Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.03.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYaLARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-martdagi PF-3725-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 11, 63-moddalariga asosan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining yangi tahrirdagi Nizomi, shuningdek uning tarkibi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan. 2-ilova berilmaydi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 24-sentabrdagi PF-2943-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan mazkur Farmonning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-maydagi PF-2599-son Farmoni bilan tasdiqlangan 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 19-mart,
PF-2817-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 62-modda, 9-10-son, 204-modda)