Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.06.2016
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qoidalarini amalga oshirish hamda tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Tovarlar va transport vositalarini yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagi tovarlar vaqtinchalik chetdan olib kelinmaydi (chetga olib chiqilmaydi):
O‘zbekiston Respublikasiga chetdan olib kelish va O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib chiqish taqiqlangan tovarlar;
chiqindilar;
elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilg‘i;
chetdan olib kelinishi (chetga olib chiqilishi) kvotalanadigan tovarlar;
sarflanadigan materiallar va sarflanadigan namunalar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar;
bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan tovarlar;
O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan chetdan olib kelinadigan avtotransport vositalari, xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
3. Qonun hujjatlariga muvofiq chetdan olib kelishda (chetga olib chiqishda) alohida ruxsatnomalar olish talab qilinadigan tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishda) faqat bunday ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari to‘g‘risida” 2004-yil 17-avgustdagi 399-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 85-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-aprel,
106-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-son qaroriga
1-ILOVA
Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimida tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik chetdan olib kelish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtinchalik chetga olib chiqish shartlarini belgilaydi.
2.Ushbu Qoidalarda quyidagi mazmundagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
a) davlat bojxona xizmatining hududiy organlari — Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
b) tovarga nisbatan vakolatli shaxs — tovarlar va transport vositalarining mulkdori, ularning egasi yoxud qonun hujjatlariga muvofiq tovarlar bilan vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni yetarlicha sodir etish uchun ish ko‘ruvchi shaxs;
v) vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimining amal qilishini to‘xtatib turish — vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimining amal qilishini muayyan davrda to‘xtatib turish, shundan keyin ushbu bojxona rejimining amal qilishi tiklanadi;
g) vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimi amal qilishining tugashi — vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimi amal qilishining tiklash imkoniyatisiz uzil-kesil tugashi.
3. Vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yilgan tovarlar va transport vositalari o‘zgarishsiz holatda qaytarilishi kerak, transportda tashish, saqlash va foydalanishning normal shart-sharoitlarida tabiiy eskirish yoxud kamayish oqibatidagi o‘zgarishlar bundan mustasno.
4. Vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishga) tovarlar va transport vositalari ularni aksincha olib chiqib ketishda (olib kirishda) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan identifikatsiya qilinishi va tovarga nisbatan vakolatli va bojxona rejimi shartlariga rioya etish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladigan shaxs O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi (akkreditatsiya qilinishi) sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
5. Tovarga nisbatan vakolatli shaxsga vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishga) ruxsatnoma bunday vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ning maqsadlari va holatlaridan kelib chiqqan holda davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan beriladi.
Vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishga) ruxsatnoma olish uchun tovarga nisbatan vakolatli shaxs ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishga) ruxsatnomaning so‘ralayotgan muddatini ko‘rsatgan holda ariza beradi.
Arizaga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
a) tovarni yetkazib berish yoki berish to‘g‘risidagi kontrakt (shartnoma, bitim) nusxasi (ijara shartnomasi, lizing, kafolatli xizmat ko‘rsatish va investitsiya loyihasi doirasida tovarlar vaqtincha chetdan olib kelingan (chetga olib chiqilgan) hollarda);
b) transport hujjatlari va tovarga ilova qilingan hujjatlar nusxalari;
v) vakolatli organlarning ruxsatnomalari (agar tovar qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi kerak bo‘lsa).
Ariza besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Masala ijobiy hal etilgan taqdirda ariza beruvchiga ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tovarni vaqtinchalik chetdan olib kirishga (chetga olib chiqishga) ruxsatnoma beriladi.
6. Tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) muddatlarini uzaytirish uchun shaxs ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ning cheklangan muddati tugashidan oldin o‘ttiz kundan kechikmay davlat bojxona xizmati organlariga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
tovarni yetkazib berish yoki berish to‘g‘risidagi kontrakt (shartnoma, bitim) nusxasi (ijara shartnomasi, lizing, kafolatli xizmat ko‘rsatish va investitsiya loyihasi doirasida tovarlar vaqtincha chetdan olib kelingan (chetga olib chiqilgan) hollarda;
yuk bojxona deklaratsiyasi nusxasi;
vakolatli organlarning ruxsatnomalari (agar tovar qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi kerak bo‘lsa);
bojxona to‘lovlari to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi (agar qonun hujjatlarida bojxona to‘lovlari to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa);
vakolatli bank tomonidan beriladigan (tovarlarni ijara shartnomasi (lizing va shu kabilar) bo‘yicha vaqtinchalik chetga olib chiqishda) ijara shartnomasi (lizing va shu kabilar) doirasida valyuta mablag‘lari tushganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi, tovarlar va xizmatlarning eksport kontraktlari bo‘yicha kafolat muddati mobaynida xizmat ko‘rsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun tovarlarni vaqtinchalik chetga olib chiqish hollari bundan mustasno.
7. Quyidagilar:
ariza beruvchi tomonidan zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilishi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
ushbu Qoidalarning 16 va 34-bandlarida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilmasligi;
shaxs tomonidan oldin vaqtinchalik chetdan olib kelingan (chetga olib chiqilgan) tovarlar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishga) va uning amal qilish muddatini uzaytirishga ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan ruxsatnoma berish maqsadga muvofiq emasligi motivlari bo‘yicha vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishga) ruxsatnoma berishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Davlat bojxona xizmati organlariga ariza berilishi vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) muddatlarini to‘xtatib qo‘ymaydi va to‘xtatib turmaydi.
9. Tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yishning belgilangan muddati yuk bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatiladi.
10. Tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yishda yuk bojxona deklaratsiyasi ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq to‘ldiriladi.
11. Vaqtinchalik chetdan olib kelinadigan (chetga olib chiqiladigan) tovarlarning bojxona identifikatsiyasi tamg‘alar, muhrlar bosish, raqamli, harfli belgilar va boshqa markirovkalash, identifikatsiyalash belgilari qo‘yish, shtamplar bosish, proba va namunalar olish, tovarlar va transport vositalarini tasniflash, chizmalar tuzish, ko‘lamli tasvirlar, fotosuratlar va illyustratsiyalar tayyorlash, tovarga ilova qilinadigan hujjatlardan va boshqa hujjatlardan, shuningdek identifikatsiyalashning boshqa vositalaridan foydalanish yo‘li bilan ta’minlanadi.
12. Identifikatsiya vositalari faqat O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi tomonidan yoki uning ruxsati bilan o‘zgartirilishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi mumkin, tovarlar va transport vositalarining qaytarilmaydigan holda yo‘qotilishi yoki jiddiy ravishda buzilishining real xavfi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno. Identifikatsiyalashni amalga oshiruvchi davlat bojxona xizmati organiga identifikatsiyalash vositalari o‘zgarishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi to‘g‘risida darhol xabar qilinadi va ko‘rsatib o‘tilgan xavf mavjudligining isboti taqdim etiladi.
13. Ushbu Qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi shaxsning vaqtinchalik chetdan olib kelingan (chetga olib chiqilgan) tovarni qaytarib olib chiqish (olib kelish) to‘g‘risidagi majburiyati hisoblanadi.
14. Vaqtinchalik chetdan olib kelingan (chetga olib chiqilgan) tovarlardan vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishga) davlat bojxona xizmati organlarining ruxsatnomasini olgan shaxs foydalanishi mumkin.
15. Tovarlar vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan muddat davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan bunday chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ning maqsadlari va holatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va uzaytiriladi, biroq tovarlarning bojxona rejimida bo‘lishining umumiy muddati ikki yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ushbu Qoidalarga 4-ilovada ko‘rsatilgan tovarlar uchun vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ning ko‘proq muddatlari belgilanishi mumkin.
II. Tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimiga qo‘yish shartlari
16. Quyidagilar tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimiga qo‘yishning shartlari hisoblanadi:
tovarlarga belgilangan tartibga muvofiq deklaratsiya to‘ldirish;
ushbu tovarlarni identifikatsiyalash imkoniyatini ta’minlash;
bojxona to‘lovlari to‘lashni ta’minlash (agar qonun hujjatlarida bojxona to‘lovlari to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa);
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi kerak bo‘lsa, ularning ruxsatnomalarini taqdim etish.
17. Vaqtinchalik chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxs vaqtinchalik chetdan olib kelish muddati tamom bo‘lgunga qadar vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlarning qaytarib olib ketilishini yoki vaqtincha chetdan olib kelish muddati uzaytirilishiga ruxsatnoma olishni yoxud vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlarni boshqa bojxona rejimlariga qo‘yishni ta’minlaydi. Ushbu talablarga rioya etilmagan taqdirda tovar “vaqtinchalik saqlash” bojxona rejimida bojxona omboriga joylashtiriladi.
18. Vaqtinchalik chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxsning iltimosiga ko‘ra vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlarni “vaqtinchalik saqlash” va “bojxona ombori” bojxona rejimlariga qo‘yishda vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimining amal qilishi ushbu bojxona rejimlariga bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab to‘xtatib turiladi.
Vaqtinchalik chetdan olib kelishning bojxona rejimi amal qilishi to‘xtatib turilishi davrida davriy bojxona to‘lovlari hisoblab yozilmaydi va to‘lanmaydi.
19. Vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimining amal qilishi quyidagi hollarda tugaydi:
vaqtincha chetdan olib kelingan tovarlar olib chiqilganda yoki ular boshqa bojxona rejimlariga qo‘yilganda, “vaqtincha saqlash” va “bojxona ombori” bojxona rejimlari bundan mustasno;
qonun hujjatlariga muvofiq vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlarga arest belgilanganda yoki ular olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilganda (arest bekor qilingan va olib qo‘yilgan vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlar qaytarilgan hollar bundan mustasno). Arest bekor qilingan va olib qo‘yilgan chetdan olib kelingan tovarlar qaytarilgan hollarda, vaqtinchalik chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxs bojxonada rasmiylashtirishni amalga oshiruvchi davlat bojxona xizmati organiga arest bekor qilinganligi to‘g‘risida ma’lum qilishi va tovarlarning bundan keyin tegishli bojxona rejimiga bojxonada rasmiylashtirilishini ta’minlashi kerak;
tovar avariya yoki yengib bo‘lmaydigan kuch ta’siri oqibatida yo‘q qilingan yoki qaytarib bo‘lmaydigan tarzda yo‘qotilgan hollarda, bu tegishli vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak;
vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlar yo‘qotilganda va tashkilotning tugatilishi yoki shaxsning vafot etganligi munosabati bilan vaqtinchalik chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxsni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimi amal qilishini tugallash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natija bermagan hollarda.
Ushbu bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlarni nazorat qilish davlat bojxona xizmatining hududiy organi xulosasi asosida tugallanadi.
III. Davriy bojxona to‘lovlarini vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlarga qo‘llash tartibi
20. Tovarlarni vaqtincha chetdan olib kelishda ular vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimida rasmiylashtirilgan paytdan boshlab bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan qisman ozod etish qo‘llaniladi, ushbu Qoidalarning 32-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno. Bojxona bojlari va soliqlarni to‘lashdan qisman ozod qilishda davriy bojxona to‘lovlari undiriladi.
21. Davriy bojxona to‘lovlari:
tovarlarning vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimida turgan har bir to‘liq va noto‘liq kalendar oy uchun bojxona bojlari va soliqlar summasining 5 foizi miqdorida xorijiy valyutada hisoblab yoziladi, ular ushbu tovarlar bojxona rejimida turganda ularning vaqtinchalik chetdan olib kelish rejimida bojxonada rasmiylashtirish kunida erkin muomala uchun chiqarishning (import) bojxona rejimiga qo‘yilganda to‘lanishi mumkin;
milliy valyutada — so‘mda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ularni to‘lash kunida belgilangan kurs bo‘yicha to‘lanadi;
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Davriy bojxona to‘lovlari tovarlar vaqtinchalik chetdan olib kelishning bojxona rejimiga qo‘yilganda vaqtinchalik chetdan olib kelishning butun davri uchun to‘liq yoki chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxsning tanlashi bo‘yicha davriy to‘lanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlarni davriy to‘lash chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxs tomonidan, davlat bojxona xizmati organining to‘lov tartibi to‘g‘risidagi bildirishnomasi bilan belgilanadi. Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash tegishli davr boshlangungacha amalga oshirilishi kerak.
Davriy bojxona to‘lovlari to‘langan davrdan oldingi oyning oxirgi ish kuni davriy bojxona to‘lovlari to‘lashning navbatdagi davr uchun cheklangan muddati hisoblanadi.
22. Davriy bojxona to‘lovlarining to‘langan summalari:
vaqtincha chetdan olib kelingan tovarlar chetga olib chiqilgan yoxud ular boshqa bojxona rejimlariga qo‘yilgan taqdirda qaytarilmaydi;
ushbu tovarlar erkin muomala uchun chiqarishning (import) bojxona rejimiga qo‘yilganda to‘lanishi kerak bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasiga hisoblanadi.
23. Vaqtinchalik chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxs davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun javob beradi.
24. Vaqtinchalik chetdan olib kelishga ruxsatnoma bergan davlat bojxona xizmatining hududiy organi davriy bojxona to‘lovlari summasining amalda tushishini nazorat qiladi.
25. Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida tartibga solinadi.
26. Tovarlar bojxona bojlari, soliqlar to‘lashdan ozod etish shaklida bojxona imtiyozlaridan foydalaniladigan shaxslar tomonidan vaqtincha chetdan olib kelingan taqdirda ularni to‘lovdan ozod qilish bunday imtiyozlarning amal qilish davrida qo‘llaniladi.
27. Vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimiga qo‘yilgan tovarlar uchun davriy bojxona to‘lovlari to‘langanligini tasdiqlash maqsadida davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga davriy bojxona to‘lovi to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjat (to‘lov topshiriqnomasi yoki bojxona to‘lovlari muddatini kechiktirishga, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsatnoma) taqdim etilishi kerak.
28. Vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimiga qo‘yilgan tovarlar va transport vositalariga davriy bojxona to‘lovlari tushumini hisobga olish ushbu Qoidalarga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha davlat bojxona xizmatining hududiy organlarida shaxsiy kartochkalar ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
29. Shaxsiy kartochkalarda tushgan davriy bojxona to‘lovlari aks ettiriladi.
30. Tovarlar erkin muomala uchun chiqarilganda (import) va to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha davriy bojxona to‘lovlari to‘langanda vaqtinchalik chetdan olib kelish bojxona rejimini tugallashda tovarlarni erkin muomala uchun chiqarishning (import) bojxona rejimiga qo‘yish uchun yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi.
31. Bojxona to‘lovlari vaqtinchalik chetdan olib kelishning bojxona rejimida rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi asosida undiriladi. Yuk bojxona deklaratsiyasini erkin muomala uchun chiqarishning (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda faqat bojxona yig‘imlari undiriladi.
IV. Vaqtinchalik chetdan olib kelinadigan tovarlar va transport vositalarini bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilish shartlari
32. Quyidagilar vaqtinchalik chetdan olib kelingan hollarda bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilinadi:
a) xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik agentlari hamda ma’muriy-texnik xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan ularning oila a’zolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan tovarlar.
Avtotransport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelishga:
ushbu kichik bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan vakolatxonalar uchun, — bir xodimga 1 (bir) avtotransport vositasi hisobidan;
ushbu kichik bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy foydalanilishi uchun, — vakolatxonaning bir xodimiga va uning oila a’zosining voyaga yetgan a’zosiga 1 (bir) avtotransport vositasi hisobidan yo‘l qo‘yiladi, biroq oilaga 2 (ikki) avtotransport vositasidan ortiq emas.
Avtotransport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelishga miqdoriy cheklashlar O‘zbekiston Respublikasining erishilgan ahdlashuvlaridan kelib chiqib, shuningdek tenglik shartlarida yoki insonparvarlik loyihalarini va texnik ko‘maklashish loyihalarini amalga oshirish uchun o‘zgartirilishi mumkin. Miqdoriy cheklovni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qilgan holda, akkreditatsiya bo‘yicha vakolatli organning birinchi rahbari tomonidan qabul qilinadi;
b) xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlari va muxbirlik punktlarining o‘z ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan avtotransport vositalari.
Avtotransport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelishga xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalari har bir akkreditatsiya qilingan muxbiri va muxbirlik punkti xodimiga 1 (bir) avtotransport vositasi hisobidan yo‘l qo‘yiladi;
v) ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilish nazarda tutilgan tovarlar;
g) ko‘rgazmalar, yarmarkalar, xalqaro uchrashuvlarda va shunga o‘xshash boshqa tadbirlarda namoyish qilishga mo‘ljallangan tovarlar (chetdan olib kelingan tovarlarni sotish maqsadida o‘tkaziladigan ishlab chiqarish faoliyati yoki boshqa tijorat faoliyati amalga oshiriladigan joylardagi ko‘rgazmalardan tashqari), shuningdek ushbu tadbirlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan yordamchi asbob-uskunalar va materiallar;
d) faqat mana shunday tipdagi tovarlarga buyurtmalar olish maqsadlari uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgan tovarlarning namunalari, bu ularga raqamli, harfli va boshqa markirovkalash, yoriqlar, teshiklar o‘yish yoki boshqa usul bilan shikast yetkazish yo‘li bilan ta’minlanadi, har bir tip, marka, model, artikul, fason, bo‘yash va hokazolarning tovar namunalari ikki nusxasidan ortiq bo‘lmaydi;
e) xorijiy shaxslar tomonidan olib kelinadigan reklama materiallari (kataloglar, preyskurantlar va tijorat prospektlari, modellar, plakatlar, planshetlar, risolalar) — agar har bir oluvchi uchun ushbu materiallar 2 nusxadan ortiq olib kelinmasa yoxud ularning umumiy brutto og‘irligi 50 kilogrammdan ortiq bo‘lmasa;
j) reklama filmlari, shuningdek tovarlarning xossalari yoki vazifasini ochib beruvchi reklama uchun mo‘ljallangan kompyuterda tashiladigan axborot — agar ushbu filmlar va axborot tashuvchilar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa, xorijiy shaxs tomonidan taklif etilayotgan xorijiy tovarlarga tegishli bo‘lsa, faqat tovarlarning ehtimol tutilgan sotib oluvchilariga ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bir nusxada olib kelinsa va ulardan foydalanish daromad olish maqsadini ko‘zlamasa;
z) sinovlar, tekshirishlar, eksperimentlar o‘tkazish hamda xossalari va tavsiflarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tovarlar — agar ulardan foydalanish daromad olish maqsadini ko‘zlamagan taqdirda;
i) kasb asbob-uskunalari (sanoat ishlab chiqarishi, tovarlarni o‘rash yoki tabiat resurslaridan foydalanish, yer ishlarini bajarish, binolar, imoratlar, inshootlar qurish va ta’mirlash hamda shunga o‘xshash ishlarni bajarish uchun foydalaniladigan asbob-uskunalardan tashqari) va instrumentlar (shu jumladan yordamchi apparatlar va anjomlar) — agar vaqtincha chetdan olib kelingan kasb asbob-uskunalari va instrumentlar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa, ular tomonidan olib kelinsa va ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida aniq ishni bajarish uchun zarur bo‘lsa;
y) ishlab chiqarish kooperatsiyasi doirasida chetdan olib kelinadigan chizmalar, rejalar, modellar, shtamplar, matritsalar, klishelar, bosma shakllar va shunga o‘xshash boshqa buyumlar, nazorat-o‘lchash asboblari va instrumentlar — agar ko‘rsatib o‘tilgan tovarlardan asosan eksportga mo‘ljallangan tovarlarni ishlab chiqarish munosabati bilan foydalanilsa, xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa, biroq O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
k) madaniyat va kinematografiya sohalarida ilmiy-tadqiqot, ta’lim maqsadlari uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar (shu jumladan restavratsiya asbob-uskunalari) va materiallar, vaqtincha chetdan olib kelingan asbob-uskunalar va materiallarni, anjomlarni ta’mirlashga mo‘ljallangan ehtiyot qismlar, shuningdek bunday asbob-uskunalar va materiallarni sozlash, nazorat qilish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan instrumentlar — agar vaqtincha chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar, anjomlar va instrumentlar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa va ulardan foydalanish daromad olish maqsadini ko‘zlamasa;
l) kinoga olish, tomoshalar, spektakllar va shunga o‘xshash tadbirlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, madaniyat muassasalari, kinematografiya tashkilotlariga vaqtincha foydalanish uchun tekin beriladigan teatr (sirk, kino) kostyumlari, sahna asbob-uskunalari, partitura, musiqa asboblari va boshqa teatr (sirk) rekvizitlari;
m) kino va videofilmlar, slaydlar, fotosuratlar, plakatlar, kino va videofilmlarning montaj va muloqotli sahifalari hamda foto va kinotanlovlarda, kinofestivallarda, kinohaftaliklarida va boshqa shunga o‘xshash tadbirlarda namoyish qilish uchun tasvir yozilgan boshqa axborot tashuvchilar — agar bunday tovarlardan foydalanish daromad olish maqsadini ko‘zlamasa;
n) O‘zbekiston Respublikasi hududida sport musobaqalari, ko‘rgazmali sport tadbirlari yoki mashqlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tovarlar — agar bunday tovarlar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa va ularning vazifasiga muvofiq miqdorda olib kelinsa;
o) kurort ishi va turizm bo‘yicha tanishtirish materiallari — agar vaqtincha chetdan olib kelingan materiallar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa va ularning vazifasiga muvofiq miqdorda olib kelinsa;
p) madaniyat boyliklari (san’at asarlari, kolleksiyalash va antikvariat buyumlari bo‘lgan tovarlar, shuningdek olib chiqib ketilishi va olib kelinishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan boshqa tovarlar), — agar bunday tovarlar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa;
r) ta’lim, fan va madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, materiallar va hujjatlar (shu jumladan ularning bosma usuldan boshqa usulda ko‘paytirilganlari), — agar bunday tovarlar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa;
s) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining va (yoki) o‘q-dorilar va atom energetikasini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va utilizatsiya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, atom energiyasidan foydalanishning davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan hollarda ushbu sohada ijro etuvchi hokimiyatning boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan boshqa vakolatli organning sabablari ko‘rsatilgan taqdimnomasi bo‘yicha vaqtincha foydalanish uchun davlat organlari va davlat muassasalariga tekin beriladigan, xorijiy shaxs tomonidan olib kelinadigan tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan tovarlar, shu jumladan transport vositalari, — agar vaqtincha chetdan olib kelingan tovarlar va transport vositalari xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa, shu jumladan:
transport vositalari bilan birga olib kelinadigan yonilg‘i-moylash materiallari, suv, ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan konstruktiv idishlardagi boshqa suyuqliklar, ehtiyot qismlar, ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalarining odatdagi anjomlari va aslahalari, shu jumladan yuklar, konteynerlar va boshqa transport asbob-uskunasini yuklash, tushirish, ishlov berish va himoya qilish uchun maxsus asbob-uskuna, agar bunday transport vositalari xorijiy davlat hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, xorijiy shaxs tomonidan olib kirilsa;
tovarlarni transportda tashish, yer qazish ishlari, binolar, imoratlar va inshootlarni qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish va shunga o‘xshash ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va instrumentlar, shu jumladan yordamchi apparatlar, agregatlar, ehtiyot qismlar va anjomlar;
t) qutqarish, davolash muassasalariga hamda boshqa tibbiyot muassasalari va tashkilotlariga vaqtincha foydalanish uchun tekin beriladigan qutqarish, tibbiyot va laboratoriya asbob-uskunasi — agar vaqtincha chetdan olib kelingan asbob-uskuna ushbu muassasalar va tashkilotlar tomonidan muruvvat, qutqaruv, tashxis qo‘yish yoki davolash maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa va uni yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshirilsa;
u) xorijiy havo kemalari ekipajlarining ijtimoiy-maishiy hayot sharoitlarini ta’minlash va ularning madaniyat, ta’lim, dam olish, din va sport sohasidagi ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan tovarlar — agar vaqtincha chetdan olib kelingan tovarlar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa va ulardan foydalanish daromad olish maqsadini ko‘zlamasa;
f) professional kinematografiya asbob-uskunasi, matbuot, radio yoki televideniye jihozi, ko‘rsatib o‘tilgan asbob-uskunalarga yordamchi qurilmalar va anjomlar — agar vaqtinchalik chetdan olib kelingan professional asbob-uskunalar, qurilmalar va anjomlar xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qolsa, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida aniq ishni bajarish uchun zarur bo‘lsa;
x) boqish, o‘rgatish, urchitish, veterinariya yo‘li bilan davolash, sinovlar o‘tkazish, turistik tadbirlar, gumanitar va qutqarish operatsiyalari, maxsus funksiyalarni amalga oshirish (militsiya otlari va itlari, izlovchi kuchuklar, ko‘zi ojizlarni yetaklab yuradigan kuchuklar va boshqalar), ko‘rgazmalar, tanlovlar, musobaqalar, namoyishlar, spektakllar, tomoshalar va shunga o‘xshash daromad olish bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarda ishtirok etish uchun, shuningdek tibbiyot maqsadlarida va chegara hududida foydalanish uchun mo‘ljallangan ish mollari sifatida (tegishli jihozlar bilan birgalikda) xorijiy shaxsning mulki bo‘lib qoladigan hayvonlar.
33. Ushbu Qoidalarning 32-bandi “g” — “x” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga bir yilgacha bo‘lgan muddatda bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan holda ruxsat beriladi. Ushbu muddat tugagandan keyin ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarga vaqtinchalik chetdan olib kelishning bundan keyingi muddatiga davriy bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi.
V. Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetga olib chiqishning bojxona rejimiga qo‘yish shartlari
34. Quyidagilar tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetga olib chiqishning bojxona rejimiga qo‘yish shartlari hisoblanadi:
tovarlarga belgilangan tartibga muvofiq deklaratsiya to‘ldirish;
ushbu tovarlarning identifikatsiya qilinishi imkoniyatini ta’minlash;
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi kerak bo‘lsa, ushbu organlarning ruxsatnomalarini taqdim etish.
35. Vaqtinchalik chetga olib chiqishga ruxsatnoma olgan shaxs vaqtinchalik chetga olib chiqish muddati tugagunga qadar vaqtinchalik chetga olib chiqilgan tovarlar qaytarib olib kelinishini yoki vaqtinchalik chetga olib chiqish muddati uzaytirilishiga ruxsatnoma olinishini yoxud vaqtinchalik chetga olib chiqilgan tovarlar boshqa bojxona rejimlariga qo‘yilishini ta’minlashi kerak.
36. Vaqtinchalik chetga olib chiqish bojxona rejimining amal qilishi:
vaqtinchalik chetga olib chiqilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga qaytarib olib kelinganda yoki ular boshqa bojxona rejimlariga qo‘yilganda;
agar vaqtinchalik chetga olib chiqilgan tovar avariya yoki boshqa yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yo‘q qilingan yoki qaytarilmas tarzda yo‘qotilgan, yoxud xorijiy davlatning organlari yoki mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bo‘yicha noqonuniy xatti-harakatlari natijasida egalik qilishdan chiqqan hollarda tugaydi. Bunda avariya yoki yengib bo‘lmas kuch amal qilishi, tabiiy eskirish yoki transportda tashish va saqlashning normal sharoitlarida kamayish tufayli kamomadlar oqibatida, yoxud xorijiy davlatning organlari yoki mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bo‘yicha noqonuniy xatti-harakatlari natijasida vaqtinchalik chetga olib chiqilgan tovar yo‘q qilingan yoki qaytarilmas tarzda yo‘qotilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
37. Davlat bojxona xizmati organining ruxsati bilan vaqtinchalik chetga olib chiqilgan tovarlarni qaytarib olib kelmasdan boshqa shaxsga berishga va eksportning bojxona rejimida rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
VI. Yakunlovchi qoidalar
38. Davlat bojxona xizmati organlari respublikaga vaqtinchalik chetdan olib kelingan va respublikadan vaqtinchalik chetga olib chiqilgan tovarlar hisobini yuritadi.
39. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalariga
1-ILOVA

‎‎Vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ga ruxsatnoma olish uchun

‎‎ARIZA

‎‎
‎‎1._____________________________________________________________________________

(‎‎tovarga nisbatan vakolatli shaxsning ismi yoki nomi va manzili)

‎‎____________________________________________________________________
2‎‎._____________________________________________________________________________

(‎‎tovar egasining ismi yoki nomi va manzili)

‎____________________________________________________________________
‎‎3. Tovarning tavsifi:
‎‎____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
a) vaqtinchalik chetdan olib kelinayotgan (chetga olib chiqilayotgan) tovarning savdo va/yoki texnik tavsifi (tavsif uning foydalanilishi (qo‘llanishi) to‘g‘risida qaror qabul qilish mumkin bo‘lishi uchun aniq va mufassal bo‘lishi kerak);
‎‎____________________________________________________________________
‎‎b) TIF TN bo‘yicha tasnifi (tovarning 10 ta belgili kodi ko‘rsatiladi);
‎‎____________________________________________________________________
‎‎v) tovarning birliklardagi miqdori (kg, litr, metr va shu kabilar);
‎‎____________________________________________________________________
‎‎g) tovarning mavjud axborotga va ilova qilinadigan hujjatlarga muvofiq qiymati.
‎‎
‎‎4. ____________________________________________________________________________

(‎‎tovarni vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ning maqsadi yoki holati)

‎‎5. Tovarning ishlatilishi
‎‎____________________________________________________________________

‎‎(vaqtinchalik chetdan olib kelinayotgan (chetga olib chiqilayotgan) tovardan foydalanishning mumkin bo‘lgan barcha turlari ko‘rsatiladi)

‎‎6. Tovardan foydalaniladigan joy
‎‎____________________________________________________________________

‎‎(vaqtinchalik chetdan olib kelinayotgan (chetga olib chiqilayotgan) tovardan foydalaniladigan joylarning manzillari ko‘rsatiladi)

‎‎7. Tovarlar ushbu rejimda turadigan vaqt davri
‎‎____________________________________________________________________

‎‎(foydalanilishi uchun zarur bo‘lgan muddat ko‘rsatiladi).

‎‎8. Identifikatsiyalashning tavsiya etilayotgan usuli
‎‎____________________________________________________________________

(vaqtinchalik chetdan olib kelinayotgan (chetga olib chiqilayotgan) tovarni identifikatsiyalashning eng qulay usullari ko‘rsatiladi).

‎‎9. Qo‘shimcha axborot
‎‎____________________________________________________________________

(ariza beruvchining fikriga ko‘ra davlat bojxona xizmati organlari uchun qiziqish tug‘dirishi mumkin bo‘lgan axborot ko‘rsatiladi)

‎‎
‎‎10. Tovarni vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) muddatini uzaytirish uchun vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ning belgilangan muddati o‘tgungacha bir oydan kechikmay davlat bojxona xizmati organiga murojaat qilishim kerakligi menga ma’lum.
‎‎______________________________________________________ ____________‎

(tovarga nisbatan vakolatli shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi va imzosi)

(sana)

Izoh: arizadagi tovarlar nomi ko‘p bo‘lgan taqdirda ular alohida spetsifikatsiyada ko‘rsatilishi mumkin.
Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalariga
2-ILOVA

Vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ga

RUXSATNOMA

‎‎
‎‎1._____________________________________________________________________________

(‎‎tovarga nisbatan vakolatli shaxsning ismi yoki nomi va manzili)

‎‎____________________________________________________________________
2‎‎._____________________________________________________________________________

‎‎(tovar egasining ismi yoki nomi va manzili)

‎____________________________________________________________________
‎‎3. Tovarning tavsifi:
‎‎____________________________________________________________________
‎‎____________________________________________________________________
a) vaqtinchalik chetdan olib kelinayotgan (chetga olib chiqilayotgan) tovarning savdo va/yoki texnik tavsifi (tavsif uning foydalanilishi (qo‘llanishi) to‘g‘risida qaror qabul qilish mumkin bo‘lishi uchun aniq va mufassal bo‘lishi kerak);
‎‎____________________________________________________________________
b) TIF TN bo‘yicha tasnifi (tovarning 10 ta belgili kodi ko‘rsatiladi);
‎‎____________________________________________________________________
v) tovarning birliklardagi miqdori (kg, litr, metr va shu kabilar);
‎‎____________________________________________________________________
g) tovarning mavjud axborotga va ilova qilinadigan hujjatlarga muvofiq qiymati.
4. Tovarning ishlatilishi ‎‎
‎_____________________________________________________________________________

(vaqtinchalik chetdan olib kelinayotgan (chetga olib chiqilayotgan) tovardan foydalanishning mumkin bo‘lgan barcha turlari ko‘rsatiladi)

5. Tovardan foydalaniladigan joylar
‎‎____________________________________________________________________

(vaqtinchalik chetdan olib kelinayotgan (chetga olib chiqilayotgan) tovardan foydalaniladigan joylarning manzillari ko‘rsatiladi)

6. Ruxsatnomaning amal qilish muddati
‎‎____________________________________________________________________
(tovarni vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) muddati ko‘rsatiladi)
7. Identifikatsiyalash usuli
‎‎____________________________________________________________________

(vaqtinchalik chetdan olib kelinayotgan (chetga olib chiqilayotgan) tovarni identifikatsiyalashning tanlangan usuli ko‘rsatiladi)

‎‎______________________________________________________ ____________‎

(tovarga nisbatan vakolatli shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi va imzosi)

(sana)

Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalariga
3-ILOVA
Tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yishda yuk bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish
TARTIBI
Vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) rejimida yuk bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirishda deklaratsiya ustunlari qonun hujjatlariga muvofiq to‘ldiriladi. Bunda 1, 9, 28, 36, 44, 47 va S-ustunlarini to‘ldirish quyidagi xususiyatlarga ega:
1-ustun. “Deklaratsiya tipi”
Ustunning birinchi kichik bo‘limida:
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan “EK” ko‘rsatiladi;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinadigan tovarlarga nisbatan – “IM” ko‘rsatiladi.
Ikkinchi kichik bo‘limda bojxona rejimining ikki belgili kodi – “31” ko‘rsatiladi.
9-ustun. “Moliyaviy tartibga solish uchun mas’ul shaxs”
Ustunda yuk bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha Yo‘riqnomada nazarda tutilgan tartibda tovarlarni ko‘chiruvchi (tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga (chetga olib chiqishga) ruxsatnoma olgan) shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
28-ustun. “Moliyaviy ma’lumotlar va bank ma’lumotlari
Ustunda (rekvizitlarning har birini yangi satrdan boshlab va ularning har biri oldiga tartib raqami qo‘yib):
1 – so‘mlarda hisob-kitob schyoti raqami, KTUT kodi va 9-ustunda ko‘rsatilgan shaxsning hisob-kitob schyoti ochilgan bankning qisqacha nomi ko‘rsatiladi;
2 – xorijiy valyutadagi schyot raqami, KTUT kodi va 9-ustunda ko‘rsatilgan shaxsning hisob-kitob schyoti ochilgan bankning qisqacha nomi ko‘rsatiladi.
Xorijiy firmalarning (tashkilotlarning) vakolatxonalarida moliyaviy ma’lumotlar va bank ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ustun to‘ldirilmaydi.
36-ustun. “Preferensiyalar”
Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qisman ozod etilgan taqdirda ustunda tegishli pozitsiyalarda “0” qo‘yiladi.
Vaqtinchalik chetdan olib kelingan (chetga olib chiqilgan) tovarlar qaytarib chetdan olib kelinganda (chetga olib chiqilganda) ustun to‘ldirilmaydi.
Bojxona to‘lovlari to‘lashdan to‘liq ozod etilganda ustun yuk bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq to‘ldiriladi.
44-ustun. “Qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladigan hujjatlar”
Ijaraga olingan tovarlar vaqtinchalik chetdan olib kelinganda (chetga olib chiqilganda) 3 raqamida yuk bojxona deklaratsiyasida ijara shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (raqami, tuzilgan sanasi va amal qilish muddati) ko‘rsatiladi.
8 raqamida vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ning bojxona rejimiga qo‘yiladigan tovarlar qaytarib chetga olib ketilishi (chetdan olib kelinishi) yoxud boshqa bojxona rejimiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan muddat quyidagi shaklda ko‘rsatiladi:
8 – “201__” “___” “____” gacha “Tovarlarni qaytarib chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) yoxud boshqa bojxona rejimiga o‘tkazish majburiyatini olaman”.
47-ustun. “Bojxona bojlari va yig‘imlarni hisoblab chiqish”
Bojxona bojlari va soliqlar summasini hisoblab chiqishda “TU” (to‘lov usuli) ustunining beshinchi kichik ustunida stunni to‘ldirishda harfli kod “ShHYo” – shartli hisoblab yozish — bojxona to‘lovlarining shartli hisoblab yozilishi qo‘yiladi.
S-ustuni
Ustunda:
4-bandda — vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) muddatlari uzaytirilganda yuk bojxona deklaratsiyasining 1 va 5-nusxalarida “201__” “____” “____” dagi ___-son ruxsatnoma asosida “Muddat “201__” “____” “____” gacha uzaytirilgan” yozuvi qayd etiladi.
Yuk bojxona deklaratsiyasining orqa tomonini to‘ldirish namunasi
Yuk bojxona deklaratsiyasining orqa tomonida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
1. Shartli hisoblab yozilgan bojxona bojlari va soliqlar summasi _____ AQSh dollari.
2. Davriy bojxona to‘lovi miqdori _____ AQSh dollari.
3. Davriy bojxona to‘lovini to‘lash muddati “201__” “____” “____”gacha.
4. To‘lov “201__” “____” “____”dan “201__” “____” “____”gacha bo‘lgan davr uchun amalga oshirildi.
kurs bo‘yicha ___ AQSh dollari ______ so‘m summaga “201__” “________”dagi ____-son to‘lov topshirig‘i.
Davlat bojxona xizmati organi mansabdor shaxsining F.I.O., imzosi, shaxsiy raqamli muhr.
Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalariga
4-ILOVA
Vaqtinchalik chetdan olib kelish va vaqtinchalik chetga olib chiqishning ular uchun ko‘proq muddatlari belgilanishi mumkin bo‘lgan tovarlar
RO‘YXATI
I. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mulki bo‘lgan vaqtinchalik chetdan olib kelishning ular uchun ko‘proq muddatlari belgilanishi mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxati
1. Xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ushbu vakolatxonalarning diplomatik agentlari hamda ma’muriy-texnik xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan ularning oila a’zolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan tovarlar, shuningdek xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlari va muxbirlik punktlarining o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan avtotransport vositalari.
Bunday tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vakolatxonalar va shaxslarning akkreditatsiya muddatiga beriladi hamda ularning akkreditatsiyasini uzaytirish muddatlaridan kelib chiqib uzaytiriladi.
Vaqtinchalik chetdan olib kelingan tovarlarni nazorat qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risida Davlat bojxona qo‘mitasini o‘z vaqtida xabardor qiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtinchalik chetdan olib kelinadigan temir yo‘l transporti vositalari, shuningdek ularga ehtiyot qismlar va ularga xizmat ko‘rsatish uchun transport asbob-uskunasi. Vaqtinchalik chetdan olib kelish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtinchalik chetdan olib kelinadigan havo transporti vositalari, shuningdek ularga ehtiyot qismlar va ularga xizmat ko‘rsatish uchun transport asbob-uskunasi. Vaqtinchalik chetdan olib kelish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
4. Lizing shartnomalari asosida chetdan olib kelinadigan tovarlar.
Bunday tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga lizing shartnomasining amal qilish muddatiga ruxsat beriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kelinadigan tovarlar. Vaqtinchalik chetdan olib kelish muddati xalqaro shartnomaning amal qilish muddatidan kelib chiqib belgilanadi.
6. Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar va geologiya-razvedka ishlarini olib borish to‘g‘risidagi bitimlar asosida chetdan olib kelinadigan tovarlar.
Bunday tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga ushbu bitimlarning amal qilish muddatiga ruxsat beriladi.
7. Davriy bojxona to‘lovlari ular uchun to‘liq to‘langan tovarlar.
Vaqtinchalik chetdan olib kelish muddatini uzaytirishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 16-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining norezidentlarida tovarlarga bo‘lgan mulk huquqi qoldirilgan va tovarga nisbatan vakolatli shaxsning tovarni vaqtinchalik chetdan olib kelishning bojxona rejimida qoldirish to‘g‘risidagi arizasi mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.
8. Imtiyozlarning amal qilish muddati tamom bo‘lishi yoki mulk huquqi boshqa shaxslarga o‘tishi munosabati bilan ular bo‘yicha vaqtinchalik chetdan olib kelishning bundan keyingi muddatiga davriy bojxona to‘lovlari to‘lash zaruriyati paydo bo‘ladigan tovarlar.
9. Investitsiya loyihalari asosida chetdan olib kelinadigan tovarlar.
Bunday tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga investitsiya davri muddatiga yo‘l qo‘yiladi.
10. Tovarlarni yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatishga import kontraktlar bo‘yicha kafolat muddati mobaynida xizmat ko‘rsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun chetdan olib kelinadigan tovarlar (O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida qoldirish uchun mo‘ljallangan tovarlar bundan mustasno).
Bunday tovarlarni vaqtinchalik chetdan olib kelishga kafolatli davr muddatiga yo‘l qo‘yiladi.
II. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining mulki bo‘lgan, ular uchun vaqtincha chetga olib chiqishning ko‘proq muddatlari belgilanishi mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxati
11. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xorijiy davlatlar hududidagi obyektlarida foydalanish uchun olib chiqilgan tovarlar. Vaqtincha chetga olib chiqish muddatini uzaytirish ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar mavjudligi tasdiqlangan hollarda amalga oshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtinchalik chetga olib chiqilgan temir yo‘l transporti vositalari, shuningdek ularga ehtiyot qismlar va ularga xizmat ko‘rsatish uchun transport asbob-uskunasi. Vaqtinchalik chetga olib chiqish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
13. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari o‘rtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtinchalik chetga olib chiqilgan havo transporti vositalari, shuningdek ularga ehtiyot qismlar va ularga xizmat ko‘rsatish uchun transport asbob-uskunasi. Vaqtinchalik chetga olib chiqish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
14. Lizing shartnomalari asosida chetga olib chiqilgan tovarlar.
Bunday tovarlarni vaqtinchalik chetga olib chiqishga lizing shartnomasi amal qilish muddatiga ruxsat beriladi.
15. Tovarlar va xizmatlarning eksport kontraktlari bo‘yicha kafolat muddati mobaynida xizmat ko‘rsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun chetga olib chiqilgan tovarlar (O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqarida qoldirish uchun mo‘ljallangan tovarlar bundan mustasno).
Bunday tovarlarni vaqtinchalik chetga olib chiqishga kafolatli davrning amal qilishi muddatiga yo‘l qo‘yiladi.
Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalariga
5-ILOVA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish rejimida davriy bojxona to‘lovlari to‘lashni hisobga olishning

‎‎_____-son Sh A X S I Y K A R T O Ch K A S I
‎‎
‎‎___________________________________________________________________

(‎‎tovarga nisbatan vakolatli shaxsning nomi)

‎‎___________________________________________________________________

(‎‎manzili, telefoni)

‎‎____________________________ _____________________

‎‎Yuk bojxona deklaratsiyasining tartib raqami_______________________________________

‎‎Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash jadvali

T/r

Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash muddati‎‏

Xorijiy valyutada to‘lanishi kerak bo‘lgan davriy bojxona to‘lovlari sum�asi miqdori

Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lash kunida O‘zR MB tomonidan belgilangan valyuta kursi‎‏

Milliy valyutada to‘lanadigan davriy bojxona to‘lovlari summasi miqdori

‎‎To‘lov topshiriqnomasi/kirim kassa orderi

Davlat bojxona xizmati organi mansabdor shaxsining imzosi va raqamli shaxsiy muhri‎‏

raqam‎

sana

‎‎

‎‎_______________________________________________‎

‎‎________________

(‎‎tovarga nisbatan vakolatli shaxsning F.I.O., imzosi)

‎‎ (sana)

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-son qaroriga
2-ILOVA
Tovarlar va transport vositalarini yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)
qoidalari
Ushbu Qoidalar tovarlar va transport vositalarini yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik chetdan olib kelish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtinchalik chetga olib chiqish shartlarini belgilaydi.
I. Tovarlar va transport vositalarini yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) qoidalari va ularga nisbatan bojxona to‘lovlarini qo‘llash
1. Quyidagi tovarlar yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirmasdan va bojxona to‘lovlari to‘lamasdan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga vaqtinchalik chetdan olib kelinadi va O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtinchalik chetga olib chiqiladi:
a) qiymati belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdoridan oshmaydigan tovarlar. Ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar T-6 shaklidagi deklaratsiya va tovarga ilova qilingan hujjatlar asosida o‘tkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
b) shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallangan xorijiy fuqarolar va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan olib kelingan tovarlar.
Ushbu kichik bandning birinchi xatboshiga muvofiq avtotransport vositalari vaqtinchalik chetdan olib kelingan taqdirda bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilish bir yil mobaynida uch oygacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Ko‘rsatilgan muddat tugagach avtotransport vositalari qaytarib olib chiqib ketilmagan taqdirda ularga nisbatan vaqtinchalik chetdan olib kelishning bundan keyingi muddati uchun davriy bojxona to‘lovlari qo‘llanadi, bunda avtotransport vositasini vaqtinchalik chetdan olib kelgan shaxsning yoki vaqtinchalik chetdan olib kelish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxsning nomiga yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi.
Qaytarib olib chiqib ketish ta’minlanmaganda yoki ko‘rsatib o‘tilgan davrda avtotransport vositasining tegishli bojxona rejimi rasmiylashtirilganda qaytarib olib chiqib ketishning muddati o‘tgan har bir kuni uchun dvigatel hajmining har kub. santimetri uchun 0,01 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi;
v) transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga va O‘zbekiston Respublikasi hududidan yo‘lovchilar va yuklarni xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan konteynerlar, poddonlar va ko‘p martalab foydalaniladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlari.
Ko‘rsatilgan transport vositalari xorijiy davlatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, ko‘p martalab foydalaniladigan idishlar va upakovkalarni vaqtinchalik olib kelishga transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatiga, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilgan holda ruxsat etiladi.
Vaqtinchalik chetdan olib kelish muddati tugagach, ko‘rsatilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak;
g) shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan chetga olib chiqiladigan tovarlar.
Ushbu kichik bandning birinchi xatboshiga muvofiq avtotransport vositalari vaqtinchalik chetga olib chiqilgan taqdirda vaqtinchalik chetga olib chiqishga bir yil mobaynida uch oygacha bo‘lgan muddatga ruxsat beriladi.
Ko‘rsatilgan muddat tugagach avtotransport vositasi qaytarib olib kelinmagan taqdirda unga qonun hujjatlariga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi.
Qaytarib olib kelish yoki avtotransport vositasining tegishli bojxona rejimini rasmiylashtirish ta’minlanmaganda ko‘rsatib o‘tilgan davr uchun qaytarib olib kelishning muddati o‘tgan har bir kuni uchun dvigatel hajmining har kub. santimetri uchun 0,01 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi;
d) vaqtinchalik chetga olib chiqiladigan transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, shuningdek yo‘lovchilar va yuklarni xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan konteynerlar, poddonlar va ko‘p martalab foydalaniladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlari. Ko‘rsatilgan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, ko‘p martalab foydalaniladigan idishlar va upakovkalarni vaqtinchalik chetga olib chiqishga transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatiga, lekin uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ruxsat beriladi.
Vaqtinchalik chetga olib chiqish muddati tugagach, ko‘rsatilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinishi yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq bojxona rejimiga qo‘yilishi kerak;
e) yo‘lovchilar va yuklarni xalqaro temir yo‘l transportida tashishda foydalaniladigan temir yo‘l transport vositalari.
2. Bojxona postida nazorat va hisobga olishni amalga oshirish uchun “b”, “v”, “g” va “d” kichik bandlarda ko‘rsatilgan transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelishda (chetga olib chiqishda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta chetga olib chiqish (chetdan olib kirish) to‘g‘risida majburiyat rasmiylashtiriladi. Qayta chetga olib chiqish (chetdan olib kelish) majburiyatida, shuningdek transport vositalariga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, konteynerlar, poddonlar va ko‘p martalab foydalaniladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi.
II. Yakunlovchi qoidalar
3. Davlat bojxona organlari vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish)ning bojxona rejimiga qo‘yishni rasmiylashtirmasdan respublikaga vaqtinchalik chetdan olib kelingan va respublikadan vaqtinchalik chetga olib chiqilgan tovarlar va transport vositalarining hisobini yuritadilar.
4. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 16-son, 217-modda)