O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Qarori
QAROVSIZ QOLGAN HAYVONLARNI OTIB TASHLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA YO‘RIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 22-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2368]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 28-son, 290-modda) 9-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N. UMAROV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-mart,
3-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.
2012-yil 29-mart,
9-son
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 29-martdagi 3, 9-son qaroriga
ILOVA
Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 28-son, 290-modda) muvofiq ixtisoslashtirilgan ovchilik brigadalari (bundan buyon matnda brigadalar deb yuritiladi) tomonidan qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yovvoyi hayvonlarni (bundan buyon matnda hayvonlar deb yuritiladi) otib tashlash, o‘qotar ov qurollarini tashish, saqlash, hisobga olish, berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Hayvonlarni otib tashlash yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalar hamda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz hayvonlarni tutish bo‘limlarining (bundan buyon matnda hayvonlarni tutish bo‘limlari deb yuritiladi) taqdimnomalariga asosan brigadalar tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga muvofiq beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
3. Ushbu Yo‘riqnoma talablari parrandalarni otib tashlashga (tabiatdan ajratib olishga) tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Hayvonlarni quturish joylarida, quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan epizootik hududlarda hayvonlarni otib tashlash tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlarining taqdimnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 19-fevraldagi 1, 46-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-2, 17.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2368-2/0923-son)
5. Hayvonlarni otib tashlash, hayvonlarni tabiatdan ajratib olish maqsadlari va ko‘lamlari (soni) ularni tutish yo‘li bilan erishilmagan yoxud erishilishi mumkin bo‘lmaganda istisno tariqasida (eng so‘nggi chora sifatida) amalga oshiriladi.
6. Sog‘liqni saqlash organlari brigadalar a’zolarini muntazam ravishda quturishga qarshi profilaktik emlash, hayvonlar tishlaganida va boshqa jarohatlar yetkazganida kechiktirib bo‘lmaydigan harakatlar to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek brigadalarning jabrlangan a’zolarini tezkor emlash ishlarini ta’minlashlari zarur.
II bob. Brigadalarni shakllantirish
7. Brigadalar hayvonlarni otib tashlash tadbirlarini amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida bittadan tashkil etiladi. Xizmat ko‘rsatiladigan hududning hajmiga, hayvonlar ommaviy to‘planishi mumkin bo‘lgan joylar va ularning migratsiyasi (joyini o‘zgartirishi) yo‘llari, otib tashlanishi kerak bo‘lgan hayvonlar sonini inobatga olgan holda har bir hududda qo‘shimcha brigadalar tashkil etilishi mumkin.
8. Brigadalar tarkibiga, mazkur Yo‘riqnomaning 9 —11-bandlarini inobatga olgan holda quyidagi shaxslar kiritiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) muayyan tumanlar (shaharlar) doirasida hayvonlarni otib tashlashga tayyorgarlik ko‘rish va otish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishning aniq joylarini, yo‘nalishlarini, vaqti va tartibini belgilash uchun — ovchilik jamiyatlari xodimlari, havaskor ovchilar (ularning roziligi bilan), davlat ekologiya inspektorlari va hayvonlarni tutish bo‘limi xodimlari;
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) aholi orasida zarur tushuntirish ishlarini olib borish, muayyan mahallalar (mavzelar) doirasida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun — ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, sog‘liqni saqlash va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari hamda profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari a’zolari;
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
v) otish tadbirlarini amalga oshirish joylaridan kelib chiqib:
o‘rmon, ovchilik, o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar vakillari – ularga topshirilgan hududda hayvonlarni otib tashlash amalga oshirilayotganda;
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari xodimlari — hayvonlarni quturish joylarida, quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan epizootik hududlarda otib tashlash amalga oshirilayotganda kiritiladi.
(8-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 19-fevraldagi 1, 46-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-2, 17.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2368-2/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Hayvonlarni bevosita otib tashlash uchun havaskor ovchilar sifatida brigadalar tarkibiga O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasining a’zolari hisoblangan:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 19-fevraldagi 1, 46-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-2, 17.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2368-2/0923-son)
respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida), viloyat va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar hududida – kamida oxirgi 10 yil;
boshqa aholi punktlari hududida – kamida oxirgi 5 yil mobaynida o‘qotar ov qurolidan foydalanayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Jamoat nazoratini amalga oshirish tartibida brigadalar tarkibiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik jamoat tashkilotlarining vakillari jalb etilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarori bilan tasdiqlangan Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
11. O‘rmon, ovchilik va o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari hududlarida hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda brigadalar tarkibiga ushbu xo‘jaliklarning mas’ul xodimlarini kiritish sharti bilan ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlarini jalb etmasdan hayvonlarni otib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Brigada tarkibi, shu jumladan brigada boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining (bundan buyon matnda viloyat ichki ishlar boshqarmalari deb yuritiladi) jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bilan kelishilgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ekologiya va iqlim o‘zgarishi organlarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
III bob. Hayvonlarni otib tashlashni tashkil etish va amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Hayvonlarni bevosita otib tashlash brigada tarkibiga kiritilgan ovchilik jamiyatlari xodimlari, havaskor ovchilar tomonidan ularga tegishli bo‘lgan fuqaroviy o‘qotar ov quroli, o‘rmon, ovchilik, o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlari vakillari tomonidan ularga topshirilgan hududda, xizmat quroli orqali amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
Brigada tomonidan zararsizlantirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga va atrof muhitga tahdid solayotgan hayvonlarni zararsizlantirish maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tabel quroli ishlatilishi mumkin.
14. Hayvonlarni otish uchun silliq stvolli o‘qotar ov qurolidan foydalanilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim hollarda otib tashlanishi kerak bo‘lgan hayvonlarning turi va joylashgan hududini inobatga olgan holda aholi punktlari hududidan tashqarida (sahro, dasht, tog‘ va tog‘oldi joylarda) otib tashlash uchun soyli stvolli o‘qotar ov qurolidan hamda kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) o‘qotar ov qurolidan, shu jumladan almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolli o‘qotar ov qurolidan foydalanish mumkin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
15. Brigada a’zolari foydalaniladigan qurolga o‘rnatilgan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan ularni saqlash va olib yurish huquqini beruvchi yakka tartibdagi ruxsatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
16. Quyidagi hollarda otish taqiqlanadi:
a) kunning kechki va tungi vaqtlarida, yaxshi ko‘rinmaydigan sharoitlarda;
b) ko‘rinmaydigan, yomon ko‘rinadigan yoki noaniq farqlanadigan nishonlarga;
v) shovqinga (shovqin tomonga);
g) odamlar tomonga;
d) foydalaniladigan qurollar o‘qi yetib boradigan masofa doirasida turar joy, ma’muriy, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar, avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, jamoat transporti bekatlari va transport vositalari to‘xtash joylari, transport infratuzilmasining boshqa obyektlari, savdo, madaniyat va dam olish obyektlari, sport va madaniy-tomosha obyektlari, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan boshqa joylar, shuningdek alohida muhim va toifalashtiriladigan obyektlar yo‘nalishi bo‘ylab;
e) ish bajarilayotgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari dalalarida yoxud ular yo‘nalishida;
j) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida;
Oldingi tahrirga qarang.
z) yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomalarida ko‘rsatilmagan hayvonlarga;
(16-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
i) bo‘yinbog‘iga belgilangan namunadagi jeton mahkamlangan itlarga;
k) nosoz qurollardan;
Oldingi tahrirga qarang.
l) ushbu Yo‘riqnomaning 14-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollardan tashqari soyli stvolli o‘qotar ov qurolidan hamda kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) o‘qotar ov qurolidan, shu jumladan almashtiriladigan va joylashtiriladigan soyli stvolli o‘qotar ov qurolidan.
(16-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
17. Mazkur Yo‘riqnomaning 16-bandi “a”, “b”, “d”, “e”, “i” va “l” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hollarda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda atrof muhitga xavf tug‘dirish holatlari yuzaga kelganda brigada a’zolari tomonidan hayvonlarni otish brigada boshlig‘ining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
18. Brigada a’zolariga hayvonlarni ushlash uchun portlovchi, zaharli, kimyoviy, biologik va boshqa xavfli moddalardan foydalanish taqiqlanadi.
19. Hayvonlarni otish ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan brigada a’zolari va boshqa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralari ko‘rilganidan, jamoat tartibi va xavfsizlik ta’minlanganidan keyin quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
nishonlarning uzoqligi, qurolning turi va markasi, o‘q yoki ov o‘qi parchasi (bundan buyon matnda o‘q deb yuritiladi) otilishining eng ko‘p masofasi va yo‘nalishi;
o‘q yo‘nalishida va otish zonasida (xavfli zonada) turar joy, ma’muriy, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar, avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, jamoat transporti bekatlari va transport vositalari to‘xtash joylari, transport infratuzilmasining boshqa obyektlari, savdo, madaniyat va dam olish obyektlari, sport va madaniy-tomosha obyektlari, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan boshqa joylar, shuningdek alohida muhim va toifalashtiriladigan obyektlar mavjudligi;
o‘qning yer yuzasi, binolarning devorlari, simyog‘ochlar, daraxtlar va boshqa to‘siqlarga tegib boshqa tomonlarga yo‘nalishi mumkinligi;
o‘q otish yo‘nalishida (yo‘nalishlarda) o‘qning uchib borishiga to‘sqinlik qiluvchi sun’iy va tabiiy to‘siqlar mavjudligi (g‘ovlar, taxta devorlar, bordyurlar, tuproq devor, balandliklar, joyning tog‘ va past-baland, o‘nqir-cho‘nqir joylari va shu kabilar);
otib tashlash tadbirlari otish zonasida joylashgan tashkilotlarning ish kuni bo‘lmagan kunlariga yoxud uning binolarida yoki ularga tutashgan hududda xodimlar va mijozlarning eng kam soni bo‘ladigan davrga to‘g‘ri kelishi uchun ish rejimini hisobga olishi;
katta bo‘lmagan balandlikda va gorizontal yo‘nalishda yoki nishonga nisbatan o‘tkir burchak hosil bo‘lgan holda eng yaqin masofadan otish zarurligi;
hududning sharoitlari (xususiyati), obyektlarning joylashishi va otib tashlashning xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa mahalliy xususiyatlar hisobga olingan holda brigada boshlig‘i, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori tomonidan brigadaning boshqa a’zolari bilan birgalikda belgilanadigan boshqa holatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari tomonidan profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari a’zolari bilan birgalikda otish zonasida joylashgan aholini, tashkilotlar va boshqa obyektlarning mas’ul vakillarini hayvonlarni otib tashlash tadbirlarini o‘tkazish maqsadlari, hududlari (zonalari) hamda vaqti to‘g‘risida xabardor qilish choralari ko‘riladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hayvonlarni otib tashlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni bevosita amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlar, xavfli zonalar belgilangan va tegishli belgilar qo‘yilgan (to‘silgan) hamda fuqarolar va transport vositalarini ushbu zonaga kirmaslik choralari ko‘rilgan holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va boshqa obyektlarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda brigada a’zolari, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Otish zonasida joylashgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va boshqa obyektlar mas’ul vakillari ushbu zonadagi fuqarolarni otish vaqti, joyi va yo‘nalishi to‘g‘risida ogohlantirish hamda ularni xavfli zona doirasida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radilar.
21. Otish zonasida joylashgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va boshqa obyektlar mas’ul vakillari brigadalarga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishda ularga tashkiliy-amaliy va boshqa zarur yordamni ko‘rsatishga majburdirlar.
22. Otib tashlash ishlari boshlanishidan oldin brigada boshlig‘i ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori bilan birgalikda:
a) majburiy tartibda:
brigada a’zolari sog‘lig‘ining holatini;
brigada a’zolaridagi qurollarning ruxsat beruvchi hujjatlari mavjudligini;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘qotar ov quroli va uning o‘q-dorilari texnik holatini tekshiradi;
(22-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
b) brigada a’zolariga aniq vazifalarni, javobgarlik zonalarini, xatti-harakatlar izchilligini, shaxsiy xavfsizlikni va boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash choralarini, mol-mulkning saqlanishini, hayvonlar tishlaganda va boshqa jarohatlar yetkazilganda kechiktirib bo‘lmaydigan xatti-harakatlarni belgilagan holda ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi va bu haqda maxsus jurnalga imzo qo‘ydiradi;
v) brigadaning bevosita otib tashlash bilan band bo‘lgan va boshqa a’zolarini oldindan belgilangan punktlar, otib tashlash yo‘nalishlari va nazorat postlar-g‘ovlar bo‘yicha taqsimlaydi.
23. Otish yo‘nalishlariga, punktlariga (nuqtalariga), otishni amalga oshirish tartibi va vaqtiga, shu jumladan otishning parallelligini ta’minlashga va o‘q otishning to‘qnashuvchi yo‘nalishlarini istisno etishga alohida e’tibor qaratilishi zarur.
24. Xavfli zonalarni birgalikda belgilash uchun (to‘sishda) otish zonasida joylashgan tashkilotlar va obyektlar xodimlari hamda brigada a’zolari bilan hamkorlikda nazorat postlari-g‘ovlar qo‘yilgan hollarda, ushbu shaxslarga brigada boshlig‘i va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori yagona yo‘l-yo‘riq beradi.
25. Otish jarayonida brigada a’zolarining va boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlamasligi yoki zarur darajada ta’minlamasligiga yoxud mulkchilik obyektlariga shikast yetkazishi mumkinligiga asosli shubhalar paydo bo‘lgan taqdirda otishni amalga oshirish taqiqlanadi, boshlangan otish esa to‘xtatiladi. Bu haqda ushbu hududda otish maqsadga muvofiq emasligining aniq sabablari, bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari hamda hayvonlarni boshqa usul va tartibda tabiatdan ajratib olishga doir takliflar ko‘rsatilgan holda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dalolatnoma brigada a’zolari (zaruriyat bo‘lganda — otib tashlash ishlarini amalga oshirish zonasida joylashgan obyektlarning mas’ul vakillari) tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi brigada boshlig‘ida qoladi, ikkinchi nusxasi hayvonlarni tutish bo‘limiga, quturish joylarida, quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan epizootik hududlarda tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda esa — tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limiga yuboriladi (topshiriladi).
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 19-fevraldagi 1, 46-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-2, 17.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2368-2/0923-son)
26. Brigada boshlig‘i:
ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari bilan birgalikda mazkur Yo‘riqnomaning 22 — 24-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni bajarishga;
brigada a’zolarini quturishga qarshi profilaktik emlash, shuningdek brigadaning jabrlangan a’zolarini quturishga qarshi tezkor emlash masalalari bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilishga;
mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tadbirlarda qatnashishga qodir bo‘lmagan brigada a’zolarini otishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlardan chetlatishga;
brigadaga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha brigada faoliyatini tashkil etishga;
patronlarni ichki ishlar organlaridan olishga va brigada a’zolari o‘rtasida taqsimlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomada ko‘rsatilgan hayvonlar turlari bo‘yicha otib tashlashni ta’minlashga;
(26-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
brigada a’zolari tomonidan shaxsiy va jamoat xavfsizligi qoidalariga, qurol va patronlarni olib yurish va ulardan foydalanish tartibiga (shu jumladan patronlardan oqilona va qat’iy maqsadli foydalanish) rioya qilinishini ta’minlashga;
otib tashlangan hayvonlarni to‘plash, konservatsiya qilish va hayvonlarni tutish bo‘limlariga topshirishni tashkil etishga;
foydalanilmagan (shu jumladan yaroqsiz) patronlarni ichki ishlar organlariga topshirishni ta’minlashga;
zaruriyat bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishga;
Oldingi tahrirga qarang.
ovchilik jamiyatlari hamda ekologiya va iqlim o‘zgarishi organlari rahbarlarini amalga oshiriladigan tadbirlar va ularning natijalari haqida xabardor qilishga;
(26-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
tegishli organlarga brigadaning o‘rnak ko‘rsatgan a’zolarini rag‘batlantirish bo‘yicha taklif kiritish, shuningdek mazkur Yo‘riqnoma talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini kiritish;
mazkur Yo‘riqnomada nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarishga majbur.
27. Brigada a’zolari:
o‘qotar ov qurolini texnik soz holatda saqlashga, shuningdek nosoz o‘qotar ov qurol va patronlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikka;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zida ovchilik guvohnomasi hamda o‘qotar ov qurolini saqlash va olib yurish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lishga;
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
otib tashlash yo‘nalishlariga, otish punktlari (nuqtalari)ga, otish tartibi va vaqtiga (oraliqlarga), o‘q otish yo‘nalishlariga, hayvonlarni otib tashlash taktikasining boshqa masalalariga rioya qilish bo‘yicha brigada boshlig‘ining talablarini, o‘q otish paytida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha esa – ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorining talablarini so‘zsiz bajarishga;
ishonib topshirilgan punktlarni, o‘q otish yo‘nalishlari va nazorat postlari-g‘ovlarni brigada boshlig‘ining ruxsatisiz tashlab ketmaslikka, o‘q otishni faqat brigada boshlig‘ining buyrug‘i yoki shartli belgisidan keyin ko‘rsatib o‘tilgan punktlarda va o‘q otish yo‘nalishlarida amalga oshirishga;
shaxsiy va jamoat xavfsizligi qoidalariga, otish paytida mol-mulkning saqlanishiga va boshqa belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘qotar ov quroldan faqat yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomada ko‘rsatilgan hayvonlar turlarini maqsadli otib tashlash uchun foydalanishga;
(27-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
tabiatdan olib qo‘yilgan hayvonlarni brigada boshlig‘i tomonidan belgilangan joyda to‘plash, konservatsiya qilish va topshirishga;
zaruriyat bo‘lganda jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishga, tibbiyot xizmatini chaqirishni tashkil etishga;
mazkur Yo‘riqnomada nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarishga majbur.
28. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori:
brigada boshlig‘i bilan birgalikda ushbu Yo‘riqnomaning 22 — 24-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni bajarishga;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari a’zolari bilan birgalikda otish zonasida joylashgan aholini, tashkilotlar va boshqa obyektlarning mas’ul vakillarini va ichki ishlar organlarining navbatchilik qismini otish maqsadlari, hududlar (zonalar) va otib tashlash vaqti to‘g‘risida xabardor qilishga;
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidagi, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tadbirlarda qatnashishga qodir bo‘lmagan brigada a’zolarini otishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlardan chetlatishga;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarining o‘qotar ov qurolini saqlash va olib yurish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan, shuningdek ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda o‘qotar ov qurolini olib qo‘yishga va ichki ishlar idoralarida vaqtincha saqlash uchun joylashtirishga;
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
o‘q otish zonasida jamoat tartibini ta’minlashga, brigada a’zolari tomonidan shaxsiy va boshqa fuqarolarning xavfsizligi talablariga, o‘qotar ov quroli va patronlarni olib yurish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘qotar ov qurolidan yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnomada ko‘rsatilgan hayvonlar turlarini maqsadli otib tashlash uchun foydalanish ustidan nazorat qilishga;
(28-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
zaruriyat bo‘lgan holatlarda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishga;
ichki ishlar organlarining rahbariyatini amalga oshirilayotgan tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risida xabardor qilishga;
mazkur Yo‘riqnomada nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarishga majbur.
IV bob. Ov patronlarini yetkazib berish, saqlash, hisobga olish, berish, topshirish, ulardan foydalanish va ularni hisobdan chiqarish .
29. Ov patronlari ichki ishlar boshqarmalarining xo‘jalik bo‘linmalari omborxonalarining “Olib qo‘yilgan, ixtiyoriy topshirilgan, topilgan qurol va o‘q-dorilar”ni saqlash maxsus seyflarida saqlanadi.
30. Ichki ishlar organlari rahbarlari patronlarni tashish va saqlash qoidalariga rioya etilishi, ushbu Yo‘riqnomada belgilangan ularni asosli berish, hisobga olish va hisobdan chiqarish uchun shaxsan javobgardirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Patronlarni berish va qabul qilishni hisobga olish viloyat ichki ishlar boshqarmasining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi nazorat-litsenziya faoliyatini tashkillashtirish katta inspektorlari (bundan buyon matnda katta inspektor deb yuritiladi) tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ov patronlarini berish, qabul qilish va hisobdan chiqarishni hisobga olish jurnalida amalga oshiriladi. Jurnal ip o‘tkazib tikiladi, tartib raqami qo‘yiladi va ichki ishlar boshqarmalarining gerbli muhri bilan muhrlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Brigadalarga patronlarni taqsimlash va berish hududiy ekologiya va iqlim o‘zgarishi organlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalari), qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmalari) hamda ovchilik jamiyati tomonidan tasdiqlanadigan taqsimlash normalariga muvofiq amalga oshiriladi. Taqsimlash normalarida brigada ixtiyoriga beriladigan patronlar turlari va soni ko‘rsatilishi kerak.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Taqsimlash normalari nusxasi patronlarni ajratish uchun katta inspektorga hamda tahlil qilish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmatiga taqdim etiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
34. Tasdiqlangan taqsimlash normalari katta inspektor tomonidan patronlarni ichki ishlar boshqarmalarining xo‘jalik bo‘linmalari omborxonalaridan ajratish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
35. Patronlar katta inspektor tomonidan uning xizmat xonasida faqatgina brigada boshliqlariga beriladi. Boshqa shaxslarga patronlarni berish qat’iyan taqiqlanadi.
36. Patronlarni keyinchalik brigada bo‘yicha taqsimlash otish tadbirlari o‘tkaziladigan kunda brigada boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
37. Patronlarni ishlatilganligi tasdig‘i sifatida brigada boshliqlari tomonidan otib tashlangan hayvonlar quloqlari jufti mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (bundan buyon matnda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi deb yuritiladi) rasmiylashtirilgan va imzolangan yorliq muhrlanadigan maxsus idishga (yopiq quti, qog‘oz yoki karton paket (qop) tipida) joylashtirilgan holda hayvonlarni tutish bo‘limlariga topshiriladi.
38. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi va brigada boshlig‘i, hayvonlarni tutish bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolanadi hamda hayvonlarni tutish bo‘limi muhri bilan tasdiqlanadi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasining bir nusxasi brigada boshlig‘ida, ikkinchisi hayvonlarni tutish bo‘limida qoladi, uchinchi nusxasi berilgan patronlarni hisobdan chiqarish va navbatdagi patronlarni olish uchun katta inspektorga taqdim etiladi.
39. Patronlar katta inspektor tomonidan brigada boshliqlariga quyidagi tartibda beriladi:
birinchi safar brigadaning bevosita hayvonlarni otib tashlash bilan band bo‘lgan har bir a’zosiga 21 dona patron hisobidan avans tariqasida beriladi;
brigadaning keyingi o‘q otishlari uchun patronlar otib tashlangan hayvonlar quloqlari jufti katta inspektorga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi topshirilgandan keyin har bir juft quloq uchun 3 dona patron hisobidan beriladi (masalan, agar brigadaga oldin 21 ta patron berilgan bo‘lsa, u holda navbatdagi o‘qlarni berish hayvonlarni tutish bo‘limlariga qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taqdim etish sharti bilan tabiatdan olib qo‘yilgan hayvonlar quloqlarining 7 jufti berilgandan keyin amalga oshiriladi);
otib tashlangan hayvonlar quloqlari juftlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi katta inspektor tomonidan avval brigadaga berilgan patronlarni hisobdan chiqarish, so‘ngra navbatdagi o‘qlarni berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
foydalanilmay qolgan yaroqli va yaroqsiz holga kelgan patronlar brigada boshlig‘i tomonidan ichki ishlar boshqarmalarining xo‘jalik bo‘linmalari omborxonalariga joylashtirish uchun katta inspektorga qaytariladi;
taqdim etilgan otib tashlangan hayvonlar quloqlari jufti soni yoki foydalanilmagan yaroqli va yaroqsiz holga kelgan patronlarning soni olingan patronlar soniga yetarli darajada topshirilmagan taqdirda patronlarni berish qat’iyan taqiqlanadi;
otib tashlangan hayvonlar quloqlari juftlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomalari hamda qaytarilgan foydalanilmagan yaroqli va yaroqsiz patronlar soni asosida katta inspektor tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi.
40. Brigada boshlig‘i patronlardan maqsadli foydalanilishiga, shuningdek olingan patronlar o‘rniga otib tashlangan hayvonlarning quloqlari juftlari topshirilishi, foydalanilmagan yaroqli yoki yaroqsiz holga kelgan patronlar qaytarilishi uchun patronlar qiymatidan kelib chiqib to‘liq miqdorda moddiy javobgar bo‘ladi.
V bob. Hayvonlarni otish tadbirlarini moliyalashtirish
41. Hayvonlarni otish tadbirlarini moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlarining prognozlardan ortiqcha tushumlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Hayvonlarni otib tashlash tadbirlarida faol qatnashgan brigada a’zolarini rag‘batlantirish O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasining Ustaviga muvofiq ovchilar va baliq ovlovchilar jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 19-fevraldagi 1, 46-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-2, 17.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2368-2/0923-son)
VI bob. Yakunlovchi qoidalar
43. Hayvonlarni tutish bo‘limlari tomonidan otib tashlangan hayvonlar quloqlari juftlarini saqlash ularning buzilishi, aralashib ketishi, yo‘qotilishi istisno etiladigan sharoitlarda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Otib tashlangan hayvonlar quloqlari juftlarini yo‘q qilish hayvonlarni tutish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. Otib tashlangan hayvonlar quloqlari juftlarini yo‘q qilish tadbirlariga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi va ularning joylardagi bo‘linmalari vakillari taklif etilishi mumkin.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
45. Brigada ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasiga muvofiq hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechikmay olingan patronlarning umumiy sonini, foydalanilmagan patronlar sonini, shu jumladan yaroqsiz holga kelgan patronlar sonini, otilgan hayvonlar sonini va belgilangan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda besh nusxada yakuniy hisobot tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Hisobot brigada boshlig‘i va katta inspektor tomonidan imzolanadi hamda viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri) ovchilik jamiyatining raisi hamda ichki ishlar boshqarmasining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Hisobotning birinchi va ikkinchi nusxalari viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) ovchilik jamiyatida hamda ichki ishlar boshqarmasining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasida qoladi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nusxalari — tahlil qilish, umumlashtirish va mavjud materiallarga qo‘shib qo‘yish uchun hisobot yilidan keyingi yilning 30-yanvaridan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga, Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmatiga, shuningdek rag‘batlantirish choralarini ko‘rish uchun O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasiga beriladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
48. Foydalanilmagan (shu jumladan yaroqsiz holga kelgan) patronlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining alohida farmoyishi berilgunga qadar ichki ishlar boshqarmasining xo‘jalik bo‘linmalari omborxonalarida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Patronlarni hisobga olish, berish, hisobdan chiqarish va qayta topshirish bilan bog‘liq barcha hisobot hujjatlari o‘n yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi va ichki ishlar organlari bo‘linmalarida saqlanadi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
49. Ushbu Yo‘riqnoma talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 109-moddasi.
50. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi va “O‘zbekovchibaliqchi” uyushmasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 12-mart
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 13-mart
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. RO‘ZIYEV
2012-yil 14-mart
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIHOV
2012-yil 15-mart
“O‘zbekovchibaliqchi” uyushmasi raisi S. AYUPOV
2012-yil 16-mart
Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga
1-ILOVA
Ov patronlarini tarqatish, qabul qilish va hisobdan chiqarish
J U R N A L I
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Qayd etish sanasi‎‏

Patronlarni olgan shaxs F.I.O., lavozimi, pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi, raqami, berilgan sanasi

Tarqatilgan patronlar soni (dona)‏

Tarqatilgan patronlarni olgan shaxsining imzosi va olgan vaqti ‎‏

IIO tomonidan patron olish uchun berilgan ishonchnoma raqami va berilgan vaqti (brigada rahbarlari uchun va tashkil etilgan brigadaning vaqti, raqami)‎‏

Qayta topshirilgan patronlar soni (dona) ‎‎‎

‎‏Patronlar topshir-ganligi to‘g‘risida tilxat va topshirish vaqti

Patronlar olganligi to‘g‘risidagi tilxat va olish vaqti

Tabiatdan olib qo‘yilgan hayvonlar quloqlari juftlarini qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida hisobdan chiqarilgan patronlar (dona) ‎‎‏‏

Ishlatilmagan patronlar shundan ‎‎‏

‎‎‏Otilmay qolingan patronlar shundan

___ kal.

___ kal.‎

___ kal.‎

___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.‎

‎___ kal.

‎I

‎II

‎III

‎IV

‎V

‎VI

‎VII

‎VIII

IX‎

‎X

XI‎

XII‎

XIII‎

XIV‎

XV‎

XVI‎

XVII‎

XVIII‎

XIX‎

XX‎

XXI‎

XXII‎

XXIII‎

Izoh:
jadvalning ustunlarida patronlar (dona) soni raqam bilan aniq ko‘rsatilishi lozim.
Jurnaldagi xatolarni o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘yicha jadvalning tegishli ustunlariga o‘zgartirishlar kiritilganda, ushbu o‘zgartirishlar to‘g‘riligi mas’ul shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023-yil 12-avgustdagi MN-6-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 42-qq-son qarori (ro‘yxat raqami 2368-3, 14.09.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son)
Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga
2-ILOVA

‎‎“Tasdiqlayman”
‎ Hokimiyatning obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi qarovsiz hayvonlarni tutish
‎ bo‘limi boshlig‘i
‎________________

‎‎tuman (shahar)‎‎

‎‎__________________

(F.I.O)‎‎

‎‎‎‎____________________

(imzo)‎‎

‎m.o‘.‎

‎‎OTIB TASHLANGAN HAYVONLAR QULOQLARI JUFTLARINI QABUL QILISH-TOPSHIRISH DALOLATNOMASI

‎‎

‎‎“___” _________ 20__ y.

‎‎__________________ sh.

‎‎Men tomondan________________________________________________

‎‎(qabul qilgan bo‘lim xodimining lavozimi, F.I.O)

‎‎_____________________________________________________________________________
‎‎qabul qilingan________________________________________

(soni raqam va yozuv bilan aniq qilib ko‘rsatiladi)‎

‎____________________otib tashlangan hayvonlar quloqlari jufti shundan,‎
‎‎1. _____________________________________________itlar quloqlari jufti;

‎‎‎(soni raqam va yozuv bilan aniq qilib ko‘rsatiladi)

‎2. _________________________________________mushuklar quloqlari jufti;‎

‎‎(soni raqam va yozuv bilan aniq qilib ko‘rsatiladi)

3.__________________________________________ chiya bo‘ri quloqlari jufti;

‎‎(soni raqam va yozuv bilan aniq qilib ko‘rsatiladi)

4. _________________________________________________quloqlari jufti:

‎‎(soni raqam va yozuv bilan aniq qilib ko‘rsatiladi)

‎__________________________________________________________________________

‎‎(otib tashlangan hayvonlar quloqlari juftlarini topshirgan brigada rahbarining F.I.O)

‎‎_____________________________________________________________________________

‎‎(brigadaning tuman (shahar) ga tegishliligi )

‎‎‎‎Hayvonlar quloqlari juftlari turi va soni:‎
Topshirdi: ‎ ‎‎_________________________________

(lavozimi, unvoni‎‎

________________‎ _________________________________‎‎

(imzo)‎

F.I.O)

‎‏saqlash uchun qabul qildi: ‎‎_________________________________

‎‎(lavozimi, unvoni,

________________‎ _________________________________‎‎‎‎

(imzo) ‎

‎‎F.I.O)

Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomaga
3-ILOVA

YILLIK HISOBOT

‎‎
‎‎Hayvonlarni otish tadbirlari bo‘yicha natijalar ______________________________________________________________________________________

‎‎(viloyat, tuman va shahar nomi)

‎‎
Hududiy tuman va shaharlar nomi‎‏ Tashkil etilgan brigadalar soni Shundan, viloyatlarda tashkil etilgan brigadalar Brigada a’zolari soni Otilishi lozim bo‘lgan hayvonlar soni, ming bosh Topshirilgan quloq juft lari, ming dona Qabul qilib olingan patronlar, ming dona

Shundan, ming dona‎‎

Ishlatilgan patronlar, ming dona

Shundan, ming dona‎‎

Qaytarilgan patronlar, ming dona

____ kal. ____ kal. ____ kal. ____ kal.‎‏ ____ kal.‎‎‏ ____ kal.‎‎‏ ____ kal.‎‎‏ ____ kal.‎ Yaroqliklari (ishlatilmaganlari)‎‎‏ Yaroqsizlari (otilmay qolganlari)‎‎‏
____ kal.‎ ____ kal.‎ ____ kal.‎ ____ kal.‎ ____ kal.‎ ____ kal.‎ ____ kal.‎ ____ kal.‎

‎I‎

‎II ‎III ‎IV V I‎V ‎VII ‎VIII IX X XI XII XIII XIV XV XVI XVII

XVIII

XIX XX XXI XXII XXIII XXIV
Izoh: amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar tuman va shaharlar miqyosida taqdim etiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 21-son, 240-modda; 2015-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2368-2/0923-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.09.2023-y., 10/23/2368-3/0711-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)