Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-oktabrda 2022-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) 3-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-avgust,
167-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 24-avgustdagi 167-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda ekspert tashkilotlari deb yuritiladi) akkreditatsiya qilish, ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish tartibini hamda ekspert tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 28-dekabrdagi 09/YUB-50-sonli qarori (roʻyxat raqami 2022-3, 28.01.2020-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/2022-3/0083-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akkreditatsiya — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish boʻyicha ekspert tashkiloti omilkorligini rasman isbotlash uchun xizmat qiladigan, vakolatli organ tomonidan buyurtmachini ekspert tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash jarayoni;
akkreditatsiya attestati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Akkreditatsiya komissiyasi deb yuritiladi) — ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish natijalari boʻyicha qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladigan komissiya;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
akkreditatsiya sohasi — ekspert tashkilotining faoliyat sohasi;
baholash — muayyan akkreditatsiya sohasi boʻyicha ekspert tashkiloti faoliyatini ekspert tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida vakolatli organ tomonidan tashkil etiladigan jarayon;
buyurtmachi — akkreditatsiyadan oʻtish uchun yoki sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirishga ariza bilan murojaat qilgan tashkilot;
inspeksiya nazorati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyatini ekspert tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini qayta baholash jarayoni;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi oʻrinlarda ekspert deb yuritiladi) — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan, belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan mutaxassis;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi oʻrinlarda ekspertiza deb yuritiladi) — ekspertiza obyektining unga qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
sifat boʻyicha qoʻllanma — ekspert tashkilotining sifatni boshqarish tizimini taʼriflovchi va sifat sohasidagi siyosatini bayon qiluvchi hujjat;
sifatni boshqarish tizimi — sifat standartlariga muvofiq, sifat boʻyicha maʼmuriy boshqarish uchun zarur boʻlgan tashkiliy tuzilma, hujjatlar, jarayonlar va zaxiralar majmui;
ekspert tashkiloti — ekspertizani amalga oshiradigan, mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot;
ekspert tashkilotlari faoliyatiga qoʻyiladigan talablar (keyingi oʻrinlarda akkreditatsiya mezonlari deb yuritiladi) — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti vakolatiga ega boʻlishi uchun bajarilishi kerak boʻlgan talablar;
Oldingi tahrirga qarang.
ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish boʻyicha vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) — Qoʻmitaning akkreditatsiya va inspeksion nazorat boʻlimi;
(1-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
ekspertiza obyektlari — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi loyiha hujjatlari, texnika qurilmalari, binolar va inshootlar, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar;
ekspertiza xulosasi — ekspertiza obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi (muvofiq emasligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarining identifikatsiyalash natijalarini oʻz ichiga olgan hujjat.
2. Ekspertiza akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiya sohasiga muvofiq akkreditatsiya attestati asosida amalga oshiriladi. Akkreditatsiya attestatiga ega boʻlmagan tashkilot ekspertizani amalga oshirish huquqiga ega boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ekspert tashkilotini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish vakolatli organ tomonidan mazkur Qoidalar, qonunchilik hujjatlari va normativ texnik hujjatlar talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
II. Ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish
4. Akkreditatsiya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
a) buyurtmachidan akkreditatsiya qilish uchun arizani qabul qilish, taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash va arizani ijro etish haqida qaror qabul qilish;
b) taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish va tahlil natijalari asosida xulosa rasmiylashtirish;
v) buyurtmachini joyiga borib baholash va baholash natijalari boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtirish;
g) bajarilgan ishlar natijalari asosida qaror qabul qilish;
d) akkreditatsiya attestatini rasmiylashtirish, roʻyxatga olish va buyurtmachiga topshirish.
Akkreditatsiya qilishning keyingi har bir bosqichi avvalgi bosqichlarda ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda amalga oshiriladi.
5. Akkreditatsiyadan oʻtish uchun buyurtmachi mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtirilgan arizani vakolatli organga topshiradi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 8-iyuldagi 87-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2022-2, 17.07.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) buyurtmachi faoliyat olib bormoqchi boʻlgan akkreditatsiya sohasi (akkreditatsiya sohalari roʻyxati mazkur Qoidalarning 1a-ilovasida keltirilgan);
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 8-iyuldagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022-2, 17.07.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 364-modda)
v) ekspert tashkiloti nizomi;
g) buyurtmachining akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiya (akkreditatsiya mezonlari mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan);
d) buyurtmachi tomonidan akkreditatsiya qilish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
e) akkreditatsiya sohasidagi ishlarni bajaradigan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
j) akkreditatsiya sohasidagi ishlarni bajarish uchun mavjud sharoitlar, jihozlar, dasturlar va asbob-uskunalar haqidagi maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
z) mavjud bino va inshootlar, jihozlar, asbob-uskunalar buyurtmachiga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asosda taalluqliligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki ularning buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
(5-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 14-yanvardagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022-1, 19.01.2011-y) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
i) buyurtmachining sifat boʻyicha qoʻllanmasi;
(5-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 14-yanvardagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022-1, 19.01.2011-y) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 30-modda)
k) buyurtmachining sifatni boshqarish tizimi hujjatlari.
6. Notoʻgʻri toʻldirilgan yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan ariza koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi.
Arizada va hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun buyurtmachi javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Akkreditatsiya natijalaridan qatʼi nazar, akkreditatsiya qilish uchun toʻlov Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2105, 2010-yil 25-may) muvofiq belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2022-5, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2025-y., 10/25/2022-5/0500-son)
8. Vakolatli organ topshirilgan arizalarni tikilgan, betlar soni koʻrsatilgan, vakolatli organ muhri bilan muhrlangan daftar (jurnal)larda roʻyxatga oladi.
9. Vakolatli organ ariza topshirilgan kundan boshlab oʻn ish kuni muddatida taqdim etilgan hujjatlarning dastlabki baholashni amalga oshiradi hamda dastlabki baholash natijalari ijobiy boʻlganda, vakolatli organ arizani ijro etish haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Dastlabki baholashda taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqliligi hamda bu hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlarning yetarliligi oʻrganiladi va natijalari boʻyicha tegishli maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 8-iyuldagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022-2, 17.07.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 364-modda)
11. Taqdim etilgan hujjatlarni dastlabki baholash natijalari salbiy boʻlganda, vakolatli organ asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda buyurtmachiga yozma ravishda uning arizasi rad etilganligi haqida maʼlum qiladi.
12. Buyurtmachi vakolatli organ koʻrsatgan kamchiliklarni bartaraf etib, ariza va hujjatlarni qayta topshirishi mumkin.
13. Arizani ijro etish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlar tahlili oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Taqdim etilgan hujjatlar tahlili Qoʻmita xodimlari va (yoki) vakolatli organ topshirigʻiga binoan ekspertlar tomonidan, taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan maʼlumotlar asosida buyurtmachining akkreditatsiya mezonlariga qay darajada muvofiqligini baholash maqsadida amalga oshiriladi. Tahlil natijalari xulosa tarzida rasmiylashtiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
15. Taqdim etilgan hujjatlar tahlili natijasi salbiy boʻlganda, xulosa rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni muddatida vakolatli organ akkreditatsiya mezonlariga nomuvofiqlik sabablarini koʻrsatgan holda buyurtmachiga yozma ravishda akkreditatsiya qilish boʻyicha rad javobi berilganligi haqida maʼlum qiladi.
16. Buyurtmachi kamchiliklarni bartaraf etib, olti oygacha boʻlgan muddatda hujjatlarni qayta tahlil qilish uchun taqdim etishi mumkin.
17. Buyurtmachi tomonidan akkreditatsiya qilish boʻyicha rad javob berilishiga sabab boʻlgan kamchiliklar bartaraf qilingan taqdirda, hujjatlarning qayta tahlili oʻn ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Taqdim etilgan hujjatlarning tahlili natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda joyiga borib baholash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda baholash komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi va joyiga borib baholashni oʻtkazish muddatlari aniqlanib, Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Baholash komissiyasi tarkibi aʼzolari soni yetti kishidan, joyiga borib baholash davomiyligi esa bir oydan oshmasligi kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Joyiga borib baholashning bevosita oʻtkazilishi, baholash komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi va baholash natijalarining rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik baholash komissiyasi raisi zimmasiga yuklanadi. Baholash komissiyasi raisi Qoʻmita raisi tomonidan tayinlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
20. Baholash komissiyasi tarkibiga boshqa manfaatdor idora (tashkilot)larning mutaxassislari kiritilishi mumkin. Baholash komissiyasi aʼzolari buyurtmachiga aloqador boʻlmasliklari hamda ular baholash komissiyasi raisi rahbarligida ish olib borishlari kerak.
21. Baholashda ishtirok etuvchi mutaxassislar olingan maʼlumotlar va natijalarni sir saqlashlari hamda buyurtmachi haqidagi maʼlumotlarni ularning yozma roziligisiz oshkor etmasliklari lozim (qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). Baholash jarayonida ishtirok etadigan har bir mutaxassis mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan majburiyat varaqasini imzolaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Joyiga borib baholash baholash komissiyasi raisi tomonidan ishlab chiqilgan va Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlangan joyiga borib baholash dasturiga muvofiq olib boriladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Joyiga borib baholash dasturida buyurtmachining nomi, bajariladigan tadbirlar va ularni bajarishga masʼul boʻlgan baholash komissiyasi aʼzolari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qoʻmita raisining buyrugʻi va joyiga borib baholash dasturi baholash boshlanishidan kamida uch ish kuni oldin buyurtmachiga yuboriladi va baholash komissiyasi aʼzolariga tanishtiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
24. Baholash komissiyasi oʻz ishini buyurtmachi vakillari ishtirokida dastlabki majlis oʻtkazishdan boshlaydi. Majlisda baholash komissiyasi raisi buyurtmachi vakillari bilan joyiga borib baholash dasturi asosida baholashni olib borish tartibi haqida kelishib oladi.
25. Buyurtmachi baholash komissiyasi aʼzolariga oʻz faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlardan toʻsiqsiz foydalanish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
26. Baholash komissiyasi aʼzolari joyiga borib baholashning dasturiga muvofiq buyurtmachi faoliyatining asosiy turlari amalga oshiriladigan barcha boʻlinmalarining akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini, buyurtmachining amaldagi holatini taqdim etilgan hujjatlar bilan muvofiqligini, uning koʻrsatilgan vazifalarni bajarish imkoniga ega ekanligini baholaydi.
Agar buyurtmachi boshqa hududda ham boʻlinmalarga ega boʻlsa, bu boʻlinmalar ham joyiga borib baholanishi kerak.
27. Joyiga borib baholash jarayonida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda mazkur Qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan shaklda nomuvofiqlik bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
28. Joyiga borib baholash natijalari boʻyicha mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan nomuvofiqlik bayonnomalari dalolatnomaga ilova qilinadi.
29. Dalolatnoma baholash komissiyasi aʼzolari va buyurtmachining masʼul rahbari tomonidan imzolanadi. Agar baholash komissiyasi aʼzolari yoki buyurtmachi vakillari alohida fikrlarga ega boʻlsa, ular dalolatnomaga ilova qilinishi kerak.
Buyurtmachining masʼul rahbari dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortsa, baholash komissiyasi raisi bu haqida dalolatnomaga tegishli yozuv kiritadi.
30. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi vakolatli organga taqdim etish uchun komissiya raisida qoladi, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlar tahlili natijalarini, joyiga borib baholash natijalarini va bildirilgan alohida fikrlarni (mavjud boʻlganda) tahlil qiladi hamda umumlashtirgan holda Akkreditatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 8-iyuldagi 87-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022-2, 17.07.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 364-modda)
32. Akkreditatsiya komissiyasi joyiga borib baholash boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni muddatida akkreditatsiya qilish yuzasidan bajarilgan ishlar natijalarini koʻrib chiqadi va akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Akkreditatsiya komissiyasi qarori komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlganda Akkreditatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi boʻladi. Akkreditatsiya komissiyasi qarori Qoʻmita blankida rasmiylashtiriladi hamda komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Akkreditatsiya komissiyasi nizomi, tarkibi va ishlash tartibi Qoʻmita tomonidan belgilanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
34. Akkreditatsiya qilish jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish haqida qaror qabul qilingan holatda vakolatli organ qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni muddatida buyurtmachini Akkreditatsiya komissiyasi qarori bilan tanishtiradi.
35. Buyurtmachi aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etib, Akkreditatsiya komissiyasi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni vakolatli organga taqdim etishi mumkin.
36. Qayta baholash oʻtkazilganda baholash komissiyasi aʼzolari nomuvofiqlarni bartaraf etish va koʻrsatilgan tavsiyalarni bajarish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarning yetarliligini baholaydi hamda baholash natijalari boʻyicha xulosani rasmiylashtiradi. Zarurat boʻlganda vakolatli organning koʻrsatmasiga asosan takroriy joyiga borib baholash oʻtkazilishi mumkin.
37. Nomuvofiqliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmasa yoki qayta baholash oʻtkazilganda nomuvofiqliklar aniqlansa, Akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya qilish yuzasidan rad javob berish haqida qaror qabul qiladi.
38. Akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya qilish yuzasidan rad javob berish haqida qaror qabul qilgan taqdirda, buyurtmachi qaror qabul qilingandan keyin olti oy muddat oʻtgach takroran ariza berishi mumkin.
39. Akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya qilish haqida qaror qabul qilganda vakolatli organ qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni muddatida buyurtmachiga mazkur Qoidalarning 6-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtirilgan akkreditatsiya attestatini topshiradi. Akkreditatsiya attestati qatʼiy hisobda turadigan maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi hamda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestri (akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari haqidagi zarur maʼlumotlar bazasi)da roʻyxatga olinadi.
40. Akkreditatsiya attestati besh yil muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Akkreditatsiya attestatiga mazkur Qoidalarning 7-ilovasida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladigan akkreditatsiya sohasi ilova qilinadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 14-yanvardagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022-1, 19.01.2011-y) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 30-modda)
42. Buyurtmachiga akkreditatsiya attestatining va akkreditatsiya sohasining asl nusxalari beriladi, vakolatli organda esa mazkur hujjatlarning nusxalari saqlanadi.
III. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
43. Inspeksiya nazorati xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni.
44. Inspeksiya nazorati quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
a) akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti faoliyatining akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini baholash;
b) akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotining faoliyati jarayonida yuzaga keladigan, ekspert tashkilotining amaldagi hujjatlariga kiritilishini talab qiluvchi oʻzgarishlarni aniqlash, bu oʻzgarishlarning ekspert tashkiloti faoliyatiga koʻrsatadigan taʼsirini baholash;
v) akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan ishlarning bajarilishini nazorat qilish.
45. Inspeksiya nazorati ikki xil koʻrinishda oʻtkaziladi:
a) rejali inspeksiya nazorati;
b) rejadan tashqari inspeksiya nazorati.
46. Rejali inspeksiya nazorati vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan “Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish reja-jadvali” asosida yiliga bir marotaba oʻtkaziladi.
47. Ekspert tashkiloti faoliyatining oʻz akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan ishlarni bajarish boʻyicha belgilangan talablarga va akkreditatsiya mezonlariga nomuvofiqligi haqidagi asoslangan maʼlumotlarning hujjat bilan tasdiqlangan faktlari kelib tushgan holatlarda rejadan tashqari inspeksiya nazorati oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Inspeksiya nazorati natijalaridan qatʼi nazar, rejali inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlov Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2105, 2010-yil 25-may) muvofiq belgilangan tartibda ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2022-5, 23.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2025-y., 10/25/2022-5/0500-son)
49. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
a) ekspert tashkilotini joyiga borib baholash va baholash natijalari boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtirish;
b) joyiga borib baholash natijalari asosida qaror qabul qilish.
50. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun ekspert tashkilotini joyiga borib baholash va baholash natijalari boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtirish mazkur Qoidalarning 18—30-bandlari talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
51. Vakolatli organ joyiga borib baholash natijalari va bildirilgan alohida fikrlarni (mavjud boʻlganda) tahlil qiladi hamda Akkreditatsiya komissiyasi qarori loyihasini tayyorlaydi.
52. Akkreditatsiya komissiyasi joyiga borib baholash boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni muddatida natijalarni koʻrib chiqadi va quyidagi qarorlarni qabul qilishi mumkin:
a) akkreditatsiya attestatini tasdiqlash haqida;
b) akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqida;
v) akkreditatsiya attestatining amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish haqida;
g) akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, tugatish yoki akkreditatsiya attestatini bekor qilish uchun sudga murojaat qilish haqida.
53. Vakolatli organ Akkreditatsiya komissiyasi qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni muddatida ekspert tashkilotini qaror bilan tanishtiradi.
54. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya attestatini tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilinadi.
55. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish natijasida ekspert tashkiloti muayyan akkreditatsiya sohasida akkreditatsiya mezonlarini muntazam ravishda buzganligi fakti aniqlanganda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinadi.
56. Inspeksiya nazoratini oʻtkazish natijasida ekspert tashkiloti faoliyatida favqulodda vaziyatlar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklar aniqlanganda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya attestatining amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish haqidagi qarori qabul qilinadi.
Ekspert tashkiloti aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etadi hamda nomuvofiqliklarni bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni vakolatli organga taqdim etadi.
Qayta baholash oʻtkazilganda baholash komissiyasi aʼzolari nomuvofiqliklarni bartaraf etish va koʻrsatilgan tavsiyalarni bajarish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirlarning yetarliligini baholaydi hamda baholash natijalari boʻyicha xulosani rasmiylashtiradi. Zarurat boʻlganda vakolatli organning koʻrsatmasiga asosan takroriy joyiga borib baholash oʻtkazilishi mumkin.
Nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa yoki qayta baholash oʻtkazilganda nomuvofiqliklar aniqlansa, Akkreditatsiya komissiyasi akkreditatsiya attestatining amal qilishini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish uchun sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qiladi.
57. Ekspert tashkiloti oʻzining akkreditatsiya sohasida koʻrsatilmagan sanoat tarmoqlari va ekspertiza obyektlarida faoliyat olib borish hollari aniqlanganda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya attestatining amal qilishini tugatish uchun sudga murojaat qilish haqidagi qarori qabul qilinadi.
58. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatini soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda, Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya attestatini bekor qilish uchun sudga murojaat qilish haqidagi qarori qabul qilinadi.
IV. Ekspert tashkilotlarini qayta akkreditatsiya qilish
59. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin qayta akkreditatsiyadan oʻtish uchun vakolatli organga ariza topshirishi mumkin.
60. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi tugatilganda yoki akkreditatsiya attestati bekor qilinganda ekspert tashkiloti qayta akkreditatsiyadan oʻtish uchun vakolatli organga ariza topshirishi mumkin.
61. Ekspert tashkilotlarini qayta akkreditatsiya qilish mazkur Qoidalarning II-bobi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
V. Akkreditatsiya attestatiga oʻzgartirishlar kiritish, qayta rasmiylashtirish va akkreditatsiya attestatining dublikatini berish
62. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya attestatiga akkreditatsiya sohasi kengaytirilganda yoki qisqartirilganda oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish mazkur Qoidalarning VI va VII-boblari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
63. Akkreditatsiya attestati quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
a) akkreditatsiya attestatini rasmiylashtirishda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar aniqlanganda;
b) akkreditatsiya attestatida koʻrsatilgan ekspert tashkiloti haqidagi maʼlumotlar (tashkiliy-huquqiy shakli, nomlanishi, yuridik manzili va h.k.) oʻzgarganda.
Yuqorida koʻrsatilgan holatlarda ekspert tashkiloti vakolatli organga tegishli xat topshiradi. Xatga asoslovchi hujjatlar ilova qilinadi. Vakolatli organ tegishli maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi va xat kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni muddatida yangi akkreditatsiya attestatini rasmiylashtiradi.
64. Akkreditatsiya attestati yaroqsiz holga kelganda yoki yoʻqolganda uning dublikati beriladi.
Akkreditatsiya attestati yoʻqolganda ekspert tashkiloti vakolatli organga tegishli xat topshiradi. Xatga ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan, yoʻqolgan akkreditatsiya attestatining haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi xabar ilova qilinadi. Vakolatli organ tegishli maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi va xat kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni muddatida yangi akkreditatsiya attestatini rasmiylashtiradi.
65. Yangi akkreditatsiya attestati rasmiylashtirilganga qadar ekspert tashkiloti ilgari berilgan akkreditatsiya attestati asosida faoliyat yuritadi.
66. Ekspert tashkiloti yangi akkreditatsiya attestati (yoki akkreditatsiya sohasi)ni olganda yoki yoʻqolgan akkreditatsiya attestati topilganda, ilgari berilgan akkreditatsiya attestati (yoki akkreditatsiya sohasi)ni vakolatli organga qaytarishi shart.
VI. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish
67. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini kengaytirish mazkur Qoidalarning II-bobi talablariga muvofiq vakolatli organga taqdim etilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
68. Ekspert tashkiloti arizaga faqat akkreditatsiya sohasining kengayishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni ilova qiladi.
69. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish maqsadida ekspert tashkilotini baholash inspeksiya nazoratini oʻtkazish bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin.
70. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini kengaytirish Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini kengaytirish haqidagi qarori asosida yangi akkreditatsiya sohasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
71. Yangi akkreditatsiya sohasining amal qilish muddati akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati doirasida belgilanadi.
VII. Akkreditatsiya sohasini qisqartirish
72. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini qisqartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) ekspert tashkilotining oʻz akkreditatsiya sohasini qisqartirish toʻgʻrisidagi xati asosida Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinganda;
b) inspeksiya nazoratini oʻtkazish natijasida Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya sohasini qisqartirish haqidagi qarori qabul qilinganda.
73. Ekspert tashkilotining akkreditatsiya sohasini qisqartirish yangi akkreditatsiya sohasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
VIII. Akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, tugatish yoki akkreditatsiya attestatini bekor qilish
74. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida xat bilan murojaat qilganda;
b) ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlariga rioya qilmaganda;
v) ekspert tashkiloti nomuvofiqlik bayonnomasida koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etmaganda.
Mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan holda Akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida Akkreditatsiya attestatining amal qilishi bir yilgacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan hollarda Akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turish sudning qarori asosida amalga oshiriladi (mazkur Qoidalarning 56-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno).
75. Amal qilishi toʻxtatilgan akkreditatsiya attestatining amal qilishi Akkreditatsiya komissiyasining toʻxtatilgan akkreditatsiya attestatining kuchga kirishi haqidagi qarori asosida akkreditatsiya attestatining aslini ekspert tashkilotiga qaytarish orqali qayta tiklanadi.
76. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida xat bilan murojaat qilganda;
b) yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;
v) ekspert tashkiloti oʻzining akkreditatsiya sohasiga rioya qilmaganda;
g) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatib turishiga olib kelgan holatlarni Akkreditatsiya komissiyasi belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
d) akkreditatsiya attestatining amal qilish muddati tugaganda.
Akkreditatsiya attestatining amal qilishini tugatish ushbu bandning “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, Akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
77. Akkreditatsiya attestati quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
a) ekspert tashkiloti akkreditatsiya attestatini bekor qilish toʻgʻrisida xat bilan murojaat qilganda;
b) akkreditatsiya attestati soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Akkreditatsiya attestatini bekor qilish ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, Akkreditatsiya komissiyasi qarori asosida amalga oshiriladi.
78. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi toʻxtatilganda, tugatilganda, akkreditatsiya attestati bekor qilinganda, qayta rasmiylashtirilganda, unga oʻzgartirishlar kiritilganda yoki dublikat berilganda akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi.
79. Akkreditatsiya attestatining amal qilishi toʻxtatilganda, tugatilganda yoki akkreditatsiya attestati bekor qilinganda ekspert tashkiloti quyidagilarni bajarishi shart:
a) akkreditatsiyadan oʻtgan ekspert tashkiloti akkreditatsiyaga bogʻliq bajaradigan ishlarning bajarilishini zudlik bilan toʻxtatish;
b) oʻz buyurtmachilarini bu haqda ogohlantirish;
v) akkreditatsiya attestatining asl nusxasini uch ish kuni muddatida vakolatli organga qaytarish.
IX. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestrini yuritish
80. Vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestri yuritiladi.
81. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestrida quyidagilar hisobga olinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) akkreditatsiyadan oʻtgan ekspert tashkilotlari haqidagi asosiy maʼlumotlar (ekspert tashkiloti nomi, ekspert tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspert tashkiloti yuridik va pochta manzillari, telefon va faks raqamlari, elektron pochta va veb-sayt manzillari, filiallari haqidagi maʼlumotlar);
(81-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 28-dekabrdagi 09/YUB-50-sonli qarori (roʻyxat raqami 2022-3, 28.01.2020-y) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/2022-3/0083-son)
b) akkreditatsiya sohasi haqidagi maʼlumotlar;
v) akkreditatsiya attestatining berilgan sanasi, roʻyxat raqami va amal qilish muddati;
g) akkreditatsiya attestati va sohasi blanklarining seriyasi va raqamlari;
d) akkreditatsiya attestatining amal qilishini toʻxtatilishi, tugatilishi, akkreditatsiya attestatining bekor qilinishi yoki kuchga kirishi uchun asos va uning sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
82. Akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestri Qoʻmitaning veb-saytiga joylashtiriladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IX1. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
821. Buyurtmachi yoki akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari akkreditatsiya yoki inspeksiya nazoratini oʻtkazish natijalari boʻyicha Akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qaroridan norozi boʻlgan taqdirda Akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kun ichida Qoʻmitaga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Akkreditatsiya komissiyasining qarori buyurtmachi yoki akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarga yetkazilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellyatsiyalar koʻrib chiqilmaydi.
822. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan kamida besh kishidan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Bunda, Apellyatsiya komissiyasining tarkibi apellyatsiya bergan buyurtmachi yoki akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotini akkreditatsiya qilishda ishtirok etmagan va Akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan Qoʻmitaning kamida uch vakili, jalb qilinadigan manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari, shu jumladan ekspert tashkilotlarining ekspert xodimlaridan shakllantiriladi.
823. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya berilgan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
824. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va uni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida buyurtmachiga yoki akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotiga yozma ravishda maʼlum qiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
825. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
apellyatsiyani qanoatlantirish;
Akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish.
826. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror:
apellyatsiya berish talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.
827. Apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, Qoʻmita tomonidan akkreditatsiya attestatini berish yoki akkreditatsiya attestatini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.
828. Qoʻmita ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani apellyatsiya bergan buyurtmachiga yoki akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotiga yozma shaklda yuboradi.
829. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8210. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(IX1-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 22-apreldagi 3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2022-5, 23.05.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2025-y., 10/25/2022-5/0500-son)
X. Yakuniy qoida
83. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
2009-yil 14-avgust
Favqulodda vaziyatlar vaziri K. AXMEDOV
2009-yil 14-avgust
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2009-yil 14-avgust
Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi raisi N. MAVLYANOV
2009-yil 14-avgust
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
2009-yil 14-avgust
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2009-yil 14-avgust
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2009-yil 14-avgust
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish Qoidalariga
1-ILOVA
‎‎Sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish boʻyicha vakolatli organ rahbariga

Akkreditatsiyadan oʻtish (qayta akkreditatsiyadan oʻtish, akkreditatsiya sohasini kengaytirish) uchun‎‎

‎‎‎ARIZA

‎‎_________________________________________________ sanoat xavfsizligi

‎‎(buyurtmachi tashkilot nomi)

‎‎sohasidagi ekspert tashkiloti sifatida akkreditatsiya qilishingizni (qayta akkreditatsiya qilishingizni, akkreditatsiya sohasini kengaytirib berishingizni) soʻraydi.
Ekspert tashkiloti nomi‎‎ ‎‎
Rahbarning F.I.O. ‎‎
Yuridik manzili ‎‎
Pochta manzili ‎‎
Telefon (kodi bilan)

‎Faks‎‎‎‎

‎e-mail‎‎
‎‎‎
Masʼul vakilning F.I.O.‎‎ ‎‎


‎Ilova qilinayotgan hujjatlar:‎‎‎

_________________________________‎‎‎

_________________________________‎‎

‎‎_______________________

_____________

________________

(masʼul rahbar lavozimi)‎‎

(imzo)

(F.I.O.)‎

M.Oʻ.‎

Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga
1a-ILOVA
Akkreditatsiya sohalari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

(kodlar)

Akkreditatsiya sohalari nomlari

1.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

1.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:

1.1.1.

Shaxta

1.1.2.

Koʻmir va ruda konlari (yerosti va yerusti) obyektlari

1.1.3.

Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsialovchi fabrika va zavodlar

1.1.4.

Boyitish-saralash va meʼyorlash qurilmalari

1.1.5.

Shlamtoʻplovchi gidrotexnik inshootlari, chiqindilarni saqlovchi, texnik suv havzalari obyektlari

1.1.6.

Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalari

1.1.7.

Oltin saralash fabrikasi va zavodlari (qurilmalari)

1.1.8.

Konlarni texnik rekultivatsiya qilish obyektlari

1.1.9.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari

1.1.10.

Maxsus yerosti, transport va umumiy xoʻjalik inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish obyektlari

1.2.

Neft va gaz sanoati obyektlari:

1.2.1.

Neft va gazga qazilgan parametrik, qidiruv, izlov, struktur va ekspluatatsion quduqlar hamda maxsus qazilgan quduqlar

1.2.2.

Yerosti gaz omborlari

1.2.3.

Neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlatish va qurish; neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va tayyorlash obyektlari

1.2.4.

Neftni, gazni va gaz kondensatini konlarda va konlar orasida tashish quvuroʻtkazgichlari

1.2.5.

Magistral quvurlar

1.2.6.

Kompressor va nasos stansiyalari; gaz taqsimlash stansiyalari

1.2.7.

Qatlamdagi bosimni barqaror saqlab turish obyektlari

1.2.8.

Neft mahsulotlarini, neftni va gaz kondensatini saqlash va vaqtincha saqlash obyektlari

1.2.9.

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari

1.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari:

1.3.1.

Noorganik moddalar, ammiak, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlari

1.3.2.

Neft va gazni qayta ishlash sanoati ishlab chiqarish va obyektlari

1.3.3.

Organik sintez ishlab chiqarish obyektlari

1.3.4.

Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish obyektlari

1.3.5.

Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish obyektlari

1.3.6.

Kriogen texnologiyalar obyektlari

1.3.7.

Ammiakli sovutish qurilmalari

1.3.8.

Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlari

1.3.9.

Lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlari

1.3.10.

Spirt ishlab chiqarish obyektlari

1.3.11.

Yogʻ-moy ishlab chiqarish obyektlari

1.3.12.

Havoni parchalashda hosil boʻlgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlari

1.3.13.

Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlari

1.3.14.

Portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, toʻkish obyektlari

1.4.

Bosimi 0,07 MPa yoki suvning isitish harorati 115º S dan yuqori boʻlgan jihozdan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:

1.4.1.

Bugʻ va suv isitish qozonlari (ishchi muhit turidan qatʼi nazar)

1.4.2.

Bosim ostida ishlovchi idishlar

1.4.3.

Bugʻ va issiq suv quvuroʻtkazgichlar

1.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari:

1.5.1.

Yuk koʻtarish kranlari va mexanizmlari

1.5.2.

Ekskalatorlar

1.5.3.

Yuk va yoʻlovchilar uchun osma poʻlat arqonli yoʻllar

1.5.4.

Funikulyorlar

1.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlari:

1.6.1.

Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlari

1.6.2.

Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz toʻldirish shoxobchalari

1.6.3.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari

1.6.4.

Bosimi 12 kgf/sm² gacha boʻlgan gaz taqsimlash tizimlarining gaz tarmoqlari

1.6.5.

Gaz isteʼmoli tizimlarining gaz tarmoqlari

1.7.

Metallurgiya sanoati obyektlari:

1.7.1.

Qora metallar quyish sanoati, poʻlat ishlab chiqarish obyektlari

1.7.2.

Rangli metallar quyish sanoati obyektlari

1.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari:

1.8.1.

Qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi-tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi va tayyorlovchi (maydalovchi) boʻlimlar, shu jumladan oziq-ovqat sanoati korxonalari

1.8.2.

Un, yorma ishlab chiqarish obyektlari

1.8.3.

Omixta yem ishlab chiqarish obyektlari

1.8.4.

Qopsiz qabul qilish, unni silos va bunkerlarda saqlash, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlari

1.8.5.

Un, yorma, non va makaron ishlab chiqarish korxonalari uchun qopli idishlarni tozalash va saralash obyektlari

1.8.6.

Joʻxorini kalibrlovchi obyektlar

1.8.7.

Urugʻlik donlarni qayta ishlovchi obyektlar

1.8.8.

Tamaki mahsulotlarini tayyorlash obyektlari

1.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

1.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar

2.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

2.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoatidagi texnik qurilmalar:

2.1.1.

Shaxtada qoʻllaniladigan qurilmalar

2.1.2.

Koʻmir va ruda konlari (yerosti va yerusti) obyektlarining qurilmalari

2.1.3.

Boyituvchi, briketlovchi, aglomeratsialovchi fabrika va zavodlarning qurilmalari

2.1.4.

Boyitish-saralash va meʼyorlash qurilmalari

2.1.5.

Shlamtoʻplovchi gidrotexnik inshootlari, chiqindilarni saqlovchi va texnik suv havzalari obyektlarining qurilmalari

2.1.6.

Oltin konlari va boshqa oltin saralash fabrikalarining qurilmalari

2.1.7.

Oltin saralash fabrikasi va zavodlari qurilmalari

2.1.8.

Konlarni texnik rekultivatsiya qilish qurilmalari

2.1.9.

Foydali qazilma boyliklari qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.1.10.

Maxsus yerosti, transport va umumiy xoʻjalik inshootlarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.2.

Neft va gaz sanoatidagi texnik qurilmalar:

2.2.1.

Quduqlarni burgʻulashda, taʼmirlashda va ishga tushirishda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.2.

Neft va gaz quduqlarini ishlatishda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.3.

Qatlamdagi bosimni va qatlamga hamda quduqqa taʼsir qiluvchi omillarni saqlashda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.4.

Neft va gazni yetkazib beruvchi stansiyalarda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.5.

Magistral quvurlar tizimini qurishda, ishlatishda va taʼmirlashda qoʻllaniladigan qurilmalar

2.2.6.

Gaz va neft mahsulotlari quvurlari; kon va konlararo quvurlar

2.2.7.

Kompozit va poʻlat quvurlar qismlari va quvurlari, shu jumladan tiqin (zapor), meʼyorlovchi va himoyalovchi armaturalar qismlari

2.2.8.

Neft, kondensat va neft mahsulotlari uchun rezervuarlar va ularning qurilmalari

2.2.9.

Kompressor, nasos va gaz taqsimlash stansiyalari qurilmalari

2.2.10.

Neft va gazni yigʻish va tayyorlash qurilmalari

2.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik qurilmalar:

2.3.1.

Noorganik moddalar, ammiak, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.2.

Neft va gazni qayta ishlash obyektlarining qurilmalari

2.3.3.

Organik sintez ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.4.

Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.5.

Kimyoviy tolalar, polimer materiallar, plastmassa hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.6.

Kriogen texnologiyasi qurilmalari

2.3.7.

Ammiakli sovutish qurilmalari

2.3.8.

Elektroliz usulida vodorod va kislorod ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.9.

Lok-boʻyoq mahsulotlari ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.10.

Spirt ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.11.

Yogʻ-moy ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.3.12.

Havoni parchalashda hosil boʻlgan mahsulotlarni olish va saqlash obyektlarining qurilmalari

2.3.13.

Suvni xlor bilan qayta ishlash obyektlarining qurilmalari

2.3.14.

Portlash-yonish xavfi mavjud va kimyoviy xavfli mahsulotlarni (moddalarni) quyish, toʻkish obyektlarining qurilmalari

2.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori boʻlgan yoki suvning harorati 115º S dan yuqori boʻlgan sharoitda ishlaydigan texnik qurilmalar:

2.4.1.

Suv isitish va bugʻ qozonlari hamda ularning qurilmalari

2.4.2.

Bosim 0,07 MPa dan yuqori boʻlgan bosim ostida ishlovchi idishlar

2.4.3.

Bosim 0,07 MPa dan va suvning harorati 115ºS dan yuqori boʻlgan bugʻ va issiq suv quvurlari

2.4.4.

Avtonom bugʻqizdirgichlar

2.4.5.

Avtonom ekonomayzerlar

2.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlar:

2.5.1.

Yuk koʻtarish kranlari

2.5.2.

Kran-manipulyatorlar

2.5.3.

Quvuryotqizgich kranlar

2.5.4.

Koʻtargichlar (vishkalar)

2.5.5.

Qurilish koʻtargichlari

2.5.6.

Liftlar

2.5.7.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni koʻtarishga moʻljallangan platformalar

2.5.8.

Yuk va yoʻlovchilar uchun osma poʻlat arqonli yoʻllar

2.5.9.

Funikulyorlar

2.5.10.

Ekskalatorlar

2.5.11.

Yuk koʻtarish mexanizmlari va idishlar (metallurgiyadan tashqari)

2.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlarining texnik qurilmalari:

2.6.1.

Suyultirilgan uglevodorod gazlarini saqlash va taqsimlash obyektlarining qurilmalari

2.6.2.

Avtomobillarga suyultirilgan uglevodorod gaz toʻldirish shoxobchalarining qurilmalari

2.6.3.

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarining qurilmalari

2.6.4.

Bosimi 12 kgf/sm² gacha boʻlgan gaz taqsimlash tizimlari

2.6.5.

Gaz isteʼmoli tizimlari

2.7.

Metallurgiya sanoati texnik qurilmalari

2.7.1.

Qora metallar quyish, poʻlat ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.7.2.

Rangli metallar quyish sanoati obyektlarining qurilmalari

2.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlarining texnik qurilmalari:

2.8.1.

Elevator ombori qurilmalari

2.8.2.

Un ishlab chiqarish korxonalari qurilmalari

2.8.3.

Yorma ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.4.

Omixta yem ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.5.

Qopsiz qabul qilish, unni silos va bunkerlarda saqlash, non, makaron va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun unni tortish va elash obyektlarining qurilmalari

2.8.6.

Oʻsimlik xomashyosini qabul qilish, saqlash, quritish, qayta ishlash, alohida turuvchi qabul qilish va uzatish uskunasi, qabul qiluvchi tozalash minorasi, alohida turuvchi don quritish uchastkalari, elevatorlar, silos tipidagi omborlar, qopsiz saqlash omborlari, solod ishlab chiqarish obyektlari, qayta ishlovchi va tayyorlovchi (maydalovchi) boʻlimlar, shu jumladan oziq-ovqat sanoati korxonalari qurilmalari

2.8.7.

Joʻxorini kalibrlovchi ishlab chiqarish obyektlarining qurilmalari

2.8.8.

Urugʻlik donlarni qayta ishlaydigan obyektlarining qurilmalari

2.8.9.

Tamaki tayyorlash liniyalari obyektlarining qurilmalari

2.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlaridagi texnik qurilmalar (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

2.10.

Sanoatga moʻljallangan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlashda qoʻllaniladigan texnik qurilmalar

3.

Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

3.1.

Koʻmir, kon-ruda va noruda sanoatlarida:

3.1.1.

Yerusti kompleks bino va inshootlar

3.1.2.

Yerosti inshootlari

3.1.3.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.

Neft va gaz sanoati obyektlarida:

3.2.1.

Quduqlarni qazish va taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlardagi bino va inshootlar

3.2.2.

Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.3.

Magistral quvurlar obyektlaridagi bino va inshootlar

3.2.4.

Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.3.

Kimyo, neft-kimyo va neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori boʻlgan yoki suvning isish harorati 115º S dan yuqori boʻlgan qurilmalar joylashgan bino va inshootlar

3.5.

Koʻchmas asosga oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar

3.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlaridagi bino va inshootlar

3.6.1.

Gaz jihozlari oʻrnatilgan bino va inshootlar (qozonxonalar, sexlar)

3.6.2.

Avtomobillarga gaz (suyultirilgan uglevodorod gaz) toʻldirish shoxobchalarining bino va inshootlari

3.7.

Metallurgiya sanoati obyektlaridagi bino va inshootlar

3.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlaridagi bino va inshootlar

3.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlaridagi (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan) bino va inshootlar

3.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlardagi bino va inshootlar

4.

Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazish

4.1.

Koʻmir, kon, ruda va noruda sanoati obyektlari:

4.1.1.

Yerusti ishlab chiqarish obyektlari

4.1.2.

Yerosti ishlab chiqarish obyektlari

4.1.3.

Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish obyektlari

4.2.

Neft va gaz sanoati obyektlari:

4.2.1.

Quduqlarni qazish va taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar

4.2.2.

Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlari

4.2.3.

Magistral quvurlar obyektlari

4.2.4.

Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlari

4.3.

Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari

4.4.

Bosimi 0,07 MPa dan yuqori yoki suvning harorati 115ºS dan yuqori boʻlgan qurilmalardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari

4.5.

Koʻchmas asos?a oʻrnatilgan yuk koʻtarish mexanizmlari, eskalatorlar, poʻlat arqonli osma yoʻllar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari

4.6.

Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz taʼminoti (gaz taqsimlash, gaz isteʼmoli) obyektlari

4.7.

Metallurgiya sanoati obyektlari

4.8.

Oʻsimlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari

4.9.

Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bogʻliq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi boʻlmagan)

4.10.

Sanoatda qoʻllaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bogʻliq boʻlgan obyektlar

Izoh: mazkur Roʻyxatda nazarda tutilgan tegishli akkreditatsiya sohasi boʻyicha akkreditatsiya attestatiga ega boʻlgan ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiya attestatida koʻrsatilgan akkreditatsiya sohasi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni moʻljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash amalga oshirilishi va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi mumkin.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 30-iyundagi 09/YUB-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 2022-4, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2022-4/0634-son)
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish Qoidalariga
2-ILOVA
AKKREDITATSIYA MEZONLARI
§ 1. Ekspert tashkiloti boshqaruvi boʻyicha talablar
1. Ekspert tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 4-bobi.
2. Ekspert tashkiloti oʻz faoliyatini samarali olib borishini taʼminlovchi tashkiliy tuzilmaga va boshqarish tizimiga ega boʻlishi kerak.
3. Ekspert tashkiloti tashkiliy chizmasi, oʻzining boʻlinmalari, ularning funksiyalari va ular orasidagi oʻzaro aloqalarni oʻz nizomida aks ettirishi kerak. Ekspert tashkiloti ish faoliyati joriy holatini aks ettiruvchi oʻzgartirishlar oʻz vaqtida nizomga kiritilishi kerak.
§ 2. Ekspert tashkiloti faoliyatining mustaqilligiga va xolisligiga talablar
4. Ekspert tashkilotiga va uning xodimlariga ish faoliyati natijalariga taʼsir koʻrsatadigan tijorat, moliyaviy, maʼmuriy yoki boshqa turdagi bosim va taʼsir oʻtkazilmasligi zarur.
5. Ekspert tashkiloti va uning xodimlari xolis ish olib borishlari hamda oʻz ish natijalarida obyektning haqiqiy holatini aks ettirishlari kerak.
6. Ekspert tashkiloti va uning xodimlari ekspertiza obyektlariga aloqador boʻlmasligi kerak.
§ 3. Maʼlumotlarning maxfiyligiga talablar
7. Ekspert tashkiloti xodimlari ish faoliyati natijasida olingan maʼlumotlar va natijalarni sir saqlashlari hamda buyurtmachi haqidagi maʼlumotlarni ularning yozma roziligisiz oshkor etmasliklari lozim (qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
8. Ekspert tashkiloti har bir xodimi ish jarayonida olinadigan maʼlumotlar va natijalarning maxfiyligini taʼminlashi haqida ogohlantirilishi hamda tegishlicha rasmiylashtirilgan boʻlishi zarur.
9. Davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirdan iborat boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan ishlamoqchi boʻlgan ekspert tashkiloti xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda maxfiy hujjatlardan foydalanish huquqiga ega boʻlishi zarur.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi qonunlari.
§ 4. Xodimlarga talablar
10. Ekspert tashkiloti shtatida rejalashtirilgan ishlarning bajarilishini taʼminlash uchun akkreditatsiya sohasiga mos keladigan ekspertlarga va malakali mutaxassislarga ega boʻlishi kerak.
11. Ekspert tashkilotida rejalashtirilgan ishlarning va yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha javobgarlik ekspert tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ekspert tashkiloti rahbarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
a) ekspert tashkiloti faoliyatini mazkur Akkreditatsiya mezonlariga doimiy muvofiqligini taʼminlash;
b) mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 22-bandiga muvofiq sifat sohasidagi siyosatini ishlab chiqish va joriy qilish;
v) ekspert tashkilotida ishlarning toʻgʻri tashkil qilinishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va resurslar bilan taʼminlash.
12. Ekspert tashkilotida mazkur Akkreditatsiya mezonlariga doimo muvofiq boʻlishi uchun quyidagi yoʻnalishlarda masʼul xodimlar tayinlangan boʻlishi zarur:
a) xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish, ekspertizani amalga oshirish, shuningdek sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish uchun masʼul xodimlar (ekspert tashkilotida alohida faoliyat bilan shugʻullanadigan bir nechta boʻlinmalar boʻlgan taqdirda bu kabi xodimlar soni bir nechta boʻlishi mumkin);
b) sifatni boshqarish tizimiga masʼul xodim (sifat boʻyicha boshqaruvchi);
v) normativ hujjatlar bazasini yuritish boʻyicha masʼul xodim;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 8-iyuldagi 87-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2022-2, 17.07.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 364-modda)
13. Ekspert tashkiloti rahbari va masʼul xodimlari oʻz ish joyida yoʻqligida ularning vazifalarini bajaradigan shaxslar tayinlanishi kerak.
14. Ekspert tashkiloti rahbari va masʼul xodimlari ekspert maqomiga ega boʻlishi lozim.
15. Ekspert tashkiloti xodimlari oʻz lavozim yoʻriqnomasida koʻrsatilgan vazifalarni toʻliq va sifatli bajarish uchun zarur boʻlgan tegishli kasbiy tayyorgarlik, nazariy bilim va amaliy tajribaga ega boʻlishlari kerak.
Ekspert tashkiloti oʻz xodimlarini oʻqitishi, doimiy malakasini oshirishi va biriktirilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan rejali ichki attestatsiyani oʻtkazishi kerak.
16. Ekspert tashkiloti mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 1-ilovasida keltirilgan shakllarda oʻz xodimlari haqidagi maʼlumotlar hisobini yuritishi zarur.
17. Barcha xodimlar lavozim yoʻriqnomalariga ega boʻlishi kerak. Lavozim yoʻriqnomalari ekspert tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan va xodimlarga tanishtirilgan boʻlishi kerak.
§ 5. Jihozlar, asboblar va materiallarga talablar
18. Ekspert tashkiloti oʻz faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarni bajarishi uchun zarur boʻlgan jihozlar, asboblar va materiallarga ega boʻlishi lozim.
19. Ekspertizani amalga oshirishda zarur sinovlarni oʻtkazish uchun ekspert tashkiloti quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) sinovlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan nazorat, sinov, diagnostik jihozlari va oʻlchash vositalari, ularning ekspluatatsiya hujjatlari hamda ularni ishlatadigan malakali mutaxassislar mavjud boʻlishi kerak;
b) ekspert tashkiloti mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 2-ilovasida keltirilgan shaklda barcha nazorat, sinov, diagnostik jihozlari va oʻlchash vositalarining hisobga olinishini hamda ishlash layoqatini va aniqlikni taʼminlash davriyligida metrologik nazoratdan oʻtkazilishini taʼminlashi zarur.
Mazkur band talablarini bajara olmagan ekspert tashkiloti zarur sinovlarni oʻtkazish uchun tegishli laboratoriyalar va (yoki) boshqa ekspert tashkilotlari bilan shartnomalar rasmiylashtirishi kerak. Sinovlarni oʻtkazish uchun jalb etiladigan laboratoriyalar va (yoki) boshqa ekspert tashkilotlari belgilangan talablarga javob berishi kerak.
20. Ekspert tashkiloti ish faoliyatida kompyuterlar yoki boshqa avtomatlashtirilgan jihozlardan foydalanilganda dasturiy vositalar foydalanish uchun yaroqliligini tekshirib turishi, maʼlumotlarning toʻliqligini va xavfsizligi taʼminlanishi kerak.
§ 6. Sifatni boshqarish tizimi
21. Ekspert tashkiloti bajarilayotgan ishlar xususiyatiga mos keladigan, sifat standartlariga muvofiq, sifatni boshqarish tizimini joriy etishi va uning samarali ishlashini taʼminlashi lozim.
22. Ekspert tashkiloti rahbariyati sifat sohasida oʻzining siyosatini oʻrnatishi va tushunarli holda rasmiylashtirishi hamda ekspert tashkilotining barcha boʻlinmalarida ushbu siyosatning bajarilishini taʼminlashi lozim.
23. Ekspert tashkiloti rahbariyati oʻz xizmat vazifalaridan qatʼi nazar, ekspert tashkiloti faoliyati doirasida mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 12-bandiga muvofiq sifatni boshqarish tizimiga masʼul xodim (sifat boʻyicha boshqaruvchi)ni tayinlashi lozim. Sifat boʻyicha boshqaruvchi bevosita birinchi rahbarga boʻysunishi hamda tezkor choralar koʻrish maqsadida sifat talablariga va akkreditatsiya mezonlariga muvofiqlik masalalari toʻgʻrisida axborot berilishini taʼminlashi kerak.
24. Ekspert tashkiloti oʻz ishining samaradorligini, shuningdek belgilangan talablarga muvofiqligini nazorat qilish uchun ichki tekshiruvlarni oʻtkazib turishi lozim. Ichki tekshiruvlar oʻtkazilganda ichki hujjatlarining samarali ishlashi, xodimlarning ishi va ish natijalari tekshirilishi kerak.
25. Ekspert tashkilotida ichki tekshiruvlarni oʻtkazish sohasi, tekshiruv natijalari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan bogʻliq harakatlar roʻyxatga olinishi kerak.
26. Ekspert tashkilotida nomuvofiqliklarni qayd etish, ularni bartaraf etish va bartaraf etilganligi samaradorligini baholash tartibi ishlab chiqilishi kerak.
§ 7. Hujjatlarga talablar
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ekspert tashkiloti tasarrufida oʻz faoliyati bilan bogʻliq, akkreditatsiya sohalariga muvofiq qonunchilik hujjatlari hamda normativ texnik hujjatlar (normativ hujjatlar bazasi) mavjud boʻlishi kerak. Mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 12-bandiga muvofiq normativ hujjatlar bazasini yuritish boʻyicha tayinlangan masʼul xodim mavjud hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 3-ilovasida keltirilgan shaklda yuritishi kerak.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
28. Ekspert tashkilotida barcha normativ hujjatlar yangilanib borilishi, amal qilish muddati oʻtgan hujjatlar oʻz vaqtida belgilanishi va foydalanishdan chiqarilishi kerak. Ekspert tashkilotida xodimlarga mavjud normativ hujjatlardan toʻsiqsiz foydalanish imkoniyati yaratilgan boʻlishi kerak.
§ 8. Ishlarni bajarishga talablar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ekspert tashkiloti oʻz ish faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, normativ texnik hujjatlari talablariga rioya etishi hamda Akkreditatsiya komissiyasi qarorlari, Qoʻmita va vakolatli organ koʻrsatmalari bajarilishini taʼminlashi kerak.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiyaga ega boʻlishi hamda akkreditatsiya mezonlariga doimiy muvofiqligini taʼminlash maqsadida oʻzining ish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan oʻzgarishlarni oʻz vaqtida mazkur deklaratsiyaga kiritishi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 14-yanvardagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2022-1, 19.01.2011-y) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 30-modda)
31. Ekspert tashkiloti oʻz xodimlarining samarali ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan bino(xonalar)ga, jihozlarga va asboblarga, shuningdek ularni yaroqli holda tutish tizimiga ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 14-yanvardagi 10-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2022-1, 19.01.2011-y) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 3-son, 30-modda)
33. Ekspert tashkilotining xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish, ekspertizani amalga oshirish boʻyicha bajarilgan ish natijalari ekspertiza xulosasida aks ettirilishi lozim. Ekspert tashkilotining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish boʻyicha bajarilgan ish natijalari sanoat xavfsizligi deklaratsiyasida aks ettirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza xulosasi va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari, normativ texnik hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilishi lozim.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
34. Ishlarni bajarish jarayonida olingan kuzatuvlar va (yoki) maʼlumotlar oʻz vaqtida yozib borilishi lozim.
Ekspert tashkiloti oʻz ish natijalarini asoslab berishi uchun ish faoliyatidagi zarur hujjatlar va maʼlumotlar hisobini yuritishi va ularni saqlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 8-iyuldagi 87-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2022-2, 17.07.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 364-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ekspert tashkiloti rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari, ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari reyestri (roʻyxati)ni yuritishi lozim. Bu roʻyxat Qoʻmita tomonidan belgilangan shakllarda har oyda bir marotaba (keyingi oyning 5-sanasiga qadar) hisob yuritish uchun Qoʻmitasiga taqdim etilishi zarur.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
37. Ekspert tashkiloti shartnomalarni nazorat qilish tizimiga ega boʻlishi kerak. Bu tizim quyidagilarni taʼminlashi kerak:
a) buyurtmachi talablariga muvofiq bajariladigan ishlar ekspert tashkiloti akkreditatsiya sohasiga mos kelishi va bu ishlarni bajarish uchun ekspert tashkilotida zarur resurslar mavjudligini tekshirish;
b) bajariladigan ishlarni muntazam tekshiruvlar va kamchiliklarni bartaraf etish harakatlari bilan nazorat qilish;
v) bajariladigan ishlar oʻrnatilgan talablarga muvofiqligiga ishonch hosil qilish maqsadida bajarilgan ish natijalarini tekshirilishi.
38. Ekspert tashkilotida ishlarni xavfsiz ravishda olib borish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
39. Ekspert tashkiloti ekspertiza obyektlari uning javobgarligi ostida boʻlgan vaqtda ekspertiza obyektlarini zararsiz saqlashi kerak.
§ 9. Shikoyat va murojaatlarni koʻrib chiqish
40. Ekspert tashkiloti buyurtmachi yoki boshqa shaxslarning shikoyat va murojaatlarini koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqishi va tatbiq qilishi kerak.
41. Ekspert tashkiloti barcha shikoyat va murojaatlarni hamda ularni koʻrib chiqish natijasida qilingan ishlar haqidagi yozuvlarni qayd etishi lozim.
§ 10. Ekspert tashkilotida oʻzgarishlar
42. Vakolatli organ akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestrini yuritish, mazkur Qoidalarning talablariga doimiy muvofiqlikni oʻrnata olishi va zarurat boʻlganida akkreditatsiya attestatiga oʻzgartirishlar kirita olishi uchun, ekspert tashkiloti barcha rejalashtirilayotgan quyidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, ular kiritilmasidan oldin xabar berishi zarur (rahbariyatga shtatlarda boʻladigan oʻzgartirishlar oldindan nomaʼlum boʻlgan hollar bundan istisno boʻlib, bu oʻzgartirishlar toʻgʻrisida imkoni boricha qisqa muddatda xabarnoma yuboriladi):
a) yuridik shaxsga tegishli maʼlumotlar;
b) ekspert tashkiloti nomi, yuridik va pochta manzillari;
v) masʼul rahbar va mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 12-bandiga muvofiq tayinlangan xodim;
g) ekspert tashkiloti faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan binolar, jihozlar, asboblar, materiallar, ish tartiblari va xodimlar.
Akkreditatsiya mezonlariga
1-ILOVA

‎‎
‎Akkreditatsiya sohasidagi ishlarni bajaruvchi xodimlar tarkibi

T/r‎

F.I.O.‎

Lavozimi‎

Maʼlumoti‎

Faoliyat sohasi, ekspertiza obyekti ‎

Ichki attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ekspert guvohnomasi haqidagi maʼlumotlar)‎

Izoh‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎


‎Izoh: mazkur tashkilot asosiy ish joyi hisoblangan mutaxassislardan tashqari jalb qilinadigan boshqa tashkilot mutaxassislari alohida koʻrsatiladi (bu haqda jadvalning 7-boʻlimida koʻrsatiladi).

‎‎Ekspert tashkiloti xodimining malaka varaqasi

‎‎1. Familiyasi, ismi, otasining ismi __________________________________
‎‎2. Tugʻilgan kuni, oyi, yili __________________________________________
‎‎3. Ish joyi, lavozimi _______________________________________________
‎‎4. Maʼlumoti, maʼlumoti boʻyicha ixtisosligi __________________________
5. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni ____________________________________
‎‎‎‎6. Ixtisoslik sohasi boʻyicha ish tajribasi ____________________________
‎‎7. Uy manzili, telefon raqami _______________________________________
‎‎‎8. Ish faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

Ishlagan davri‎‎

Tashkilot nomi, shahar

Lavozimi‎‎

1‎‎

2‎‎

3‎‎

‎‎
‎9. Ekspertiza oʻtkazish borasidagi ishlardagi ishtiroki

Sana‎‎

Tashkilot, shahar‎‎

Obyekt‎‎

1

2‎‎

3‎‎

‎‎
‎10. Maxsus tayyorgarlik va attestatsiyadan (sertifikatsiyadan) oʻtganligi haqida maʼlumot

Sana‎

Tashkilot, shahar‎‎

Ixtisoslik‎‎

Guvohnoma raqami‎‎

‎1

2‎‎

3‎‎

4‎‎


‎11. Kongresslar, konferensiyalar va seminarlarda ishtiroki

‎Sana

‎Oʻtkazilgan joy

‎Mavzu

‎Maʼruza mavzusi

‎1

‎2

‎3

‎4


‎12. Nashr etilgan ishlari

‎Sana

‎Nomi

‎Nashriyot, hajmi

‎1

‎2

‎3


‎Varaqaning oxirgi marta oʻzgartirilgan sanasi: ________________________

‎Rahbar imzosi _______________ ‎‎ ‎Ekspert imzosi ____________________ ‎‎
Akkreditatsiya mezonlariga
2-ILOVA


‎Nazorat, sinov va diagnostik jihozlar hamda oʻlchov vositalari haqidagi maʼlumotlar

t/r‎

Jihoz yoki oʻlchov asboblari nomi ‎

Jihozlar yoki oʻlchov asboblarini ekspluatatsiya qilishga oid hujjatlarning mavjudligi

Ishlab chiqaruvchi (mamlakat, firma)‎

Jihozlar yoki oʻlchov asboblarini tekshiruvdan oʻtganligi haqidagi maʼlumotlar‎

Izoh‎

‎1

‎2

3‎

4‎

5‎

6‎

Akkreditatsiya mezonlariga
3-ILOVA


‎Normativ hujjatlar haqidagi maʼlumotlar

t/r

Hujjat belgisi

Hujjat nomi

Hujjat kim tomonidan va qachon tasdiqlangan, amal qilish sanasi ‎

Izoh

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish Qoidalariga
3-ILOVA


‎MAJBURIYAT VARAQASI

‎‎Men, ______________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

___________________________________________________________________

‎‎(ish joyi)

‎‎___________________________________________________________________

‎‎(lavozimi)

‎‎baholashni oʻtkazish talablariga rioya qilish, baholash natijasida olingan maʼlumotlarni boshqalarga oshkor etmaslik, shuningdek baholash ishlariga haqqoniy va xolis yondashish majburiyatini oʻz zimmamga olaman.

_____________________‎‎

__________________‎‎

(imzo)‎‎

(sana)

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish Qoidalariga
4-ILOVA

Nomuvofiqlik bayonnomasi‎

Sana: __________

Nomuvofiqlik bayonnomasi

tartib raqami ____

_________________________________

Talabi bajarilmagan (rioya etilmagan) normativ hujjat nomi va (yoki) belgisi

_______________________________

Talabi bajarilmagan (rioya etilmagan) normativ hujjatning tegishli bandi

Masʼul komissiya vakili

___________________________

(F.I.O.)

Ekspert tashkiloti masʼul vakili

__________________________________

(F.I.O., lavozimi)

Nomuvofiqlik mazmuni:

_________________________

Masʼul komissiya vakilining imzosi

Nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun oʻtkazilgan tadbir:



‎____________________________________
Ekspert tashkiloti masʼul vakilining imzosi





‎‎‎______________
sana

Nomuvofiqlikni bartaraf etilganligini tekshirish natijalari:

‎‎
‎_________________________
Masʼul komissiya vakilining imzosi



‎‎

‎‎_______________
sana

Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASI TIZIMI‎‎‎

‎‎____________________________________________ni joyiga borib baholash boʻyicha‎
(ekspert tashkiloti nomi)

‎‎20 ____ yil “____” _________dagi ____-son‎

‎‎DALOLATNOMA

‎‎_________________________________________________________________________

‎‎(ekspert tashkiloti haqidagi asosiy maʼlumotlar)‎

‎‎_________________________________________________________________________

‎‎(baholash oʻtkazilgan joy (shahar, tuman)‎

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisining 20____ yil “____” _______da ____-son
‎buyrugʻiga asosan:
‎‎komissiya raisi ________________________________________________________ va‎

‎‎(F.I.O., lavozimi)

komissiya aʼzolari _____________________________________________________ dan‎

‎‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎iborat tarkibdagi komissiya tomonidan‎
20____ yil “____” ________dan 20____ yil “____” ____________gacha boʻlgan muddatda
‎‎___________________________________ni akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini
‎‎(ekspert tashkiloti nomi)‎
‎‎‎‎baholash ishlari olib borildi.‎
‎‎Baholash jarayonida quyidagilar aniqlandi: _____________________________________‎
‎‎_________________________________________________________________________
‎‎Komissiya tavsiyalari:_______________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________
‎‎Xulosa:__________________________________________________________________
‎‎________________________________________________________________________
Komissiya raisi ___________________________________________________________

‎‎(imzo, F.I.O.)‎

‎‎Komissiya aʼzolari ________________________________________________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

Ekspert tashkiloti rahbari __________________________________________________

‎‎(imzo, F.I.O.)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish qoidalariga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
‎‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi ‎‎‎

SANOAT XAVFSIZLIGI EKSPERTIZASI TIZIMI‎

‎‎

‎‎20____ yil “____” ________da akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari reyestrida ET-____-son bilan roʻyxatga olingan. Amal qilish muddati 20____ yil “____” ________gacha

‎‎AKKREDITATSIYA ATTESTATI

Ushbu akkreditatsiya attestati _________________________________________________
‎_____________________________________________________________________ning
‎‎(ekspert tashkilotning yuridik manzili va nomi)
‎‎sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
‎‎Akkreditatsiya sohasi ushbu akkreditatsiya attestatining ajralmas qismi boʻlgan ilovada koʻrsatilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi ____________ ____________‎‎

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎M.Oʻ.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish Qoidalariga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎ET-______ -sonli Akkreditatsiya attestatiga

ILOVA‎

___ varagʻdan ___ -varagʻi‎

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(ekspert tashkiloti nomi va yuridik manzili)‎‎

‎‎AKKREDITATSIYA SOHASI‎‎‎

T/r

Ish turlari, sanoat tarmogʻi, ekspertiza obyektlari‎

Ish turlarini bajarish boʻyicha tegishli qonunchilik hujjatlari va normativ texnik hujjatlar nomi va (yoki) belgisi‎

1‎

2‎

3‎

Vakolatli organ rahbari‎

__________________‎

_____________________

M.Oʻ. ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

(7-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 463-modda; 2011-y., 3-son, 30-modda; 2014-y., 29-son, 364-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/2022-3/0083-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.07.2022-y., 10/22/2022-4/0634-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 24.05.2025-y., 10/25/2022-5/0500-son)