Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “VAZIRLIKLAR VA IDORALARNING BUDJETDAN TASHQARI JAMG‘ARMALARIGA MABLAG‘LAR AJRATISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2010-YIL 2-APRELDAGI 62-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning 19-bandiga ilovaga muvofiq o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 12-iyun,
170-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 170-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovaga kiritilayotgan o‘zgartirish
Vazirliklar va idoralarning budjetidan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarining 19-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
T/r‎ Vazirliklar va idoralarning nomi ‎ Shakllantirish manbai ‎ Ajratmalar miqdori (foizlarda) ‎



‎19.‎‏



‎Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi ‎‏
Mas’ul saqlovchilardan davlat zaxiralari bilan ishlash
‎tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida
‎belgilangan tartibda undiriladigan
‎jarimalar va penyalar summasi*****‎
100‎
Davlat zaxirasi moddiy boyliklarini qarzga olishda,
‎ shuningdek “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan mahsulotlarni
‎yangilash tartibida (shu jumladan vaqti-vaqti bilan) sotishda undiriladigan qo‘shimcha to‘lov******‎
40‎
***** Davlat zaxirasining mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (Adliya vazirligida 1997-yil 2-aprelda 319-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 29, 30, 33, 35, 36, 37-bandlarida belgilangan.
****** Davlat zaxirasining mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (Adliya vazirligida 1997-yil 2-aprelda 319-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 15-bandida belgilangan.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 23-24-son, 264-modda)