Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.01.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2165]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-sonli “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3114, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 225-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2065-1, 3.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 435-modda)
1. Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-dekabr,
303-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 15-moddasiga muvofiq notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov (bundan keyingi oʻrinlarda tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Tanlov oʻtkazishni tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash maqsadida komissiyaning ishchi organi faoliyat yuritadi. Ishchi organning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasining soha boʻyicha masʼul xodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ oʻz faoliyatini komissiya raisining rahbarligida amalga oshiradi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 23-yanvardagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-7, 23.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 4-son, 56-modda)
2. Tanlov notarius lavozimi boʻsh boʻlgan taqdirda yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi taʼsis etilganda oʻtkaziladi.
Notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi munosabati bilan notarius lavozimi vaqtincha boʻshagan hollarda tanlov oʻtkazish mazkur Nizom 281-bandining ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-8, 20.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 561-modda)
3. Komissiya majlisining bayonnomalari har bir notarius lavozimi uchun alohida yuritilishi mumkin.
II. Tanlov oʻtkazishni tashkil etish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha notarius lavozimi boʻshagandan (vaqtincha boʻshagandan) keyin tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini (buyruqni ilova qilgan holda) xabardor qiladi.
Toshkent shahri boʻyicha notarius lavozimi boʻshagandan (vaqtincha boʻshagandan) keyin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Kadrlar boshqarmasi bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasini (buyruqni ilova qilgan holda) xabardor qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) asosan birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
Xabarnoma olingan yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi taʼsis etilgan kundan boshlab yetti kun ichida ishchi organ tomonidan markaziy ommaviy axborot vositalarida, tegishli adliya boshqarmasi orqali mahalliy ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va tegishli adliya boshqarmasining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beriladi, mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi;
tanlovda ishtirok etuvchilarga qoʻyiladigan talablar. Ushbu talablar mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq eʼlon qilinadi;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim etishning oxirgi sanasi. Bunda hujjatlarni taqdim etish muddati kamida bir oy etib belgilanadi;
tanlov oʻtkazish joyi va ayrim hollarda tanlov oʻtkazish sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-8, 20.06.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 561-modda)
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon qoʻshimcha ravishda markaziy va mahalliy televideniye, radio hamda internet tarmogʻi orqali berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
42. Adliya boshqarmalari tomonidan stajirovka oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslarning hisobi yuritiladi hamda har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ishchi organga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Stajirovka oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslar haqida maʼlumot taqdim etiladi.
(41-42-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
5. Bitta notarial idoraning ikki yoki undan ortiq notarius lavozimlariga tanlovlar komissiyaning alohida majlislarida oʻtkaziladi.
6. Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan davlat notarial idorasida kamida ikki yil muddatli stajirovkani oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Bunda, sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar davlat notarial idorasida bir yil muddatli stajirovkani oʻtagan boʻlishi lozim.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-3, 09.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 296-modda)
Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganidan keyin tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Quyidagilar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas:
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs.
7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bevosita yoki tegishli adliya boshqarmasi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
komissiya nomiga ariza;
pasport nusxasi;
belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;
mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Agar talabgor adliya organlari tizimida ishlayotgan boʻlsa, ushbu bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilishi talab etilmaydi.
Ishchi organ tomonidan talabgorning malaka imtihonini topshirganligi, shuningdek malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamaganligi sababli malaka imtihonini qayta topshirganligi haqidagi malaka komissiyasi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda komissiya)ning qaroridan koʻchirma tegishli adliya boshqarmalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasidan olinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
8. Talabgorlar tomonidan adliya boshqarmasiga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq topshirilishi kerak. Hujjatlarning toʻliq topshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatlar ularni taqdim etishning oxirgi sanasigacha qabul qilingan boʻlishi lozim. Hujjatlar adliya boshqarmasiga topshirilgan taqdirda, ular qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirilmay tegishli adliya boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi va devonxonada roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan har bir talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan alohida oʻrganib chiqiladi. Talabgorni tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud boʻlsa, ishchi organ tomonidan bu haqda xulosa tuziladi. Mazkur xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
Barcha talabgorlarning hujjatlarini oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi organ tomonidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosada tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatib oʻtilishi lozim, agar tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatilmagan boʻlsa.
10. Quyidagi hollarda ishchi organ tomonidan tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tuziladi:
tanlovda ishtirok etish uchun birorta ham talabgor boʻlmasa;
tanlovda ishtirok etish uchun faqatgina bitta talabgor tomonidan hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra barcha talabgorlarga tanlovda ishtirok etish rad etilgan boʻlsa;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra faqatgina bitta talabgor tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
mazkur Nizomda belgilangan boshqa hollarda.
Tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon tegishli xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti kun muddat ichida berilishi lozim. Mazkur Nizomning 17-bandi ikkinchi xatboshisi va 27-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish koʻrsatilgan muddat ichida komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi.
11. Agar qayta eʼlon berilgandan keyin tanlovda ishtirok etish uchun bitta talabgor qolgan boʻlsa, u muqobil nomzodsiz tanlovda ishtirok etishga qoʻyiladi.
12. Mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda va tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim qilmaganda, mazkur Nizomning 24, 36 va 38-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatining davlat notarial idoralaridagi notarius lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda qatnashadigan talabgor Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmasa, talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
13. Tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisi tomonidan tegishli xulosa tasdiqlangandan keyin ikki kunlik muddatda komissiya masʼul kotibi tomonidan mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 23-yanvardagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-7, 23.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 4-son, 56-modda)
Tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tasdiqlangan taqdirda, keyingi kundan kechiktirmay bu haqda talabgorlarga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi.
14. Tanlov tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Tanlov kuni haqida talabgorlarga tanlov oʻtkaziladigan kundan kamida besh kun oldin mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
15. Tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati tanlov oʻtkazilishidan besh kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining fuqarolarni qabul qilish xonasiga osib qoʻyiladi.
III. Tanlov oʻtkazish tartibi
16. Tanlov komissiya tomonidan talabgorlarning kasbiy bilimlarini aniqlash maqsadida yozma-ogʻzaki ravishda oʻtkaziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
17. Agar tanlov kuni talabgorlarning barchasi kelmasa yoki talabgor (talabgorlar) kelmaganligi oqibatida bitta talabgor qolgan taqdirda, komissiya tanlov kunini kamida bir haftagacha boʻlgan muddatga kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu haqda tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan barcha talabgorlarga tanlov oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti koʻrsatilgan yozma xabarnoma yuboriladi.
Agar keyingi tanlov kuni ham talabgorlarning barchasi kelmasa yoki talabgor (talabgorlar) kelmaganligi oqibatida bitta talabgor qolgan taqdirda, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(171 — 1711-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
18. Tanlov barcha talabgorlar uchun bir yoʻla bir xonada oʻtkaziladi.
Komissiya majlislarining xolisligi, odilligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida tanlov jarayonida komissiya aʼzolari va talabgorlardan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari (fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va boshqalar) kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
19. Komissiyaning masʼul kotibi mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida talabgorlar boʻyicha maʼlumot tayyorlaydi va komissiya aʼzolariga taqdim etadi.
Komissiya majlisida masʼul kotib unda ishtirok etayotgan komissiya aʼzolarini hamda tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxatini, shu jumladan tanlov kuni kelgan va kelmagan talabgorlarning roʻyxatini oʻqib eshittiradi. Shuningdek, masʼul kotib tanlov oʻtkazishning qisqacha mazmunini, shu jumladan mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan talablarni tushuntiradi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 11-mh-sonli (roʻyxat raqami 2165-10, 06.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2165-10/0523-son)
20. Tanlov oʻtkazish tartibi tushuntirilgandan soʻng, har bir talabgorga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tanlov varaqasi tarqatiladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
Har bir tanlov varaqasi tanlovda ishtirok etayotgan barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan boʻlishi shart. Tanlov varaqasining birinchi beti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Komissiya aʼzolarining har biriga komissiyaning ushbu majlisida ishtirok etayotgan barcha talabgorlarni baholash uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda bittadan baholash byulleteni beriladi. Baholash byulletenlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi komissiya aʼzolari roʻyxatiga imzo qoʻydirilgan holda tarqatilishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
21. Tanlov ijtimoiy, huquqiy va notariat sohasidagi beshta savolga yozma va ogʻzaki javob berish asosida oʻtkazilib, ularga tayyorlanish uchun toʻqson daqiqa vaqt ajratiladi.
Savollar komissiya raisi va masʼul kotibining imzolari bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
22. Savollarga yozma javoblar faqatgina tanlov varaqasiga yoziladi. Talabgorga javob yozish uchun tanlov varaqasi yetarli boʻlmagan taqdirda, unga qoʻshimcha tanlov varaqasi beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
23. Cavollarga tayyorlanish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
qonunchilik hujjatlaridan, maʼlumot beruvchi va maxsus adabiyotlardan har qanday turdagi texnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
oʻz tanlov varaqasini topshirgunga qadar tanlov oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni tanlovda qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
24. Agar talabgor uzrli sabablarsiz oʻz tanlov varaqasini topshirgunga qadar tanlovda qatnashishni davom ettirishdan bosh tortsa, u olti oy davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
25. Savollarga javob tayyorlab boʻlgan talabgor komissiyaga javob beradi. Komissiya aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida savollar berishi mumkin.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
Komissiya aʼzolari baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini oʻn ballik tizimda baholaydi.
Savollarga javob berib boʻlgan talabgorga oʻz tanlov varaqasini topshirgandan soʻng xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
26. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun komissiya aʼzolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.
Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi yigʻma baholash byulleteniga kiritiladi va komissiya aʼzolariga eʼlon qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
27. Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan talabgor tanlovda gʻolib deb topiladi.
Gʻolib deb topilgan talabgorning balli tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Eng koʻp ball toʻplagan talabgorning yoki mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan asoslarga koʻra tanlovda ishtirok etgan talabgorning balli tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlsa, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Notarius lavozimida ishlayotgan shaxs tanlovda ishtirok etib, tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan taqdirda egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topiladi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
28. Ballar teng boʻlib qolganda, tanlov gʻolibi eng koʻp bir xil ball olgan talabgorlar orasidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
Eng koʻp ovoz olgan talabgor tanlovda gʻolib deb topiladi. Ovozlar takroran teng boʻlib qolsa, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.
281. Tanlovda gʻolib deb topilmagan va olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning kamida 50 foizini toʻplagan talabgorlarga ularning roziligi bilan komissiyaning ushbu majlisi davomida tanlov oʻtkazilgan, biroq unda gʻolib aniqlanmagan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda ikki marta eʼlon berilgan, lekin ushbu boʻsh oʻringa birorta ham talabgor tanlovda ishtirok etmagan boshqa boʻsh notarius oʻrnida ishlash taklif etilishi mumkin.
(281-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-8, 20.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 561-modda)
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan talabgorlarga notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqish davrida uning oʻrnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash taklif etilishi mumkin.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-8, 20.06.2017-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 561-modda)
Agar talabgor taklif etilgan boʻsh notarius oʻrnida ishlashga rozi boʻlsa, bu haqda komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.
282. Soʻnggi olti oy davomida oʻtkazilgan tanlovlarda ketma-ket ikki marta ishtirok etib, ularning har birida olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgor ikkinchi tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy davomida eʼlon qilingan tanlovlarga qoʻyilmaydi.
(282-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-8, 20.06.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 561-modda)
29. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi va u komissiya raisi, masʼul kotibi va tanlovda qatnashgan boshqa komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
tanlov oʻtkazish joyi va sanasi, tanlovning boshlanish va yakunlanish vaqti;
tanlovda qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati;
tanlovga kelgan va kelmagan talabgorlar roʻyxati;
Oldingi tahrirga qarang.
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
har bir talabgor tomonidan olingan savollar mazmuni;
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
talabgor tomonidan savollarga javob bergan yoki javob bera olmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(29-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida komissiya aʼzolari tomonidan berilgan savollar va talabgorning unga javob bergan yoki javob bera olmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
baholash byulletenlaridagi ballarni hisoblash natijalari, shu jumladan har bir talabgor tomonidan toʻplangan ballar;
(29-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
tanlov gʻolibi mazkur Nizom talablariga koʻra ovoz berish yoʻli bilan aniqlangan boʻlsa — ovoz berish natijalari;
tanlov oʻtkazish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar;
tanlov yakunlari boʻyicha komissiya qarori, shu jumladan tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor;
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Talabgorlar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda komissiya qarori shu kunning oʻzida tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.
tanlov varaqalari, baholash byulletenlari, komissiya aʼzolari roʻyxati hamda yigʻma baholash byulleteni majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.
(29-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
30. Komissiya majlisining bayonnomasi bir nusxada tuziladi. Tanlovdan soʻng uch kun ichida bayonnomadan koʻchirma tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun adliya boshqarmasiga yuboriladi. Bayonnoma tanlov boʻyicha yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-8, 20.06.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 561-modda)
IV. Talabgordan notarius qasamyodini qabul qilish
31. Tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor komissiya majlisida “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga asosan quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
32. Talabgor notarius qasamyodi matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.
Mazkur hujjat ham komissiya majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
33. Tanlovda gʻolib deb topilgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishi deb hisoblanadi.
V. Notarius lavozimiga tayinlash
34. Komissiyaning tanlov yakunlari boʻyicha qabul qilgan qarori tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlashga asos boʻladi.
Agar talabgor notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi davrida uning oʻrnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash uchun tayinlangan boʻlsa, u bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va tegishli buyruq chiqariladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
35. Tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash Toshkent shahri boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha esa tegishli adliya boshqarmasining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash haqidagi buyruq komissiya bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
VI. Tanlovda ishtirok etishdan yoki notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechish
36. Talabgor tanlovning har qanday bosqichida, shuningdek notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingunga qadar tanlovda ishtirok etishdan yoki notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishga haqli. Buning uchun talabgor bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki tegishli adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Bunday talabgorlar olti oy davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi.
Agar tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki adliya boshqarmasiga mehnat shartnomasini tuzish va notarius lavozimiga tayinlanish uchun murojaat qilmasa, bu holat notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechish deb hisoblanadi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
37. Agar tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilingunga qadar notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechsa, tanlovda mazkur talabgordan soʻng eng yuqori ball olgan talabgor komissiya qarori asosida notarius lavozimiga tayinlanadi. Bunda ushbu talabgor tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning kamida 50 foizini toʻplagan hamda mazkur Nizomning 281-bandiga muvofiq boshqa boʻsh notarius oʻrniga tayinlanmagan boʻlishi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
38. Mazkur Nizomning 17-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq tanlov kuni kelmaganligi sababli tanlovda ishtirok etmagan talabgorlar bir yil davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
VII. Tanlov boʻyicha hujjatlarni yuritish
39. Oʻtkazilgan har bir tanlov boʻyicha materiallar ishchi organning alohida yigʻma jildida yuritiladi.
40. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar har bir tanlov boʻyicha yigʻma jildlarga tikilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (doimiy saqlanishi nazarda tutilgan komissiya qarori va bayonnomasidan tashqari) oʻn yil mobaynida saqlanadi.
VIII. Yakuniy qoidalar
41. Komissiya qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
411. Tanlov oʻtkazish jarayoni videotasvirga olinishi va internet tarmogʻida toʻgʻridan toʻgʻri uzatilishi mumkin.
(411-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎_________________________________ da stajirovka oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslar haqida

‎‎(adliya boshqarmasining nomi)

‎‎M A ʼ L U M O T

��

‎‎‎‎20__ yil “___” _________ holatiga

T/r‎ Stajirovka oʻtagan va malaka imtihoni topshirgan shaxsning F.I.O. ‎ Stajirovka oʻtalgan muddat (boshlangan va tugagan yil, oy, kun koʻrsatilgan holda) ‎ Qayerda va kim boʻlib ishlaydi ‎ Oliy malaka komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish haqida adliya boshqarmasi tomonidan necha marta ogohlantirilgan‎ Oliy malaka komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlarda necha marta ishtirok etgan (ishtirok etgan yil, oy, kun koʻrsatilgan holda) ‎ Oliy malaka komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlarda toʻplangan ballar (har bir tanlovda olingan ball alohida koʻrsatiladi) ‎ Oliy malaka komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlarda ishtirok etmagan boʻlsa, sababi‎ Izoh

Adliya boshqarmasi boshligʻi‎‎

____________

_____________________‎

‎‎(imzo)

(F.I.O.)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
20__ yil “___” ____________‎

‎‎Talabgor_______________________________ga

__________-son‎ (talabgorning F.I.O.)‎

‎‎___________________________________
‎___________________________________
‎___________________________________

(talabgorning yashash manzili)‎


‎X A B A R N O M A

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan _____________________________________
‎________________________________________________________________ notarius lavozimiga

(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)

oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi.

‎‎_______________________________________________________________________

(tanlovda ishtirok etishni rad etish sabablari, Nizomning qaysi bandlari

_______________________________________________________________________

buzilganligini koʻrsatgan holda sanab oʻtiladi)

_________________________________________________________ sababli Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga muvofiq Sizga tanlovda ishtirok etish rad etildi.


‎Oliy malaka komissiyasi
masʼul kotibi



‎_____________‎



‎_______________________‎

(imzo)

(F.I.O.)

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 23-yanvardagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-7, 23.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 4-son, 56-modda)
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
20__ yil “___” __________‎

‎‎Talabgor__________________________ga

________-son‎ (talabgorning F.I.O.)‎

‎‎___________________________________
‎___________________________________
‎___________________________________

(talabgorning yashash manzili)‎


‎X A B A R N O M A

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan________________________
‎_____________________________________________________notarius lavozimiga

‎(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)‎

oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha _____________________________________________
_______‎____________________________________________________ sababli hamda

(tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish sabablari aniq koʻrsatilishi lozim)‎‎

Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ___-bandiga muvofiq tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosaga kelindi.

Qayta eʼlon beriladigan tanlovda ishtirok etish uchun takroran hujjatlar topshirishingiz mumkinligi bildiriladi*.


‎Oliy malaka komissiyasi masʼul kotibi


‎_______________________‎


‎_______________________‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

* Tanlovda ishtirok etish kuni kelmagan yoki tanlovda ishtirok etishdan yoxud tanlovda qatnashishni davom ettirishdan voz kechgan talabgorlarga yuborilgan xabarnomada mazkur xatboshi yozilmaydi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 23-yanvardagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-7, 23.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 4-son, 56-modda)
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
20__ yil “___” ____________‎

‎‎Talabgor_______________________________ga

___________-son‎ (talabgorning F.I.O.)‎

‎‎___________________________________
‎___________________________________
‎___________________________________

(talabgorning yashash manzili)‎


‎X A B A R N O M A

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan______________________________________ ________________________________________________________________ notarius lavozimiga
(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)

oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi va Siz tanlovda ishtirok etishga qoʻyildingiz.

Tanlov 20___ yil ___ _______ kuni soat __:__da Oʻzbekiston Res�ublikasi Adliya vazirligi binosining ____ xonasida (katta majlislar zalida) oʻtkaziladi.

Tanlov kuni kelmasangiz, Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) 38-bandiga muvofiq keyingi tanlovlarga bir yil davomida qoʻyilmasligingiz toʻgʻrisida ogohlantirilasiz.


‎Oliy malaka komissiyasi
masʼul kotibi



‎_______________‎



‎_______________________‎

(imzo)

(F.I.O.)

(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 23-yanvardagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-7, 23.01.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 4-son, 56-modda)
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining muhri

‎‎______________________________________ notarius lavozimiga tanlov boʻyicha

‎‎(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)


‎TANLOV VARAQASI

‎Talabgorning (F.I.O.) __________________________________________________
‎‎1-savol: _______________________________________________________________
‎‎2-savol: _______________________________________________________________
‎‎‎‎3-savol: _______________________________________________________________
‎‎4-savol: _______________________________________________________________‎‎
‎‎‎5-savol: _______________________________________________________________
‎‎Javoblar: _____________________________________________________________


‎‎Komissiya aʼzosi:
_______‎


‎Komissiya aʼzosi:
______‎


‎‎Komissiya aʼzosi:
______‎

(imzo)‎

(imzo)‎

(imzo)‎

Komissiya aʼzosi: _______‎ Komissiya aʼzosi: ______‎ Komissiya aʼzosi: ______‎

(imzo)‎

(imzo)‎

(imzo)‎

Komissiya aʼzosi: _______‎ Komissiya aʼzosi: ______‎ Komissiya aʼzosi: ______‎

(imzo)‎

(imzo)‎

(imzo)‎

Komissiya aʼzosi: _______‎ Komissiya aʼzosi: ______‎ Talabgor: _____________‎

(imzo)‎

(imzo)‎

(imzo)‎ ‎

(Tanlov varaqasining har bir varagʻida komissiya aʼzolarining va talabgorning imzolari boʻlishi shart)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 22-fevraldagi 100-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-11, 22.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

M.Oʻ.


zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Oliy malaka komissiyasi aʼzosining

BAHOLASh BYuLLETENI

T/r

Talabgorlarning
F.I.O.

Tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi

Qoʻyilgan
ballar


Komissiya aʼzosi:
________________________________ /__________/

(F.I.O.)

(imzo)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

__________________________________________

(Oliy malaka komissiyasi raisining F.I.O., imzosi, sana)

M.Oʻ.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Oliy malaka komissiyasining ____-son majlisida ishtirok
etgan komissiya aʼzolari

ROʻYXATI

T/r

F.I.O.

Lavozimi

Oliy malaka komissiyasi majlisiga kelganligi haqida imzo

Baholash byulletenini olganligi haqida imzo

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎‎‎‎‎_______________________________________________
‎‎ ‎(Oliy malaka komissiyasi raisining F.I.O., imzosi, sana) ‎


‎‎‎M.Oʻ.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi ‎Oliy malaka komissiyasining
‎‎ _______-son majlisi ‎ ‎

‎YIGʻMA BAHOLASh BYuLLETENI ‎

T/r‎‎‏‎

‎Talabgorlarning F.I.O.

Tanlov oʻtkazilayotgan
‎davlat notarial idorasining nomi‎‏

Komissiya aʼzolarining F.I.O. va ular tomonidan qoʻyilgan ballar

Jami‎‏‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

F.I.O.‎

‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
‎‎
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-sentabrdagi 300-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-9, 13.09.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 1022-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 498-modda; 2011-y., 40-son, 435-modda; 2012-y., 23-24-son, 271-modda; 2014-y., 24-son, 296-modda, 52(I)-son, 647-modda; 2015-y., 20-son, 267-modda, 52-son, 654-modda; 2017-y., 4-son, 56-modda, 25-son, 561-modda, 37-son, 1022-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2165-10/0523-son, 22.02.2018-y., 10/18/2165-11/0801-son)