Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.01.2014
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HAYʼATI MAJLISINING
Bayoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI YoZISh (FHDY) ORGANLARIDA ISh YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1564-1]
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur bayon Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 400-mh-sonli “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2547, 31.12.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 22-apreldagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1564, 2006-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 142-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qaror davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hayʼat raisi, vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-iyul,
16/09-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼati majlisining 2009-yil 1-iyuldagi 16/09-sonli bayoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “aniq” soʻzi “oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshisidagi “gerbli guvohnomalar sarfini hisobga olish” soʻzlari “gerbli guvohnomalarni sarflash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari qatʼiy hisobda yuritilishi lozim.
Adliya boshqarmasi tomonidan FHDY organlariga faqat gerbli guvohnomalarni sarflash daftarlari toʻliq toʻldirilib, tugatilganidan keyin yangi daftarlar beriladi. Berilayotgan daftarlar raqamlanib, ularni tarqatish boʻyicha alohida kitobga qayd qilinadi va olgan shaxsga imzo qoʻydiriladi.”.
3. 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kitobdagi” soʻzi “sarflash daftaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 361-band bilan toʻldirilsin:
“361. FHDY organida tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi takroriy guvohnoma berishni soʻrab murojaat qilingan arizalarni roʻyxatga olish daftarlari mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha har bir fuqarolik holati dalolatnomalari uchun alohida yuritiladi.”.
5. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Tugʻilganlikni qayd ettirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksida belgilangan bir oylik muddat oʻtkazib, bola 16 yoshga toʻlguncha murojaat etilgan hollarda tugʻilganlikni qayd etish rad qilinmaydi, balki umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Bola bir yoshga toʻlganidan soʻng, uning tugʻilganligi ota-onasidan birining doimiy yashash joyida qayd etiladi va zaruratga qarab qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotnomalar talab qilinishi mumkin:
bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisida uchastka pediatridan maʼlumotnoma;
maktabgacha taʼlim muassasasi yoki maktabdan u erga qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
tegishli FHDY arxividan ushbu bolaga nisbatan tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Bola bir yoshga toʻlganidan soʻng tugʻilganlik qayd etilgan hollar 14 (22) shakl hisobotida muddati oʻtkazib qayd ettirilgan tugʻilish ustunida ajratib koʻrsatiladi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 411-band bilan toʻldirilsin:
“411. Bola tugʻruqxonadan tashqari joylarda tugʻilgan boʻlsa va ushbu holatda u bir yoshga toʻlgandan soʻng tugʻilganlik qayd etilgan taqdirda, mazkur Yoʻriqnomaning 41-bandida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotnomalarga qoʻshimcha ravishda FHDY organiga bola tugʻruqxonadan tashqari joylarda tugʻilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma ham taqdim etiladi.
Agarda tugʻruqxonadan tashqari joylarda tugʻilgan bolaning tugʻilganligini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzilmagan boʻlsa va tugʻilishni qayd etish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, bolaning u yoki bu onadan tugʻilganlik faktini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.”.
7. 42-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday hollarda, agar bolaning onasi boshqa shaxs bilan qonuniy nikohda turgan boʻlsa, otalikni belgilash toʻgʻrisidagi arizaga nikohda turgan shaxsning (erning) notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinishi yoki FHDY organiga kelib yozma ravishda oʻz roziligini bildirishi lozim. Bunday rozilik FHDY organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
birinchi xatboshisidagi “tasdiqlanmagan hollarda” soʻzlari “tasdiqlanishi lozim boʻlib,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agarda tugʻilgan bolaning onasi voyaga yetmagan boʻlsa, tugʻilganlik bolaning tugʻilganligini qayd etish haqidagi tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi hamda vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan qayd etiladi. Bunday holda, bolani tuqqan onaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, shuningdek yashash joyidan, oʻqiyotgan boʻlsa oʻqish joyidan rasmi yelimlangan holdagi maʼlumotnomalar taqdim etilishi lozim.”.
9. 49-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Yoʻriqnomaning 41-bandida koʻrsatilgan maʼlumotnomalar taqdim etilganda, yuqorida koʻrsatilgan ariza ushbu maʼlumotnomalar bilan birga beriladi.”.
10. 53-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dalolatnoma yozuvi yolgʻiz ona arizasiga asosan qayd etilgandan keyin, otalikni belgilash holati rasmiylashtirilayotganda, bolaning ota-onasi qonuniy nikohdan oʻtib, ona erining familiyasiga oʻtgan boʻlsa, ona ustuniga onaning familiyasiga oʻzgartirish kiritilib, bu haqda onadan qoʻshimcha ravishda ariza olinmaydi. Bu holatda otalikni belgilash ota va onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida amalga oshiriladi.”.
11. 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Hokim qarorining yuqori oʻng burchagiga tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvining qayd etilgan raqami va sanasi, qarorning pastki oʻng burchagiga esa berilgan guvohnomaning seriyasi, tartib raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.”.
12. 65-bandning ikkinchi xatboshisidagi “nikohni qayd ettirish” soʻzlari “FHDY organiga tibbiy maʼlumotnomalar taqdim etilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. Nikohga kirish haqidagi qabul qilingan arizalar nikoh qayd etilgungacha alohida yigʻmajildlarda saqlab turiladi. Chet el fuqarolari bilan nikohni qayd etishda, arizaga chet el fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi va tarjimasi hamda nikohda turmasligi haqidagi, yaʼni oilaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan holda ilova qilinadi.”.
14. Quyidagi mazmundagi 701-band bilan toʻldirilsin:
“701. Alohida hollarda, istisno tariqasida (agar ota-onasi va nikohlanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasining turli hududlarida yashab turgan boʻlsalar) otasi yoki onasining yozma arizasiga koʻra, nikoh ota-onasining yoki nikohlanuvchilardan birining yashash joyidagi FHDY organida qayd etilishi mumkin hamda bu toʻgʻrisida FHDY organi tomonidan nikohlanuvchilarning yashab turgan joylaridagi FHDY arxivlariga xabarnoma yuborilishi lozim. Ushbu olingan xabarnomalar asosida FHDY arxivlari tomonidan alohida tegishli alfavit daftarlari yuritiladi.
Masalan: nikohlanuvchi shaxslardan birining doimiy yashash joyi Andijon viloyati, ikkinchisiniki esa Samarqand viloyatida boʻlib, nikohlari Toshkent shahar 1-son Nikoh uyida qayd etilgan boʻlsa, bunday holatda Toshkent shahar 1-son Nikoh uyi tomonidan fuqarolarning nikohlari qayd etilganligi toʻgʻrisida Andijon va Samarqand viloyat FHDY arxivlariga xabarnoma yuboriladi”.
15. 82-bandning ikkinchi xatboshisi “ariza” soʻzidan keyin “murojaat etgan fuqaroning doimiy yashash joyidagi FHDY organi tomonidan qabul qilinadi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
ikkinchi xatboshisi “hamda murojaat qilgan shaxsga maʼlumotnoma beradi” soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “boʻlimi” soʻzi “organi” soʻzi bilan almashtirilsin.
17. 87-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“87. Oʻlimni qayd etish muddatini oʻtkazib murojaat etilganida, FHDY organi tomonidan oʻlimni qayd etish rad qilinmaydi va umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Oʻlimni qayd etish muddatini oʻtkazib, bir yilgacha murojaat etilganda, marhumning oʻlgan joyi boʻyicha yoki oʻlimidan oldin yashagan joyi boʻyicha, bir yildan soʻng murojaat etilganda esa, marhumning oʻlimidan oldin yashagan joyi boʻyicha FHDY organi tomonidan oʻlim qayd etiladi.
Oʻlim haqida tibbiy guvohnomaning asl nusxasi taqdim etilmagan hollarda, fuqaroning vafot etgan va oʻlimidan oldin yashagan joyidagi adliya boshqarmasi FHDY arxivi tomonidan oʻlim qayd etilmaganligi haqida maʼlumotnoma olinganidan keyingina dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.”.
18. 90-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar fuqaroning oʻlimi, uning doimiy yashash joyi boʻyicha emas, balki vafot etgan joyi boʻyicha qayd etilganda, uning pasporti va harbiy bileti ularni bergan ichki ishlar va mudofaa ishlari boʻlimlariga yuboriladi.”.
19. Quyidagi mazmundagi 901-band bilan toʻldirilsin:
“901. Tugʻilgan bola uning tugʻilishi qayd etilmasdan vafot etganda, unga tugʻilish haqidagi dalolatnoma yozuvi hamda bir vaqtning oʻzida oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilib, talab qilinganda oʻlim haqidagi guvohnoma beriladi.”.
20. 92-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nikohdan ajralganda nikohgacha boʻlgan familiyasiga qaytishni tanlab, lekin shaxsini tasdiqlovchi hujjati oʻzgarishsiz qolgan hollarda fuqaro tegishli ariza bilan FHDY organiga murojaat qiladi va FHDY organi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish kiritiladi.”.
21. Quyidagi mazmundagi 941, 942 va 943-bandlar bilan toʻldirilsin:
“941. Bola 16 yoshga kirgunga qadar familiyasi, ismi yoki ota ismiga milliy-tarixiy anʼanalarga koʻra qoʻshimchalar (xon, xoʻja, hoji, bek, bonu, bibi, begim, zoda, mir, abdu va hokazolar) qoʻshilsa, bu holat uning ota-onasini arizasiga koʻra dalolatnoma yozuviga qoʻshimcha kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
942. Bola 16 yoshga toʻlishi bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini olgunga qadar, tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida imlo xatolar boʻlganligi sababli, unga tuzatish kiritish yoki ismiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, tuzatish yoki qoʻshimcha kiritish uning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi.
943. Agarda, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 15-moddasiga koʻra ismining oxiriga xon, xoʻja, hoji, bek, bonu, bibi, begim, zoda, mir, abdu va ota ismini yozishda — evich, ovich, evna, ovna, qizi, oʻgʻli, iy, zoda qoʻshimchalarni kiritishni istasa, bu holat yoshidan qatʼi nazar, dalolatnoma yozuviga qoʻshimcha kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.”.
22. Quyidagi mazmundagi 961 va 962-bandlar bilan toʻldirilsin:
“961. Agarda, fuqaro bitta hududda doimiy roʻyxatdan oʻtib yashayotgan boʻlsa, lekin uning tugʻilganlik, nikoh, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari boshqa hududda qayd etilgan boʻlsa, fuqaro unga tegishli boʻlgan dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish yoki qoʻshimcha kiritish uchun dalolatnoma yozuvi qayd etilib, saqlanayotgan joydagi FHDY boʻlimiga murojaat qiladi. Bunday hollarda, agar dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish yoki qoʻshimcha kiritish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, fuqaroning arizasiga asosan FHDY boʻlimi tomonidan shu kunning oʻzida uning dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartirish, tuzatish yoki qoʻshimcha kiritilishi lozim.
962. Agar dalolatnoma yozuvida ismi qisqartirilib, erkalash shaklida yozilgan va imlo xatolikka yoʻl qoʻyilgan boʻlsa hamda fuqaro dalolatnoma yozuvidagi ismini tuzatishni istasa, fuqaroning yoshidan qatʼi nazar, FHDY boʻlimida uning arizasiga asosan, shu kunning oʻzida dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Masalan: tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvida ismi Moxchexra deb yozilgan boʻlsa — Mohichehraga, Batirdan — Botirga”.
23. 101-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yigʻmajildning ichki chap tomoniga, unda tikilgan hujjatlarning roʻyxati yozilib, ilova qilingan hujjatlar ketma-ketlik bilan tikiladi hamda yigʻmajildning orqa tomoniga uning nechta varaqdan iboratligi yozilib, mudir tomonidan tasdiqlanadi.”.
24. 115-banddan “200 — 250 varaqli daftar holida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
25. 123-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Chet elda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan hamda chet tilida tuzilgan ishonchnoma orqali takroriy guvohnoma berishda, ishonchnoma belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan holdagina qabul qilinadi.”.
26. 10-ilova VIII-boʻlimining beshinchi—sakkizinchi xatboshilari “va ushbu arizalarni roʻyxatga olish daftari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
27. 61-ilova 4-bandining “b” kichik bandi “va mazkur arizalarni roʻyxatga olish daftarlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 322-modda)