Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAMDA BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI TOʻGʻRISIDA” 2008-YIL 22-IYULDAGI OʻRQ-163-SON HAMDA “AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA 2008-YIL 26-SENTABRDAGI OʻRQ-183-SON QONUNLARI)
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-son qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga 4-ilova;
Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II boʻlimi 17-bandining “d” kichik bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2002-yil 5-sentabrdagi 317-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 50-modda) ilova 3-bandining “b” kichik bandi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2009-yil 22-dekabr,
323-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori bilan tasdiqlangan Xoldinglar toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 39-modda):
muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ushbu Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”, “Raqobat va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xoldinglar tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibini belgilaydi;
1-banddagi “ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “ochiq aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”, “boshqa qonun hujjatlari” soʻzlari tegishli ravishda “qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”, “boshqa qonunchilik hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) II boʻlimning 2-bandidagi “va raqobatni rivojlantirish” soʻzlari “raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning 34-bandi ikkinchi xatboshidagi “investitsiya fondi ustavida nazarda tutilgan tartibda” soʻzlaridan keyin “bir yil muddatga” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
33-bandning ikkinchi xatboshidagi “boshqacha” soʻzi “boshqa” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi VII bob qoʻshilsin:
“VII. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish xususiyatlari
34. Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan hamda investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi bilan shartnoma (kontrakt) tuzgan yoxud ushbu Nizomda belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar boshqaruvini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
35. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlari va investitsiya fondlarini ishonchli boshqaruvchi, investitsiya aktivlarini va xususiylashtirilgan investitsiya fondini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga (kontraktga), mazkur Nizomga, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq fondlar aktivlarini boshqarishni amalga oshirishi shart.
36. Fondni taʼsis etish bosqichida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan Muassislar kengashi raisi shartnoma (kontrakt) tuzadi. Fond aksiyadorlarining birinchi Umumiy yigʻilishi tomonidan shartnoma (kontrakt) tasdiqlangandan keyin investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan shartnoma (kontrakt)ni fondning Kuzatuvchi kengashi raisi qayta tuzadi.
37. Investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi shartnoma (kontrakt) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Fondni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi bilan investitsiya fondining namunaviy kontraktiga yoki fondni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan xususiylashtirilgan investitsiya fondining namunaviy kontraktiga muvofiq tuziladi.
38. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlarining aktivlarini boshqarishda ushbu fondlar nomidan ish koʻradi. Bunda u investitsiya fondi bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)da investitsiya fondining nomiga havola qilgan holda fondning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida ish koʻrayotganligini koʻrsatishi shart.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya fondlari aktivlarini ushbu fondlarning aksiyadorlari manfaatlarini koʻzlab boshqarishi shart.
39. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va depozitariy tomonidan nazorat qilinadi. Fondning Kuzatuvchi kengashi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan bitishuvlar roʻyxatini, shuningdek bitishuvlarning xususiyati va hajmi boʻyicha cheklanishini belgilashga haqlidir.
40. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fond aktivlarini boshqarish boʻyicha butun faoliyatni amalga oshiradi, shu jumladan:
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishining joyi, muddatlari va kun tartibi toʻgʻrisidagi bildirishnomani tuzadi va yetkazib berishni taʼminlaydi;
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi va fondning Kuzatuvchi kengashi majlisi protokollarini yuritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq fondning yillik hisobotlari va boshqa hisobotlarini ishlab chiqadi;
ustav talablariga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq fondning sof aktivlari qiymati boʻyicha maʼlumotlarni aniqlaydi va eʼlon qiladi;
fond ularning aksiyalari mulkdori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan fond nomidan aksiyadorlarning barcha huquqlarini amalga oshiradi;
fond aktivini tashkil etadigan pul mablagʻlarini investitsiya fondining bank hisob raqamiga joylashtiradi;
ustav talablariga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi Nizom va Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra majburiy eʼlon qilinishi nazarda tutilgan investitsiya fondlariga nisbatan maʼlumotlarni, moliyaviy hisobotlar va reklama xususiyatiga ega boʻlgan materiallarni tayyorlash, tarqatish va eʼlon qilishni nazorat qiladi va amalga oshiradi;
investitsiya siyosati masalalari boʻyicha fondning Kuzatuvchi kengashiga maslahat xizmatlari koʻrsatadi;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan investitsiya fondi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi va xususiylashtirilgan investitsiya fondi oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq fondga boshqa xizmatlar koʻrsatadi.
41. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi:
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobi, shuningdek fondning barcha hujjatlari va hisobotlari yuritilishi;
qimmatli qogʻozlarni fond investitsiya qilgan barcha aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlarida fondning vakilligini;
fond investitsiyalari toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlaydi, shuningdek investitsiya fondini boshqarish uchun boshqaruvchi tomonidan tayinlangan har qanday shaxs ushbu bitim boʻyicha unga tahliliy xizmatlar koʻrsatilishi uchun investitsiya fondiga nisbatan axborotning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun (ham xizmatlar koʻrsatish davrida, ham ushbu davr tamom boʻlgandan keyin) kafolat olishi maqsadida tegishli chora-tadbirlar koʻradi (maxfiylik toʻgʻrisidagi kontraktlar tuzilishi ham shu jumlaga kiradi);
fond hujjatlari saqlanishi va rasmiylashtirilishining toʻgʻriligini;
eʼlon qilingan dividendlarning fond aksiyadorlariga oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlaydi.
42. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
fondlarning cheklanmagan miqdordagi investitsiyalarini boshqarish;
fondlar nomidan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish, pul mablagʻlarini qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun fondning pul mablagʻini tasarruf etish, qonun hujjatlariga, ustavga va investitsion deklaratsiyaga muvofiq fondlarning aktivlari bilan boshqa bitishuvlarni amalga oshirish;
fondning nomidan fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga muvofiq fondning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash;
aksiyalar chiqarilishini hisobga olish va depozitariy uchun majburiy hisoblangan fond aktivlarini joylash yuzasidan farmoyishlar chiqarish;
investitsiya fondlari sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga, investitsion deklaratsiyaga va investitsiya fondlari faoliyati cheklanishiga muvofiq fondlar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun fondlarning pul mablagʻlaridan foydalanish;
fond Kuzatuvchi kengashining barcha majlislarida kuzatuvchi sifatida ovoz berish huquqisiz bir nafar vakilga ega boʻlish huquqiga ega, faoliyat yoki fondlarni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi bilan shartnoma (kontrakt) tuzish shartlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha majlislarda muhokama yoki ovoz berish yuz beradigan majlislarning davrlari bundan mustasno;
fond ustaviga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdan tashqari Aksiyadorlar umumiy majlisini va Kuzatuvchi kengashni chaqirishni talab qilish;
fondning Kuzatuvchi kengashidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga va fond ustaviga muvofiq investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond nomidan oʻz vazifalari bajarilishi uchun bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash huquqini yoki boshqa vakolatlarni berishni (ishonchnoma berish yoʻli bilan) talab qilish.
43. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi quyidagilarga majbur:
a) ustav qoidalariga, Kuzatuvchi kengash va fond aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qarorlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq investitsiyalarni va qimmatli qogʻozlar portfelini samarali boshqarishni taʼminlash hamda fondlar aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish uchun imkoni boʻlgan barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish;
b) operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan fond aksiyalari yoki fondning oxirgi yillik balans hisobotiga muvofiq qiymati fond aktivlari qiymatining 10 foizidan oshadigan fondning boshqa qiymatlari oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirishda fondning Kuzatuvchi kengashining yozma roziligini olish;
v) ustavga muvofiq fond aksiyalariga yozilish boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi bilan zarur tayyorgarlik ishlarini olib borish hamda unga yozilish natijasida olingan barcha mablagʻlarni fondning hisob raqamiga kechiktirmasdan oʻtkazish majburiyatini yuklash;
g) fondga tegishli boʻlgan barcha naqd mablagʻni, cheklar va naqd boʻlmagan toʻlovlarni fondning bank hisob raqamiga darhol oʻtkazish;
d) fondning bank hisob raqamidan mablagʻlar oʻtkazish boʻyicha barcha toʻlov topshiriqlarini ushbu topshiriqlar bankka taqdim etilishidan oldin imzolash uchun qimmatli qogʻozlarning Markaziy depozitariysiga taqdim etish;
e) har bir moliyaviy chorak tugallangandan keyin 30 kun mobaynida Kuzatuvchi kengashga quyidagi hujjatlar shaklida ushbu davr uchun fond ishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish:
hisobot davrining boshi va oxiri boʻyicha fondning buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar va daromadlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot, shuningdek buxgalteriya hisobotining boshqa shakllari;
hisobot davrida maxsus davlat krediti olinishi, undan foydalanilishi va uning qaytarilishi toʻgʻrisidagi hisobot;
Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilangan hisobot davrida investitsiya yoki xususiylashtirilgan investitsiya fondining qimmatli qogʻozlari va boshqa aktivlari bilan sodir etilgan bitishuvlar roʻyxati;
belgilangan shakl boʻyicha hisobot davri mobaynida investitsiya yoki xususiylashtirilgan investitsiya fondi mablagʻlari hisobiga investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobot;
j) Kuzatuvchi kengashni investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi rahbarlari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish;
z) aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi kunidan 30 kun oldin Kuzatuvchi kengashga fond faoliyati toʻgʻrisidagi balans hisobotni, shu jumladan sof aktivlar qiymati toʻgʻrisidagi hisobotni, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotni, maxsus davlat kreditlari olinganligi, undan foydalanganligi va uning qaytarilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni, shuningdek har bir aniq holatda fondning mustaqil auditorlari tomonidan tasdiqlangan hisobot davrining oxirgi kunida tuzilgan buxgalteriya hisobotining boshqa shakllarini taqdim etish;
i) fondlarning investitsiya portfelini tashkil etadigan barcha aktivlarni qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysida saqlash;
k) fondlarning aksiyalari bilan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitobda xato qilingan taqdirda mablagʻlar fond hisob raqamiga qaytarilishini yoki kompensatsiya qilinishini taʼminlash;
l) Xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan hajmda va muddatlarda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga hisobot taqdim etish.
44. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengash nomidan quyidagilarga majbur:
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisining yozma talabiga koʻra fondning aktivlarini boshqarish yuzasidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga, investitsion deklaratsiyaga va ustav fondiga muvofiq ishonchli boshqaruvchi oʻz majburiyatlari bajarilishi uchun unga hujjatlarni imzolash huquqini berishi uchun (ishonchnoma berish yoʻli bilan) barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt) boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish.
Fond investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma (kontrakt) bajarilmagan yoki zarur darajada bajarilmagan taqdirda uni bekor qilish huquqiga ega.
45. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining qonun hujjatlarida taqiqlangan xatti-harakatlari natijasida fond koʻrgan zarar uchun fond oldida javob beradi.
46. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fond aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga haqli emas:
fond nomidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatida cheklashlar boʻlgan xatti-harakatni amalga oshirish;
uning natijasida qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar talablari, shu jumladan aktivlar tuzilmasiga qoʻyiladigan talablar buziladigan bitishuvlarni sodir etishga;
xususiylashtirish investitsiya fondi tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari uchun toʻlovni kechiktirish shaklida berilgan maxsus davlat kreditlaridan tashqari investitsiya portfelini tashkil etadigan fondning aktivlari hisobiga qaytarilishi kerak boʻlgan qarz mablagʻlarini jalb etish;
fondning aktivlarini boshqarish yoki uchinchi shaxslarning majburiyatlarini ijro etish bilan bogʻliq boʻlmagan oʻz majburiyatlarini ijro etishni taʼminlash uchun fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan aktivlardan foydalanish;
xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalaridan va davlatning qimmatli qogʻozlaridan tashqari xususiylashtirilgan investitsiya fondi aktivlari hisobiga qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
fondning aktivlari hisobiga oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslaridan investitsiyalash obyektlarini sotib olishga yoxud bunday aktivlarni ularga berish;
oʻzi boshqaradigan investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish;
oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni, shuningdek oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslari tomonidan boshqariladigan investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish;
fondlarning investitsiya aktivlarini oʻzining affilyatsiya qilingan shaxslariga, depozitariyga, fondning mustaqil auditoriga, shuningdek davlat organiga joylashtirish;
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan aktivlarini oʻz mulki qilib sotib olish, oʻz mol-mulkini fondning aktivini tashkil etadigan mol-mulk tarkibiga berish; investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga mukofot puli toʻlashda xato aniqlangan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda investitsiya fondi chiqimlarining belgilangan normalaridan ortiqcha xarajatlarni toʻlash, pul mablagʻlarini fond aktiviga qaytarish uchun oʻz pul mablagʻlaridan foydalanish hollari bundan mustasno;
boshqa investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, uning affilyatsiya qilingan shaxslari, investitsiya fondining mustaqil auditori tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
fondning mol-mulkini investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining oʻzi tomonidan yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini nazorat qiluvchi yoxud uning nazorati ostidagi shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri yoki uchinchi shaxslar orqali bitim tuzish, shuningdek fondning mol-mulkini fondning Kuzatuvchi kengashining oldindan berilgan yozma roziligisiz investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish;
fondning Kuzatuvchi kengashi ruxsatisiz ustav fondida fondning ulushi besh va undan ortiq foizni tashkil etadigan korxona tomonlardan biri boʻlgan bitishuvlarga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga maslahat berish;
fondning qonun hujjatlarida, fond ustavida yoki investitsion deklaratsiyada taqiqlangan faoliyati turlari bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilish.
Qonun hujjatlarida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
47. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan ustav fondida besh yoki undan ortiq foiz miqdoridagi ulush tegishli boʻlgan korxona bilan har qanday shartnoma (kontrakt) fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan maʼqullanishi kerak.
48. Fond bilan fond Kuzatuvchi kengashi aʼzolari, shuningdek investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining Kuzatuvchi kengash aʼzolari va mansabdor shaxslari iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan yuridik shaxs oʻrtasidagi har qanday bitishuv fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan maʼqullanishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, agar ular ustav fondida besh va undan ortiq foizdagi ulush fondga tegishli boʻlgan yoki fond aksiyalarining besh yoki undan ortiq foizi unga tegishli boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlsalar, yoxud mulkdor yoki kreditor huquqlariga ega boʻlsalar iqtisodiy manfaatga ega deb hisoblanadi.
49. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining mansabdor shaxslariga aksiyalarni fond birjasida (fond boʻlimlarini tashkil etgan boshqa birjalarda) sotuvga qoʻyish yuzasidan ekspertizada qatnashish taqiqlanadi.
50. Fond faoliyatiga cheklovlar investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
51. Fondga koʻrsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga taqdirlash puli fond tomonidan asosiy va qoʻshimcha (mukofot puli) taqdirlash shaklida toʻlanadi.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga asosiy taqdirlash puli choraklar boʻyicha taqsimlagan holda, bir yil uchun qatʼiy belgilab qoʻyilgan summada belgilanadi. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinadigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori fond sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan summaga fondni boshqarish toʻgʻrisidagi shartnoma (kontrakt)ni bajarish boʻyicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining barcha xarajatlarini qoplash summasi kiritiladi, Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq fond hisobiga tegishli boʻlgan xarajatlar bundan mustasno.
Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga qoʻshimcha (mukofot puli) taqdirlash puli shartnoma (kontrakt)ga binoan yil natijalari boʻyicha, biroq fond aksiyadorlariga yil mobaynida hisoblangan dividendlar hisobga olingan holda fond sof aktivlari yillik oʻsishi summasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan moliyalashtirish stavkasi boʻyicha sof aktivlarni depozitlarda joylashtirishda yuz beradigan oʻsishdan 7 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
52. Fondga koʻrsatilgan xizmatlar uchun investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga taqdirlash puli toʻlash miqdori, muddatlari va tartibi ular oʻrtasida tuziladigan shartnoma doirasida belgilanadi.
53. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
54. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar hisobga olingan holda qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi uchun quyidagi xatti-harakatlarni taqiqlab qoʻyishga haqlidir:
investitsiya portfellarini joylashtirish;
investitsiya portfellarini sotib olish;
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan mol-mulk hisobiga mol-mulk sotib olish;
fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan mol-mulkni begonalashtirish.
55. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyatida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi tegishli materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga beradi.
56. Fond yangi investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi bilan kontrakt tuzishidan oldin litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan taqdirda fondning Kuzatuvchi kengashi qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish boʻyicha davlat vakolatli organi bilan kelishgan holda fondning investitsiya portfelini tashkil etadigan investitsiya aktivlarini vaqtincha ishonchli boshqaruvchini tayinlaydi.
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgan paytdan boshlab investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻz faoliyatini qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi sifatida amalga oshirishga haqli emas hamda vaqtincha ishonchli boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida investitsiya fondining investitsiya portfelini tashkil etadigan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga tegishli boʻlgan barcha hujjatlarni va investitsiya fondining boshqa hujjatlarini berishi shart.
57. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchini qayta tashkil etish va tugatish tijorat tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
58. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi iqtisodiy nochorlik belgilari boʻyicha va bankrot deb eʼlon qilinganda sud tartibida tugatilganda uning fondlar bilan kontraktlari belgilangan tartibda bekor qilinadi.
59. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi fondlar bilan kontraktlarni bekor qilishda fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan shaxsga fondning barcha hujjatlarini va Kuzatuvchi kengash yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi-voris tomonidan asosli ravishda soʻraladigan har qanday axborotni beradi.
60. Fond, uning aksiyadorlari va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi oʻrtasidagi nizolar sud tartibida hal etiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 549-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1030-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1030/0499-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) 3-ilovada:
ikkinchi xatboshidagi “professional boshqaruvchi kompaniyalarga” soʻzlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “davlatning ishonchli vakillariga” soʻzlaridan keyin “shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari jumlasidan boʻlganlarga” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 5-banddagi “professional boshqaruvchi kompaniyalarga” soʻzlari “investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga cheklovlar (davlat aktivlari investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga berilgan taqdirda)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 568-modda; 2015-y., 43-son, 549-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1030/0499-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)