OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2457]
Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 148-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi PF–2612-son “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son “Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 246-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
9-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
24-son
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
12-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
2013-22-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 27-mart,
01-02/19-28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 27-martdagi 9, 24, 12, 2013-22, 01-02/19-28-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibi haqidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 148-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi PF–2612-son “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son “Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 246-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
chet eldagi tashkilot — xorijiy mamlakatlarda yuridik shaxs sifatida yoki taʼsis etilgan davlat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shaklda taʼsis etilgan tashkilot, shu jumladan savdo uyi, vakolatxona, filial, tashkilot;
taʼsischi — Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxs;
chet elda tashkilot tashkil etish — taʼsischi tomonidan chet eldagi tashkilotni tashkil etish yoki chet eldagi tashkilotning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2. Taʼsischilar tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida, tashkil etilayotgan davlat va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, chet elda tashkilotlar tashkil etish huquqiga ega.
3. Taʼsischilar chet eldagi tashkilotni taʼsischining taʼsis hujjatlariga asosan, vakolatiga chet elda tashkilot tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish kiradigan boshqaruv organi qaroriga asosan tashkil etishadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, taʼsischi chet eldagi tashkilotning ustav fondi (kapitali)dagi oʻz ulushini tovarlar bilan shakllantirishda, bojxona organlariga chet elda tashkilot tashkil etish toʻgʻrisida qaror taqdim etgan holda, tovarlarni chet eldagi tashkilot ustav fondi (kapitali)dagi oʻz ulushini shakllantirish hisobiga “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga rasmiylashtiradi (tovarlarni olib oʻtishning xususiyatlari “tovarlarni investitsiya sifatida olib chiqish” sifatida koʻrsatiladi).
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2457-1, 07.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 32-son, 413-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2457-1, 07.08.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 32-son, 413-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2457-1, 07.08.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 32-son, 413-modda)
4. Taʼsischi chet eldagi tashkilotni tashkil etish davlati qonunchiligiga muvofiq tashkil etish davlatining roʻyxatdan oʻtkazuvchi organida davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat mulkchilik shaklidagi yuridik shaxslar tomonidan chet elda korxonalar tashkil etish, ustav fondida ishtirok etish, qayta tashkil etish va korxonalarni tugatish, chet ellardagi davlat mulkini sotib olish va tasarruf etish masalalarini kelishish hamda chet eldagi davlat mulkini saqlanishi va ularning samarali boshqarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1488, 2005-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 195-modda) muvofiq davlat korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda chet elda tashkilot tashkil etishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2-bob. Chet elda tashkilot tashkil etish toʻgʻrisida xabardor etish
6. Chet eldagi tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin taʼsischi bir oy ichida vakolatli organni ushbu haqida chet elda tashkil etilgan tashkilotning tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi akkreditatsiyadan oʻtgan joyi boʻyicha diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan legalizatsiya qilingan taʼsis hujjatlarini tegishli tarjimasi bilan birga yuborgan holda xabardor qiladi.
Legalizatsiya, agar:
hujjatlarga apostil qoʻyilgan boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida, bir ahdlashuvchi tomonning hududida maxsus muassasa yoki vakolatli shaxs tomonidan tayyorlangan yoki guvohlantirilgan, ularning vakolati doirasida va belgilangan shaklda va gerbli muhr bilan tasdiqlangan boʻlsa, boshqa ahdlashuvchi tomonning biron-bir maxsus guvohlantirishsiz qabul qilinishi belgilangan boʻlsa, talab etilmaydi.
7. Vakolatli organ chet eldagi tashkilotning taqdim etilgan taʼsis hujjatlari asosida taʼsischilar tomonidan tashkil etilgan chet eldagi tashkilotlar reyestrini shakllantiradi va yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay, vakolatli organga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda chet eldagi tashkilotlar manziliga tovarlar joʻnatgan taʼsischilar toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vakolatli organ har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechikmay, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi chet elda tashkilotlar tashkil etilganligi toʻgʻrisida xabar yuborgan taʼsischilar roʻyxatini (zarur boʻlganda — elektron shaklda) taqdim etadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi vakolatli organdan taʼsischilar roʻyxatini olgan kundan eʼtiboran uch ish kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga roʻyxatda koʻrsatilgan taʼsischilarning budjet oldida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (zarur boʻlganda — elektron shaklda) taqdim etadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
10. Davlat bojxona xizmati organlari vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan ustav fondi (kapitali)ni shakllantirish hisobiga olib chiqilgan tovarlarni “eksport” bojxona rejimiga qayta rasmiylashtiradilar.
11. Qayta rasmiylashtirish jarayonidan soʻng taʼsischi chet eldagi tashkilotning ustav fondi (kapitali)ni shakllantirish uchun yuborilgan tovarlarni qaytarish majburiyatidan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Chet eldagi tashkilotning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, u qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda, shuningdek chet eldagi tashkilotning taʼsischilari, shu jumladan xorijiy taʼsischilari oʻzgarganda taʼsischi bir oy ichida vakolatli organni, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan tegishli hujjatlarni yuborgan holda xabardor etadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 30-iyuldagi 21, 76, 13, 2014-30, 01-02/19-11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2457-1, 07.08.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 32-son, 413-modda)
3-bob. Yakuniy qoidalar
13. Taʼsischilar vakolatli organga chet eldagi tashkilotning u tashkil etilayotgan davlatdagi roʻyxatdan oʻtkazish va uning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot olish maqsadida murojaat qilishga haqli.
14. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. SHAYXOV
2013-yil 25-mart
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish toʻgʻrisida xabardor etish tartibi haqidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan vakolatli organga taqdim etiladigan chet eldagi tashkilotlar | |||||||||||||||
|
(20__ y. ________________ — ________________ davri uchun) | |||||||||||||||
| | |||||||||||||||
| № | Taʼsischi (eksport qiluvchi) | Taʼsischining (eksport qiluvchi) STIRi |
Chet eldagi tashkilot nomi | Import qiluvchining davlati | Kontrakt sanasi | Kontrakt raqami | Tovar nomi | Ustav fondi (kapitali) hisobiga | TIF TN kodi | Oʻlchov birligi | Soni | Qiymati (AQSH dollarida) | Bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumot raqami | Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xabarnoma raqami | Chet eldagi tashkilot manziliga ushbu taʼsischi tomonidan oxirgi marta tovarni joʻnatish sanasi |
| | | | | | | | | | | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 267-modda; 2014-y., 32-son, 413-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)