Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.05.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTONDA MILLIY RAQS VA XOREOGRAFIYA SANʼATINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ–2778-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda milliy raqs va xoreografiya sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 8-yanvardagi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. M.Turgʻunboyeva nomidagi “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi Nizomi, uning tarkibiga kiruvchi ijodiy jamoalar va tashkilotlar roʻyxati, birlashma direksiyasi shtatlar jadvali va tuzilishi 1, 2, 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzbekraqs” birlashmasi bir oy muddatda birlashma tarkibiga kiruvchi jamoalarning amaldagi tuzilmasi va Nizomini koʻrib chiqib, tasdiqlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekraqs” birlashmasiga Bosh direktor — Boshqaruv raisi rahbarlik qiladi. Bosh direktor Madaniyat va sport ishlari vazirligining hayʼati aʼzosi hisoblanadi.
Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
4. “Oʻzbekraqs” birlashmasi qoshida ijodiy jamoalarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida maxsus Jamgʻarma tashkil etilsin.
Davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamda mulkchilik shakllari, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, boshqa muassasalar, shuningdek xorijiy tashkilotlar Jamgʻarma hammuassislari boʻlishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda “Oʻzbekraqs” birlashmasi qoshidagi maxsus Jamgʻarma nizomini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
5. Toshkent shahar hokimligi M.Turgʻunboyeva nomidagi “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasini Mustaqillik maydoni, 5-uyga, shu jumladan, “Bahor” konsert zaliga joylashtirishni hal qilsin.
6. “Oʻzbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi va “Oʻzteleradio” kompaniyasi bir oy muddat ichida “Oʻzbekraqs” birlashmasi tarkibiga kirayotgan raqs jamoalarining mulklarini oʻz balanslaridan uning balansiga oʻtkazsinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, “Tanovar” ansambli “Oʻzteleradio” kompaniyasi binosida oʻzi egallab turgan xona, zal va studiyalardan ijara haqi toʻlamasdan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzbekraqs” birlashmasini 2002-yildan toʻla xoʻjalik hisobida va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida ishlashga oʻtkazish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabini Toshkent shahar, Yusuf Xos Hojib koʻchasi, 31-uyga joylashtirsin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oliy maktab Nizomi va tuzilmasini, oʻquv rejalari va dasturlarini hamda mutaxassisliklar roʻyxatini tasdiqlasin;
1997-1998 oʻquv yilidan eʼtiboran mashgʻulotlarni boshlash uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
milliy raqs va xalq ijodiyotini rivojlantirish, yosh isteʼdod egalarini aniqlash maqsadida har yili M.Turgʻunboyeva nomidagi respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan belgilangan imtiyozlar Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabiga, shuningdek “Oʻzbekraqs” birlashmasiga ham joriy etilsin.
9. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi mashgʻulot zalining qurilishi uchun yer maydoni ajratsin.
10. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi mashgʻulot zalining qurilishini 1998-yilgi investitsiya dasturida belgilangan tartibda inobatga olsin.
Mashgʻulot zalining qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligi bosh buyurtmachi etib belgilansin va vazirlik bosh pudratchini aniqlash uchun tender eʼlon qilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
“Oʻzbekraqs” birlashmasi toʻliq oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtgunga qadar davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlashni saqlab qolsin;
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi hamda “Oʻzbekraqs” birlashmasi binolarini taʼmirlash uchun Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmasiga muvofiq 1997-1999-yillar mobaynida mablagʻ ajratsin;
M.Turgʻunboyeva nomidagi respublika koʻrik-tanlovi sovrindorlarini taqdirlash uchun 4-ilovaga muvofiq har yili zarur mablagʻlarni ajratishni nazarda tutsin;
“Oʻzbekraqs” birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 5-ilovaga muvofiq mablagʻ ajratsin;
“Oʻzbekraqs” birlashmasi direksiyasiga xizmat koʻrsatish uchun 2 ta, Oliy maktab uchun 1 ta yengil avtomobilga limit ajratsin.
12. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi “Oʻzbekraqs” birlashmasi va Oliy maktabga ajratilgan limitga muvofiq transport xizmati koʻrsatishni taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitob qilish uchun “Oʻzbekraqs” birlashmasi va Oliy maktabga belgilangan tartibda pul mablagʻlarini erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlashni taʼminlasin.
14. “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan xorijiy va qoʻshma korxonalar(tashkilotlar)ga Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarorida musiqa va raqs sanʼatining belgilangan turlari bilan shugʻullanishga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olishlari uchun oʻrnatilgan tartibda xulosa berish va taklif kiritish vakolati berilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Oʻzbekraqs” birlashmasi va Oliy maktab uchun hukumat va shahar telefon aloqasi oʻrnatishni taʼminlasin.
16. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-apreldagi 163-son qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
2-ilovaning 1, 2, 3, 12, 13, 22-bandlari chiqarib tashlansin;
mazkur roʻyxat quyidagi mazmundagi bandlar bilan toʻldirilsin:
“Tomosha” bolalar teatr studiyasi
“Oʻzbekiston” ashula va raqs ansambli”.
2-ilovaning tartib raqami tegishli oʻzgarishlar bilan toʻgʻrilansin.
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 21-fevral,
101-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 101-son qaroriga
1-ILOVA
Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi (bundan buyon matnda “Oʻzbekraqs” deb ataladi) raqs jamoalari va alohida ijrochilarni ixtiyoriylik asosida tanlov yoʻli bilan birlashtiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi mustaqil ijodiy ishlab chiqarish tuzilmasidir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
2. “Oʻzbekraqs” tarkibiga, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar kirishlari mumkin.
3. “Oʻzbekraqs” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. “Oʻzbekraqs” yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga ega boʻladi, alohida mulkka egalik qiladi, oʻz nomidan mamlakatimizdagi va xorijdagi hamkorlar bilan turli shartnoma, bitimlar tuzishi, mulkiy va shaxsiy, mulkiy boʻlmagan huquqlar va majburiyatlar olishi, sud organlarida daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
5. “Oʻzbekraqs” manzili: Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy, “Bahor” konsert zali.
II. MAQSAD VA VAZIFALARI
6. “Oʻzbekraqs” mamlakatda milliy raqs sanʼatini rivojlantirish, ijodiy jamoalar va alohida ijrochilarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun kuch va mablagʻlarni birlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
7. Quyidagilar “Oʻzbekraqs”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻzbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga noyob meros sifatida oʻtib kelayotgan jozibali raqs namunalarini toʻplash, boyitish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuygʻularini singdirish, ularda milliy madaniyatimiz, qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom hislarini yuksaltirish;
mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yoʻnalishlarini asrash, avaylash, shu asosda yangi badiiy jamoalar tuzish, mustaqillik maʼnaviyatini va istiqlol gʻoyalarini tarannum etuvchi, xalqimizga estetik, zavq bagʻishlovchi zamonaviy oʻzbek raqs maktabini yaratish;
birlashma tarkibidagi ijodiy jamoalarning tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik masalalarini echish, ularni musiqa asboblari, rang-barang raqs liboslari, zamonaviy radioelektron texnika, zarur anjomlar bilan taʼminlash;
raqs sanʼatini Oʻzbekiston xalqi, chet mamlakatlar jamoatchiligi orasida targʻib qilish, ansambllarning keng koʻlamli dasturlarga asoslangan samarali gastrol faoliyatini uyushtirish, reklama-tijorat ishlarini yoʻlga qoʻyish;
ijodiy jamoalar va alohida ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish;
raqs sohasida gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish, aholining estetik talab va takliflarini oʻrganish;
xorijiy firmalar bilan madaniy, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish yuzasidan oʻzaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi shakllarini yoʻlga qoʻyish;
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
“Oʻzbekraqs” tarkibidagi jamoalar hamda alohida ijrochilar faoliyatiga rahbarlik qilishning samarali tizimini yaratish, tashabbuskorlikni ragʻbatlantirishning zamonaviy shakllari va uslublarini joriy etish.
III. “OʻZBEKRAQS”NING HUQUQLARI
8. “Oʻzbekraqs” oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda:
mamlakatda va xorijda gastrol-konsert faoliyatining keng koʻlamli dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shou-dasturlar, dam olish kechalari, festivallar, koʻriklar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi;
raqs, musiqa sanʼatini rivojlantirish, ijodiy jamoalar va ijrochilarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yosh isteʼdodlarni izlab topish hamda ragʻbatlantirish maqsadida maxsus Jamgʻarma tashkil etadi;
madaniy tadbirlar uchun chiptalar narxining cheklangan darajasini tegishli tartibda belgilaydi;
marketing, menejment va reklama sohasida xizmatlar koʻrsatadi;
audio dasturlarni yozish, koʻpaytirish, ijaraga berish va sotish shoxobchalarini ochadi;
yangi musiqiy va sheʼriy asarlarni sotib oladi, yangi konsert dasturlarini yaratadi;
madaniyat va raqs sanʼati sohasida axborotlar bazasini yaratadi, xorijiy tashkilotlar, vakilliklar va firmalarni bu sohadagi yangiliklar haqida xabardor qiladi;
xorijiy mamlakatlar ijodiy jamoalari bilan hamkorlik qiladi.
IV. “OʻZBEKRAQS”NING MABLAGʻLARI
9. “Oʻzbekraqs”ning mablagʻlari:
budjetdan ajratmalar yoki boshqa markazlashtirilgan mablagʻlar;
ishlab chiqarish, xoʻjalik va moliya faoliyatidan tushgan daromadlar;
oʻz tarkibidagi davlat budjetidan dotatsiya olmaydigan tashkilot, korxona va muassasalarning foydasidan ajratmalar;
qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil topadi.
10. “Oʻzbekraqs” oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk va mablagʻlardan oʻz qatnashchilari manfaatlari yoʻlida foydalanadi, ham mamlakat hududida, ham uning tashqarisida har qanday koʻchadigan va koʻchmas mulkni qurishi va rekonstruksiya qilishi, sotib olishi, ajratishi, ijaraga olishi va ijaraga berishi, ularga nisbatan qonunga xilof boʻlmagan boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.
11. “Oʻzbekraqs” mustaqil va yigʻma balanslariga ega boʻladi. Birlashmaning mol-mulki mustaqil balansda aks ettiriladi.
12. “Oʻzbekraqs” davlat korxonalari uchun belgilangan qoidalar boʻyicha buxgalterlik hisobini tashkil etadi.
V. “OʻZBEKRAQS”NING QATNAShChILARI, ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
13. Yuridik yoki jismoniy shaxslar hisoblanuvchi, mazkur Nizom, boshqa taʼsis hujjatlari talablarini tan oluvchi, birlashma vazifalariga muvofiq madaniy, ishlab chiqarish, xoʻjalik hamda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi madaniyat va sanʼat tashkilotlari, muassasalari, korxonalar va birlashmalar “Oʻzbekraqs” qatnashchilari boʻlishlari mumkin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan belgilangan imtiyozlar Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga, shuningdek “Oʻzbekraqs” birlashmasiga ham joriy etiladi.
15. Qatnashchi tashkilotlar:
birlashma va uning tizimidagi korxonalar xizmatlaridan shartnoma asosida foydalanish;
oʻzining rivojlanishi yoʻlida birlashmaning ijodiy, ilmiy-texnik ishlanmalaridan va mahsulotlaridan ustuvor darajada foydalanish;
birlashmaning qoʻmita faoliyat hujjatlarida va muhrlarida “Oʻzbekraqs” ramzidan foydalanish;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq belgilangan majburiyatlarni saqlagan holda kamida olti oy oldin birlashma boshqaruvini xabardor qilib, birlashmadan chiqish huquqiga ega.
16. “Oʻzbekraqs” qatnashchisi:
mazkur Nizomga rioya qilishga;
birlashmaning boshqa qatnashchilari bilan qoʻshma faoliyat shartlarini bajarishga;
qoʻshma faoliyat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishga majburdir.
17. Qatnashchi tashkilot:
“Oʻzbekraqs” yoki uning har qanday qatnashchisi bilan tuzilgan shartnomalarni bajarmaganligi uchun ushbu shartnomalar va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda javob beradi;
“Oʻzbekraqs” toʻgʻrisidagi Nizom qoidalariga rioya qilmaganligi uchun birlashma tarkibidan chiqarilishi mumkin.
VI. “OʻZBEKRAQS”NING BOShQARUV TIZIMI
18. “Oʻzbekraqs” birlashmasiga Bosh direktor rahbarlik qiladi. Bosh direktor rahbarligidagi boshqaruv uning tasarruf etuvchi organi hisoblanadi.
Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
“Oʻzbekraqs”ning Bosh direktori Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hayʼatining aʼzosi hisoblanadi.
Boshqaruv “Oʻzbekraqs”ning Bosh direktori, uning oʻrinbosarlari, birlashma tarkibidagi jamoalar badiiy rahbarlari va yetakchi mutaxassislardan tashkil topadi. Boshqaruv aʼzolari sonini va tarkibini Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasdiqlaydi.
(18-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 157-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 192-modda)
“Oʻzbekraqs” birlashmasi direksiyasi qoshida yetakchi badiiy jamoalar va hududiy boʻlinmalarning rahbarlaridan, mutaxassislardan iborat badiiy kengash tuziladi.
19. Bosh direktor oʻz vakolati doirasida “Oʻzbekraqs” boshqaruvi va uning tasarrufidagi korxona va tashkilotlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va birlashma faoliyatiga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarni chiqaradi.
20. Bosh direktor xodimlarni mustaqil ravishda ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi.
VII. “OʻZBEKRAQS”NI TUGATISh
21. “Oʻzbekraqs” birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda tugatilishi, qayta tuzilishi yoki boshqa ijodiy tashkilotlar bilan birlashtirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 101-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzbekraqs” birlashmasi tarkibiga kiruvchi jamoalar
ROʻYXATI
1. “Bahor” davlat xalq raqs ansambli
2. “Zarafshon” davlat folklor ansambli
3. “Lazgi” davlat vokal-xoreografiya ansambli
4. “Tanovar” milliy raqs ansambli
5. “Bahor” konsert zali
6. Milliy raqs jamgʻarmasi
7. “Oʻzbekraqs” birlashmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi ansambllari:
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli (Qoraqalpogʻiston)
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-iyuldagi 246-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 31-son, 375-modda)
“Sumalak” milliy raqs ansambli (Andijon)
“Lola” milliy raqs ansambli (Buxoro)
“Guliraʼno” milliy raqs ansambli (Jizzax)
“Momogul” raqs ansambli (Qashqadaryo)
“Navoiy navolari” ansambli (Navoiy)
“Namangan gullari” milliy raqs ansambli (Namangan)
“Samarqand bahori” raqs ansambli (Samarqand)
“Doʻstlik” ansambli (Sirdaryo)
“Boysun” folklor-etnografik ansambli (Surxondaryo)
“Guldasta” ansambli (Surxondaryo)
“Shalola” ansambli (Toshkent viloyati)
“Anor” qoʻshiq va raqs ansambli (Fargʻona)
“Kamalak” ansambli (Fargʻona)
“Xorazm navolari” milliy raqs ansambli (Xorazm)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 101-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzbekraqs” birlashmasi direksiyasi shtatlar jadvali (texnik xodimlardan tashqari)

Nomi‎

Xodimlar soni‎

Bosh direktor‎ 1‎
Bosh direktor oʻrinbosari — badiiy rahbar‎ 1‎
Bosh direktor oʻrinbosari — ijrochi direktor‎ 1‎
Ijodiy boʻlim‎ 3‎
Gastrol-konsert faoliyati, axborot va repertuar boʻlimi‎ 3‎
Iqtisodiyot, hisob-kitob va moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi‎ 3‎
Xalqaro aloqalar, reklama va tijorat boʻlimi‎ 3‎
Kadrlar boʻyicha inspektor‎ 1‎
JAMI:‎ 16‎
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 101-son qaroriga
3a-ILOVA
“Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi
TUZILIShI
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 101-son qaroriga
4-ILOVA
Milliy raqs ijrochiligi boʻyicha M.Turgʻunboyeva nomidagi tanlov gʻoliblari uchun belgilangan
MUKOFOTLAR
Mukofotlar Soni‎ Miqdori (eng kam ish haqiga nisbatan barobarda)‎
1.‎ Birinchi mukofot‎ 1‎ 70‎
2.‎ Ikkinchi mukofot‎ 2‎ 50‎
3.‎ Uchinchi mukofot‎ 2‎ 30‎
‎‎Jami 5‎
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-fevraldagi 101-son qaroriga
5-ILOVA
“Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur mablagʻlar

(ming soʻm)‎

Nomi‎‎

1997-yil‎ 1998-yil‎ Jami‎
1.‎ Teatr-konsert jamoalari uchun maxsus asbob-uskunalarga‎ 3 765,5‎ 21 484,5‎ 25 250,0‎
2.‎ Liboslar, musiqa asboblari va sahnalashtirish uchun maxsus anjomlarga 17 781,0‎ 29 216,0‎ 46 997,0‎

‎‎Hammasi‎:

21 546,5‎ 50 700,5‎ 72 247,0‎