|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.03.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI AVTOMATLAShTIRILGAN BANK TIZIMLARIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1552-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/8-son qarori (roʻyxat raqami 1552, 2006-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-noyabr,
37/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/3 sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Arxiv ishi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda), “Axborotlashtirish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2004-y., 6-son, 67-modda), “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 136-modda), “Bank siri toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2003-y., 19-son, 174-modda), “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 12-modda) va “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 112-modda) qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.”.
2. 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida maʼlumotlar kiritish va oʻzgartirish vakolatiga ega boʻlgan har bir masʼul xodimning ishchi stansiyalari mazkur tizimga ulanishga ruxsat beruvchi apparat — dasturiy qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.”.
3. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“71.Tizimga ulanishga ruxsat beruvchi apparat – dasturiy qurilmalarni boshqa shaxslarga berish va qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.”.
4. 11-band quyidagi tahrirdagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Elektron toʻlov tizimi orqali joʻnatilayotgan yoki qabul qilinayotgan barcha elektron toʻlov hujjatlari soʻnggi bazaga ega antivirus dasturi tekshiruvidan oʻtkazilishi shart.”.
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUHITDINOV
2010-yil 15-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 463-modda)