Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XOʻJALIGINI GIDROMETEOROLOGIK TAʼMINLAShNI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalq xoʻjaligini gidrometeorologik taʼminlashni yaxshilash, gidrometeorologiya xizmatining ilmiy-texnika bazasini mustahkamlash, tabiat hodisalari tufayli kelib chiqqan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Boshgidromet” boshqarmasi:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha agrometeorologik postlarni oqilona joylashtirish, ularni priborlar va asbob-uskunalar bilan jihozlash, ular ishiga uslubiy rahbarlik qilishni taʼminlash, texnik xodimlarni oʻrgatish ishlarini amalga oshirsin;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tezkor gidrometeorologik axborotning birlashgan tizimini yaratish haqidagi taklifni ishlab chiqsin va 1995-yil 1-iyulgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi hamda Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda gidrometeorologik kuzatishlarni amalga oshirish uchun zamonaviy priborlar va asbob-uskunalar yaratish va ularni respublikada ishlab chiqarish dasturi loyihasini tayyorlasin hamda 1995-yil 1-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Boshgidromet” boshqarmasiga 1995-yilda 1 va 2-ilovalarga muvofiq priborlar va asbob-uskunalar xarid qilish maqsadida Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi orqali sotib olinadigan 844 mln Rossiya rubli va 108 ming AQSh dollarini soʻm bilan qoplash uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratsin;
har yili respublika budjetida “Boshgidromet” boshqarmasi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitoblarni hisobga olgan holda koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga mablagʻlarni nazarda tutsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
“Boshgidromet” boshqarmasini uning buyurtmanomalari boʻyicha gidrometeorologik jarayonlarga faol taʼsir koʻrsatish uchun zarur boʻlgan moddalar bilan taʼminlasin;
“Boshgidromet” boshqarmasi bilan birgalikda bu moddalarni transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining dehqonchilik sanoati majmui boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.
1995-yil 27-fevral.
70-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-fevraldagi 70-son qaroriga
1-ILOVA
MDH mamlakatlaridan Rossiya rubliga xarid qilinadigan
priborlar, asbob-uskunalar va materiallar
ROʻYXATI

NOMI‎

Miqdori
‎(dona)‎

Qiymati
‎(mln Rossiya rubli) ‎

Har xil termometrlar‎ 10000‎ 100‎
MRZ-ZA radiozondlar‎ 266‎ 63,84‎
Har xil gidrometeorologik asbob- uskunalar‎ -‎ 400‎
Porshenli ichki yonish dvigatelli elektr generator qurilmalari‎ 15‎ 30‎
Fototelegraf apparatlari‎ 23‎ 160‎
Radiostansiyalar‎ 26‎ 90,8‎
JAMI:‎ 844,64‎
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 27-fevraldagi 70-son qaroriga
2-ILOVA
Erkin almashtiriladigan valyuta (AQSh dollari)ga xarid qilinadigan asbob-uskunalar va xarajat qilinadigan materiallarga boʻlgan
EHTIYOJ

NOMI‎

Miqdori
‎(dona)‎

Qiymati
‎(ming AQSh dollari) ‎

Dasturiy taʼminlangan maxsus kompyuterlar negizida xabarlarni jamlash markazi (INTELKOM.Italiya- Rossiya)‎ 1 ‎ 78 ‎
MD-200 magnit disklari paketlari (BASF firmasi, Germaniya )‎ 30‎ 30‎
JAMI‎ 108‎