Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.12.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ-211-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-avgust,
244-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 244-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
a) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“pochta toʻlovining davlat belgilari namunalarini tasdiqlaydi va pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan olib qoʻyish tartibini belgilaydi”;
b) quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyalarini shakllantiradi;
frankiroval mashinalardan foydalanish tartibini belgilaydi;
pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyimi va koʻkrak nishonini tasdiqlash hamda kiyish tartibini belgilaydi;
pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining pochta, xat va joʻnatmalar hamda pul mablagʻlari tashish uchun foydalaniladigan transport vositalariga joylashtiriladigan maxsus farqlovchi belgilarni tasdiqlaydi”;
yettinchi—qirq toʻrtinchi xatboshi tegishli ravishda oʻn birinchi — qirq sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 381-modda)