

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.06.2024
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1573098" id="onLBC-1573098">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6161"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar  (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1573098" id="onLS-1573098">[<b>TSZ:</b><div id="LS3733"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Standartlashtirish. Sertifikatlash]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1577821" id="-1577821"><a href="/ru/files/-1576620.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1573150" id="-1573150">Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1573151" id="-1573151">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1573152" id="-1573152">TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI EKSPERT KENGAShLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1573156" id="-1573156">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 7-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2060]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1573157" id="-1573157"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6984859" id="-6984859"><em>Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi </em><a href="/ru/acts/-6976654?ONDATE=21.06.2024 00#-6980580">buyrugʻiga</a><em> (roʻyxat raqami 3520, 19.06.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573159" id="-1573159">Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-1474642">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y. 4-son, 140-modda) muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573160" id="-1573160">1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashi toʻgʻrisida <a href="/ru/acts/-1573098#-1573177">nizom</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573162" id="-1573162">2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1573164" id="-1573164">Bosh direktor A. ABDUVALIYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1573165" id="-1573165">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1573166" id="-1573166">2009-yil 11-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1573167" id="-1573167">534-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1573177" id="-1573177"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1573178" id="-1573178">Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 11-dekabrdagi 534-sonli <a href="/ru/acts/-1573098">buyrugʻiga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1573179" id="-1573179">Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1573180" id="-1573180"><strong>NIZOM</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1573181" id="-1573181"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573182" id="-1573182">Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-1474642">Qonuniga </a>(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y. 4-son, 140-modda) muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyatlarini tartibga soladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1573183" id="-1573183">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573184" id="-1573184">1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari (bundan keyingi oʻrinlarda kengash deb yuritiladi) umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573185" id="-1573185">2. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573186" id="-1573186">umumiy va maxsus texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573187" id="-1573187">umumiy va maxsus texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573188" id="-1573188">3. Kengash oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573189" id="-1573189">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573190" id="-1573190">standartlashtirish boʻyicha tarmoq va tarmoqlararo texnika qoʻmitalariga belgilangan tartibda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi reja va tadbirlar ishlab chiqishda uslubiy yordam koʻrsatish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573191" id="-1573191">4. Kengash quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573192" id="-1573192">texnik reglamentlar ishlab chiqishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573193" id="-1573193">texnik reglamentlarni ishlab chiqishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda tegishli maʼlumotlar olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573194" id="-1573194">texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573195" id="-1573195">texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlariga texnik reglamentlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1573196" id="-1573196"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5635543" id="-5635543"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5635544" id="-5635544">5. Kengash oʻz faoliyati davomida texnik tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga amal qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5635552" id="-5635552">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5543904">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573197" id="-1573197">Kengash texnik reglament loyihalarining tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan kelishilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1573198" id="-1573198">II. Kengashni shakllantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573199" id="-1573199">6. Kengash tarkibi rais, rais oʻrinbosari va aʼzolardan iborat boʻladi. Ish yuritishni tashkillashtirish uchun kotib tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573200" id="-1573200">7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbarining oʻrinbosari — kengash raisi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining rahbari — kengash raisining oʻrinbosari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiy tuzilmasining masʼul xodimi – kengash kotibi etib tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573206" id="-1573206">8. Kengash aʼzoligiga texnik reglamentlarni joriy etuvchi tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan qayta koʻrib chiqilishi, oʻzgartirish kiritilishi yoki bekor qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar boʻyicha oʻzaro bogʻliq normativ hujjatlarni tasdiqlagan tashkilotlar, standartlashtirish boʻyicha bazaviy hamda tarmoqqa oid tashkilotlar vakillari tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573207" id="-1573207">9. Kengash aʼzolari ushbu Nizomning <a href="/ru/acts/-1573098#-1573206">8-bandida </a>koʻrsatilgan tashkilotlarning taqdimoti boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbarining buyrugʻi (farmoyishi) bilan tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573209" id="-1573209">10. Kengash aʼzolari kengash ishida ishtirok etadi, kengash tomonidan qaror qabul qilishda ovoz beradi, texnik reglamentlarning loyihalari boʻyicha tegishli takliflarni beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573210" id="-1573210">Kengash aʼzolari boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida tuziladigan kengash ishida qatnashishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1573212" id="-1573212">III. Kengash faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573214" id="-1573214">11. Kengash oʻz faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573216" id="-1573216">12. Kengash raisi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573218" id="-1573218">kengash ishini tashkillashtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573220" id="-1573220">kengash majlisi boʻladigan sana va joyni belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573221" id="-1573221">kengash majlislarida raislik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573223" id="-1573223">Kengash raisi boʻlmagan hollarda uning vazifalarini kengash raisining oʻrinbosari bajaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573224" id="-1573224">13. Kengash kotibi oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan majlislar toʻgʻrisida kengashning barcha aʼzolarini xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573226" id="-1573226">14. Texnik reglament loyihalari texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlariga muvofiq kengash tomonidan ishlab chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573228" id="-1573228">15. Kengash tuziladigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi texnik reglamentlar ishlab chiqilishi toʻgʻrisidagi xabarlarni belgilangan tartibda nashr qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573230" id="-1573230">16. Kengash texnik reglamentning talablari tatbiq etiladigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning guruhi va turlarini aniqlaydi. Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash usullari belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573231" id="-1573231">17. Texnik reglamentning loyihasi kelishilishi lozim boʻlgan tegishli tashkilotlarning roʻyxati kengash tomonidan belgilanadi va ularga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573233" id="-1573233">18. Texnik reglament loyihalari 30 kun mobaynida kelishilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573235" id="-1573235">19. Texnik reglament loyihasi boʻyicha kelishilishi lozim boʻlgan tegishli tashkilotlarda taklif va eʼtirozlar mavjud boʻlmasa, bu haqda kengashga xabar berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573237" id="-1573237">20. Kengash tomonidan ishlab chiqilgan texnik reglament loyihasi boʻyicha kelib tushgan barcha taqrizlar kotib tomonidan umumlashtiriladi va bu haqda 5 kun mobaynida maʼlumot tayyorlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573238" id="-1573238">21. Kelib tushgan taqrizlar kengash majlisida koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573240" id="-1573240">22. Taqrizlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra texnik reglamentning yakuniy loyihasi tayyorlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5635563" id="-5635563"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5635565" id="-5635565">23. Texnik reglamentlar loyihalari aniq ifodalanishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishi, koʻrib chiqilayotgan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini oʻz ichiga olgan boʻlishi, texnik reglamentdan foydalanuvchilar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qoʻyishi, shuningdek, ularning talablarini bajarishning aniq muddatlarini belgilashi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5635567" id="-5635567">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5543904">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573243" id="-1573243">24. Texnik reglament loyihasiga kengash raisi, uning oʻrinbosari va barcha aʼzolari tomonidan rozilik imzosi qoʻyiladi. Rozilik imzosi qoʻyilgan loyiha belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtish uchun tayyor deb hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573244" id="-1573244">25. Texnik reglamentlarning yakuniy loyihasi 3 ish kuni mobaynida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli vakolatli davlat organiga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573245" id="-1573245">26. Texnik reglamentlar loyihalarining ekspertizasi faoliyatlarining yoʻnalishlari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573246" id="-1573246">27. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi tomonidan texnik reglament loyihasi belgilangan talablarga nomuvofiqligi haqida xulosa qabul qilingan taqdirda, ushbu xulosa kelib tushgan kundan boshlab 15 kun mobaynida texnik reglament loyihasi kengash tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573247" id="-1573247">28. Texnik reglamentning oxiriga yetkazib ishlab chiqilgan loyihasi ushbu Nizomning<a href="/ru/acts/-1573098#-1573244"> 25 </a>va <a href="/ru/acts/-1573098#-1573245">26-bandlariga </a>asosan qayta ekspertizadan oʻtkazish uchun topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573248" id="-1573248">29. Texnik reglament loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturida oʻrnatilgan muddatlarda kengash tomonidan ishlab chiqilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1573249" id="-1573249">IV. Yakuniy qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1573250" id="-1573250">30. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1573251" id="-1573251">Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. I. Ikramov</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1573252" id="-1573252">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1573253" id="-1573253">2009-yil 5-dekabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1573255" id="-1573255">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B.A. Xoʻjayev </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1573256" id="-1573256">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1573257" id="-1573257">2009-yil 9-dekabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1573271" id="-1573271">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi N. M Umarov</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1573272" id="-1573272">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1573274" id="-1573274">2009-yil 9-dekabr</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1577822" id="-1577822">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 9-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
