Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2011-2015 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATROF TABIIY MUHIT DAVLAT MONITORINGI DASTURINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 3-apreldagi 111-son qaroriga muvofiq respublikamizda atrof tabiiy muhit monitoringining yagona tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda, O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish hamda davlat nazoratini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish uchun atrof tabiiy muhitning holatini va tabiiy resurslardan foydalanishni muntazam ravishda kompleks baholash amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, monitoringning mavjud tizimida vazirliklar va idoralar monitoring markazlarini zamonaviy tahliliy priborlar bilan ta’minlash va monitoring natijalarini umumlashtirishda axborot texnologiyalardan foydalanish ishlari yetarli olib borilmayapti.
Kelgusida atrof tabiiy muhitning ifloslanish holatini muntazam ravishda baholash va darajasini prognozlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshiruvchi vazirliklar va idoralar ko‘rsatib o‘tilgan Dasturni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni kalendar yil uchun ajratiladigan umumiy budjet mablag‘lari doirasida moliyalashtirishsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-oktabr,
292-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-oktabrdagi 292-son qaroriga
ILOVA
2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi
DASTURI

T/r‎

Atrof tabiiy muhit monitoringi bo‘limlari‎

Monitoring turlari ‎

Asosiy tadbirlar‎

Bajarish muddatlari ‎

Kutiladigan natijalar‎

Moliyalashtirish hajmlari 2011 — 2015-yillar
2011-yil (mln so‘m) ‎

Bajaruvchi tashkilotlar ‎

Bajarilishini nazorat qilish ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

‎‎I. O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi (ATMDM)ni olib borish

1.1.‎

‎‎ATMDM tizimida kuzatishlarni rejalashtirish

1.1.1. ATMDM tizimida kuzatish obyektlari va dasturlarini qayta ko‘rib chiqish‎ Ifloslantiruvchi manbalar (emissiyalar) monitoringi‎ Tabiiy muhi�ni ifloslantiruvchi obyektlarni qayta ko‘rib chiqish va aniqlik kiritish: sanoat tashlamalari manbalari, oqova,sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarining tashlama suvlari, shuningdek, yerlarning ifloslanishi‎ 2011-yil
‎IV chorak
‎2012 — 2015-yillar
‎I chorak ‎
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar va ifloslantiruvchi asosiy obyektlar ro‘yxatlarini aniqlash‎ 53,58
‎7,20‎
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Tahliliy nazoratga ixtisoslashgan davlat va viloyat inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda TNIDI deb ataladi)‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎
Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi‎‎ Atmosfera havosida radon konsentratsiyasi monitoringi ishlarini loyihalash‎ 2011-yil davomida‎ Maqbullashtirilgan loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, monitoring obyektini tanlash va kelishish‎

0,30
‎0,30‎

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” (keyingi o‘rinlarda KGSQE deb ataladi) davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Yer usti va yer osti suvlari ifloslanishi monitoringi Obyektlarni tekshirish hamda suv manbalari va suv havzalarining sanitariya-epidemiologiya holatini kuzatish dasturini qayta ko‘rib chiqish 2011-yil
‎IV chorak
‎2012 — 2015-yillar
‎I-II chorak ‎
Aniqlangan ifloslantiruvchi manbalar asosida monitoring obyektlari joylashuvini asoslash va tuzish‎ 65,15
‎13,03‎
Sog‘liqni saqlash vazirligining respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari (keyingi o‘rinlarda DSENM deb ataladi)‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
Yer osti suvlari holati monitoringini olib borish bo‘yicha loyihalarni tayyorlash‎‎ 2013-y. I chorak (2011-2012-yy. amaldagi loyihalar bo‘yicha ishlar davom etadi) ‎ 3 yillik (2013 — 2015-yillar) loyiha tuzish‎ 55,00
‎0,00‎
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Chotqol-Qurama mintaqasi va Zarafshon daryosi uran konlari hududlari suvlarida toksik metallar va radionuklidlar miqdorini kuzatish ishlarini loyihalashtirish‎ 2011-yil davomida‎ Loyiha-smeta hujjatlarini tuzish, monitoring obyektini kelishish‎ 0,93
‎0,93‎
“Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Asosiy suv oqimlari holatiga ta’sir ko‘rsatadigan manbalar va obyektlarni (suv ayirish kollektorlarini) aniqlash‎ 2011-yil
‎IV chorak
‎2012 — 2015-yillar
‎I chorak‎
Asosiy suv ayirish kollektor-drenaj tizimlarida kuzatish postlarini rivojlantirish‎ 14,70
‎6,20‎
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Irrigatsiya tizimlari havzalar boshqarmasining viloyat gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎
Yerlar iflosla-nishi va yer usti ekotizimlari monitoringi Ayrim viloyatlar tuproqlari boshlang‘ich holatini baholash va yerlar monitoringining yangi obyektlarini tanlash‎ 2011-yil davomida ‎ Tadqiqotlar asosida yangi obyektlar tanlash va monitoring dasturini tayyorlash‎ 40,00
‎40,00‎
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi “Tuproqshunoslik va agrokimyo” davlat ilmiy-tadqiqot instituti‎ “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎
Ishlatilgan uran konlari atrofidagi radiatsiya holati, tuproq tarkibidagi radionuklidlar va bir qator toksik metallar miqdorini kuzatib borish hamda yirik aholi punktlarini radiatsiya bo‘yicha tekshirish ishlarini loyihalash‎ 2011-yil davomida ‎ Maqbullashtirilgan loyihani tuzish, monitoring obyektlarini kelishish‎ 5,00
‎5,00‎
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Xavfli geologik jarayonlar monitoringi‎ Yangidan vujudga kelgan potensial xavfli obyektlarni hisobga olgan holda respublikaning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida xavfli geologik jarayonlar monitoringini olib borish ishlarini loyihalash‎ 2011-yildan boshlab 3 yillik dasturga muvofiq ‎ Aholini o‘z vaqtida ogohlantirish maqsadida xavfli geologik jarayonlar monitoringini olib borish uchun (bahor, kuz) obyektlar ro‘yxatini aniqlashtirish‎ 50,50
‎25,50‎
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mit�si‎
O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi‎‏ Biomlar bo‘yicha o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari hi�obini olib borish: to‘qaylar, adirlar, o‘rta tog‘lar va baland tog‘lar, agrolandshaftlarda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida — 2011-yil I — IV choraklarida, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida — 2011-yil II — IV choraklarida ‎ 2011-yil davomida ‎ O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringini olib borish uchun obyektlar ro‘yxatini aniqlash. Indikator turlarni aniqlash, marshrutlarni belgilash.‎ 30,00
‎30,00‎
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi “Davbionazorat” va viloyat bo‘limlari, Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar uyushmasi, Milliy universitet‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎
Biomlar bo‘yicha o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari hisobini olib borish: Jizzax, Navoiy, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tekislik baliqchilik suv havzalari, dashtlar, qumli cho‘llar, gipsli, shag‘alli, qoldiq tog‘larda.‎ 2012-yil I — IV chorak ‎

40,00
—‎

1.1.2. Ekologik indikatorlarni tanlash va atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimiga joriy qilish‎‏ Monitoringning barcha turlari bo‘yicha Atrof tabiiy muhit holatini baholash uchun tabiiy muhit holati ko‘rsatkichlari tahlili va ekologik indikatorlarni tanlash 2011-yil
‎IV chorak
‎2012 — 2015-yillar
‎I-II chorak
Xalqaro va milliy ustuvorliklarga muvofiq ekologik indikatorlar ma’lumotlari bazasini yaratish —‎ ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
—‎ “GIDROINGEO instituti” DK, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi‎
65,15
‎13,03
Respublika va viloyatlar DSENM
Atrof tabiiy muhit monitoringi uchun kuzatuvlarni tashkil etish, ekologik indikatorlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash 2011-yil
‎IV chorak
‎2012 — 2015-yillar
‎II-III chorak
Ekologik indikatorlar bo‘yicha axborotlarni to‘plash, umumlashtirish hamda ularni atrof tabiiy muhit monitoringining yagona ma’lumotlar bankiga uzatish —‎ ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
—‎ “GIDROINGEO instituti” DK, “Gidromineral resurslar geologiyasi” IIChMDK‎
2,25
‎0,45‎‏
Respublika va viloyatlar DSENM
1.2.‎

‎‎Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimida kuzatishlarni tashkil etish va amalga oshirish

1.2.1. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimida kuzatishlarni tashkil etish‎ Ifloslantiruvchi manbalar monitoringi (emissiyalar)‎ Atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi ustuvor manbalar (emissiyalar) ust�dan muntazam kuzatishlar olib borish (sanoat tashlandilari, oqova suvlar tashlanmalari, tuproqqa ifloslantiruvchi moddalar emissiyasi)‎ Muntazam ravishda, idoraviy dasturga muvofiq ‎ Atrof tabiiy muhit obyektlarini ifloslantiruvchi manbalarning holati bo‘yicha ma’lumotlarni olish‎ 224,80
‎30,21‎
ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎
Atmosfera havosi holati ustidan kuzatishlar olib borish Chotqol qo‘riqxonasi stansiyasida fon monitoringini olib borish‎ Muntazam ravishda, idoraviy dasturga muvofiq ‎ Atmosfera ifloslanishining fon darajasini aniqlash‎ 2334,66
‎313,74
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazining atmosfera, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishi monitoringi xizmati (keyingi matnda — “O‘zgidromet” markazi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi
Impakt monitoring.
‎Shaharlar havo muhitini sanoat tashlanmalari, avtotransport va boshqa ifloslantiruvchi manbalardan ifloslanishini turg‘un postlarda kuzatuvlar olib borish ‎
Har kuni (soat 7, 13 va 19 da) ‎ Asosiy va spetsifik aralashmalarning bir martalik va o‘rtacha sutkalik konsentratsiyalari to‘g‘risida axborot olish.
‎Atmosferadagi ifloslantiruvchi modda konsentratsiyalarining o‘rtacha oylik, o‘rtacha yillik va ko‘p yillik ko‘rsatkichlarini olish‎
Atmosferaning yer ustki qatlamida radioaktiv tashlanmalar va aerozol konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish‎ Idoraviy dasturga muvofiq ‎ O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha va alohida hududlarda radiatsion rejim to‘g‘risida ma’lumotlar olish‎
Statsionar postlar bo‘lmagan joylarda marshrutli kuzatishlarni olib borish‎ Statsionar kuzatishlari bo‘lmagan aholi yashaydigan joylarda havo muhiti ifloslanish holatini baholash‎
Podfakel kuzatishlarni amalga oshirish‎ Past manbalardan tashlanadigan va ta’siri qisqa masofalar bilan chegaralangan spetsifik moddalarni instrumental o‘lchash‎‎
Bir qator aholi punktlarining bolalar muassasalari xonalarida atmosfera havosidagi radon miqdori ustidan kuzatishlar olib borish‎ Har yili 1-marta ‎ Bir qator aholi punktlari atmosfera havosidagi radon miqdorining mavsumiy ma’lumotlari, ularni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil etish maqsadida ma’lumotlar bankiga kiritish‎ 182,00
‎24,00‎
“Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi monitoringi

Yer usti suvlari

Yer usti suvlari fon monitoringini yuritish (Chotqol qo‘riqxonasida) ‎ Gidrologik fazalarga muvofiq Yer usti suvlari fon holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish

2334,66
‎313,74

“O‘zgidromet” Ifloslanish monitoringi xizmati (IMX)‎‏
‎‏
“O‘zgidromet” markazi
Turli toifadagi suv oqimi punktlarida yer usti suvlarining gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari ustidan kuzatishlar olib borish:‎
II toifa punktlari‎ Har 10 kunda‎‏ ‎ II toifa suv oqimlari suvi sifati to‘g‘risida axborotlar olish‎‎‏‎
III toifa punktlari‎ Har oyda‎‏ ‎ III toifa suv oqimlari suvi sifati to‘g‘risida axborotlar olish‎‏ ‎
IV toifa punktlari‎ Suv rejimining asosiy fazalarida‎‏ ‎ IV toifa suv oqimlari suvi sifati to‘g‘risida axborotlar olish‎‏ ‎
Asosiy suv oqimlarining gidrobiologik ko‘rsatkichlari ustidan kuzatishlar olib borish‎ Yilning III — XI oylarida ‎ Suv massasi ifloslanishining umumiy darajasiga ko‘ra suv oqimlari biologik sinfini va ekologik holatini baholash‎‎‎
Tanlangan suv oqimlarida kimyoviy va bakteriologik tadqiqotlar o‘tkazish‎ Muntazam ravishda, to‘liq (har oyda), qisqartirilgan (har 10 kunda) dastur bo‘yicha‎ Asosiy kimyoviy va bakteriologik ifloslantiruvchilarni aniqlash va suv oqimlari holatini baholash‎ 2966,40
‎593,28‎
Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman DSENM‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
Chotqol-Qurama mintaqasi va Zarafshon daryosi uran konlari hududlari suvlarida toksik metallar va radionuklidlar miqdori ustidan kuzatuv olib borish ishlarini loyihalashtirish‎ Har yili 2-marta ‎ Daryo suvlarini ifloslanganlik darajasini baholash‎ 200,00
‎34,20‎
“Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Asosiy suv ajratish traktlari kollektor-drenaj suvlari sifati ustidan kuzatishlar olib borish‎ Muntazam ravishda, idoraviy dasturga muvofiq ‎ Sug‘orish manbalari va mahalliy botiqlarga tushadigan kollektor-drenaj suvlarining sifati va miqdorini aniqlash‎ 162,50
‎30,00‎
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎

‎‎Yer osti suvlari

Asosiy konlar bo‘yicha yer osti suvlarining sifat va miqdori ustidan kuzatishlar olib borish (fon, hududiy �a mahalliy darajalarda)‎ Muntazam ravishda, loyihalar va amaldagi metodikalarga muvofiq‎ Tabiiy va texnogen omillar ta’siri ostida konlar yer osti suvlari sifati va miqdorining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot‎ 9242,00
‎1740,72
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Yerlarning ifloslanishi va yer usti ekotizimlari monitoringi Tuproq ifloslanishi ustidan kuzatishlar olib borish:‎ 1556,44
‎209,16
Ifloslanish monitoringi xizmati hamda tarmoq bo‘linmalari “O‘zgidromet” markazi
Chotqol qo‘riqxonasida fon darajasida‎ Yiliga bir marta‎ Tuproqning fon holatini aniqlash‎
ayrim qishloq xo‘jaligi yerlarining toksikantlar bilan ifloslanganligi‎ Har yili 2-marta (bahorda, kuzda) ‎ Tuproqning zaharli ximikatlar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanganligi darajasini nazorat qilish‎
yirik sanoat shaharlari atrofini sanoat toksikantlari bilan ifloslanganligi‎ Har 5 yilda bir marta‎ Tuproqning sanoat korxonalari tashlanmalari bilan ifloslan-ganlik darajasini nazorat qilish‎
Chotqol-Qurama mintaqasida ishlatilgan uran konlari hududlarida tuproqning toksik metallar va radionuklidlar bilan ifloslanganligi ustidan kuzatuvlar olib borish, respublikaning yirik aholi punktlari va tu�anlarini radiatsiya jihatidan tekshirish‎ Ishlatilgan uran konlari hududlarida har yili ikki marta
‎Yiliga bir marta aholi punktlarini tekshirish ‎
Ishlatilgan uran konlari hududlari tuprog‘ida toksik metallar va radionuklidlar miqdori hamda yirik aholi punktlaridagi radiatsion vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar‎ 1150,50
‎271,78
“Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Surxondaryo, Farg‘ona, Buxoro, Andijon va Toshkent viloyatlari ekologik maydonchalaridagi tuproqlar holati ustidan tartibli kuzatuvlar olib borish‎ 2011 — 2015-yillar (bahor-kuz) ‎ Tuproqning ekologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha axborot va tahliliy materiallar tayyorlash‎ 500,00
‎100,00‎
“Tuproqshunoslik va agrokimyo” davlat ilmiy-tadqiqot instituti “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi
Surxondaryo, Farg‘ona, Buxoro, Andijon va Toshkent viloyatlarining asosiy monitoring uchastkalarida tuproq tekshiruvlarini o‘tkazish‎ 2011 — 2015-yillar (bahor-kuz) ‎ Tuproqning boshlang‘ich ekologik holatini aniqlash va yerlar monitoringini olib borish uchun dominant tuproqli asosiy uchastkalarni tanlash‎ 100,00
‎20,00‎
Xavfli geologik jarayonlar monitoringi‎ Respublikaning tog‘ va tog‘ oldi rayonlarida xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ustidan tartibli kuzatuvlar o‘tkazish‎ Muntazam ravishda‎ Xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi to‘g‘risida ma’lumotlar va hududlardan foydalanish to‘g‘risida xulosa tuzish hamda mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish‎ 4600,00
‎921,97‎
Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi‎ Tanlangan indikatorlar to‘plamlari va monitoring marshrutlarini korrektirovka qilish‎ Muntazam ravishda, idoraviy dasturga muvofiq 2013-yil I — III chorak ‎ O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha, va alohida hududlarida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari va ular yashaydigan/o‘sadigan biomlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish‎ 50,00
—‎
“Davbionazorat”‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎
1.2.2. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimida kuzatishlar ma’lumotlari ishonchliligini‎ tekshirish va baholash Monitoringning barcha turlari bo‘yicha Tahliliy ishlar bajarilishining aniqligi hamda atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi ma’lumotlari ishonchliligi ta’minlanishini baholash Har yili Kimyoviy-tahliliy, sanitariya-gigiyena ishlarining aniqligini ichki va idoralararo nazorat qilish hamda ishonchsiz ma’lumotlarni bekor qilish 155,64
‎20,92‎
“O‘zgidromet” markazi‎ “O‘zgidromet” markazi‎
64,24
‎8,63‎
ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎
108,60
‎21,72‎
Respublika va viloyatlar DSENM‎ Sog‘liqni saqla� vazirligi‎
50,00
‎12,00‎
“Tuproqshunoslik va agrokimyo” davlat ilmiy-tadqiqot instituti‎ “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎
13,10
‎2,60‎
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎
1.3.‎‏ Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi natijalarini umumlashtirish Monitoringning barcha turlari bo‘yicha Axborot materiallari va hisobotlarni chop etishga tayyorlash uchun olingan tahliliy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash, shoshilinch, tezkor va tartibli ma’lumotlarni umumlashtirish Har chorakda va har yili Atrof tabiiy muhitni yaxshilash bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlarni tizimlash, qayta ishlash va axborotlarni tayyorlash

155,64
‎20,92‎

Ifloslanish monitoringi xizmati‎ “O‘zgidromet” markazi‎
75,92
‎10,20‎
ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
25,00
—‎
“Davbionazorat”‎
90,30
‎18,06‎
Respublika va viloyatlar DSENM‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
300,00
‎63,10‎
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, “Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
25,00
‎5,00‎
“Tuproqshunoslik va agrokimyo” davlat ilmiy-tadqiqot instituti‎ “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎
3,20
‎0,65‎
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎
1.4.‎

‎‎Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi axborot ma’lumotlari bankini shakllantirish

1.4.1. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi axborot ma’lumotlari bankini yuritish Monitoringning barcha turlari bo‘yicha Monitoring ma’lumotlarini yig‘ish, tizimlash, maxsus dasturlar bo‘yicha olingan ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash, qog‘oz va elektron (texnik) manbalardagi axborotlarni to‘plash Har chorakda Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun tabiiy muhit holati, axborot ta’minoti to‘g‘risida ma’lumotlar bankini to‘plash

155,64
‎20,92‎

“O‘zgidromet” markazi‎ “O‘zgidromet” markazi‎
60,72
‎8,16‎
ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
25,00
—‎
“Davbionazorat”‎
Monitoring ma’lumotlarini boshqarish va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlariga iste’molchi uchun qulay bo‘lgan shaklda ma’lumotlarni taqdim etish Yil davomida Monitoring natijalarini tahlil qilish va atrof tabiiy muhit davlat monitoringi yagona ma’lumotlar bankiga yuborish 0,78
‎0,16‎
Respublika DSENM‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
200,00
‎84,00‎
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, “Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
0,78
‎0,15‎
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎
25,00
‎5,00
“Tuproqshunoslik va agrokimyo” davlat ilmiy-tadqiqot instituti‎ “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎
1.4.2. Ekologik indikator (ko‘rsatkich)lar bo‘yicha ma’lumotlar bankini yuritish Tabiiy muhit monitoringi uchun ekologik indikatorlar ma’lumot bankini joriy etish Belgilangan dastur bo‘yicha Ekologik indikatorlar bo‘yicha axborotlarni shakllantirish — to‘plash, umumlashtirish va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining atrof tabiiy muhit davlat monitoringi yagona ma’lumotlar bankiga taqdim etish 60,72
‎8,16‎
ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
—‎ “O‘zgidromet” markazi‎
—‎ Respublika DSENM‎
44,00
‎22,00‎
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati‎
1.5.‎

‎‎Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining davriy va tezkor axborotlarini tayyorlash

1.5.1. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining natijalari bo‘yicha axborot, byulletenlar tayyorlash Tabiiy muhit holati to‘g‘risida yillik va yarim yillik (o‘n kunlik va oylik) axborot va byulletenlar, shuningdek tezkor ma’lumotnomalar tayyorlash va ularni nashr qilish Muntazam ravishda, har oyda, har yilda Davlat hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar, jamoatchilik va aholini atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash

311,29
‎41,83‎

“O‘zgidromet” markazi‎ “O‘zgidromet” markazi‎
13,85
‎1,86‎
ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
24,00
‎—
“Davbionazorat”‎
4,20
‎0,84‎
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Respublika DSENM‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga atrof tabiiy muhit monitoringi natijalari to‘g‘risida yillik hisobot taqdim etish Hisobot yilidan keyin har yili 1-martga qadar 20,00
‎4,00‎
Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instit�ti‎ “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎
‎‏ ‎‏ ‎‏ —‎ “O‘zgidromet” markazi‎ “O‘zgidromet” markazi‎
—‎ Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti hamda Respublika DSENM‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
25,00
4,90‎
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati, “Kompleks geologiya-s’yomka qidiruv ekspeditsiyasi” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
1,60
0,32‎
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎
1.5.2. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining umumlashtirilgan axborotlarini tayyorlash‎‏ O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risida Milliy ma’ruzani tayyorlash‎‎ 2-3 yilda bir marta hisobot davridan keyin 1-iyunga qadar‎ O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risida �illiy ma’ruzani nashr etish‎ —‎‏ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining axborot-tahlil monitoring markazi vazirliklar va idoralar ishtirokida‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi
Internetda atrof tabiiy muhit davlat monitoringi bo‘yicha sayt tashkil qilish va uni qo‘llab-quvvatlash‎ Muntazam ravishda‎ Internetdagi sayt orqali monitoring natijalarini tarqatish‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining axborot-tahlil monitoring markazi vazirliklar va idoralar ishtirokida‎

‎‎II. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining metrologik asoslari va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish

2.1.‎‏ Atrof muhit obyektlarida ifloslantiruvchi moddalarni aniqlashning yangi metodikalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirish Monitoringning barcha turlari bo‘yicha Atrof muhit obyektlarida ifloslantiruvchi moddalarni aniqlashning yangi metodikalarini o‘zlashtirish hamda mavjudlarini takomillashtirish 2011 — 2015-yillar Atrof tabiiy muhit holati to‘g‘risidagi axborotning haqqoniyligi va sifatini oshirish maqsadida monitoringning yangi metodlarini joriy etish 155,64
‎20,92‎
“O‘zgidromet” markazining ifloslanish monitoringi xizmati‎ “O‘zgidromet” markazi‎
26,87
‎3,61‎
ANIDI‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎
Joriy etilayotgan metodikalar qiymati doirasida‎ Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti‎ Sog‘liqni saqlash vazirligi‎
213,86
76,96‎
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
Yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi monitoringi Kuzatish shoxobchasini maqbullashtirish, yer osti suvlari holati monitoringini olib borish usullari va texnologiyalarini takomillashtirish‎ 2011 — 2015-yillar‎ O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yer osti suvlari monitoringi ma’lumotlari obyektivligi va ishonchliligini oshirish‎ 60,36
14,33‎
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi, “Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎
O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi‎ “O‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringini olib borish metodik qo‘llanmasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash‎ 2013-yil IV chorak ‎ Biologik resurslar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifati va ishonchliligini oshirish maqsadida monitoringning yangi metodlarini joriy qilish‎ 12,00
—‎
“Davbionazorat” manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan ‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎
2.2.‎‏ Atrof tabiiy muhit davlat monitoringini yuritish uchun pribor-texnika anjomlarini modernizatsiyalash‎‏ Monitoringning barcha turlari bo‘yicha‎‏ Zamonaviy o‘lchov asboblari va anjomlari, kimyoviy reaktivlar va texnologik materiallar sotib olish‎‏ 2011 — 2015-yillar Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi xizmatini texnik jihozlash 622,59
83,65‎
“O‘zgidromet” markazi‎ “O‘zgidromet” markazi‎
500,00
100,00‎
“Tuproqshunoslik va agrokimyo” davlat ilmiy-tadqiqot instituti‎ “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎
45,50
9,10‎
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎
III.‎‏ Atrof tabiiy muhit davlat monitoringiga joriy etish uchun yangi metodikalar va texnologiyalar-ni ishlab chiqish va takomillash-tirish Monitoringning barcha turlari bo‘yicha‎‏ Atrof tabiiy muhit monitoringini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish 2011 — 2015-yillar Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining yangi metodlari va texnologiyalarini amaliyotga joriy etish —‎ Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti,‎ “O‘zgidromet” markazi‎
170,85
18,35‎
“GIDROINGEO instituti” davlat korxonasi‎ Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mit�si‎

HAMMASI‎

29873,11
‎5 457,46‎
Izoh: Respublikada I toifa suv oqimlari mavjud emas.
2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturini bajarish bo‘yicha moliyaviy xarajatlar mazkur Dasturga ilovada keltirilgan.
2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturiga
ILOVA
2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi Dasturini bajarish bo‘yicha
MOLIYAVIY XARAJATLAR

T/r

Bajaruvchi tashkilotlar va moliyalashtirish manbalari

‎‎Moliyalashtirish hajmlari (mln so‘m)

2011 — 2015-yillarda‎

2011-yilda‎

Davlat budjetidan moliyalashtirish bo‘yicha
‎JAMI
‎shu jumladan: ‎
29 873,11‎ 5 457,46‎
1.‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi‎ 16 500,00‎ 3 308,04‎
2.‎ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi‎ 7 782,20‎ 1 045,80‎
3.‎ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi‎ 3 302,83‎ 660,57‎
4.‎ O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi‎ 1 260,00‎ 286,00‎
5.‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ 786,70‎ 108,03‎
6.‎ O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi‎ 241,38‎ 49,02‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 43-44-son, 468-modda)