kirishda taqiqlangan vositalarni olib kirgan abituriyentlarni chetlashtirish va tegishli dalolatnomani rasmiylashtirishda ishtirok etadi.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2014-yil 14-avgustdagi 01-268-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-1, 21.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 34-son, 442-modda)
23. Test sinovi davomida mazkur Nizomning 64-bandida koʻrsatilgan salbiy holatlarni sodir etgan qavat vakili bino vakili tomonidan, bino vakili muassasa vakili tomonidan, muassasa vakili Davlat test markazi masʼul xodimi tomonidan test sinovidan chetlashtiriladi, oʻrniga zaxiradan boshqa vakil tayinlanadi hamda bu haqda nomzodni tavsiya etgan tashkilotga maʼlum qilinadi. Barcha holatlar tegishli hisobotlarda koʻrsatiladi.
4-§. Test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari
24. Tuman (shahar) hokimliklari test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish davomida tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
25. Tuman (shahar) hokimliklari taʼlim muassasalarining murojaatiga asosan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
bino va auditoriyalarni mazkur Nizomning 6-paragrafida belgilangan tartib boʻyicha test sinoviga tayyorlash, test sinovini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishda amaliy yordam beradi;
ommaviy tadbir ishtirokchilariga ularning vazifalarini tushuntiradi hamda Davlat test markazi vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining oʻquv-seminar mashgʻulotlariga, repetitsiyaga va test sinovlariga oʻz vaqtida yetib kelishini taʼminlaydi;
ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat nazorat xizmati postlarini tashkil etadi;
vakolati doirasida test sinovlarining tartibli oʻtishini taʼminlaydi.
5-§. Test sinovlari oʻtkazishda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarning vazifalari
26. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari auditoriyalarga Davlat test markazi tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan taqsimlanadi.
27. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari tomonidan binoga taqiqlangan buyumlarni olib kirilishi man etiladi. Test sinovi oʻtkaziladigan auditoriyada test sinovlarini mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilingan holda toʻgʻri va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik auditoriya rahbari zimmasiga yuklanadi.
28. Har bir auditoriyaga 1 nafar auditoriya rahbari, 15 nafar abituriyent uchun 1 nafar kuzatuvchi biriktiriladi. Kuzatuvchi oʻzi masʼul hisoblangan abituriyentlarga test materiallarini tarqatish va yigʻib olish hamda test sinovini belgilangan tartibda oʻtkazilishiga masʼul hisoblanadi. Auditoriya rahbari kuzatuvchilar faoliyatini nazorat qiladi va mazkur Nizomning 15-ilovasida keltirilgan Auditoriyada test sinovini oʻtkazish bayonnomasini rasmiylashtiradi.
29. Test sinovlari oʻtkaziladigan kuni auditoriya rahbari va kuzatuvchisi oʻziga biriktirilgan binoga soat 6.30 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib keladi. Soat 7.00 gacha bino shtabida ruxsatnomasini oladi va imzo qoʻyadi hamda ruxsatnomasida koʻrsatilgan auditoriyaga mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxati bilan borib, ism va familiyalarini yozuv taxtasi (doska)ga yozib qoʻyadi.
30. Auditoriya rahbari soat 8.15 gacha bino shtabida bino vakilidan tegishli titul varaqalari solingan paketni va test materiallari qutisini muhri buzilmaganligini tekshirib qabul qiladi, qavat vakili boshchiligida auditoriyaga olib keladi hamda titul varaqalari solingan paketni guvohlar ishtirokida ochib, kuzatuvchilarga topshiradi.
31. Auditoriya rahbari soat 8.30 da auditoriya kuzatuvchilari va ikki nafar abituriyentlar guvohligida test materiallari qutisini muhrlanganligiga ishonch hosil qilib ochadi. Test materiallari qutisidan abituriyentlar soniga mos mazkur Nizomning 17-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi savollar kitobi hamda mazkur Nizomning 18-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi javoblar varaqasi, mazkur Nizomning 19-ilovasi 1—3-shakllar boʻyicha titul varaqalari paketi, javoblar varaqasi paketi va ishlatilmagan savollar kitoblari paketi, mazkur Nizomning 20-ilovasida keltirilgan shakldagi Test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida dalolatnomani, test materiallarini muhrlash uchun 4 ta Davlat test markazi emblemalari va mazkur Nizomning 15-ilovada keltirilgan shakldagi Auditoriyada test sinovini oʻtkazish bayonnomasi mavjudligini tekshirib oladi.
32. Auditoriya rahbari abituriyentlarga tarqatish uchun javoblar varaqalari va javoblar varaqasi raqamiga mos raqamli savollar kitoblarini kuzatuvchilarga topshiradi hamda mazkur Nizomning 16-ilovasida keltirilgan shakldagi abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga abituriyentlar tomonidan test materiallarini qabul qilib olganliklarini tasdiqlab, imzo qoʻyishlarini nazorat qiladi.
33. Auditoriya rahbari soat 9.00 gacha quyidagi ishlarni bajaradi:
abituriyentlarga javoblar varaqasini bukmaslik, javoblar varaqasining marker chizigʻiga yozmaslik va javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslikni tushuntiradi;
abituriyentlarga savollar kitobi raqami bilan javoblar varaqasi raqami mosligini hamda test materiallari nuqsonsizligini tekshirib chiqishlarini, javoblar varaqasi va savollar kitobi muqovasining tegishli joyiga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib imzo qoʻyishlarini, titul varaqasi va abituriyent ruxsatnomasining tegishli joyiga javoblar varaqasidan javoblar varaqasi raqamini xatosiz koʻchirib yozib imzo qoʻyishlarini va titul varaqasidan javoblar varaqasining tegishli joyiga maxsus kodni toʻgʻri koʻchirish boʻyicha koʻrsatma beradi;
kuzatuvchilardan test sinoviga kelmagan abituriyentlarning javoblar varaqalari va savollar kitoblarini sanab qabul qilib oladi;
kuzatuvchilarga abituriyentlar tomonidan toʻldirilgan titul varaqalarini yigʻib olish boʻyicha koʻrsatma beradi va ulardan sanab qabul qilib oladi, titul varaqalarini soat 9.00 ga qadar topshirmagan abituriyentlarni test sinovidan chetlashtiradi va holat boʻyicha tegishli dalolatnoma shaklini rasmiylashtiradi;
abituriyent savollar kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilganda, nuqson borligiga shaxsan oʻzi ishonch hosil qilgandan keyin tezkorlik bilan qavat vakiliga murojaat qilib, zaxiradan shu taʼlim yoʻnalishi, tiliga mos boʻlgan savollar kitobi va javoblar varaqasini keltirib berishni soʻraydi hamda abituriyentga nuqsonsiz test materiallarini topshiradi;
nuqsonli test materiallari (savollar kitobi va javoblar varaqasi) ustiga “Nuqsonli” degan yozuv kiritadi, nuqsonli test savollari kitobi ustiga almashtirilgan vaqtini, abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib imzo qoʻyadi hamda nuqsonli test savollari kitobi va javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga soladi.
34. Auditoriya rahbari soat 9.00 da test sinovi boshlanganini eʼlon qilib, test sinovi boshlangan va tugash vaqtini doskaga yozib qoʻyadi.
35. Auditoriya rahbari soat 9.20 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
test sinoviga kelmagan abituriyentga tegishli savollar kitobini ishlatilmagan savollar kitobi paketiga solib muhrlaydi, javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qoʻyadi va mazkur Nizomning 16-ilovasida keltirilgan abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga test sinoviga kelmagan abituriyent haqida “Qatnashmadi” degan yozuv kiritadi;
yigʻilgan titul varaqalariga yozilgan javoblar varaqalari raqamlarini abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga yozilgan javoblar varaqalari raqamlari bilan mosligini birma-bir tekshirib chiqadi, tegishli joyiga imzo qoʻyib, titul varaqalari paketiga solib qoʻyadi;
auditoriyada test sinovlarini oʻtkazish bayonnomasining tegishli bandlarini rasmiylashtiradi.
36. Auditoriya rahbari soat 12.00 (ikkita fandan test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.00) da test savollari bilan ishlash uchun ajratilgan vaqt tugaganligini va javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun ajratilgan 20 daqiqalik vaqt boshlanganligini eʼlon qiladi.
37. Soat 12.20 (ikkita fandan test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.20) da test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qiladi va abituriyentlarni oʻrinlaridan turishlarini talab qiladi hamda kuzatuvchilarga abituriyentlardan test materiallarini yigʻib olish boʻyicha koʻrsatma beradi. Test materiallari yigʻib olinganidan soʻng auditoriya rahbari savollar kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshiradi va abituriyentlarga test materiallarini topshirganligini tasdiqlash maqsadida mazkur Nizomning 16-ilovada keltirilgan abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga imzo qoʻydirib, auditoriyadan chiqishlarini nazorat qiladi.
Test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganligini inobatga olmagan abituriyentlarning test materiallarini qabul qilmaydi. Abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga “topshirmadi” yozuvini kiritib, imzo bilan tasdiqlaydi, holat boʻyicha mazkur Nizomning 20-ilovasida keltirilgan Test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida dalolatnomani rasmiylashtiradi va unga abituriyentning titul varaqasini yelimlaydi.
38. Auditoriya rahbari soat 12.20 dan 12.40 (ikkita fandan test sinovini topshiruvchilar uchun soat 11.20 dan 11.40) gacha quyidagi ishlarni bajaradi:
javoblar varaqasi paketiga testda qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, ishlatilmagan javoblar varaqalarini, test sinovidan chetlashtirilganligi haqidagi dalolatnoma yelimlangan javoblar varaqalari va titul varaqalarini, test materiallarini oʻz vaqtida topshirmagan abituriyentlarning titul varaqalari yelimlangan dalolatnomalarni, test sinoviga kelmagan abituriyentlarning titul varaqalarini, ustiga “nuqsonli” deb yozilgan savollar kitobi va unga tegishli javoblar varaqasini soladi;
titul varaqalari paketiga test sinovida qatnashgan abituriyentlarning titul varaqalarini, abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatini soladi;
javoblar varaqasi paketi va titul varaqalari paketi ustidagi shaklni rasmiylashtiradi va kuzatuvchilar ikki nafar abituriyent guvohligida Davlat test markazi emblemasi bilan muhrlaydi hamda muhr ustidagi tegishli joyga imzo qoʻyadi;
test materiallari qutisiga, ishlatilgan savollar kitoblarini, ishlatilmagan savollar kitoblari paketini, javoblar varaqasi paketini, titul varaqalari paketini, auditoriyada test sinovini oʻtkazish bayonnomasini soladi;
test materiallari qutisini kuzatuvchilar va ikki nafar abituriyent guvohligida Davlat test markazi emblemasi bilan muhrlaydi hamda muhr ustidagi tegishli joyga imzo qoʻyadi.
Soat 12.40 (ikkita fandan test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.40) dan kechikmay muhrlangan test materiallari qutisini kuzatuvchilari bilan birga bino vakiliga topshiradi va ushbu materiallarni oʻz vaqtida topshirganligini tasdiqlatib, ruxsatnomasining tegishli joyiga imzo qoʻydiradi.
39. Auditoriyada test sinovi oʻtkazish tartibining buzilishi, test sinovi oʻtkazish tartibini buzgan abituriyentning dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtirilganligi yoki chetlashtirilmaganligi, test sinovi jarayonida ishlatilgan shakllar yoki paketlar ustidagi belgilangan joylar toʻldirilmaganligi yoki chala toʻldirilganligi, qutining auditoriyada muhrlanmaganligi, paketning tegishli joyiga yozilgan va tasdiqlangan yozuvning paket ichidagi test materiallari soniga mos kelmasligi, auditoriya boʻyicha Davlat test markaziga keltirilmagan test materiallari va shikastlangan test materiallari boʻyicha dalolatnoma tuzilmaganligi boʻyicha shaxsan auditoriya rahbari javobgar hisoblanadi.
40. Auditoriya kuzatuvchisi soat 8.00 gacha quyidagi ishlarni bajaradi:
auditoriyaning test sinovlariga tayyorligini tekshiradi, test jarayoniga salbiy taʼsir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
auditoriyada abituriyentlar boʻlsa, ularni tashqariga chiqaradi auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlari belgilangan namuna asosida raqamlanganligini tekshiradi;
auditoriya rahbaridan abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxati va titul varaqalarini qabul qilib oladi;
abituriyentlarni titul varaqasi, abituriyent ruxsatnomasi va pasporti asosida tekshirib (rasmlar shu abituriyentga tegishliligiga ishonch hosil qilib), abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxati asosida auditoriyaga kiritadi;
abituriyentga titul varaqasini topshirib, titul varaqasida koʻrsatilgan joyga borib oʻtirishi haqida koʻrsatma beradi;
test sinoviga kelmagan abituriyentning oʻrni test sinovi davomida boʻsh qoladi;
test sinoviga kelmagan abituriyentlarga tegishli titul varaqalarini sanab auditoriya rahbariga topshiradi.
41. Auditoriya kuzatuvchisi soat 8.30 da auditoriya rahbaridan javoblar varaqalari va javoblar varaqasi raqamiga mos raqamli savollar kitoblarini qabul qilib oladi va abituriyentlarga tarqatib chiqadi. Abituriyentlarga javoblar varaqasi raqamini abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga yozdirib imzo qoʻydiradi va abituriyentlar tomonidan toʻldirilgan titul varaqalarini yigʻib oladi hamda auditoriya rahbariga topshiradi.
42. Auditoriya kuzatuvchisi soat 9.00 dan 12.20 (ikkita fandan test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 9.00 dan 11.20) gacha test sinovi belgilangan tartibda oʻtishini nazorat qiladi, oʻziga tegishli abituriyentlardan test materiallarini yigʻib oladi va auditoriya rahbariga topshiradi. Soat 12.40 (ikkita fandan test sinovlarini topshiruvchilar uchun soat 11.40) gacha test materiallari qutisini auditoriyada muhrlashda va bino vakiliga topshirishda ishtirok etadi.
43. Test sinovi davomida mazkur Nizomning 65-bandida koʻrsatilgan salbiy holatlarni sodir etgan auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi qavat vakili tomonidan test sinovidan chetlashtiriladi, oʻrniga zaxiradan boshqasi tayinlanadi va bu haqda nomzodni tavsiya etgan tashkilotga maʼlum qilinadi. Barcha holatlar tegishli hisobotlarda koʻrsatiladi.
6-§. Test sinovlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni test sinovlariga tayyorlash
44. Qabul komissiyasi bino va auditoriyalar mazkur Nizomning 8-ilovasi 1—7-shakllarida belgilangan talablar asosida test sinovlarini oʻtkazish uchun tayyorlanadi.
45. Qabul komissiyalari joriy yilda test sinovlariga qatnashadigan abituriyentlar sonini oʻtgan yilga nisbatan yigirma foiz qoʻshgan holda rejalashtiradi. Test sinovlari oʻtkazish talablariga javob beradigan bino va auditoriyalarning hududlar boʻyicha maʼlumotlar bazasidan test jarayonida foydalanish uchun tanlaydi.
46. Test sinovlari oʻtkaziladigan binolari reja-chizmasi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangandan keyin haqiqiy hisoblanadi.
47. Taʼlim muassasasida test materiallarini qabul qilish va topshirish uchun maxsus xona (Bosh shtab), binolarda test materiallarini tarqatish va qabul qilib olish uchun moʻljallangan xona (shtab) tayyorlanadi va ular Davlat test markazining vakillari uchun yetarli miqdorda stol-stullar, statsionar telefon aloqasi, test jarayonida hujjatlarni saqlash uchun seyf va soat bilan taʼminlanadi.
48. Test sinovi oʻtkaziladigan bino va auditoriyalar quyidagi talablarga javob berishi shart:
binolar hududiy joylashuvi boʻyicha bir-biriga yaqin boʻlishi;
bino joylashgan hudud oʻralgan boʻlishi;
binoga kirish yoʻlagi koʻpi bilan 500 nafar abituriyentga moʻljallangan boʻlishi;
abituriyentlarni tartibli va oʻz vaqtida kiritish uchun binolarning kirish eshiklarida ichki ishlar xodimlaridan iborat nazorat xizmati postlari tashkil etilishi;
bino hududida abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatini ilish uchun eʼlonlar taxtasi bilan taʼminlanishi;
binoda test jarayoni uchun zarur boʻlgan axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilishi;
bino va auditoriyalarning holati sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob berishi;
binodagi har bir qavatda kamida 180 nafar abituriyent uchun moʻljallangan 12 tagacha auditoriyalar tashkil etilishi hamda ushbu auditoriyalar Davlat test markazining qavat vakili tomonidan nazorat qila oladigan masofada joylashgan boʻlishi;
auditoriya sifatida oshxona, yoʻlak (koridor) va shunga oʻxshagan xonalardan foydalanmaslik;
auditoriyalarning eshiklariga guruh raqami yozilgan koʻrsatkich ilib qoʻyilishi;
taʼlim muassasasi boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan auditoriyalar raqami bino raqamining oʻsishi tartibida, bino boʻyicha yuqori qavatdan pastki qavatga oʻsishi tartibida hamda taʼlim muassasasi boʻyicha test sinovlari nechta binoda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, auditoriyalarning tartib raqami ketma-ketligi takrorlanmasligi;
har bir auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlari soni 15, 30 yoki 60 nafar abituriyentga moʻljallangan boʻlishi;
auditoriyalar yetarli miqdorda stol-stullar va test materiallari uchun alohida stol bilan taʼminlanishi, stol-stullar boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan boʻlmasligi;
auditoriyalarni tayyorlashda yorugʻlik tushishi, shamollatish, abituriyentni tik tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi;
auditoriyalar xonadan-xonaga oʻtiladigan boʻlmasligi va ular bir nechta shartli auditoriyalarga boʻlinmasligi;
auditoriyalarda test sinovlari topshiriladigan fanlarga taalluqli koʻrgazmali vositalar boʻlmasligi;
auditoriya soat, boʻr, yozuv taxtasi (doska), yelim, ichimlik suvi hamda abituriyentlar, auditoriya rahbari va kuzatuvchilari soniga teng miqdorda stol, stul, havorang pastali sharikli ruchka, 20 donadan A-4 bichimdagi oddiy yozuv qogʻozi bilan taʼminlanishi shart.
49. Qabul komissiyalari tomonidan 1-iyulga qadar bino, auditoriyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va reja-chizmalar mazkur Nizomning 8-ilovasi 1 — 6-shakllari asosida elektron imzo bilan tasdiqlangan holda Davlat test markaziga taqdim etiladi. Taqdim etilgan maʼlumotlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmaydi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
7-§. Test sinovlarida videotasvirni tashkil qilish
50. Qabul komissiyalari tomonidan videotasvirni tashkil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
har bir nazorat xizmati postida va shtablarda kamida ikkitadan videotasvirga tushirish qurilmasi oʻrnatiladi. Ikkita videotasvir orqali jarayonni toʻliq qamrab olishda muammolar yuzaga kelgan hollarda, qoʻshimcha videotasvirga tushirish qurilmasi oʻrnatiladi;
videotasvirga tushirish qurilmasi uzluksiz ishlashi, videotasvirda sana va vaqtning aniq yozilgan boʻlishi, tasvirga olinayotgan jarayonni toʻliq qamrab olishi, jarayon ishtirokchilarining kimligi videotasvir orqali aniqlanadigan darajada boʻlishi shart;
har bir videotasvirga tushirish qurilmasining uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida videotasvirga tushirish va DVD diskga yozish (koʻchirish) malakasiga ega boʻlgan operator (bundan buyon matnda videooperator deb yuritiladi) tayinlanishi lozim;
videotasvirni oʻrnatish joylarining reja-chizmalari Davlat test markaziga tasdiqlash uchun taqdim etiladi;
videooperatorlar roʻyxati qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
videooperatorlar test sinovlari oʻtkaziladigan kuni oʻziga biriktirilgan binoga soat 5.30 da yetib keladi va bino hududiga nazorat xizmati postlari orqali qabul komissiyasi taqdim etgan roʻyxat asosida pasporti bilan kiritiladi. 7.00 ga qadar bino vakilidan oʻziga tegishli ruxsatnomasini oladi;
videotasvirga tushirish qurilmasi reja-chizmada belgilangan joyga oʻrnatiladi va ishlashga tayyorligi tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi;
videotasvirning test sinovlari tugagunga qadar uzluksiz ishlashi taʼminlanadi;
videotasvirlarni koʻchirish yoki montaj qilish, videotasvirga tushirish jarayonida obyektiv holatiga oʻzgartirish kiritish qatʼiyan man etiladi. Mazkur tartibda belgilanmagan holatlarni videotasvirga tushirish boʻyicha hech kim koʻrsatma berishga haqli emas;
test sinovlari tugashi bilan videotasvirlar tushirilgan disklar ketma-ket raqamlangan holda bino boʻyicha alohida konvertga solinadi. Konvert taʼlim muassasasi nomi va kodi, bino raqami, videooperator familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan, muhrlangan va imzolangan holda bino vakiliga topshiriladi.
51. Videotasvirlarning Davlat test markaziga yetkazilishi bino vakili tomonidan taʼminlanadi.
8-§. Test sinovlarini oʻtkazish
52. Test sinovi oʻtkaziladigan kuni abituriyentlar test sinovlari oʻtkaziladigan bino hududiga soat 7.00 dan boshlab videotasvir orqali pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kiritiladi. Abituriyent eʼlonlar taxtasidagi mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan abituriyentlarning bino va guruhlar boʻyicha umumiy roʻyxatidan qaysi guruhda ekanligini aniqlab, videotasvir orqali binoga kiradi va koʻrsatgichlardan foydalanib, oʻziga tegishli auditoriyaga boradi. Abituriyent auditoriyaga soat 8.30 gacha kiritiladi. Test sinovlari boshlangandan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi va belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.
53. Tanlangan taʼlim yoʻnalishiga qarab abituriyentlar ikki yoki uch fan majmualari boʻyicha test sinovini topshiradi. Test topshiriqlari umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi umumtaʼlim fanlari Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
54. Test sinovi soat 8.30 da boshlanadi.
Soat 8.30 dan 9.00 gacha abituriyentlar javoblar varaqasini toʻgʻri toʻldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga oʻzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yozadilar. Bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.
55. Test boshlangandan keyin hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.
Test sinovi davomida auditoriya eshiklari ochiq holatda turadi. Auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi tomonidan auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi.
56. Abituriyent javoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar boʻyicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa nuqsonlar yoʻqligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson boʻlganda soat 9.00 gacha bu haqda auditoriya rahbariga xabar beradi va 9.00 dan keyin eʼtirozlar qabul qilinmaydi.
57. Abituriyentlar abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasi raqamini, titul varaqasida koʻrsatilgan maxsus kodini esa javoblar varaqasiga koʻchirib yozadi va tegishli doirachalarni boʻyaydi.
58. Abituriyent tomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga koʻchirilgan maxsus kodi, abituriyentning taʼlim tili, taʼlim yoʻnalishi, taʼlim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona maʼlumot boʻlganligi sababli, toʻldirilmagan javoblar varaqasi boʻyicha natija chiqarilmaydi va eʼtirozlar qabul qilinmaydi.
Abituriyent javoblar varaqasining 1-blokiga va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga oʻzi haqidagi tegishli maʼlumotlarni yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu maʼlumotlar kiritilmagan, qisman yoki notoʻgʻri kiritilgan taqdirda, ixtiyoriy bosqichda natija dalolatnoma asosida bekor qilinadi va abituriyent eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
59. Savollar kitobidagi har bir fan 36 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi.
Abituriyentga test topshiriqlarini bajarish uchun quyidagi vaqt meʼyorlari belgilanadi:
72 savolga — 2 soat;
108 savolga — 3 soat.
Har bir savolga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) javoblar varianti berilgan boʻlib, abituriyent ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni oʻzgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasidagi mos doirachalarini belgilangan tartibda boʻyashi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas).
Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. Agar javoblar varaqasidagi “Belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta savolga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa ushbu javobga ball berilmaydi. Savollar kitobida belgilangan javoblar natija chiqarish uchun asos boʻlmaydi va eʼtiborga olinmaydi.
Toʻldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
60. Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havorang pastali sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.
Javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni notoʻgʻri boʻyagan abituriyentlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Javoblar varaqasini toʻldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt meʼyoriga qoʻshimcha 20 daqiqa ajratiladi.
61. Test sinovlarini topshirish vaqtida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, auditoriyadan chiqqan abituriyent qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi, sogʻligʻi yomonlashgan holatlarda test materiallarisiz qavat vakili va tibbiy xizmat xodimi kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.
62. Auditoriya rahbari tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagani va savollar kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasining mos doirachalariga boʻyash uchun qoʻshimcha yigirma daqiqalik vaqt boshlanganligi eʼlon qilinganda abituriyent savollar kitobi bilan ishlashni toʻxtatib, savollar kitobida belgilangan javoblarni javoblar varaqasining mos doirachalariga boʻyashni boshlashi, qoʻshimcha ajratilgan vaqt tugagani eʼlon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni toʻxtatishi shart.
Abituriyent test savollari yoki test sinovlarini oʻtkazish jarayoni yuzasidan eʼtirozlari mavjud boʻlganda, Davlat test markaziga mazkur Nizomning 21-ilovasiga muvofiq test savollari yoki test sinovlarini oʻtkazish jarayoni yuzasidan eʼtirozlar boʻyicha ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
63. Test sinovlarini belgilangan muddatdan oldin tugatgan yoki test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagach, abituriyentlar mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan tartibda test materiallarini topshiradi.
64. Davlat test markazi vakili quyidagi holatlarda test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi:
bino va qavatga taqiqlangan vositalarni olib kirganda;
abituriyentga taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun sharoit yaratib berganda;
bino va qavatda test sinovi jarayoniga boshqa tizim xodimlarining aralashuviga, ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻyganda;
yuklatilgan vazifalarini suiisteʼmol qilganda;
xatti-harakati test sinovini oʻtkazish tartibining buzilishiga olib kelganda;
test sinovi vaqtida auditoriya rahbari va kuzatuvchi tomonidan auditoriya eshigi yopib qoʻyilishi yoki auditoriya eshigi oldida turib qavatdagi harakatlarni kuzatilishiga yoʻl qoʻyganda;
test sinovi jarayonida bino va qavatda nazoratni qoʻldan chiqarganda va tartibsizlik kelib chiqishiga sabab boʻlganda;
auditoriyalarda test sinovi tartibini buzgan abituriyentlarni chetlashtirish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilishiga qarshilik qilganda;
test sinovi jarayonida yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotganligi aniqlanganda va shu kabi boshqa holatlarda.
65. Auditoriya rahbari va kuzatuvchi quyidagi holatlarda test sinovi jarayonidan chetlashtiriladi:
auditoriyaga taqiqlangan vositalarni olib kirganda;
test sinovi jarayoniga boshqa tizim xodimlarining aralashuviga yoʻl qoʻyganda;
yuklatilgan vazifalarni suiisteʼmol qilganda;
xatti-harakati test sinovini oʻtkazish tartibining buzilishiga olib kelganda;
abituriyentga taqiqlangan vositalardan foydalanish uchun sharoit yaratib berganda;
begona shaxslarning auditoriyaga kirishiga yoʻl qoʻyganda;
test sinovi boshlangandan keyin auditoriyadan test materiallarining olib chiqilishi va olib kirilishiga yoʻl qoʻyganda;
auditoriya eshigini yopib qoʻyganda;
test sinovi vaqtida auditoriyadan tashqariga chiqqanda;
auditoriya eshigidan turib qavatdagi harakatlarni kuzatganda;
test sinovi jarayonida auditoriyada nazoratni qoʻldan chiqarganda va tartibsizlik kelib chiqishiga sabab boʻlganda;
test sinovi jarayonida yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotganligi aniqlanganda va shu kabi boshqa holatlarda.
66. Abituriyent tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qatʼiy man etiladi.
Abituriyent tomonidan test sinovlariga mikrokalkulyatorlar, lugʻat, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, test sinovi paytida test materiallarini boshqa abituriyentga berilishi, savollar kitobi varaqlarini yaroqsiz holga keltirishi test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanadi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va abituriyent test sinovlaridan chetlashtiriladi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2014-yil 14-avgustdagi 01-268-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-1, 21.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 34-son, 442-modda)
Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varagʻi yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.
III bob. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqish
67. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent test sinovlari natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab ikki kun davomida Davlat test markazida tashkil etiladigan apellatsiya komissiyasiga mazkur Nizomning 22-ilovasiga muvofiq test natijalari boʻyicha apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellatsiya shikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinadi. Abituriyentga apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi va koʻrib chiqish sanasi toʻgʻrisida xabarnoma beriladi.
68. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga Davlat test markazining masʼul xodimlari va fanlar boʻyicha ekspertlar kiritiladi.
Komissiyaning tarkibi Davlat test markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Apellatsiya komissiyasi apellatsiyani koʻrib chiqish jarayonida qabul komissiyasi aʼzolarini, Davlat test markazi vakillarini hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilarini ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilishga haqli.
69. Abituriyent tomonidan javoblar varaqasi, savollar kitobi yoki titul varaqasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻldirilmagan, shuningdek test sinovidan chetlashtirilgan boʻlsa, abituriyentning apellatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
70. Apellatsiya shikoyati bergan abituriyent oʻzining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan xabarnomada belgilangan kunda kelishi shart.
71. Apellatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test sinovida yoʻl qoʻygan notoʻgʻri javoblari roʻyxati va test sinovi jarayonida tushgan savollar kitobining elektron varianti asosida chop etilgan savollar kitobi beriladi. Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent oʻzining toʻliq tahlilini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilingan test materiallari bilan birga Apellatsiya komissiyasiga topshiradi.
72. Apellatsiya shikoyati koʻrilayotgan auditoriyaga abituriyent uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lugʻat, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirsa, apellatsiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa, abituriyentlarga yordam bersa yoki yordam olsa, auditoriyaga xalaqit bersa, savollar kitobi varagʻini yirtsa, abituriyent apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish tartibini buzgan hisoblanadi va apellatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan dalolatnoma tuzilib, apellatsiya jarayonidan chetlashtiriladi va uning eʼtirozi qayta koʻrib chiqilmaydi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2014-yil 14-avgustdagi 01-268-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-1, 21.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 34-son, 442-modda)
73. Apellatsiya murojaati apellatsiya komissiyasi yigʻilishida ikki kun muddatda koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi. Apellatsiya komissiyasining bayonnomasidan koʻchirma murojaat etuvchi manziliga yuboriladi.
74. Apellatsiya komissiyasi qarori boʻyicha maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
75. Abituriyent shikoyati boʻyicha apellatsiya komissiyasining xulosasi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
IV. Yakuniy qoida
76. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 2-iyul
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
2013-yil 2-iyul
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
2013-yil 2-iyul
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
2013-yil 2-iyul
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

‎‎1-shakl‎

‎‎Abituriyentlardan tushgan arizalar haqida
‎MAʼLUMOT

‎‎___________________

_______________‎‎‎

(taʼlim muassasasi nomi)‎‎

‎‎(yil va sana)‎

T/r‎ Tanlov
‎ kodi‎
Taʼlim
‎turi‎
Taʼlim
‎ tili‎
Test
‎ kodi‎
Jami
‎arizalar
‎soni‎
Shu jumladan, test
‎sinovlarida
‎ishtirok
‎ etadiganlar soni‎
1.‎
2.‎ Jami ‎‎
‎‎Qabul komissiyasi raisi ‎

‎‎__________

‎‎______________________

(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.)

2-shakl‎

Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar gʻoliblari
‎ROʻYXATI

‎‎_______________‎________

_______________‎‎‎

(taʼlim muassasasi nomi)‎‎

‎‎(yil va sana)‎

T/r Maxsus
‎ kod
Taʼlim turi Tanlov
‎ kodi
Taʼlim
‎tili
Abituriyentning F.I.O.

1

‎‎‎‎Qabul komissiyasi raisi‎

___________‎‎

________‎‎‎_______‎

(imzo)

‎(F.I.O.)

‎‎3-shakl

‎‎Harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasiga
‎ega boʻlgan abituriyentlar
‎ROʻYXATI

‎‎_______________________‎

‎‎_________________

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎(yil va sana)

T/r Maxsus kod‎‏ Taʼlim turi Tanlov kodi Taʼlim tili Test kodi Abituriyentning F.I.O Harbiy qism raqami‎‏ Tavsiyanoma
seriyasi va raqami‎ berilgan vaqti‎

1.‎

Qabul komissiyasi raisi ‎

‎‎_________

‎‎_____________________

(imzo)‎‎

(F.I.O.) ‎‎

Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Titul varaqasi (old tomoni)
Titul varaqasi (orqa tomoni)
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Abituriyent ruxsatnomasi (old tomoni)
Abituriyent ruxsatnomasi
(orqa tomoni) (tanlov kodi qoʻshildi)
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

1-shakl‎

‎‎TASDIQLAYMAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
‎Davlat test markazi direktori

‎‎______________________

‎‎(F.I.O.) ‎

‎‎“___” _____________ 20___ y.

‎‎Abituriyentlarning umumiy
‎ROʻYXATI

‎‎__________________________

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

_____________‎

______________‎

_____________‎

______________‎

(taʼlim turi) ‎

(taʼlim tili) ‎

(tanlov kodi) ‎

(sana)

T/r‎

Maxsus
‎kod‎

Abituriyentning
‎F.I.O ‎

Bino‎

1.‎

2-shakl‎

‎‎Abituriyentlarga ruxsatnomalarni tarqatish
‎QAYDNOMASI

_______________‎_________

____________‎

_______________‎

‎‎(taʼlim muassasasi nomi) ‎

(bino) ‎ ‎

(yil va sana)‎ ‎

T/r‎

Maxsus
‎kod‎

Abituriyent
‎ F.I.O. ‎

Test sinovi
‎oʻtkazilish tartibi
‎bilan tanishib,
‎ruxsatnomani qabul
‎qilib ‎oldim.
‎Ruxsatnomada
‎keltirilgan
‎maʼlumotlar
‎toʻgʻri ‎(imzo)‎

1.‎

‎‎Qabul komissiyasi masʼul kotibi

_____________‎

_____________‎

(imzo)‎

(F.I.O.) ‎

Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

1-shakl‎

Kasbiy (ijodiy) imtihon
‎BALLARI

‎‎_________________________

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

__________‎

____________‎

_____________‎

______________‎

(taʼlim turi) ‎

(taʼlim tili) ‎

(tanlov kodi) ‎

(sana)

T/r‎

Maxsus
‎kod‎

Abituriyentning
‎F.I.O ‎

Ball‎

1.‎

‎‎Qabul komissiyasi raisi

____________‎

_________________‎

(imzo)‎

(F.I.O.) ‎

2-shakl‎

Chet tili imtihoni
‎BALLARI

‎‎_________________________

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

__________‎

____________‎

_____________‎

______________‎

(taʼlim turi) ‎

(taʼlim tili) ‎

(tanlov kodi) ‎

(sana)

T/r‎

Maxsus
‎kod‎

Abituriyentning
‎F.I.O ‎

Ball‎

1.‎

‎‎Qabul komissiyasi raisi

____________‎

_________________‎

(imzo)‎

(F.I.O.) ‎

Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Izoh: shaklda keltirilmagan holatlar shaklning orqa tomonida toʻliq yoritiladi va elektron nusxasi shu kuni bino vakilining elektron imzosi bilan tasdiqlanib, Davlat test markaziga yuboriladi. Shaklning asl nusxasi bino vakili hisobotiga ilova qilinadi. Shaklning xato toʻldirilganligi, toʻldirilmaganligi yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun Davlat test markazining bino vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.

2-shakl‎

‎‎TASDIQLAYMAN” ‎
‎Oʻzbekiston Respublikasi ‎
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
‎‎Davlat test markazi direktori ‎

‎‎____________________‎

‎‎(F.I.O.) ‎ ‎

‎‎‎‎“___” _____________ 20___ y. ‎

Bino hududiga kirishga ruxsat berilgan Davlat test markazi vakillari,
‎videooperator, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar
‎ ROʻYXATI ‎‎

_______________________

_______________‎‎

‎‎‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

(bino)‎ ‎

T/r‎

Maxsus
‎kod‎

‎F.I.O ‎

Pasport
‎maʼlumoti

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

Izoh: 9-iyulda qabul komissiyasi Davlat test markazidan elektron koʻrinishda oladi, chop etadi va nazorat xizmati postlariga topshiradi.
Eslatma: repetitsiya tugagandan keyin 1 soat davomida bino vakili tomonidan elektron imzosi bilan tasdiqlanib Davlat test markaziga yuboriladi. Ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun bino vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
* Izoh: 1-javoblar varaqasi raqami yozilmagan, 2-abituriyent imzosi yoʻq, 3-AR imzosi yoʻq, 4-umuman toʻldirilmagan, 5-faqat imzolar yoʻq.
* Eslatma: shaklda keltirilmagan holatlar dalolatnomaning orqa tomonida toʻliq yoritiladi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.)tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

4-shakl (namuna)‎

‎‎_____________________________________________________________________________________

‎‎(taʼlim muassasasi kodi, nomi)

‎‎1- binosi 2-qavatida

‎‎auditoriyalarning joylashish

CXEMASI‎

‎‎5-shakl (namuna)

‎‎Test sinovlari oʻtkaziladigan binolar toʻgʻrisida
‎UMUMIY MAʼLUMOT

‎‎______________________________

‎‎__________________________

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

(yil va sana)‎‎

Taʼlim muassasasi kodi ‎‏Bino raqami Bino nomi
Bino manzili
‎Binoning sigʻimi ‎‏Test sinovlari oʻtkaziladigan xonalar quvvati ‎‏Jami qavatlar soni
Ishlatilayotgan qavatlar soni ‎‏Ishlatilayotgan qavatlar raqami
Jami auditoriyalar soni‎‏
Test oʻtkaziladigan auditoriyalar soni‎‏
Shunda�‎‎ Binoning shtabdan uzoqligi, km Binodagi telefon raqamlari‎‏
Bino boʻyicha masʼul shaxs F.I.O., lavozimi‎‏
15 kishilik‎ 30 kishilik‎ 60 kishilik‎
‎‏ ‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
jami‎
‎‏ ‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
jami‎

‎‎Jami

‎‎

‎‎Qabul komissiyasi raisi

‎‎________________

‎‎_________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎6-shakl‎

‎‎Abituriyentlarning auditoriyalardagi oʻtirish oʻrinlari soni haqidagi
‎ MAʼLUMOT

‎‎

‎‎________________________

‎‎________________

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎(yil va sana)

‎‎
T/r‎ Bino‎ Qavat‎ Auditoriya raqami‎ Auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlar soni ‎ Auditoriya maksimal oʻtirish mumkin boʻlgan oʻrinlar soni‎ Auditoriya maydoni (kv. m.) ‎

1.‎

2.‎

Jami‎

‎‎
‎‎‎‎Qabul komissiyasi raisi

__________‎

‎‎_______________________

(imzo)‎ ‎

‎‎(F.I.O.)

Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
‎Davlat test markazi direktori

‎‎_______________________‎

(F.I.O.)‎

‎‎“____” ____________ 20___ y.

‎‎Bino vakillarining binolar boʻyicha
‎TAQSIMOTI

‎‎_____________________________

‎‎__________________

‎‎‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎‎‎‎(yil va sana)

T/r‎ Maxsus kod‎ F.I.O.‎ Bino raqami ‎ Izoh‎ Imzo‎

1.‎

Davlat test markazining muassasa vakili ‎‎_______________________‎

‎‎(F.I.O.)

Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun muassasa vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.)tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

Binolar boʻyicha test materiallarini tarqatish va qabul qilish
‎BAYoNNOMASI

‎‎‎‎____________________________ ‎

‎‎‎‎‎______________________

‎‎‎‎(taʼlim muassasasi nomi) ‎‎

‎‎(yil va sana) ‎

T/r‎‏

Bino raqami‎

Bino vakili F.I.O.

Bino vakillariga
‎ tarqatiladi

Bino vakillaridan
‎ qabul qilinadi

‎test materiallari
‎soni

test materiallari muhri
‎holati‎

vaqti‎ imzo‎ test materiallari
‎soni‎
test
‎materiallari
‎ muhri
‎holati‎
vaqti imzo‎‎

‎1.

2.‎

Taʼlim muassasasi boʻyicha jami ‎

‎‎Davlat test markazining ‎taʼlim ‎muassasasi vakili

‎‎_______________________

______________________________

‎‎(imzo)

(F.I.O.)‎‎

Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun Davlat test markazining taʼlim muassasasi vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun qavat vakili shaxsan javobgar hisoblanadi. Hisobot bino vakiliga topshiriladi.
Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun bino vakili shaxsan javobgar hisoblanadi. Hisobot muassasa vakiliga topshiriladi.
Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun muassasa vakili shaxsan javobgar hisoblanadi. Hisobotlar (muassasa, bino, qavat) boʻyicha shakllar konteyneriga solinadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

1-shakl‎

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎ Oʻzbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
‎ Davlat test markazi direktori

_______ ‎

‎‎__________

M.Oʻ. ‎ ‎ ‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎‎‎(F.I.O.)

‎‎Qavat vakili, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar
‎TAQSIMOTI

______________________‎‎

__________‎‎

_____________‎‎

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

‎‎(bino)

‎‎(yil va sana)

T/r‎ Maxsus kod‎ F.I.O.‎ Test sinovlaridagi
‎vazifasi‎
Qavat
‎(auditoriya)
‎ raqami‎
Izoh‎ Imzo‎

1.‎

‎‎Davlat test markazining bino boʻyicha vakili

________‎

_________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun bino vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.
Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun bino vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
‎Davlat test markazi direktori

‎‎_______________________‎

(F.I.O.)‎

‎‎“____” ____________ 20___ y.

Abituriyentlarning bino va guruhlar boʻyicha umumiy
‎ ROʻYXATI

‎‎_____________________________

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

T/r‎ Maxsus
‎ kod‎
Abituriyentning
‎F.I.O.
Bino Guruh
‎‎

M.Oʻ.‎

Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
14-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

1-shakl

Binoda test materiallarini tarqatish va qabul qilish
‎ BAYoNNOMASI

‎___________________

‎___________________

___________________

(taʼlim muassasasi nomi)

(bino raqami)‎

(yil va sana)‎

T/r Auditoriya raqami Auditoriya rahbari F.I.O. Auditoriya rahbariga tarqatiladi Auditoriya rahbaridan qabul qilinadi
test materiallari qutisi va muhri holati‎ vaqti‎ imzo‎ test materiallari qutisi va muhri holati‎ vaqti‎ imzo‎

‎1.

‎2.

Bino boʻyicha jami‎

Davlat test markazining bino boʻyicha vakili



‎____________________‎‎



‎_______

(F.I.O.)‎

(imzo)‎

Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun bino vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.

2-shakl

Zaxira test materiallarini tarqatish
‎BAYoNNOMASI

________________________

__________________‎

__________________

(taʼlim muassasasi nomi)‎

(bino raqami)‎

(yil va sana)‎

T/r‎

Test materiali berilgan auditoriya raqami‎

Murojaat qilgan qavat vakilining F.I.O.‎ Savollar kitobi, javoblar varagʻi raqami‎ Zaxira test materiali berish sababi‎ Zaxira test materiali berilgan vaqti‎ Qavat vakilining imzosi‎

1.‎

2.‎


‎Davlat test markazining bino boʻyicha vakili



‎__________________



‎__________________

(imzo)

(F.I.O)

Eslatma: ushbu shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun bino vakili shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
15-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.)tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Eslatma: shakl auditoriya kuzatuvchisi tomonidan toʻldiriladi, shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun auditoriya rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi. Auditoriyada test sinovini oʻtkazish bayonnomasi test materiallari qutisiga solinadi. Test materiallari qutisi auditoriyada muhrlanadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
16-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

‎‎‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎ Oʻzbekiston Respublikasi
‎ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
‎Davlat test markazi direktori

_________‎

___________________‎‎

‎M.Oʻ. ‎

(imzo) ‎

(F.I.O.) ‎‎

‎‎“___” _____________ 20___ y.

‎‎Abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha
‎ ROʻYXATI

‎‎__________________

_______‎

_________‎

‎‎________________

‎‎(taʼlim muassasasi nomi)

(bino) ‎

(auditoriya)‎

‎‎(yil va sana)

Oʻtirish
‎oʻrni‎
Maxsus
‎ kod‎
F.I.O.‎ Javoblar varagʻi raqami‎ Test materiallarini qabul qilib oldim (imzo) ‎ Test materiallarini topshirdim (imzo)
‎‎Auditoriya rahbari

‎‎______________

‎‎___________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Eslatma: ushbu shakl titul varaqalari paketiga solinadi. Shaklning xato toʻldirilgan, toʻldirilmagan yoki Davlat test markaziga yetib kelmaganligi uchun auditoriya rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
17-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
‎‎ ‎‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
‎DAVLAT TEST MARKAZI

‎‎OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA
‎KIRUVChILAR UChUN

‎SAVOLLAR KITOBI

‎‎ABITURIYENT: ______________________________________

‎‎___________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo) ‎‎

ABITURIYENT DIQQATIGA!
‎test topshiriqlarini yechishdan avval savollar kitobini varaqlab, unda har bir
‎fan boʻyicha 36 ta savol mavjudligini tekshiring. Agar savollar soni kamligi
‎ aniqlansa, yoki savollar kitobi raqami bilan javoblar varaqasi raqami bir xil
‎ boʻlmasa darhol auditoriya rahbariga maʼlum qiling. ‎‎

‎‎Savollar kitobida abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi
‎xato toʻldirilgan yoki toʻldirilmagan hollarda eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.

‎‎FANLAR:
‎‎Ona tili va adabiyoti
‎‎Matematika
‎‎Fizika

‎‎Savollar kitobi raqami: 1000001

‎‎Toshkent —

Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
18-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.)tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
19-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
20-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)
Taʼlim muassasasining kodi va nomi‎‎ Bino‎ Qavat‎ Guruh‎
‎‎

‎‎Test sinovlaridan chetlashtirish toʻgʻrisida
‎ DALOLATNOMA

‎‎“___”___________ 20__ y.

______‎‎______________________

‎‎(dalolatnoma tuzilgan joy nomi)

‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent
‎‎_______________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎maxsus kodi _______________, javoblar varaqasi raqami ______________,
________________________________________________________________________‎‎
‎‎________________________________________________________________________

‎‎(buzilgan test sinovlari qoidasi)

‎‎soat ___:___ daqiqada test sinovidan chetlashtirildi.
‎‎1. Auditoriya rahbari

_________‎

‎‎___________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎2. Auditoriya kuzatuvchisi

_________‎

‎‎‎‎___________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎3. Davlat test markazi vakili

_________‎

‎‎‎‎___________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

Izoh: ushbu dalolatnoma abituriyentning javoblar varaqasi va titul varaqasi bilan birgalikda yelimlanib, javoblar varaqasi paketiga solinadi. Agar abituriyent test materiallarini oʻz vaqtida topshirmasa, dalolatnoma uning titul varaqasi bilan birgalikda yelimlanib, javoblar varaqasi paketiga solinadi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
21-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
‎Davlat test markazi direktoriga

‎‎______________________________

‎‎(abituriyentning F.I.O. va yashash manzili)

‎‎Test savollari yoki test sinovlarini oʻtkazish jarayoni
‎yuzasidan eʼtirozlar boʻyicha
‎ARIZA

‎‎Men, __________________________________________________________

‎‎(abituriyentning F.I.O.)

‎‎Taʼlim muassasasining kodi va nomi

Guruh‎

Maxsus kod‎ Javoblar varaqasi raqami
‎‎ ‎‎
‎‎1) quyidagi fanlarga doir test savollariga eʼtirozimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:

T/r‎

Fan nomi‎

Savollar raqami‎‎

Eʼtiroz mazmuni

1.‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎

‎‎2) test sinovlari jarayoni boʻyicha quyidag� eʼtirozimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:

‎‎_______________________________________________________________

‎‎‎‎_______________________________________________________________

‎‎‎‎_______________________________________________________________

‎‎‎‎_______________________________________________________________

‎‎‎‎_______________________________________________________________

‎‎‎‎_______________________________________________________________

______________________________‎‎

_________‎

‎‎__________________

‎‎(abituriyent F.I.O.)

(imzo)‎

‎‎(sana)

Izoh: ariza test sinovi oʻtgan kuni test sinovi oʻtkazilgan auditoriyada shaxsan abituriyent tomonidan ikki nusxada yoziladi va bir nusxasi test materiallari qutisiga solinadi. Arizalar soni haqida 15-ilovaga maʼlumot kiritiladi.
Oliy harbiy taʼlim muassasalarida test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
22-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining 2016-yil 24-avgustdagi 01-288-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2477-2, 29.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 35-son, 411-modda)

‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
‎Davlat test markazining
‎ apellatsiya komissiyasiga

__________________________‎‎

(abituriyentning F.I.O. va yashash manzili)‎

‎‎__________________________‎‎

‎‎(uy, mobil telefonlari raqami)

‎‎‎‎__________________________‎‎

‎‎TEST NATIJALARI BOʻYIChA
‎APELLATSIYA ShIKOYATI

Taʼlim muassasasining kodi va nomi‎‎

Guruh‎ Maxsus kod‎ Javoblar varaqasi raqami‎‎
‎‎ ‎‎
‎‎Mening quyidagi eʼtirozlarimni koʻrib chiqishingizni soʻrayman:
‎‎1. ______________________________________________________________________
‎‎2. ______________________________________________________________________
‎‎3. ______________________________________________________________________
‎‎4. ______________________________________________________________________
‎‎5. ______________________________________________________________________

______________________________‎‎

_________‎

___________________‎‎

‎‎(abituriyent F.I.O.)

(imzo)‎

(sana)

‎‎Ariza 20__ yil “___” ___________ soat ________ da koʻrib chiqiladi.

‎‎______________________________

_________‎ ‎

‎‎___________________‎‎

‎‎(ariza qabul qiluvchi F.I.O.)

(imzo)‎

‎‎(sana)

M.Oʻ. ‎

‎‎(qirqish chizigʻi)

‎‎------------------------------------------------------------------------------------

‎XABARNOMA ______-son

‎‎Hurmatli _______________________________________________________________

‎‎(abituriyent F.I.O.)

‎‎

‎‎Arizangizni koʻrib chiqish uchun 20___ yil “__” __________ soat _____da Davlat test markaziga pasport va ruxsatnomangiz bilan yetib kelishingiz soʻraladi.

20__ yil “___” __________ ‎‎

‎‎‎___________________________

___________

‎‎(ariza qabul qiluvchi F.I.O.)

(imzo)‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 367-modda; 2014-y., 34-son, 442-modda; 2016-y., 35-son, 411-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)