|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.05.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining notariat faoliyatini tashkil etishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Notariat instituti takomillashtirilishi munosabati bilan, shuningdek yangi tashkil etilgan notarial idoralarni yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-aprel,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-apreldagi 105-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 12-bandining “Shakllantirish manbai” ustunidagi “notarial va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 170-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)