

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1584627" id="onLBC-1584627">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9432"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.02.00 Mehnat masalalari boʻyicha bitimlar / 19.03.02.01 MXT konvensiyalari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1584627" id="onLS-1584627">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;</span></div><div id="LS3781"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]</span></div></div></div><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-5873677" id="-5873677">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1584633" id="-1584633">Bolalar mehnatining eng yomon shakllari toʻgʻrisidagi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1584634" id="-1584634">182-son-Konvensiya</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-1584635" id="-1584635">1999-yil 17-iyun, Jeneva</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1584637" id="-1584637">Mazkur Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-apreldagi OʻRQ-144-sonli “Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Jeneva, 1999-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi <a href="/ru/acts/-1334387">Qonuni </a>bilan ratifikatsiya qilingan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2537290" id="-2537290">(2009-yil 24-iyundan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5873678" id="-5873678"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873679" id="-5873679">Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873680" id="-5873680">Xalqaro Mehnat Byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1999-yilning 1-iyunida oʻzining 87-Sessiyasiga toʻplanib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873681" id="-5873681">milliy va xalqaro saʼy-harakatlarning, shu jumladan, xalqaro hamkorlik va xalqaro yordamning bosh ustuvor tamoyili sifatida bolalar mehnatini taqiqlash va uning eng yomon shakllariga barham berish uchun bolalar mehnati boʻyicha asosiy hujjat boʻlib qolayotgan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi 1973-yilgi Konvensiya va Tavsiyani toʻldiradigan yangi hujjatlarni qabul qilishni zarur deb hisoblab,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873682" id="-5873682">bolalar mehnatining eng yomon shakllariga samarali barham berish shoshilinch va har tomonlama saʼy-harakatlarni — bepul umumiy taʼlim hamda bolalarni shu turdagi barcha ishlardan xalos etish zaruratini hisobga olgan holda va ularning oilalari ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan holda ularning reabilitatsiyasiga va ijtimoiy integratsiyalashuviga koʻmaklashish maqsadida, — talab etishini eʼtiborga olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873683" id="-5873683">1996-yilda Xalqaro Mehnat Konferensiyasining 83-Sessiyasida qabul qilingan bolalar mehnatiga barham berish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani eslatib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873684" id="-5873684">bolalar mehnati koʻp jihatdan qashshoqlik oqibatida vujudga kelishini va bu masalaning uzoq muddatli yechimi ijtimoiy taraqqiyotga olib boradigan. xususan, qashshoqlikni tugatish va universal taʼlimni taʼminlaydigan barqaror iqtisodiy oʻsishga bogʻliqligini tan olib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873685" id="-5873685">Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani eslatib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873686" id="-5873686">Xalqaro Mehnat Konferensiyasining 1998-yildagi 86-Sessiyasida qabul qilingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining mehnat sohasidagi asosiy prinsiplari va huquqlari Deklaratsiyasini hamda ularni amalga oshirish mexanizmini eslatib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873687" id="-5873687">bolalar mehnatining ayrim eng yomon shakllari boshqa xalqaro hujjatlar, xususan Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi 1930-yilgi Konvensiya, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qullik va kul savdosini, kullikka oʻxshash institutlar va odatlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qoʻshimcha Konvensiyasi bilan qamrab olinishini eslatib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873688" id="-5873688">bolalar mehnatiga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining toʻrtinchi bandi hisoblanib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873689" id="-5873689">mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873690" id="-5873690">bir ming toʻqqiz yuz toʻqson toʻqqizinchi yil iyun oyining oʻn yettinchi kunida kuyidagi “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari toʻgʻrisidagi 1999-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873691" id="-5873691">1-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873692" id="-5873692">Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir aʼzosi bolalar mehnatini taqiqlash va uning eng yomon shakllariga barham berishni taʼminlash maqsadida darhol samarali chora-tadbirlar koʻradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873693" id="-5873693">2-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873694" id="-5873694">Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun “bola” atamasi 18 yoshgacha boʻlgan barcha shaxslarga qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873695" id="-5873695">3-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873696" id="-5873696">Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun “bolalar mehnatining eng yomon shakllari” atamasi quyidagilarni qamrab oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873697" id="-5873697">a) qullikning barcha shakllari yoki kullikka oʻxshash amaliyot, masalan, bolalarni sotish va ularning traffiki, qarz asosidagi qaramlik va krepostnoy tobelik, shuningdek, zoʻraki yoki majburiy mehnat, shu jumladan, bolalardan qurolli mojarolarda foydalanish uchun ularni zoʻrlab yoki majburlab jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873698" id="-5873698">b) fohishabozlik bilan shugʻullanish, pornografiya mahsulotlari tayyorlash yoki pornografik tomoshalarda ishtirok etish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873699" id="-5873699">s) qonunga xilof faoliyat bilan shugʻullanish uchun, xususan, tegishli xalqaro shartnomalarda belgilangani kabi, narkotiklar tayyorlash va sotish uchun boladan foydalanish, uni yollash yoki uni taklif qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873700" id="-5873700">d) bajarish xususiyatlari yoki sharoitiga koʻra bolalar sogʻligʻi, xavfsizligi va maʼnaviyatiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873701" id="-5873701">4-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873702" id="-5873702">1. Milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan, mehnatkashlar va ish beruvchilarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashilgandan soʻng, 3-moddaning <a href="/ru/acts/-1584627#-5873700">“d” kichik bandida </a>koʻrsatilgan ish turlari belgilanadi, bunda tegishli xalqaro standartlari, xususan, Bolalar mehnatining eng yomon shakllari toʻgʻrisidagi 1999-yilgi Tavsiyaning 3- va 4-bandlari qoidalari eʼtiborga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873703" id="-5873703">2. Vakolatli hokimiyat organi, mehnatkashlar va ish beruvchilarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashgandan soʻng, shu tariqa belgilangan ish turlari mavjudligini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873704" id="-5873704">3. Ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-1584627#-5873702">1-bandiga</a> muvofiq belgilangan ish turlari roʻyxati muntazam tahlil qilib boriladi va zaruratga qarab mehnatkashlar va ish beruvchilarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashib, qayta koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873705" id="-5873705">5-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873706" id="-5873706">Tashkilotning har bir aʼzosi, mehnatkashlar va ish beruvchilarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashgandan soʻng, mazkur Konvensiyani hayotga tatbiq etadigan qoidalar qoʻllanilishining nazoratini amalga oshirish uchun tegishli mexanizmlar yaratadi yoki bunday mexanizmlarni belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873707" id="-5873707">6-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873708" id="-5873708">1. Tashkilotning har bir aʼzosi ustuvor tartibda bolalar mehnatining eng yomon shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi harakat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873709" id="-5873709">2. Bunday harakat dasturlari tegishli hukumat idoralari hamda mehnatkashlar va ish beruvchilarning tashkilotlari bilan maslahatlashib ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, zarurat tugʻilgan holda boshqa tegishli guruhlar fikrlari eʼtiborga olinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873710" id="-5873710">7-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873711" id="-5873711">1. Tashkilotning har bir aʼzosi, mazkur Konvensiyani hayotga tatbiq etadigan qoidalarni samarali qoʻllash va ularga rioya etishini taʼminlash uchun, shu jumladan, jinoiy javobgarlikni joriy etish va qoʻllash orqali hamda vaziyatga qarab boshqa jazo choralarini qoʻllash orqali barcha zarur chora-tadbirlarni koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873712" id="-5873712">2. Tashkilotning har bir aʼzosi, bolalar mehnatiga barham berishda taʼlimning muhimligini eʼtiborga olgan holda, belgilangan muddatlarda quyidagilarga yoʻnaltirilgan samarali chora-tadbirlarni koʻradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873713" id="-5873713">a) bolalarni bolalar mehnatining eng yomon shakllariga jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslikka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873714" id="-5873714">b) bolalarning bolalar mehnatining eng yomon shakllar bilan mashgʻul boʻlishlarini toʻxtatishga, shuningdek, ularni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy integratsiyalash uchun zarurat va talab darajasida bevosita koʻmaklashishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873715" id="-5873715">s) bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan xalos etilgan barcha bolalar bepul umumiy taʼlim olishlari,shuningdek, ular uchun imkoniyat darajasida va zaruratga qarab kasbga oʻqish uchun sharoit yaratilishiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873716" id="-5873716">d) alohida xavfli ahvoldagi bolalarni aniqlash va qamrab olishga; xamda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873717" id="-5873717">e) qizlar ahvolining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olishga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873718" id="-5873718">3. Tashkilotning har bir aʼzosi mazkur Konvensiyani hayotga tatbiq etadigan qoidalar qoʻllanilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli hokimiyat organini tayinlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873719" id="-5873719">8-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873720" id="-5873720">Tashkilotning aʼzolari mazkur Konvensiya qoidalarini hayotga tatbiq etishda bir-biriga yordam berish maqsadida, mukammal xalqaro hamkorlik va/yoki yordam orqali, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash, qashshoqlikka qarshi kurash boʻyicha dasturlar hamda universal taʼlim orqali zarur choralarni koʻradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873721" id="-5873721">9-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873726" id="-5873726">Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873727" id="-5873727">10-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873728" id="-5873728">1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina birlashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873729" id="-5873729">2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin 12 oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873730" id="-5873730">3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin 12 oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873731" id="-5873731">11-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873732" id="-5873732">1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873733" id="-5873733">2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873734" id="-5873734">12-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873735" id="-5873735">1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873736" id="-5873736">2. Bosh direktor, ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni roʻyxatga olganligi haqida Tashkilot aʼzolariga xabar berganda, u Tashkilot aʼzolarining eʼtiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873737" id="-5873737">13-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873738" id="-5873738">Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti <a href="/ru/acts/-3102766">Ustavining </a>102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_AFTER_SRC"><div name="-5873739" id="-5873739">14-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873740" id="-5873740">Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873741" id="-5873741">15-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873742" id="-5873742">1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873743" id="-5873743">a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, <a href="/ru/acts/-1584627#-5873731">11-modda</a> qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873744" id="-5873744">b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873745" id="-5873745">2. Mazkur Konvensiya, xar qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5873746" id="-5873746">16-modda</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5873747" id="-5873747">Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.</div></div><div class="SIGNATURE_WITH_BOLD"><div name="-5873748" id="-5873748">(imzolar)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
