Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SABZAVOT VA MEVALARDAN BOLALAR TAOMLARI ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH LOYIHASINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASH SXEMASINI QISMAN OʻZGARTIRISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sabzavot va mevalardan bolalar taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi boʻyicha asbob-uskunalar va texnologiyalar xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlash sxemasi oʻzgarganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Teksuna Interneshnl (AQSH)” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan sabzavot va mevalardan bolalar taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi doirasida “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasi “GEA Finna” (Germaniya) firmasi bilan bolalar taomlarini aseptik qadoqlash uchun asbob-uskunalar, texnologiyalar yetkazib berishga va xizmatlar koʻrsatishga 6.690,0 ming germaniya markasi miqdorida kontrakt tuzganligi;
“GEA Finna” firmasi bilan tuzilgan kontrakt qiymati “Teksuna Interneshnl” (AQSH)” kompaniyasi bilan tuzilgan kontrakt qiymati bilan jam boʻlib loyihaning umumiy qiymatidan oshmasligi;
mazkur loyiha boʻyicha “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasi tomonidan olinadigan asbob-uskunalar kompaniyaning shuʼba korxonalariga lizingga berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
KFV (Germaniya) bankining qayta moliyalanayotgan mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 1.003,5 ming germaniya markasi miqdorida berilayotgan krediti hisobiga, bu kontrakt qiymatining (avans toʻlovi) 15 foizini tashkil etadi;
“Germes” jamiyatining sugʻurta qoplamasi ostida KFV bankining qayta moliyalanayotgan mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 5.686,5 ming Germaniya markasi miqdorida berilayotgan krediti hisobiga, bu kontrakt qiymatining 85 foizini tashkil etadi.
3. KFV banki kreditlari uchun imtiyozli davr mobaynida foizlar toʻlovi kredit bitimi shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasiga berilayotgan krediti hisobiga amalga oshirilsin.
4 Qarzlarni qaytarish, foizlar toʻlash va xorijiy bank kreditlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash 1 va 2-ilovalarga* muvofiq “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
* Ilovalar rus tilidagi matnida berilgan.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki majburiyatlari boʻyicha xorijiy bankka va “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasi majburiyatlari boʻyicha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berishga vakil qilinsin.
6. Adliya vazirligi xorijiy bank uchun maqbul shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatiga doir yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mablagʻ bilan taʼminlovchi bank bilan kredit bitimlari tuzsin va kreditlar “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasiga belgilangan tartibda qayta moliyalanishini taʼminlasin.
8. “Bolalar taomlari-xolding” kompaniyasi kreditlar uchun hisob-kitoblar tugallangunga qadar yangidan tashkil etilayotgan ishlab chiqarish boʻyicha foyda soligʻidan, shuningdek quvvatlarni oʻzlashtirish va texnologiya asbob-uskunalarining kafolat muddati davrida viza hujjatlari rasmiylashtirilganligi va xorijiy mutaxassislar roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun yigʻimlarning barcha turlarini toʻlashdan ozod qilinsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M.Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 18-may,
251-son