Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 25-moddasiga muvofiq, shuningdek yongʻin-texnik mahsulotlari sifatini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarining ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-aprel,
77-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-apreldagi 77-son qaroriga
ILOVA
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. 24-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 241-pozitsiya qoʻshilsin:

241.‎

Yongʻin oʻchirish kukunlari (natriy bikarbonati tarkibidagi)‎

2836 30 000 0‎

2. 28-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 281-pozitsiya qoʻshilsin:

281.

Boʻyoq va loklar (faqat yongʻindan himoyalovchi)

3209 90 000 0

3. 32-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 321-pozitsiya qoʻshilsin:

321.

Yongʻin oʻchirgichlar uchun tarkiblar va zaryadlar

3813 00 000 0

4. 361-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 362-pozitsiya qoʻshilsin:

362.

Yongʻin oʻchiruvchilarning tabiiy charmdan tayyorlangan qutqaruv belbogʻlari

4203 30 000 0

5. 42-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 421-pozitsiya qoʻshilsin:

421.

Arqonlar (faqat yongʻin oʻchiruvchilarni ehtiyot qilish uchun ishlatiladigan)

5607 49 190 0 — 5607 90 900 0

6. 43-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 431-pozitsiya qoʻshilsin:
431. Yongʻin oʻchirish yengliklari 5909 00 100 0, 5909 00 900 0
7. 44-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 441-pozitsiya qoʻshilsin:
441. Yongʻin oʻchiruvchilar uchun professional kiyim-bosh komplektlari 6203 22 100 0, 6203 23 100 0
8. 46-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 461-pozitsiya qoʻshilsin:
461. Yongʻin oʻchiruvchilarning toʻqimachilik materialidan qutqaruv belbogʻlari 6307 20 000 0
9. 471-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
471. Yongʻin oʻchiruvchilarning kaska va shlemlari.
‎Sport uchun moʻljallangan bosh kiyimlari
6506 10
‎6506 10 800 0*,
‎6506 91 000 0*
10. 51-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 511-pozitsiya qoʻshilsin:
511. Yongʻin oʻchiruvchilar karabinlari 7326 90 910 0,
‎7326 90 930 0,
‎7326 90 980 9
11. 52-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 521-pozitsiya qoʻshilsin:
521. Yongʻin oʻchirish asbob-uskunalari uchun ulagichlar 7609 00 000 0
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 132-modda)