|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.08.2024
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
SELEKSIYA YUTUGʻIGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINING AMAL QILISHINI UZAYTIRISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1793-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-martdagi 13-son buyrugʻi (2008-yil 16-aprel, roʻyxat raqami 1793) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 16-son, 123-modda) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
32-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 32-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (keyingi oʻrinlarda Patent idorasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 8-banddagi “Patent idorasiga” degan soʻzlar “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Patent idorasining” degan soʻzlar “Agentlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 12-banddagi “Patent idorasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. Ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 100047, Toshkent shahri, Toʻytepa koʻchasi, 2a uy” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi”, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 421-modda)