1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.02 Boshqaruv, nazorat va tashkilotlar hamkorligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 26-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2345]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 22-dekabrdagi 340-sonli “Avtomobilda xalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 51-son, 546 - modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 27-fevral,
34-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2012-yil 27-fevraldagi 34-son buyrugʻiga ILOVA
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
Mazkur Nizom Yevropa bitimi talablariga muvofiq avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilishga moʻljallangan raqamli nazorat qurilmalarida foydalanish uchun moʻljallangan kartochkalarni berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
haydovchi kartochkasi — avtotransport vositalarida xalqaro tashuvlar hamda shaharlararo yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi haydovchiga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (1 – ilova);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
tashkilot kartochkasi — avtotransport vositalarida xalqaro tashuvlar hamda shaharlararo yoʻlovchi tashuvlar sohasida xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyat olib boradigan tashkilotga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (2-ilova);
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
ustaxona kartochkasi — raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash boʻyicha faoliyat olib boruvchi yuridik shaxsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (3-ilova);
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
nazoratchi kartochkasi — haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini nazorat qiluvchi vakolatli shaxsga beriladigan raqamli nazorat qurilmasida foydalaniladigan kartochka (4 – ilova).
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2. Raqamli nazorat qurilma kartochkalarini (haydovchi, tashkilot, ustaxona va nazoratchi kartochkalari) olish uchun arizalar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi) taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
3. Haydovchi, korxona, ustaxona va nazoratchi kartochkalarini berishni tashkil etish va elektron bazani shakllantirgan holda amaldagi kartochkalar reyestrni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Transport ilmiy-tadqiqot markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga yuklanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
II bob. Haydovchi kartochkasi
4. Haydovchi kartochkasi haydovchini identifikatsiya qilish, uni raqamli nazorat qurilmasi oʻrnatilgan avtotransport vositasini boshqarishida mehnat va dam olish rejimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni saqlashda foydalaniladi.
5. Haydovchi kartochkasidagi maʼlumotlar har 28 kunda avtotransport vositasining egasi tomonidan koʻchirib olinadi. Kartochkadan koʻchirib olingan maʼlumotlar bir yil davomida saqlanadi. Bu maʼlumotlar nazorat qiluvchi organlarga taqdim etishga tayyor holda boʻlishi shart.
6. Haydovchi “S”, “D”, “CE”, “DE” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi shart.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
9. Haydovchi kartochkasini olishga talabgor haydovchi ariza bergan vaqtda boshqa amaldagi kartochkaga ega boʻlmasligi shart.
10. Haydovchi kartochkasining amal qilish muddati 5 yil.
11. Haydovchi kartochkasini olish uchun haydovchi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan vakolatli organga oʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning “TITM” mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
12. Arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi yordamida tekshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
13. Haydovchi kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.
14. Har bir haydovchiga faqat bir dona haydovchi kartochkasi beriladi.
15. Haydovchi kartochkani boshqa shaxslarga berilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
16. Quyidagi hollarda yangi haydovchi kartochkasi beriladi:
kartochkaning amal qilish muddati tugaganda;
kartochka nosoz holatga kelganda, yoʻqolganda yoki oʻgʻirlanganda;
kartochkaga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgarsa (haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, haydovchilik guvohnomasining tartib raqami, haydovchining pochta manzili).
17. Yangi haydovchi kartochkasini berish mazkur Nizomning 11—13-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Vakolatli organ haydovchi kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
kartochka haydovchidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa;
kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
19. Haydovchi kartochkasini bekor qilishni vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiradi.
III bob. Tashkilot kartochkasi
20. Tashkilot kartochkasi avtotransport vositasining egasi tomonidan haydovchining mehnat va dam olish vaqtlarini hisobga olishda foydalaniladi.
21. Tashkilot kartochkasi raqamli nazorat qurilmasiga maʼlumotlarni kiritish, koʻrish, qogʻoz lentaga bosib chiqarish, maʼlumotlarni uchinchi shaxslar tomonidan koʻchirib olinishidan saqlash maqsadida blokirovka qilish hamda raqamli nazorat qurilmasidagi maʼlumotlarni koʻchirib olish uchun blokirovka holatidan chiqarishda foydalaniladi.
22. Tashkilot kartochkasi avtomobil transportida yuk yoki yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxsga beriladi.
Tashkilot kartochkasi yuk tashish bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham berilishi mumkin.
23. Tashkilot kartochkasining amal qilish muddati 5 yil.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
24. Tashkilot kartochkasini olish uchun yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor vakolatli organga oʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning “TITM” mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
25. Arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi yordamida tekshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
26. Tashkilot kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.
27. Quyidagi hollarda yangi tashkilot kartochkasi beriladi:
kartochka nosoz holatga kelganda, yoʻqolganda yoki oʻgʻirlanganda;
kartochkaga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgarsa (yuridik shaxsning nomi, yuridik shaxs rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning pochta manzili).
28. Yangi tashkilot kartochkasini berish mazkur Nizomning 24, 25, 26-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Vakolatli organ tashkilot kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa;
kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
30. Tashkilot kartochkasini bekor qilishni vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiradi.
31. Ustaxona kartochkasi raqamli nazorat qurilmasini qiyoslash uchun raqamli nazorat qurilmasidagi maʼlumotlarni koʻchirib olishda foydalaniladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
32. Ustaxona kartochkasi raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash boʻyicha faoliyat yuritayotgan hamda belgilangan tartibda akkreditatsiya guvohnomasiga ega boʻlgan yuridik shaxsga beriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
33. Ustaxona kartochkasining amal qilish muddati 1 yil.
34. Ustaxonakartochkasini olish uchun yuridik shaxs vakolatliorgangaoʻzi kelib yoki elektron tarzda vakolatli organning “TITM” mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
35. Arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi yordamida tekshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
36. Ustaxona kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.
37. Ustaxona kartochkasi berilganda, u bilan birga kartochkaning identifikatsion raqami (PIN-kod) beriladi. PIN-kod konvertda maxsus himoya qatlami bilan qoplangan holatda beriladi.
38. Quyidagi hollarda yangi ustaxona kartochkasi beriladi:
kartochkaning amal qilish muddati tugaganda;
kartochka nosoz holatga kelganda, yoʻqolganda yoki oʻgʻirlanganda;
kartochkaga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgarsa (yuridik shaxsning nomi, yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, vakolatli organning nomi, yuridik shaxsning yuridik manzili (pochta manzili).
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
39. Yangi tashkilot kartochkasini berish mazkur Nizomning 34—37-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
40. Vakolatli organ tashkilot kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa;
kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
41. Ustaxona kartochkasini bekor qilish vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiradi.
V bob. Nazoratchi kartochkasi
42. Nazoratchi kartochkasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan haydovchilarning avtotransport vositasini boshqarish va dam olish rejimlarini nazorat qilishda foydalaniladi.
43. Nazoratchi kartochkasining amal qilish muddati 5 yil.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
44. Qonunchilik hujjatlariga koʻra haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi organning murojaati asosida nazoratchiga nazoratchi kartochkasi beriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
45. Nazoratchi kartochkasini olish uchun nazoratchi “TITM” mobil ilovasi orqali mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani topshiradi.
Arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi yordamida tekshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
46. Nazoratchi kartochkasi ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kun ichida arizachiga beriladi.
47. Quyidagi hollarda yangi nazoratchi kartochkasi beriladi:
kartochka nosoz holatga kelganda, yoʻqolganda yoki oʻgʻirlanganda;
kartochkaga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgarsa (nazorat qiluvchi organning nomi, nazoratchining ismi, familiyasi, otasining ismi, vakolatli organning nomi).
48. Yangi nazoratchi kartochkasini berish mazkur Nizomning 44, 45, 46-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
49. Vakolatli organ nazoratchi kartochkasini quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
kartochkadan kartochka egasidan boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi aniqlansa;
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
kartochka soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
50. Nazoratchi kartochkasini bekor qilish vakolatli organ uni Raqamli nazorat qurilmalari kartochkalari reyestridan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiradi.
VI bob. Yakuniy qoida
51. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.MATLYUBOV
2012-yil 28-yanvar
Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.ABDUVALIYEV
2012-yil 28-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.SHAYXOV
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Avtotransport vositalarida xalqaro tashuvlarni hamda shaharlararo yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi
HAYDOVCHI KARTOCHKASI
1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida “Haydovchi kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari yoziladi.
3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
1-haydovchi familiyasi;
2-haydovchi ismi;
3-haydovchining tugʻilgan sanasi;
4a-haydovchi kartochkasining berilgan sanasi;
4b-haydovchi kartochkasining amal qilish sanasi;
4s-haydovchi kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;
5a-haydovchilik guvohnomasining raqami;
5b-haydovchi kartochkasining tartib raqami;
6-haydovchining fotosurati;
7-haydovchining imzosi;
8-haydovchining pochta manzili.
4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: “Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”. Haydovchining familiyasi va ismining yozilishi xalqaro harakatda ishlatiladigan haydovchilik guvohnomasiga mos kelishi shart.
5. Haydovchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
UZ XXXXXXXXXXX X X bu yerda:
UZ — Oʻzbekiston Respublikasi;
XXXXXXXXXXX — haydovchi kartochkasining tartib raqami. Haydovchi kartochkasi 11 ta raqamdan tashkil topadi. Har bir haydovchi uchun haydovchi kartochkasining tartib raqami uni yangi berilishidan qatʼi nazar, yagona va doimiy
boʻladi; XX — haydovchi kartochkasining yangi berish indeksi.
Orqa tomoni
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Avtotransport vositalarida xalqaro tashuvlarni hamda shaharlararo yoʻlovchi tashuvlarni amalga oshiruvchi
TASHKILOT KARTOCHKASI
1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida “Tashkilot kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari yoziladi.
3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
1-yuridik shaxs nomi;
2-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning familiyasi;
3-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning ismi;
4a-tashkilot kartochkasi berilgan sana;
4b-tashkilot kartochkasining amal qilish sanasi;
4s-tashkilot kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;
5b-tashkilot kartochkasining raqami;
7-tashkilot rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning imzosi;
8-tashkilot (yakka tartibdagi tadbirkor)ning pochta manzili.
4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: “Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”.
5. Tashkilot kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
UZ XXXXXXXXXX X X X, bu yerda:
UZ—Oʻzbekiston Respublikasi;
XXXXXXXXXX — tashkilot kartochkasining tartib raqami. Tashkilot kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Tashkilot uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qatʼi nazar, yagona va doimiy boʻladi;
X— tashkilotlarga berilgan tashkilot kartochkalari soni indeksi;
X X— tashkilot kartochkasini yangi berish indeksi.
Orqa tomoni
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Raqamli nazorat qurilmalarini qiyoslash boʻyicha faoliyat olib boruvchi
USTAXONA KARTOCHKASI
1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida “Ustaxona kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari yoziladi.
3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
1-yuridik shaxsning nomi;
2-yuridik shaxs masʼul xodimining familiyasi;
3-yuridik shaxs masʼul xodimining ismi;
4a-ustaxona kartochkasi berilgan sanasi;
4b-ustaxona kartochkasining amal qilish sanasi;
4s-ustaxona kartochkasini bergan vakolatli organning nomi;
5b-ustaxona kartochkasining raqami;
7-yuridik shaxs masʼul xodimining imzosi;
8-yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili).
4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: “Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”/.
5. Ustaxona kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
XXXXXXXXXX
UZ — Oʻzbekiston Respublikasi;
XXXXXXXXXX — ustaxona kartochkasining tartib raqami. Ustaxona kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Ustaxona uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qatʼi nazar, yagona va doimiy boʻladi;
X— Ustaxona kartochkasi indeksi;
X X—Ustaxona kartochkasini yangi berish indeksi.
Orqa tomoni
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi
NAZORATCHI KARTOCHKASI
1. Yuqori chap tomonda 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida imzolangan Yoʻl toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi belgisi tushiriladi.
2. Kartochkaning yuqori qismida yirik va aniq ajralib turadigan harflar bilan oʻzbek va ingliz tillarida “Nazoratchi kartochkasi. Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari yoziladi.
3. Kartochkadagi yozuvlar mazmuni:
1-nazorat qiluvchi organ nomi;
2-nazoratchining familiyasi;
3-nazoratchining ismi;
4a-nazoratchi kartochkasi berilgan sana;
4b-nazoratchi kartochkasining amal qilish sanasi;
4s-nazoratchi kartochkasini bergan vakolatli organ nomi;
5b-nazoratchi kartochkasining raqami;
6-nazoratchining fotosurati
7-nazoratchining imzosi;
8-nazorat qiluvchi organning joylashgan yeri (pochta manzili).
4. Kartochkadagi yozuvlar koʻrsatilgan joylarda ikki tilda: oʻzbekcha va inglizchada quyidagi formatda toʻldiriladi: “Oʻzbek tilidagi yozuv/ Ingliz tilidagi yozuv”.
5. Nazoratchi kartochkasining tartib raqami quyidagi tuzilishga ega:
UZ XXXXXXXXXX X X X bu yerda:
UZ — Oʻzbekiston Respublikasi;
XXXXXXXXXX — nazoratchi kartochkasining tartib raqami. Nazoratchi kartochkasi 10 ta raqamdan tashkil topadi. Nazoratchi organ uchun kartochkaning tartib raqami uni yangi berilishidan qatʼi nazar, yagona va doimiy boʻladi;
X — nazoratchi kartochkasining indeksi.
X X — kartochkani yangi berish indeksi.
Orqa tomoni
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
Yuridik shaxs filiallari joylashgan manzili (agar mavjud boʻlsa)
___________
__________________________
imzo
yuridik shaxs rahbari
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
qiyoslash faoliyatini amalga oshiruvchi masʼul shaxs F.I.O.
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
Avtotransport vositalarida xalqaro tashishda hamda shaharlararo yoʻlovchi tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan raqamli nazorat qurilmasi kartochkalari toʻgʻrisidagi nizomga
* Ushbu maʼlumotlar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimida avtomatik ravishda toʻldiriladi.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2024-yil 13-martdagi 2-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2345-1, 15.04.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 13-son, 147-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.04.2024-y., 10/24/2345-1/0276-son)