Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MILLIY AXBOROT RESURSLARINI MUHOFAZA QILISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2011-YIL 8-IYULDAGI PQ-1572-SON QARORINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarorini amalga oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan maʼlumotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-noyabr,
296-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
1-ILOVA
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qaroriga muvofiq tashkilotlarga axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
axborotlashtirish obyekti — turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar oʻrnatilgan va ishlatiladigan xonalar, shuningdek muzokaralar, shu jumladan maxfiy muzokaralar olib borish uchun moʻljallangan alohida xonalar;
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish — axborotlashtirish obyektlari himoyalanganligi haqiqiy holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga yoʻnaltirilgan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ — vakolatli organning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarning muayyan turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga ega boʻlgan tashkilotlar.
3. Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan beriladi.
4. Ruxsatnoma ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilotning (keyingi oʻrinlarda ariza bergan tashkilot deb ataladi) imkoniyatlari qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini oʻrganish va uni baholash natijalari asosida beriladi.
5. Ruxsatnoma tashkilotning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir ishlarning muayyan turlarini (keyingi oʻrinlarda attestatsiyadan oʻtkazish ishlari deb ataladi) amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati koʻrsatiladi, biroq ushbu muddat 5 yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
6. Ruxsatnoma, agar tashkilot:
mulkchilik huquqida xoʻjalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mol-mulk va asbob-uskunalarga ega boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
shtatida axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassislar boʻlsa, ularning ayrim toifasi davlat sirlari bilan tanishish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega boʻlsa;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ishlarning ayrim turlarini amalga oshirishga huquq beruvchi litsenziya (mavjud boʻlganda);
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa hujjatlarga ega boʻlsa beriladi.
II. Ruxsatnoma berish va olish tartibi
7. Ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilot ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vakolatli organga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza yuboradi.
8. Arizaga quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi maʼlumotnoma ilova qilinadi:
ariza bergan tashkilotning attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan obyektlari (asosiy binolar va inshootlar, sinov laboratoriyalari, aks-sadosiz kameralar, texnologik uchastkalar, saqlash joylari va boshqalar)ning roʻyxati va tavsifnomasi;
tashkilot xodimlarining tarkibi va malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
mavjud asbob-uskunalar, priborlar, apparatlarning ishlab chiqarilgan yili va muvofiqlik sertifikati mavjudligi koʻrsatilgan holdagi roʻyxati va tavsifnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
mavjud oʻlchov texnikasining ishlab chiqarilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan yili koʻrsatilgan holdagi roʻyxati va tavsifnomasi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
litsenziyalangan dasturiy taʼminot mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ariza bergan tashkilotda xavfsizlik xizmati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ariza bergan tashkilotda axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan umumiy va maxsus talablarni belgilovchi hujjatlar roʻyxati;
ariza bergan tashkilot tuzilmasining tavsifi;
axborot xavfsizligi boʻyicha davlat standartlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning mavjud roʻyxati.
Maʼlumotnomaga:
Oldingi tahrirga qarang.
ariza beruvchi tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
attestatsiya boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mol-mulk va asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
attestatsiya boʻyicha ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan yoki jalb etish rejalashtirilayotgan xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari.
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(8-bandning oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ariza bergan tashkilot tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Vakolatli organ 30 kalendar kun mobaynida arizani, maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqadi va ariza bergan tashkilotga ularni koʻrib chiqishni davom ettirish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida, yigʻim summasini koʻrsatgan holda bildirishnoma yuboradi. Ariza rad etilgan taqdirda rad etish sabablari koʻrsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
11. Quyidagi hollarda:
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 6, 8 va 9-bandlari talablariga muvofiq boʻlmaganda;
arizada koʻrsatilgan faoliyat tashkilot ustaviga (nizomiga) muvofiq boʻlmaganda arizani koʻrib chiqish rad etiladi.
12. Maʼlumotnoma va unga ilova qilingan materiallar ariza bergan tashkilotga ariza koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 2 oy mobaynida koʻrib chiqiladi.
13. Maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqish jarayonida vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun talab qilinadigan shart-sharoitlar mavjudligini tekshiradi.
14. Quyidagilar:
tashkilotda ushbu Nizomning 6 va 8-bandlarida koʻrsatilgan shart-sharoitlarning yetarli emasligi yoki mavjud emasligi;
arizada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
15. Ruxsatnoma berish bilan bogʻliq ishlarga haq toʻlash tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Maʼlumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomani berish bilan bogʻliq xarajatlari doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Yigʻim summasi vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ariza qaytarib olinganda yoki vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
16. Ruxsatnoma bilan birga attestatsiyadan oʻtkazuvchi organga ish hujjatlari paketi beriladi, ularning qiymati ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun undiriladigan yigʻim summasiga kiradi.
17. Ruxsatnoma hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va tegishli himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazuvchi organlar hisobini olib boradi.
III. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish
18. Vakolatli organ quyidagi hollarda:
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning arizasiga koʻra;
attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan muddatdan oldin toʻxtatish huquqiga ega.
19. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan oʻzining attestatsiyadan oʻtkazishga doir faoliyatini muddatidan oldin toʻxtatganligi toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda vakolatli organ ruxsatnomani qaytarib oladi. Ariza faoliyatni toʻxtatish moʻljallanayotgan sanadan kamida 30 kalendar kun oldin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ tomonidan unga qoʻyiladigan talablar buzilgan taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish va/yoki toʻxtatib turish yuzasidan qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish huquqiga ega.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ruxsatnomaning amal qilishini qonunchilikka muvofiq toʻxtatish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda vakolatli organ attestatsiyadan oʻtkazuvchi organga rasmiy bildirishnoma yuboradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
22. Attestatsiyadan oʻtkazuvchi organ nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, qayta tashkil etilganda bir hafta muddatda vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida koʻrsatib oʻtilgan oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
23. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin berilishi kerak.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bogʻliq ishlarga haq toʻlash tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Yigʻim summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bogʻliq xarajatlari doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
24. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki amal qilish muddati tugamagan, biroq yaroqsiz boʻlib qolgan ruxsatnoma oʻrniga attestatsiyadan oʻtkazuvchi organning arizasiga koʻra dublikat beriladi. Dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Arizaning shakli namunasi
(ariza beruvchining firma blankasida) ‎


‎Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat xavfsizlik xizmati‎


‎‎‎Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan
‎axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini
‎amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida
‎ARIZA


‎_________________________________________‎


‎20___ y. “____”________________ ‎

(tashkilotning toʻliq va qisqartirilgan nomi)‎

‎‎gacha muddatga Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnoma berishni iltimos qiladi.‎


‎Toʻlovni kafolatlaymiz.‎

‎Pochta manzili:‎
Bank rekvizitlari:‎
Telefon:‎
Faks:‎
E-mail:‎

‎Ilovalar: ___________________________________________________________________________

‎‎(Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar roʻyxati boʻyicha).‎


‎‎‎____________________________________________________________________________________‎

‎‎(tashkilotning rahbari imzosi va sana)‎

M.Oʻ.‎
‎‎
‎____________________________________________________________________________________‎

‎‎(tashkilotning bosh buxgalteri imzosi va sana)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma shakli namunasi‎


‎‎‎(Vakolatli organning maxsus blankasida bajariladi)‎


‎‎‎RUXSATNOMA №

‎‎
‎20___ y. “____”__________da________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________ga berilgan.

‎‎(tashkilotning nomi)‎

Ushbu ruxsatnoma bilan _____________________________________________________________________ ga

‎‎(tashkilotning nomi)‎

‎‎axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish huquqi beriladi.‎

‎‎
‎Quyidagi axborotlashtirish obyektlari bundan mustasno: _________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.‎

‎‎‎Ruxsatnoma 20____ y. “_____” __________________________ dagi ______ -son ariza asosida berilgan.

‎‎‎Tashkilotning pochta manzili ________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________.‎
‎‎
‎Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20_____ y. “______”______________ dan
‎20___ y. “____”_____________ gacha.

‎‎
‎Ruxsat berilgan faoliyat amalga oshiriladigan faoliyatga tatbiq etiladigan qonunchilikka, davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ruxsatnomaning ajralmas qismi hisoblangan ushbu ruxsatnomaning amal qilish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.‎

‎‎Attestatsiya oʻtkazuvchi organ tomonidan qoʻyilgan talablar buzilgan taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini qonunchilikka muvofiq toʻxtatish va/yoki toʻxtatib turish choralarini qoʻllashga haqlidir.‎

‎‎Ariza berilgan faoliyat zarur tarzda bajarilishiga taʼsir koʻrsatadigan yangi omillar paydo boʻlgan taqdirda, vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilish shartlariga tuzatish kiritishi mumkin.

‎‎Tashkilot tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatiladi.
‎Vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilishi shartlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

‎Vakolatli organning masʼul shaxsi


‎__________________________________‎

(imzo va sana)‎

M.Oʻ.‎
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
2-ILOVA
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan maʼlumotlar
roʻyxati
1. Jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlar, xuddi shuningdek uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif toʻgʻrisidagi axborotlar, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yozishmalar, telefondagi soʻzlashuvlar, qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri toʻgʻrisidagi axborotlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan maʼlumotlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qonunchilikka muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir maʼlumotlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sugʻurtalash va vasiyat siri.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular haqidagi maʼlumotlar rasmiy tarzda eʼlon qilingunga qadar.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, internetda tarqatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maxfiy axborot — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud boʻlmagan hujjatlashtirilgan axborot”;
b) 12.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12.2. Axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga axborot resurslaridan foydalanishning alohida qoidalari belgilangan davlat axborot tizimlari, tarmoqlarini ulash axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi”;
v) 19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Foydalanish cheklangan axborot mavjud boʻlgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun moʻljallangan axborot tizimlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga quyidagi mazmundagi 281-band qoʻshilsin:
“281. Davlat organlarining davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborot bilan ishlash uchun moʻljallangan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 472-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)