Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2472]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 317-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-iyun,
16-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-iyun,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 11-iyundagi 16, 14-son qaroriga
ILOVA
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “A”, “B”, “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtomototransport vositalari hamda tramvay va trolleybus (bundan buyon matnda transport vositasi deb yuritiladi) haydovchilari va haydovchilikka nomzodlar, ularning sogʻligʻi transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash maqsadida ushbu Nizomda belgilangan tartibda majburiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
2. Haydovchilar, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan haydovchilardan tashqari, har ikki yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
Tijorat asosida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi haydovchilar tibbiy koʻrikdan har yili oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Haydovchilikka nomzodlar tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini olish uchun majburiy ravishda dastlabki tibbiy koʻrikdan, transport vositalarining haydovchilari esa majburiy ravishda davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
4. Transport vositalarining biron bir toifasini (“A”, “B”, “S”, “D” va “E”) boshqarish huquqiga hamda ushbu toifa boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati tugamagan tibbiy xulosaga ega va quyi toifadagi (misol uchun “A” toifa “B” toifaga nisbatan quyi hisoblanadi) transport vositalarini boshqarishga nomzodlar qoʻshimcha koʻrikdan oʻtishlari shart emas.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari hamda belgilangan tartibda litsenziyaga ega boʻlgan xususiy tibbiyot tashkilotlari (bundan buyon matnda tibbiyot tashkiloti deb yuritiladi) qoshida tashkil etiladigan tibbiy haydovchilik komissiyalari (bundan buyon matnda tibbiy komissiya deb yuritiladi) tomonidan pullik asosda amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoshida tibbiy komissiyalar tashkil etiladigan davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash uchun dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan bepul amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tibbiy komissiya quyidagi tarkibda tibbiyot tashkiloti rahbariyatining buyrugʻiga asosan tashkil etiladi:
terapevt;
narkolog;
psixiatr;
kardiolog;
travmatolog-ortoped;
jarroh;
nevropatolog;
oftalmolog;
kotib.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
7. Zarur hollarda, yaʼni tibbiy komissiya shifokorlarining soha yoʻnalishiga tegishli boʻlmagan kasalliklar aniqlanganda, tibbiy komissiya tarkibiga boshqa shifokor mutaxassisi jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati uch kalendar kunidan oshmasligi kerak. Murakkab, qoʻshimcha tibbiy tekshiruv talab etiladigan holatlarda ushbu muddat tibbiyot tashkiloti rahbari tomonidan asoslangan holda oʻn kalendar kunigacha uzaytirilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslarga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq 083/h shakldagi elektron tibbiy maʼlumotnoma (bundan buyon matnda 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma deb yuritiladi) beriladi va ushbu tibbiy maʼlumotnomada tibbiy koʻrik natijalari koʻrsatib oʻtiladi. Bunda, 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuklab olinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (bundan buyon matnda Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom deb yuritiladi) talablari asosida milliy haydovchilik guvohnomalarini olish uchun haydovchilikka nomzodlar va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtadigan haydovchilar tomonidan 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma taqdim qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
2-bob. Tibbiy koʻrikdan oʻtish
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun haydovchilar va haydovchilikka nomzodlar tibbiy komissiyaga pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni koʻrsatadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
12. Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchi shaxslarga tibbiy komissiya tomonidan alohida ambulator tibbiy karta (025/h shakli) rasmiylashtiriladi va ularning roʻyxati yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan shaxslar flyuorografik tekshiruvidan, RW qon tekshiruvidan va Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar roʻyxati (bundan buyon matnda Tibbiy qarshi koʻrsatmalar deb yuritiladi) boʻyicha quyidagi mutaxassislar koʻrigidan oʻtishlari shart:
terapevt;
narkolog;
psixiatr;
kardiolog;
travmatolog-ortoped;
jarroh;
nevropatolog;
oftalmolog.
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan 55 va undan ortiq yoshdagi shaxslar EKG tekshiruvidan ham oʻtishlari shart.
Oʻtgan bir yil mobaynida flyuorografik tekshiruvidan oʻtgan shaxslar qoʻshimcha ravishda flyuorografik tekshiruvidan oʻtishlari talab etilmaydi. Bunda oxirgi flyuorografik tekshiruvi natijalari taqdim etilishi lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
14. Haydovchilikka nomzodlar va haydovchilar transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishidan bir oy oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 35-bandiga muvofiq agar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) hududiy organlari yoki avtotransport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sogʻligʻiga nisbatan shubha tugʻilgan boʻlsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati boʻyicha tibbiy koʻrikdan qayta oʻtish uchun yoʻllanma berilishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 36-bandiga muvofiq agar haydovchi kasbiga layoqati boʻyicha tibbiy koʻrikdan qayta oʻtishdan boʻyin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy DYHXX xodimi tomonidan, belgilangan tartibda avtomototransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini koʻrib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
Haydovchini tibbiy koʻrikdan qayta oʻtkazish haqidagi qaror hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boʻlinmalarining boshligʻi yoki guruhlarining katta inspektori, ular boʻlmaganda esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandiga muvofiq avtomototransport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar, milliy haydovchilik guvohnomasini qaytarib olish uchun, mahrum qilish muddatidan qatʼi nazar, maʼmuriy jazo muddati nihoyasiga yetgach, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 53-bandiga muvofiq tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtish muddati belgilangan shaxslarga milliy haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” joyida “Tibbiy maʼlumotnoma majburiy” degan yozuv kiritiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tibbiy koʻrik oʻtkazilayotgan tibbiyot tashkilotida tibbiy koʻrikning ayrim turlarini oʻtkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, haydovchi tibbiy komissiyaning qaroriga koʻra boshqa tibbiyot tashkilotiga qoʻshimcha tibbiy koʻrikdan pullik asosda oʻtish uchun yuborilishi mumkin. Bunda, haydovchiga qaysi tibbiyot tashkilotiga borishi, uning joylashgan manzili aniq koʻrsatilishi lozim.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Haydovchilarning transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Tibbiy qarshi koʻrsatmalar roʻyxatiga asosan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
21. Tibbiy koʻrik natijalari tibbiy komissiya tomonidan ochilgan ambulator tibbiy kartaga (025/h shakli) kiritiladi. Unda haydovchining yoki haydovchilikka nomzodning sogʻligʻi holati aks ettiriladi va tibbiy komissiyaning transport vositasi boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan haydovchi yoki haydovchilikka nomzod transport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosani har bir shifokor oʻzining mutaxassisligi boʻyicha Tibbiy qarshi koʻrsatmalar roʻyxatiga asoslangan holda beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Transport vositalarini boshqarishga yaroqsiz deb xulosa qabul qilingan taqdirda shifokor ushbu xulosaga asos boʻlgan Tibbiy qarshi koʻrsatmalar roʻyxatining aniq bandlarini koʻrsatadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma transport vositasini boshqarishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi asosiy tibbiy hujjat boʻlib, tibbiy komissiya raisi tomonidan toʻldiriladi va tasdiqlanadi.
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar hamda 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomalar nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazida (Data center) saqlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Tibbiy qarshi koʻrsatmalar roʻyxatida belgilangan hollarda istisno tariqasida transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish (individual yondashuv) tibbiy komissiyalar tomonidan quyidagi asoslarda amalga oshirilishi mumkin:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kasallik turi boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkiloti (boʻlimi) xulosasi asosida;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Oldingi tahrirga qarang.
protez bandlik va mehnat munosabatlari organlari protez ustaxonalarida nazorat koʻrigidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida (maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan (qoʻl bilan boshqariladigan) va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga ruxsat etilayotgan chap oyogʻi toʻliq yoki qisman amputatsiya qilingan shaxslarga).
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
26. Istisno tariqasida ruxsat berilgan taqdirda tibbiy komissiya xulosasi 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomaga “individual yondashuv asosida ruxsat etilgan” degan yozuv kiritiladi.
27. Istisno tariqasida avtotransport vositalarini boshqarishga ruxsat berilayotgan shaxslarga ruxsat etilgan toʻla vazni 3500 kilogrammdan ortiq boʻlgan, maxsus tovushli va yorugʻlik signallari bilan jihozlangan, yoki xavfli yuklarni, shuningdek yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlgan avtomobillarni boshqarish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
271. Nogironligi boʻlgan shaxslar maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni koʻrsatgan holda ariza bilan turar joydagi davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasiga murojaat qiladi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
272. Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati 3 kalendar kundan oshmasligi kerak. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muddati murakkab, qoʻshimcha tibbiy koʻrik talab etilganda davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi rahbari tomonidan, asoslangan xolda, 14 kalendar kuniga uzaytirilishi mumkin.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsga 083h shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma faqat “B” toifasidagi shaxsiy transport vositasini boshqarishga yaroqli yoki yaroqsiz deb beriladi.
(272-band Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) asosan 273-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyun — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) asosan 274-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyun — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son)
275. Quyidagilar maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan (qoʻl bilan boshqariladigan) uzatgichli yengil transport vositasini boshqarishga tibbiy koʻrsatma hisoblanadi:
harakatning ifodalangan chegaralanishiga sabab boʻladigan oyoq kaft deformatsiyasi;
oyoqning 7 sm va undan ortiqroq kaltaligi;
bir yoki ikkala son suyagining amputatsion choʻltoqligi, choʻltoqlik qaysi qismdan boʻlishi va protezlash imkoniyatidan qatʼiy nazar;
bir yoki ikkala oyoq boldir sohasining amputatsion choʻltoqligi;
bir tomonlama son yoki boldir qismi choʻltogʻi, ikkinchi oyoqning harakat yoki statik faoliyatining ifodalangan darajadagi buzilishi bilan (oyoq panjasining amputatsion choʻltoqligi, deformatsiyasi, qon tomir kasalliklari, yirik periferik nervlarning shikastlanishi va boshqalar);
yurish, oʻtirish faoliyatining buzilishiga olib keluvchi umurtqa pogʻonasi, tos yoki ikkala oyoqlarning turgʻun deformatsiyasi yoki kasalliklari (oyoqlarning ankilozlovchi poliartriti, ogʻir darajadagi kifoskolioz va spondiliti, psevdoartroz, endarterit II va III darajasi, filoyoqlilik va boshqalar);
oʻtirish holati saqlangan pastki oyoqlarning parezi yoki falajligi;
chap oyoq qon tomir va nerv tolalarining shikastlanishi, ifodalangan trofik buzilishlari bilan.
276. Quyidagilar avtomatik transmissiya vositasi yordamida transport vositasini boshqarishga tibbiy koʻrsatma hisoblanadi:
chap qoʻl yoki kaftning yoʻqligi;
chap oyoq yoki oyoq panjasining yoʻqligi;
kaft yoki chap oyoq panjasining deformatsiyasi, harakatning ifodalangan buzilishlari bilan;
chap son yoki boldir choʻltoqligi, bir vaqtning oʻzida chap qoʻlning yoʻqligi;
oʻng kaft barmoq yoki falangalarining yoʻqligi, shuningdek, falangalararo boʻgʻimlarning harakatsizligi (bosh barmoqning 2 ta falangasi yoʻqligi, bosh barmoq saqlangan holda, oʻng qoʻlning ikkita va undan ortiq barmoqlarining yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoxud bitta barmoqning keltiruvchi funksiyasining yoʻqligi);
mustaqil harakatlanish layoqatining I va II darajali buzilishi bilan kechuvchi chap tomonlama gemiparez.
(21-bob Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
3-bob. Tibbiy komissiyalar tomonidan beriladigan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
28. Transport vositalarini boshqarishga yaroqli deb topilgan shaxslarga 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnomada uning haqiqiy ekanligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod) boʻladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
29. Koʻzoynak yoki eshitish apparati bilan transport vositalarini boshqarishga yaroqli deb topilganda tibbiy maʼlumotnomaning “alohida belgilar” soʻzlaridan soʻng “koʻzoynak (kontakt linza) taqish majburiy” yoki “eshitish apparati majburiy” degan belgi qoʻyiladi.
30. 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma unda koʻrsatib oʻtilgan muddatgacha amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
32. Haydovchilikka nomzod yoki haydovchi tibbiy komissiya tomonidan tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha transport vositasini biron bir toifasini yoki umuman transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilgan taqdirda unga beriladigan 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomada ushbu haqida tegishli belgi qoʻyiladi.
4-bob. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha javobgarlik va nizolarni hal qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tibbiy koʻrikning sifatli oʻtkazilishiga tibbiy koʻrikdan oʻtkazuvchi tibbiyot tashkilotining rahbari javobgar hisoblanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
34. Tibbiy koʻrik natijalari yuzasidan noroziliklar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi.
35. Tibbiy koʻrikdan oʻtish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ushbu Nizomning talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
37. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAYITOV
2013-yil 5-iyun
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 5-iyun
Oldingi tahrirga qarang.
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

(Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbining tasviri)

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

Haydovchining (haydovchilikka nomzodning)

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha

MAʼLUMOTNOMA

Tibbiy muassasa nomi:

(Tibbiy koʻrik oʻtkazuvchi tashkilotning nomi)

F.I.O.

(Oluvchining F.I.O.)

JSHSHIR

(Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)

Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami

(Seriya va raqam)

Tugʻilgan sanasi va yoshi

(kk.oo.yyyy (yosh))

Yashash joyi

(Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili)

Ish joyi

(Tashkilot nomi)

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi

(kk.oo.yyyy)

Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha

XULOSA*

1. “A” toifadagi transport vositasini boshqarishga

2. “B” toifadagi transport vositasini boshqarishga

3. “C” toifadagi transport vositasini boshqarishga

4. “D” toifadagi transport vositasini boshqarishga

5. “E” toifadagi transport vositasini boshqarishga

6. Tramvay boshqarishga

7. Trolleybus boshqarishga

8. Yollanib ishlashga

9. Alohida belgilar

Ushbu maʼlumotnomaning amal qilish muddati

kk.oo.yyyy gacha.

Komissiya raisi (F.I.O)

Hujjatni imzolagan tibbiy komissiya tarkibi

(F.I.O.)

(Hujjatning

haqiqiyligini

tasdiqlovchi

QR-kod)

(Hujjat

noyob

raqami)

QR-kod skaner qilinganda, ushbu hujjatning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resursidan ssv.uz domeni orqali generatsiya qilinadi. 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnoma

* Xulosaning 1 — 8-bandlari toʻgʻrisiga yaroqli yoki yaroqsiz degan belgi qoʻyiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 343-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son; 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son; 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son)