1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.02.00 Fan va ta’lim (ayrim xodimlar xizmati) sohasidagi mehnatni tartibga solishning xususiyatlari;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
ILMIY XODIMLAR MEHNATINI YANADA RAG‘BATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ilmiy xodimlarning ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqishga va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga qo‘shgan ilmiy va mehnat hissasiga qarab ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
1. Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan ilovaga muvofiq koeffitsiyentlarda tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajaruvchi ilmiy, ta’lim tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
o‘zlariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini hisoblash va taqsimlashda ilmiy va rahbar xodimlar bazaviy lavozim maoshlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan miqdorlariga qat’iy amal qilsinlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish samaradorligini oshirish, budjet mablag‘larini tejash va xo‘jalik hisobidagi faoliyatni amalga oshirishdan olinadigan budjetdan tashqari daromadlarni ko‘paytirish hisobiga yanada kuchaytirish bo‘yicha tizimli asosda chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.03.00 Ilmiy muassasalarni va ilmiy faoliyatni moliyalashtirish]
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat ilmiy dasturlarini bajaruvchi tashkilotlar tomonidan mehnatga haq to‘lash fondining 5 foizi miqdorida ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
tashkil etilayotgan jamg‘armalar mablag‘lari hisobiga alohida o‘rnak ko‘rsatgan, davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishga aniq mehnat va ilmiy hissa qo‘shgan ilmiy xodimlar moddiy rag‘batlantiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish ular uchun yiliga 5 tagacha bazaviy lavozim maoshlari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan mukofotlar belgilash yo‘li bilan Ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari huzuridagi ilmiy kengash qarorlariga binoan amalga oshiriladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini tasdiqlasinlar, unda ilmiy xodimlarni mukofotlashning ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqishga, shuningdek tadqiqotlar natijalaridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga ular qo‘shgan aniq hissa darajasini hisobga oladigan asosiy mezonlar belgilanishini nazarda tutsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-avgust,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga ILOVA
Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari
T/r
Lavozimlarning nomi
2021-yil 1-fevraldan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda
1.
Institut direktori
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
11,089
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
10,600
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
10,189
2.
Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
10,034
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
9,520
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
8,748
3.
Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (bo‘limi) mudiri
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
9,983
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
9,365
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
9,082
4.
Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
9,520
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
9,082
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
8,413
5.
Bosh ilmiy xodim
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
9,520
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan
8,954
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan
8,542
6.
Yetakchi ilmiy xodim
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega bo‘lgan
8,053
fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan
7,539
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan
6,870
7.
Katta ilmiy xodim
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega bo‘lgan
7,024
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan
6,612
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan)
6,046
8.
Kichik ilmiy xodim
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan
6,201
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan)
5,789
ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan)
5,377
9.
Stajer tadqiqotchi
4,760
Izohlar:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan bosh ilmiy xodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan bosh ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (bo‘limi) mudirlarining o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (bo‘limi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirgan holda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga o‘xshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot bo‘limlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.
(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 34-son, 370-modda, 43-son, 459-modda; 2012-y., 1-son, 10-modda, 37-son, 432-modda; 2013-y., 6-son, 76-modda; 2014-y., 2-son, 29-modda, 38-son, 486-modda, 52-son, 644-modda; 2015-y., 41-son, 530-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2974/0800-son, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son, 18.01.2019-y., 10/19/3122/2503-son, 03.10.2019-y., 10/19/3186/3847-son; 02.11.2020-y., 10/20/3284/1447-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)