1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2004—2009 YILLARDA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISh DAVLAT UMUMMILLIY DASTURI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo‘g‘ini, jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Belgilangan maqsadga erishish uchun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar ta’limi tizimi bilan to‘la qamrab olishni ta’minlashga, o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim bilan bir qatorda aniq bir kasbni egallab olishlariga qaratilgan. Dasturga muvofiq prinsipial yangi tipdagi o‘rta hunar o‘quv muassasalari tarmog‘i shakllandi. Zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo‘yicha mamlakatimiz industriyasi yaratildi. Yangi ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim majmui hisoblanadi. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga egadir. Dasturni to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarga erishish ana shu bo‘g‘inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liqdir.
Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, butun tizimning eng muhim boshlang‘ich bosqichi bo‘lgan maktab ta’limining ortda qolayotgani yaxlit uzluksiz ta’lim zanjirida eng zaif bo‘lib qolmoqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo‘lib, ularning 40 foizga yaqini tipovoy bo‘lmagan moslashtirilgan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya holatidadir. Ko‘pgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistemasiga ega emas, ichimlik suv va tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan. O‘quvchilarning 28 foizdan ko‘prog‘i ikki-uch smenada o‘qitiladi. Maktablarning o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish darajasi 29 foizni, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishi esa 15 foizga yaqinni tashkil qiladi. Maktablarning faqat yarmigina sport zallariga ega, ularning sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi esa 23 foizdan oshmaydi. Ayniqsa qishloq joylardagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda.
O‘qituvchilar, eng avvalo boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirish borasida tarkib topgan tizim maktab ta’limida hamon zaif bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda, bunda pedagoglar iste’dodi, kasb mahorati ularning mehnatiga haq to‘lash chog‘ida hali ham belgilovchi mezonga aylanmayapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi F–1910-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi guruhlar tomonidan respublika mintaqalarida bevosita bo‘lib, barcha umumiy ta’lim maktablari to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, ularning moddiy-texnika bazasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil o‘rganib chiqilganligi, maktablar pasportlashtirilganligi, 1 va 2-ilovalarga muvofiq maktablarni qayta tiklash borasidagi ishlarning mezonlari ishlab chiqilganligi hamda aniq tip va yo‘nalishlari belgilab olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa deb hisoblansin.
Maktab ta’lim tizimini tubdan yaxshilashni; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o‘quv-moddiy bazasi va ta’lim standartlari shakllantirilishini; yashash joyidan qat’i nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda ta’minlanish darajasidagi tafovutlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarning ta’lim olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratilishini; o‘qituvchilar mehnati har tomonlama rag‘batlantirilishini ko‘zda tutuvchi Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari ma’qullansin.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilansin:
kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlashning, avariya holatidagi binolarni buzib tashlashning manzillari aniq ko‘rsatilgan dasturlarini va maktab binolarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqqan holda umumiy ta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
maktablarni zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash;
ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
umumiy ta’lim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylardagi maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ular tarkibi sifatini oshirish, o‘qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish;
umumiy ta’lim maktablarida sportni rivojlantirish va ularning sport bazasini mustahkamlash.
3. 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish borasidagi ishlarning butun kompleksi bajarilishi uchun mas’uliyat Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev), O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari zimmasiga yuklatilsin.
Dasturni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida har bir alohida shahar va tuman bo‘yicha ishlar jabhasi va ularni bajarish muddatlari aniq belgilanishi, buzib tashlanadigan, kapital rekonstruksiya qilinadigan va kapital ta’mirlash talab etiladigan maktablar joylashgan manzillarning xaritalarini tuzish ko‘zda tutilsin va shu asosda har bir obyekt bo‘yicha tiklash ishlari maktablardagi o‘quv jarayoniga zarar yetkazmasligi uchun ularni bajarishning aniq dasturlari tayyorlansin.
4. Budjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag‘lari, xorijiy kreditlar va grantlar 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini moliyalashning asosiy manbalari etib belgilansin.
(4-bandning ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-son Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
5. Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini moliyalash uchun maqsadli yo‘naltirilgan homiylik mablag‘lari foyda solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlanadi.
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun xorijiy kreditlar va grantlarni imtiyozli shartlarda jalb etish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar bilan doimiy asosda ish olib borsinlar.
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-sentabrdagi PF-3661-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
bir oy muddatda budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin, Nizomda shunday mexanizm ko‘zda tutilsinki, bunda Moliya vazirligi budjetni tasdiqlash chog‘ida Dasturni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lar hajmini alohida satr bilan har bir viloyatga yetkazadi, ayni vaqtda Jamg‘arma orqali ana shu mablag‘lar viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlariga yetkaziladi;
Moliya vazirligi huzurida Jamg‘armaning Ijroiya direksiyasini tuzish, Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashni tashkil etish, shuningdek Ijtimoiy sohani moliyalash bosh boshqarmasi tarkibida maktab ta’limi bo‘limini tuzish bo‘yicha takliflar ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin, maktab ta’limi bo‘limi zimmasiga budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 263-son “Budjetdan tashqari maktab ta’limi jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ikki oy muddatda quyidagilarni amalga oshirsin:
maktablarni ro‘yxatdan o‘tkazish asosida foydalanilayotgan maktablarni turlariga qarab sistemalashtirish, ularning moddiy bazasi hozirgi ahvolini baholash mumkin bo‘lgan sifat va son mezonlarini belgilash, bu o‘rinda zarur kommunikatsiyalar, suv, issiqlik va maktab infratuzilmasi mavjudligiga alohida e’tibor qaratish;
sistemalashtirish natijalariga ko‘ra maktablarni tiklash bo‘yicha namunaviy loyihalarning bir necha variantini va eng yuqori me’yoriy xarajatlarini har bir viloyat, shahar, tuman, qishloq sharoitlariga mosligini inobatga olgan holda ishlab chiqish, bunda ular to‘rt yo‘nalish bo‘yicha — eskilarining o‘rniga yangi maktablar qurish, kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash zarurligi jihatidan ko‘rib chiqiladi. Bunda asosiy talab — birinchi navbatda, xavfsizlik va o‘quv jarayoni talablariga muvofiqlik hamda kapital rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash xarajatlari shu turdagi yangi maktab qurilishi qiymatidan oshmasligini ta’minlash;
maktablarni kapital rekonstruksiya qilish namunaviy loyihalari maketlarining ko‘rgazmasini tashkil etish, kapital va joriy ta’mirlash namunaviy loyihalari va eng yuqori me’yoriy xarajatlari albomini tayyorlash va amaliyotda qo‘llash uchun nashr etish.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga namunaviy loyihalarni tayyorlash uchun iqtidorli loyihachilar va smetachilardan iborat ishchi guruhlari tashkil etish huquqi berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanmagan namunaviy loyihalarsiz va me’yoriy xarajatlarning yuqori ko‘rsatkichisiz maktablarni tiklash ishlarining amalga oshirilishi qat’iyan taqiqlansin. Namunaviy loyihalarni real sharoitga moslashtirish chog‘ida undan har qanday chekinish Davarxitektqurilish qo‘mitasi bilan kelishib olinishi zarur.
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi maktablarni tiklash ishlarini amalga oshirishda namunaviy loyihalar hamda tasdiqlangan qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etilishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev) Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika viloyatlarida manfaatdor tuzilmalar bilan birga shahar, qishloq va tog‘li joylar sharoitini hisobga olgan holda namunaviy loyihalarga rioya etish yuzasidan mas’uliyatni oshirish talablarini bevosita ijrochilarga yetkazish uchun seminar va kengashlar o‘tkazsin.
9. 2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlariga yuklatilsin.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlariga o‘zining vakillarini biriktirsin, ularning zimmasiga Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlarning tasdiqlangan namunaviy loyihalar, qurilish me’yorlari va sifatiga muvofiqligini ta’minlash mas’uliyati yuklatilsin.
10. Maxsus komissiya (Sh.M. Mirziyoyev), Vazirlar Mahkamasining qurilish va ijtimoiy komplekslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birga quyidagilarni amalga oshirsin:
ikki oy muddatda Maktab ta’limini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga ixtisoslashgan mavjud pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish sanoati obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
Dasturni amalga oshirish uchun kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurilishiga jalb etilgan qurilish sanoati korxonalari va pudratchi tashkilotlar imkoniyatlaridan foydalanish;
namunaviy loyihalar talablaridan kelib chiqib, maktablarni tiklashda ishlatiladigan namunaviy qurilish konstruksiyalari va birikmalarini belgilash va tasdiqlash, ekspertiza va sinovdan o‘tkazish, shundan so‘ng ularni ishlab chiqarishni tashkil etish.
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor idoralar bilan birga, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni jihozlash bo‘yicha to‘plangan tajribadan kelib chiqib, 2004-yil 1-oktabrgacha:
mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maktab partalari, maktablar uchun mebel va boshqa o‘quv uskunalari tanlovini e’lon qilsin va ko‘rgazmasini tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi ishtirokida maktab va o‘quv uskunalarining muayyan turlarini ishlab chiqarishga doir davlat buyurtmasining besh yillik dasturini ishlab chiqsin;
maktab va o‘quv uskunalarini ishlab chiqarish davlat buyurtmasini berish uchun mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida tender o‘tkazsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2004-yil 1-sentabrgacha 2005—2009-yillarda maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash bo‘yicha maxsus dastur tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Mazkur Dasturni tayyorlashda quyidagilar ko‘zda tutilsin:
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash uslubiyoti va amaliyotini majburiy tarzda qo‘llash;
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini ijro etish muddatlarida maktablarni zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlash, ixtisoslashtirilgan sinflar (fizika, kimyo, biologiya va boshqa xonalari) tashkil etish, bunda moliyalash manbalari, ularni ta’mirlash bo‘yicha moddiy baza mavjudligi, maktablarning tegishli mutaxassis va o‘qituvchilar bilan ta’minlanishini hisobga olish.
13. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish hamda yangilarini yaratish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (A.A. Azizxo‘jayev) Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2004-yil 1-sentabrgacha Umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni nashr etish dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda 2004-yil 1-sentabrdan boshlab o‘qituvchilar uchun mehnatga haq to‘lash va tarif stavkalari tizimini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, ularda iste’dodli, o‘z kasbiga sodiq, ta’lim va tarbiya jarayoniga katta hissa qo‘shgan o‘qituvchilar, birinchi navbatda, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarini rag‘batlantirishning samarali mexanizmini yaratish ko‘zda tutilsin;
o‘qituvchilarga haq to‘lash tizimini tarmoq setkasiga o‘tkazish masalalari ommaviy axborot vositalarida, maxsus seminarlar, konferensiyalar va kengashlarda keng muhokama etilishini tashkil qilsin va 2004-yil 1-oktabrgacha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
16. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-may,
PF-3431-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi PF–3431-son Farmoniga 1-ILOVA
Respublika umumta’lim maktablari moddiy-texnika bazasining holati
№/ №
Hududlar
Maktablar soni
O‘quvchilar soni (ming kishi)
Avariya holatidagi maktablar soni
Kapital rekonstruksiya qilinadigan maktablar soni
Kapital ta’mirlanadigan maktablar soni
Joriy ta’mirlanadigan maktablar soni
Birlik
Umumiy soniga nisbatan %
Birlik
Umumiy soniga nisbatan %
Birlik
Umumiy soniga nisbatan %
Birlik
Umumiy soniga nisbatan %
O‘zbekiston Respublikasi
9727
6 177.4
684
7,0
1904
19,6
4178
43,0
2198
22,6
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
763
359,6
82
10,7
154
20,2
324
42,5
154
20,2
shu jumladan viloyatlar bo‘yicha:
2.
Andijon
744
557,1
37
5.0
159
21,4
396
53,2
80
10,8
3.
Buxoro
538
342,3
6
1,1
59
11,0
137
25,5
317
58,9
4.
Jizzax
542
265,9
62
11,4
135
24,9
260
48,0
44
8,1
5.
Qashqadaryo
1088
623,6
237
21,8
147
13,5
443
40,7
192
17,6
6.
Navoiy
377
200,3
36
9,5
38
10,1
183
48,5
88
23,3
7.
Namangan
673
512,5
0
0,0
146
21,7
335
49,8
145
21,5
8.
Samarqand
1195
741,1
42
3,5
305
25,5
478
40,0
275
23,0
9.
Surxondaryo
824
517,5
23
7,5
125
40,6
103
33,4
29
9,4
10.
Sirdaryo
308
152,8
108
13,1
82
10,0
367
44,5
232
28,2
11.
Toshkent
897
520,0
16
1.8
280
31,2
281
31,3
159
17,7
12.
Farg‘ona
910
689,4
0
0,0
167
18,4
299
32,9
395
43,4
13.
Xorazm
536
342,4
28
5,2
78
14,6
313
58,4
86
16,0
14.
Toshkent shahri
332
352,9
7
2,1
29
8,7
259
78,0
2
0,6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 21-maydagi PF–3431-son Farmoniga 2-ILOVA
Respublika umumta’lim maktablarining o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish holati
№/ №
Hududlar
Maktab lar soni
Kabinetlar va laboratoriyalar
Darslik lar bilan ta’minlanish
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika
Soni
Jihozlanish darajasi (%)
Soni
Jihozlanish darajasi (%)
Soni
Jihozlanish darajasi (%)
Kompyuter sinf-komplektlar soni
Ishchi o‘rinlari soni
Jihozlanish darajasi (%)
O‘zbekiston Respublikasi
9727
6780
30,3
6324
29,5
5596
28,2
1413
14838
14,7
82,8
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
763
375
24,5
320
21,7
250
20
89
909
11,7
70,9
shu jumladan viloyatlar bo‘yicha:
2.
Andijon
744
642
34,0
612
32,0
448
32
148
1501
19,9
80,6
3.
Buxoro
538
478
53,8
436
52,8
406
52,9
119
1220
22,1
91,1
4.
Jizzax
542
388
30,000
335
28
317
31
82
841
15,1
85,8
5.
Qashqadaryo
1088
747
36,00
791
38
611
36
106
1048
9,7
83,9
6.
Navoiy
377
151
29,10
16
27,4
99
25,7
84
847
22,3
86,8
7.
Namangan
673
478
34,80
491
35,7
400
29,1
162
1782
24,1
91,0
8.
Samarqand
1195
767
28,00
673
21
659
21
109
1110
9,1
66,2
9.
Surxondaryo
824
416
31,10
444
34,1
302
27,2
83
930
10,1
74,9
10.
Sirdaryo
308
260
13,70
227
13
185
16,9
51
��561
16,6
89,7
11.
Toshkent
897
601
29,20
576
27,2
563
28,8
110
1152
12,3
66,3
12.
Farg‘ona
910
763
30,0
754
31,0
695
26
129
1312
14,2
89,7
13.
Xorazm
536
384
16,50
349
16,8
301
16,5
78
802
14,6
87,1
14.
Toshkent shahri
332
330
34,00
300
34
360
31
81
823
24,4
94,7
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 21-son, 250-modda, 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda)