Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.03.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-oktabrda 2021-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 2-martdagi 17, 314-V-2, 2015-7-sonli “Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2021-2, 06.03.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 343-modda) 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-sentabr,
92-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-sentabr,
26/I-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-sentabr,
2009-28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 18-sentabrdagi 92, 26/I, 2009-28-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 30-31-son, 343-modda) 3-bandiga muvofiq uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashni amalga oshiruvchi tijorat banklari tomonidan foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq tijorat banklari 2015-yilning 1-yanvariga qadar kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha foyda soligʻini toʻlaydilar.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash — uch yildan kam boʻlmagan muddatga beriladigan investitsiyaviy kreditlar va lizing xizmatlari, shu jumladan banklar tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar;
investitsiyaviy kredit (lizing) — Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 10-modda) 3-moddasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun berilgan kreditlar (lizing);
kredit portfeli — barcha kreditlar boʻyicha balans hisobvaraqlari summasi (brutto), banklar tomonidan olinadigan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga banklar tomonidan yoʻnaltiriladigan barcha mablagʻlar, shuningdek uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan lizing xizmatlari summasi.
3. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyoz 2009-yilning uchinchi choragidan boshlab qoʻllaniladi va 2014-yil soliq davri yakuni bilan toʻxtatiladi. Mazkur imtiyozni 2009-yilda qoʻllash uchun tijorat banklari yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini 2009-yilning birinchi yarim yilligi, uchinchi choragi va ikkinchi yarim yilligi uchun alohida taqdim qiladilar.
II. Imtiyozlarni qoʻllash tartibi
4. Mustaqil soliq toʻlovchi boʻlgan filiallar uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushini mustaqil ravishda aniqlaydilar.
5. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyoz tijorat banklari tomonidan soliq davri mobaynida oʻsib boruvchi yakun bilan qoʻllaniladi, 2009-yil soliq davri bundan mustasno.
6. Foyda soligʻi stavkasi kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtiriladi.
Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi:
35 foizdan 40 foizgacha boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 80 foizini tashkil etadi;
40 foizdan 50 foizgacha boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 75 foizini tashkil etadi;
50 foizdan yuqori boʻlganda — stavka belgilangan stavkaning 70 foizini tashkil etadi.
7. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Uumim = Umim/KP*100, bunda:
Uumim — uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi;
Umim — uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash;
KP — Kredit portfeli.
Bunda, kredit yoki lizing boʻyicha xizmatlarning berilgan sanasidan qatʼi nazar, uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash summasi va kredit portfeli summasi hisobot davri oyining oxirgi sanasiga qabul qilinadi.
Oldindan uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan investitsiyaviy kredit yoki lizing boʻyicha xizmatlar uch yillik davr tugagunga qadar muddatidan ilgari soʻndirilgan taqdirda, ushbu Nizom maqsadlari uchun mazkur kredit yoki lizing boʻyicha xizmatlar uzoq muddatli sifatida qaraladi.
8. Ushbu Nizomning 7-bandiga asosan aniqlangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining imtiyozli stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son; 2008-y., 52-son, 512-modda) 128-moddasiga asosan hisoblab chiqilgan foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazaga nisbatan qoʻllaniladi.
9. Imtiyozlarni qoʻllash uchun tijorat banklari davlat soliq xizmati organlariga hisobot yili yakuni boʻyicha Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitoblarini taqdim qilish bilan bir vaqtda ushbu Nizomning 1-ilovasiga asosan Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — Maʼlumotnomani taqdim qiladilar. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushi hisob-kitobi — Maʼlumotnoma ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozdan foydalanmaydigan tijorat banklari tomonidan taqdim etilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 88, 314-V-1, 2013-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2021-1, 14.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 562-modda)
10. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining tabaqalashtirilgan stavkalarini hisoblab chiqishning shartli misoli ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan.
III. Yakuniy qoidalar
11. Soliq imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
‎‎STIR‎
Hujjat turi

/‎

Soliq davri

‎Hujjat turi: 1 – hisob-kitob, 2 – aniqlashtiruvchi (kasr orqali aniqlashtiruv raqami)
Yuridik shaxsning ________________________________________________________
toʻliq nomi
Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi
HISOB-KITOBI — MAʼLUMOTNOMA

Koʻrsatkich nomi‎

Satr
‎kodi

Hisobot davri uchun summa (ming sum) ‎‎

1-chorak‎

yarim yillik‎

9 oy‎

yil‎

I. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash, jami (020, 030 va 040-satrlar yigʻindisi), shu jumladan:‎ 010‎
uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan investitsiya kreditlari (brutto*) (14700 — 15500, 15701 ning tegishli hisobvaraqlari, bundan 14900 mustasno)‎ 020‎
uch yildan kam boʻlmagan muddatga koʻrsatilgan lizing xizmatlari (brutto*) (15600, 15705 ning tegishli hisobvaraqlari) ‎ 030‎
banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar ‎ 040‎
II. Kredit portfeli, jami (060, 070 va 080-satrlar yigʻindisi), shu jumladan:‎ 050‎
berilgan kreditlar summasi (brutto*) (11900 — 15500, 15700 hisobvaraqlar) ‎ 060‎
lizing xizmatlari (brutto*) (15600 ning tegishli hisobvaraqlari) 070‎
banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar‎ 080‎
III. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi (%da) ((010-satr / 050-satr) x 100%)‎ 090‎
IV. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasi, %‎ 100‎
V. Tuzatilgan soliq stavkasi, %‎ 110‎
* Brutto — ishonchsiz qarzlar boʻyicha yaratilgan zaxiralarni hisobga olmagan holdagi kredit yoki lizing summasi

Ushbu hisob-kitob — Maʼlumotnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini tasdiqlayman:

Davlat soliq xizmati organi xodimi tomonidan toʻldiriladi

Rahbar:

Ushbu hisob-kitob-Maʼlumotnoma
‎(kerakligiga “V” belgisi qoʻyilsin)

STIR
‎‎F.I.O. ‎‎________________________
‎‎Imzo ‎‎________________________ ‎‎
Bosh buxgalter ‎‎shaxsan ‎‎pochta orqali‎‎
‎‎STIR

‎‎F.I.O. ________________________

varaqda taqdim etildi‎‎
‎‎Imzo ________________________‎‎ Taqdim
‎‎ etilgan sana
‎‎

(kun/oy/yil)

‎‎Sana

‎‎F.I.O.

‎‎_____________________________

(kun/oy/yil)‎‎

‎‎Imzo ‎‎

‎‎__________________________

‎‎M.Oʻ.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 19-sentabrdagi 88, 314-V-1, 2013-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 2021-1, 14.10.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 562-modda)
Tijorat banklari tomonidan kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
‎‎STIR‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 0‎
Hujjat turi 1‎

/‎

Hisobot davri

0‎ 3‎

Soliq davri

2‎ 0‎ 0‎ 9‎
Hujjat turi: 1 — hisob-kitob, 2 — qayta hisob-kitob (kasr orqali qayta hisob-kitobning raqami)

‎Yuridik shaxsning ________________________________________________________
toʻliq nomi

Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi
‎hisob-kitobi — Maʼlumotnoma

Koʻrsatkich nomi Satr kodi Summa, ming soʻm
I. Uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash, jami (020, 030 va 040-satrlar summasi), shu jumladan: 010‎ 29 000‎
uch yildan kam boʻlmagan muddatga berilgan investitsiya kreditlari (brutto*) (14700—15500,15701 ning tegishli hisobvaraqlari, bundan 14900 mustasno) 020‎ 6 000‎
uch yildan kam boʻlmagan muddatga koʻrsatilgan lizing xizmatlari (brutto*) (15600, 15705 ning tegishli hisobvaraqlari) 030‎ 8 000‎
banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar 040‎ 15 000‎
II. Kredit portfeli, jami (060,070 va 080-satrlar summasi), shu jumladan: 050‎ 81 000‎
berilgan kreditlar summasi (brutto*) (11900—15500, 15700 hisobvaraqlar) 060‎ 55 000‎
lizing xizmatlari (brutto*) (15600 ning tegishli hisobvaraqlari) 070‎ 11 000‎
banklar tomonidan olingan ishlab chiqarish korxonalari negizida tashkil etiladigan kompaniyalar aktivlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlar 080‎ 15 000‎
III. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi (% da) ((010-satr / 050-satr) ×100%) 090‎ 35,8‎
IV. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining belgilangan stavkasi, % 100‎ 15‎
V. Tuzatilgan soliq stavkasi, % 110‎ 12‎
1. Kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi:
35 dan 40 foizgacha boʻlganda, — stavka belgilangan stavkaning 80 foizini tashkil etadi;
40 dan 50 foizgacha boʻlganda, — stavka belgilangan stavkaning 75 foizini tashkil etadi;
50 foizdan yuqori boʻlganda, — stavka belgilangan stavkaning 70 foizini tashkil etadi.
2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining amaldagi stavkasida — 15 foiz va kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalash ulushi sharoitida tuzatilgan soliq stavkasi 12 foizni (15 × 80%) tashkil etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 462-modda; 2013-y., 42-son, 562-modda)