1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
OITSga qarshi kurashishni tashkil qilishning yagona tizimini yaratish, aholini OIV infeksiyasidan ishonchli himoyalash va lozim darajada profilaktika qilishni taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralarning samaradorligini va sifatini oshirish, OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, OITSga qarshi kurashish sohasida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:
1. Asosini Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari tashkil etadigan zamonaviy talablarga javob beradigan OITSga qarshi kurashni tashkil etishning yagona tizimi 1-ilovaga muvofiq yaratilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.03 Infeksion va ommaviy kasalliklar profilaktikasi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
2. OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil qilinsin.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini taʼminlash;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha milliy rejalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
OIV infeksiyasi tarqalishiga sabab boʻlayotgan gʻayriijtimoiy hodisalarni bartaraf etish, Oʻzbekiston xalqining maʼnaviy-axloqiy asoslari va azaliy qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, ushbu maqsadlarda aholi orasida rejali asosda tushuntirish ishlarini olib borishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish;
tegishli hududda va butun respublika miqyosida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holatini monitoring qilish va doimiy ravishda kompleks baholab borish, zarur hollarda mazkur holatning yomonlashuviga qarshi javob qaytarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etish;
OIV/OITSni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz uslublarini oʻrganish va tatbiq etish;
mahalliy korxonalar bazasida OITSni davolash uchun zarur boʻlgan zamonaviy tibbiy jihozlar, tibbiy buyumlar, shuningdek, dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan OITSga qarshi kurashish sohasida hamjihatlikni taʼminlash, ular bilan Oʻzbekiston manfaatlariga toʻgʻri keladigan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha moliyaviy vositalarni jalb qilishda koʻmaklashish.
3. Komissiya tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi Nizom 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.09.00 OITSga qarshi kurash]
4. Quyidagilar Respublika OITSga qarshi kurash markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
hududiy OITSga qarshi kurash markazlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi va yoʻldosh kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan epidemiyaga qarshi, diagnostik, davolash tadbirlarini amalga oshirish;
OIV infeksiyasini yuqtirish tezligiga taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash va baholash boʻyicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar oʻtkazish;
OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarga tashxis qoʻyish va ularga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkillashtirish va amalga oshirish, shuningdek, OIV/OITS va yoʻldosh kasalliklarga tashxis qoʻyish bilan shugʻullanuvchi muassasalarga metodik yordam koʻrsatish;
profilaktik, diagnostik va davolash tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
OIV/OITSni profilaktika qilish, unga tashxis qoʻyish va davolash borasida Oʻzbekistonda qoʻllanilayotgan uslublarni fuqarolar salomatligini, millat genofondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilish va samaradorligini baholash;
OIV/OITSni profilaktika qilish, unga tashxis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz uslublarini qoʻllash borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini tizimli ravishda oʻrganish, tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
tibbiyot xodimlari, boshqa mutaxassislarni OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish yoʻnalishida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni:
Respublika OITSga qarshi kurash markazining tuzilmasi hamda hududiy markazlarning namunaviy tuzilmasi;
OITSga qarshi kurash markazlari toʻgʻrisidagi Nizom;
2009 — 2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi boʻyicha saʼy-harakatlar milliy rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Moliya vazirligining OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish sohasida oʻz faoliyatini olib borayotgan muassasalar va ularning boʻlimlari xodimlari oylik maoshini 2009-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar hisobidan oʻrtacha 18 foizga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarini davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning IV guruhiga oʻtkazish;
mehnatning sogʻliq uchun xavfliligi va oʻta ogʻir sharoitlari uchun tarif stavkalariga 75 foiz miqdorda qoʻshimcha toʻlov belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2009-yilda mazkur bandda koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-dekabr,
PQ-1023-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida OITSga qarshi kurashni tashkil etishning
YAGONA TIZIMI
OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Respublika OITSga qarshi kurash markazi
Vazirlik va idoralar
Gematologiya va qon quyish, dermatologiya va venerologiya ITI, Salomatlik instituti, Respublika markazlari, davolash-profilaktika muassasalari
Kunduzgi statsionarga (10 ta oʻrin) ega boʻlgan poliklinika (bir smenada 50 ta tashrif)
Klinikalar
(60 ta oʻrin)
ITI va Salomatlik institutining filiallari, viloyat markazlari, dispanserlar, davolash-profilaktika muassasalari hamda Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazi, viloyatlar va Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazlari
Vazirlik va idoralarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va salomatlik markazlari, Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati tuman (shahar) markazlari
Ishonch kabinetlari
Tumanlararo diagnostika laboratoriyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qaroriga 2-ILOVA
OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi
TARKIBI
Sh.M. Mirziyoyev
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi
R.S. Qosimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari
F.G. Nazirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, komissiya raisining oʻrinbosari
lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha ATD bosh mutaxassisi, komissiya kotibi
Komissiya aʼzolari:
A. Parpiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Gʻ.B. Shoumarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri
R.J. Kurbanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri
Sh.I. Salixov
—
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti
A.A. Xaitov
—
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri v.b.
H.S. Karomatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
E.T.Salixov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati bosh konsultanti
S.B. Xolboyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari
A.X. Qoʻldoshev
—
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari
R.M. Shoabdurahmonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari
T.A. Hamroqulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri oʻrinbosari
N.T. Yoʻldoshev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari
M.M. Xolmuxamedov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari — Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori
A.D. Xadjayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
M. Hazratqulov
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
G.M. Gʻiyosova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori
M. Quronov
—
Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari
M.M. Xojimatov
—
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari
U.T. Alimov
—
Oʻzbekiston musulmonlar idorasi raisi
A.X. Ahmedov
—
“Mahalla” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi
N.K. Toʻrayeva
—
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
A.M. Alimov
—
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi
N.N. Habibullayev
—
Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qaroriga 3-ILOVA
OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining Oʻzbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha milliy rejalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
OIV infeksiyasi tarqalishiga sabab boʻlayotgan gʻayriijtimoiy hodisalarni bartaraf etish, Oʻzbekiston xalqining maʼnaviy-axloqiy asoslari va azaliy qadriyatlarini asrash va rivojlantirish, ushbu maqsadlarda aholi orasida rejali asosda tushuntirish ishlarini olib borishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish;
tegishli hududda va butun respublika miqyosida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish holatini monitoring qilish va doimiy ravishda kompleks baholab borish, zarur hollarda mazkur holatning yomonlashuviga qarshi javob qaytarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
OIV/OITSni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz uslublarini oʻrganish va Oʻzbekistonda tatbiq etishni taʼminlash;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan OITSga qarshi kurashish sohasida hamjihatlikni taʼminlash, ular bilan Oʻzbekiston manfaatlariga toʻgʻri keladigan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, OIV infeksiyasiga tashxis qoʻyish va uni davolash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarni jalb qilishda koʻmaklashish.
5. Komissiya oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan OIV infeksiyasi, giyohvandlik va jinsiy yoʻl bilan yuquvchi infeksiyalar tarqalishini profilaktika qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, davlat dasturlarining amalga oshirilishi boʻyicha chora-tadbirlarni tashkillashtiradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
OIV infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Komissiya yigʻilishlarida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining OIV infeksiyasi tarqalishini profilaktika qilish boʻyicha milliy harakatlar rejalarini va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
respublikada OIV infeksiyasi tarqalishini profilaktika qilishning monitoringi natijalarini tahlil qilish va baholash boʻyicha ishlarni olib boradi hamda vaziyatga nisbatan javob qaytarish boʻyicha aniq tavsiyalar tayyorlaydi;
yetakchi olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda, respublikamizda qoʻllanilayotgan OIV/OITSni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash metodlarining samaradorligini tahlil qilishni taʼminlaydi;
mahalliy korxonalar bazasida OITSni davolash va unga tashxis qoʻyish uchun zarur boʻlgan zamonaviy tibbiy jihozlar, tibbiy buyumlar va dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha ish olib boradi;
OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash boʻyicha ishlarni tashkil qiladi;
OITS tarqalishiga sabab boʻlayotgan fohishabozlik va giyohvandlik singari gʻayriijtimoiy holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks rejalar ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
maʼnaviy-axloqiy asoslar, anʼanaviy qadriyatlar va Oʻzbekiston xalqining mentalitetini inobatga olgan holda, OIV/OITSni profilaktika qilish masalalariga oid oʻquv-metodik, axborot-tushintirish materiallari ishlab chiqilishini tashkillashtiradi;
maʼnan boy, har tomonlama rivojlangan barkamol yoshlarni shakllantirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida OITS profilaktikasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil qiladi;
OITSni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz uslublarini respublikada joriy etish, tibbiyot muassasalarini zarur jihozlar bilan taʼminlash maqsadida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekistonda xalqaro va xorijiy tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan OITS tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha loyihalar va dasturlarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqib, bu borada qarorlar qabul qiladi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan OITS tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha loyihalar va dasturlarni amalga oshirishning borishini muvofiqlashtiradi va monitoringini taʼminlaydi.
Komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
III. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
6. Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilik hujjatlari va OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish masalalari bilan bogʻliq institutsional asoslarni takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish;
oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan zarur maʼlumotlar va materiallarni belgilangan tartibda olish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
barcha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat, xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan respublikada OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazish;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
respublikada OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir qonunchilik hujjatlarining buzilishiga olib kelayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar berish, tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat, xalqaro va xorijiy tashkilotlar oldiga OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini qoʻyish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Komissiya ishiga vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va jamoatchilik vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
yetakchi olimlar va yuqori malakali mutaxassislar orasidan oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ishchi guruhlari tuzish.
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
7. Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun javobgar hisoblanadi.
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
8. Komissiya jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi va Komissiya raisi, rais oʻrinbosarlari, kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari kiritiladi.
9. Komissiya faoliyati aʼzolarning teng huquqliligi va qarorlarni qabul qilishda kollegiallik tamoyillariga asoslanadi.
Komissiya yigʻilishlari uning vakolatiga kiruvchi masalalar tayyorlanishiga qarab, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Komissiya yigʻilishi uning ishida aʼzolarning oddiy koʻpchiligi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Komissiya qarorlari yigʻilishda ishtirok etayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya yigʻilishida bayonnoma yuritilib, u Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
10. Komissiya yigʻilishlarini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti tomonidan amalga oshiriladi.