OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-avgustda 1846-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 165-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-avgust,
32/QQ-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-avgust,
32-son
Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-avgust,
01-274-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 13-avgustdagi 32/QQ, 32, 01-274-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya faoliyatini hamda oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti Direktor jamgʻarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Direktor jamgʻarmasi deb yuritiladi) hisobidan oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) oʻz faoliyatini mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
2. Maxsus komissiya oʻz faoliyatini qarorlar qabul qilishda xolislik, ochiqlik, oshkoralik va belgilangan tartibga amal qilishlik tamoyillariga tayangan holda olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizom barcha oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tizimiga taalluqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 21-maydagi 325-son qaroriga muvofiq, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlimi tashkilotlari xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirishga joriy qilinmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
II. Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari va huquqlari
5. Maxsus komissiyaga quyidagi asosiy vazifalar yuklanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarining yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish maqsadida munosib nomzodlarni aniqlash va tasdiqlash;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga Direktor jamgʻarmasidan har oylik ustama va bir yoʻla toʻlanadigan mukofotlarning aniq turi va miqdorini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
kasb mahorati va oʻquv jarayoniga shaxsiy hissa qoʻshganligi, oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan ixtisosli tabaqalashtirilgan oʻqitishdagi yuksak samaradorlik va sifat uchun, oʻquvchilarning bilimlarini reyting baholash natijalari boʻyicha aniqlanadigan tegishli guruhlar va oʻquv fanlari uchun Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim davlat taʼlim standartlari bilan belgilangan bilimlar va koʻnikmalarning zarur hajmi oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishiga qarab, tarbiyaviy jarayonning, auditoriyadan tashqari ishlarning sifati va uni amalga oshirish samaradorligiga bogʻliq ravishda ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashga shaxsiy qoʻshgan aniq hissasi uchun oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyatining reyting koʻrsatkichlari asosida ularning bazaviy tarif stavkalariga nisbatan oylik ustamalar belgilash;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim tashkiloti xodimlarining murojaatiga koʻra yoki kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi boʻyicha favqulodda hollarda (yaqin qarindoshi vafot etganda, ogʻir jarohat olinganda, ogʻir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar koʻrilganda va h.k) ularga koʻrsatiladigan moddiy yordam miqdorini belgilash;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining oldingi oʻquv davridagi (semestr, oʻquv yili) faoliyatini baholash yakunlari boʻyicha hamda ayrim oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari ish sifatidagi aniqlangan oʻzgarishlar asosida belgilangan bazaviy tarif stavkalariga oylik ustamalar miqdorlarini qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish hamda bu haqda taʼlim tashkilotining pedagogik kengashida hisobotlar berib borish;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama haq belgilash va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlarini bir yoʻla mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatishni taʼminlash;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
navbatdagi semestr davomida oylik ustama haq belgilangan oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik faoliyati natijalari boʻyicha monitoring ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish;
monitoring natijalarini doimiy ravishda oʻz majlislarida koʻrib chiqish, oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga ustama belgilash haqidagi oldingi qarorlarni saqlash yoki ularga oʻzgartirishlar kiritish masalasini koʻrib chiqish.
6. Maxsus komissiya oʻzining faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
har bir oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasb mahorati va oʻtgan oʻquv yilidagi oʻquv-tarbiya faoliyatida erishgan natijalarini tahlil qilish va baholash;
har bir oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ishlarni samarali amalga oshirish, kasb mahorati va oʻquv jarayoniga qoʻshgan aniq hissasi, yuqori natija va taʼlim sifati uchun oylik ustama haqlarni belgilashga oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari nomzodlarini aniqlash;
zarur hollarda oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga oʻquv yili boshida belgilangan oylik ustama haq miqdoriga muddatidan oldin oʻzgartirish kiritish.
III. Maxsus komissiya tuzilmasi va tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
7. Maxsus komissiya barcha oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari huzurida tashkil etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Maxsus komissiya tarkibi kamida 7 kishidan iborat boʻlib, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va quyidagi tarkibda tuziladi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
komissiya raisi — taʼlim tashkiloti direktori;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
masʼul kotib — ichki monitoringni tashkil etilishi uchun masʼul boʻlgan direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
pedagogik kengash tomonidan tayinlanadigan, pedagogik jamoaning kamida ikki nafar vakili;
kasaba uyushmasi tashkiloti raisi;
vasiylik kengashi vakili;
ota-onalar qoʻmitasining vakili.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Maxsus komissiyaning doimiy faoliyat yurituvchi ishchi organi uch nafar oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalaridan vakillar va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti ota-onalar qoʻmitasining ikki nafar vakilidan tashkil topgan monitoring guruhi hisoblanadi. Monitoring guruhi tarkibi Maxsus komissiyaning qarori bilan belgilanadi va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
IV. Maxsus komissiyaning majlislarini oʻtkazish va qarorlar qabul qilish tartibi
10. Maxsus komissiya majlisi semestr yakuni boʻyicha kamida bir marta, istisno tariqasida esa zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi.
11. Maxsus komissiyaning masʼul kotibi komissiya majlisini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi va majlisdan kamida 3 kun oldin ularni Maxsus komissiya raisi va aʼzolariga taqdim etadi.
Maxsus komissiyaning masʼul kotibi komissiya hujjatlarini yuritish va ularni saqlashni taʼminlaydi.
12. Maxsus komissiya majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda haqiqiy hisoblanadi. Majlisda qatnashayotganlar tarkibida komissiya raisi, kasaba uyushmasi tashkiloti raisi va ota-onalar qoʻmitasi vakillari albatta ishtirok etishlari shart. Qaror majlisda ishtirok etayotganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Maxsus komissiya aʼzolarining ovozlari teng boʻlganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Maxsus komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Maxsus komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Maxsus komissiya qarori ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Bir nusxa oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti direktorida, ikkinchisi Maxsus komissiya masʼul kotibida saqlanadi va ularning nusxasi zarur hollarda oliy taʼlim tashkilotlariga va kasbiy taʼlim hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi.
Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, shuningdek, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla toʻlanadigan mukofotlar va moddiy yordamlarning xolisona, oshkora muhokama qilinishi va toʻgʻri belgilanishi uchun masʼullik shaxsan Maxsus komissiya raisi zimmasiga yuklatiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Direktor jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirishning barcha turlari Maxsus komissiya majlisi qaroriga asosan taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Har bir oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotining oʻqituvchilar xonasida, muqarrar tartibda, xodimlar koʻrishi uchun qulay boʻlgan joyda Maxsus komissiya qarorining nusxasi va unga bevosita tegishli maʼlumotlar aks ettirilgan maxsus stend tashkil qilinadi. Stendda taʼlim-tarbiya jarayoni natijalari, oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari amalga oshirgan oʻquv-tarbiya faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari kabi zarur maʼlumotlar eʼlon qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
V. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari asosida ularning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalarning aniq miqdorlarini belgilash tartibi
17. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining faoliyati samaradorligini hisoblash mezonlari asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari taʼlim tashkiloti hamda uning boʻlimlari doirasida aniqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
19. Oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasi oʻquv yili davomidagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻysa, unga jarima ballar belgilanadi. Jarima ballari pedagogning semestr davomida toʻplagan ballaridan ayirib tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Semestr davomida joriy reyting ballarini hisoblash taʼlim tashkilotidagi yoʻnalishlar boʻyicha mavjud boʻlim mudirlari va oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Pedagoglar toʻplagan reyting ballari semestr yakunida taʼlim tashkiloti pedagogik kengashida tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar jamlanmasi Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Taʼlim tashkiloti pedagogik kengashida reyting koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari haqida elektron maʼlumotlar bazasi tashkil etilib, har semestr yakunida yangilab boriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
23. Maxsus komissiya boʻlimlar va pedagog xodimlardan qoʻshimcha maʼlumotlar olishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Maxsus komissiya majlisida Direktor jamgʻarmasidan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, shuningdek, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla toʻlanadigan mukofotlar va moddiy yordam koʻrsatish miqdorlarini Direktor jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida aniqlaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
25. Pedagogik kengashdan olingan hujjatlar jamlanmasi asosida bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilanadigan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari nomzodi aniqlanadi.
26. Mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari yuqori boʻlib, hisobot davri uchun shaxsiy ish rejasidagi yuklamalarni toʻliq bajargan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi. Bunda ajratilgan har oylik ustamalar miqdori Direktor jamgʻarmasidan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar uchun ajratilgan mablagʻlar miqdoridan oshib ketmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlarini aniqlash natijalari oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotining ichki va tashqi monitoringini amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi hamda talab etilgan joylarga taqdim qilish uchun oʻrnatilgan tartibda 5 yil mobaynida saqlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlimning yuqori va hududiy boshqaruv organlarining vazifa va vakolatlari
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining vazifalari:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Direktor jamgʻarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori Davlat budjeti qabul qilingandan keyin, taʼlim tashkiloti xarajatlarining belgilangan hajmini ular eʼtiboriga yetkazish yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliginingva Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma xati bilan barcha kasbiy taʼlim tashkilotlari, vazirliklar (idoralar) va iqtisodiyot va moliya organlariga yetkazadi;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan moliyalashtiriladigan oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari taʼminotiga xarajatlarning yillik smetalarini iqtisodiyot va moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda tegishli iqtisodiyot va moliya organiga belgilangan tartibda har bir oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti boʻyicha ushbu xarajatlarga foiz nisbatida belgilangan miqdordan kelib chiqib hisoblangan Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarini ajratib koʻrsatgan holda mehnatga haq toʻlash xarajatlari yillik hajmini taqdim etadi;
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tizimdagi har bir taʼlim tashkilotida Direktor jamgʻarmasining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining Direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga mos kelishini taʼminlaydi.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlimning yuqori va hududiy boshqaruv organlari vakolatlari:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
barcha oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasb mahorati va samaradorligi koʻrsatkichlari, maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy va darsdan tashqari ishlar samaradorligini aniqlashda yagona yondashuvga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
joriy oʻquv yili davomida oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik faoliyati samaradorligi va yuqori natijalari tashqi monitoringini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus komissiya qaroridan norozi boʻlgan oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining eʼtirozlarini koʻrib chiqadi hamda tegishli qaror qabul qiladi. Odatda, Maxsus komissiya qaroridan norozi boʻlgan oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasi qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun muddatda oliy taʼlim tashkilotiga va kasbiy taʼlim hududiy boshqarmasiga ariza bilan murojaat etishi koʻzda tutiladi.
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
VII. Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qilish tartibi va buning uchun mansabdor shaxslar masʼuliyati
Oldingi tahrirga qarang.
30. Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim boshqaruv organlari oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish haqidagi buyruqlarini tekshirishni quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ajratish miqdorining toʻgʻriligini (pedagogik yuklamani hisobga olgan holda belgilangan tegishli bazaviy tarif stavkalariga nisbatan belgilangan foiz miqdorining muvofiqligi) aniqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizomning 14-bandiga muvofiq, bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilangan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari soni bir vaqtning oʻzida ular umumiy sonining 50 foizidan ortib ketmasligini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xarajatlar smetasida oʻtgan choraklarda foydalanilmagan qoldiq mablagʻlarni joriy chorakda oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga belgilangan har oylik ustama, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga beriladigan bir yoʻla mukofot va moddiy yordamlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirishni taʼminlash.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotining oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi buyrugʻi oʻrnatilgan tartiblarga muvofiq kelmasligi aniqlangan hollarda oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim boshqaruv organlarining tegishli xodimlari oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari direktorlari bilan tushuntirish ishlarini olib boradi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Maxsus komissiya, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, shuningdek, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, xodimlarga bir yoʻla mukofotlar va moddiy yordamlar miqdorining toʻgʻri yoʻnaltirilishi uchun javobgar hisoblanadilar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari Direktor jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishini oʻrnatilgan tartibda tekshirishni amalga oshiradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
VIII. Yakuniy qoidalar
34. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-avgust
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkiloti huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
(ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining faoliyati samaradorligini hisoblash mezonlari
Oldingi tahrirga qarang.

№‎

Baholanadigan faoliyat va koʻrsatkichlar‎

Ballar‎

I. Oʻquv ishlari

1.‎‏

Guruh oʻquvchilarining darslardagi oʻrtacha davomati:‎

91—100 %‎

25‎

86—90 %‎

10‎

2.‎‏

Semestr yoki oʻquv yili natijalari boʻyicha tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida ular tomonidan olib borilgan fan (fanlar) boʻyicha guruhdagi oʻquvchilar (fanlar va guruhlar qurʼa tashlash orqali tanlanadi)ni qamrab olish 85 foizdan kam boʻlmagan holda ularning bilim, malaka koʻnikma (BMK)lari va taʼlim tayyorgarligi darajasi amaldagi uslub (yozma ish, testlash va h.k.)lar asosidagi sinovlarda koʻrsatilgan bilim darajasi:‎

86—100 %‎

25‎

71—85 %‎

15‎

55—70 %‎

10‎

3.‎‏

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining oʻqitayotgan fan (amaliyot mashgʻulot)idan oʻquvchilar koʻrsatgan bilimining oʻsish darajasi (boshlangʻich nazorat yoki oʻtgan semestr yakuniga nisbatan):‎

20 foizgacha‎

100‎

10 foizgacha‎

50‎

4.‎

Yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etgan holda namunali “Ochiq dars”lar tashkil etish (har biri uchun)‎

5‎

5.‎

Oʻquv amaliyoti mashgʻulotlari uchun oʻquv dasturi talabiga mos holda instruksion-texnologik xaritalar yaratish, ularni Ilmiy-pedagogik kengash muhokamasidan oʻtkazish va oʻquv jarayoniga tatbiq etish (har 6 soatlik mashgʻulot uchun)‎

3‎

6.‎‏

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ommalashtirilgan har bir oʻquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlari (asoslangan hujjatlar asosida):‎

respublika miqyosida‎

20‎

viloyat miqyosida‎

10‎

turdosh taʼlim tashkilotlari oʻrtasida‎

5‎

7.‎

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etgan holda kasbga yoʻnaltiruvchi qiziqarli dars (mashgʻulot)lar tashkil etish (har biri uchun)‎

5‎

II. Ilmiy-uslubiy ishlar

8.‎‏

Chop etilgan darslik (1 bosma tabogʻi uchun): ‎

yakka mualliflik‎

40‎

hammualliflik‎

20‎

9.‎‏

Chop etilgan oʻquv qoʻllanma (1 bosma tabogʻi uchun):‎

yakka mualliflik‎

30 ‎

hammualliflik‎

15‎

10.‎

 Axborot-resurs markaziga topshirilgan elektron darslik yoki oʻqitish multimediya ishlanmalarini tayyorlash (1 mega-bayt yoki 1 bosma tabogʻi uchun)‎

20‎

11.‎‏

Chop etilgan uslubiy ishlanma (1 bosma tabogʻi uchun):‎

yakka mualliflik‎

10‎

hammualliflik‎

6‎

12.‎‏

Tasdiqlangan namunaviy oʻquv dasturi:‎

yakka mualliflik‎

12‎

hammualliflik‎

6‎

13.‎‏

Fan boʻyicha taʼlim tashkiloti tasdiqlagan ishchi dastur:‎

yakka mualliflik‎

6‎

hammualliflik‎

3‎

14.‎‏

Oʻquv adabiyotlariga masʼul muharrirlik qilish (1 bosma tabogʻi uchun):‎

darslik ‎

4‎

oʻkuv qoʻllanma‎

3‎

Oʻquv adabiyotlariga taqriz berish (1 bosma tabogʻi uchun):‎

darslik ‎

2‎

oʻkuv qoʻllanma‎

1‎

15.‎‏

Fandan mustaqil ish topshirigʻi va uni tashkillashtirish boʻyicha uslubiy ishlanma:‎

yakka mualliflik‎

10‎

hammualliflik‎

5‎

16.‎‏

Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish boʻyicha uslubiy ishlanma:‎

yakka mualliflik‎

6‎

hammualliflik‎

3‎

17.‎

Xorijdagi malaka oshirish tajribalarini taʼlim tashkilotiga joriy etganligi (har bir uslubiy yoʻnalish yoki pedagogik texnologiya uchun)‎

6‎

III. Ilmiy-tadqiqot ishlari

18.‎

Fan nomzodi (doktori) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishi himoya qilganligi uchun‎

20 (40) ‎

19.‎‏

Chop etilgan ilmiy maqolalarning har biri uchun‎

xorijda‎

20‎

respublikada‎

10‎

20.‎‏

Konferensiya va seminarlardagi maʼruza yoki konsertlar uchun (har biriga):‎

xalqaro miqyosda‎

20‎

respublika (konservatoriya) miqyosida‎

10‎

viloyat miqyosida‎

5‎

taʼlim tashkiloti miqyosida‎

3‎

21.‎‏

Dissertatsiya yoki konsertga taqriz yozish‎

Ilmiy ish olib borayotganligi:‎

aspirantura ‎

20‎

tadqiqotchi ‎

10‎

22.‎‏

Ixtiro uchun (1 ta guvohnomaga):‎

davlat patenti‎

10‎

dastlabki patent‎

5‎

23.‎

Taʼlim tashkilotida amaliy mashgʻulot yoki laboratoriya uchun yaratilgan yangi jihoz uchun‎

IV. Uslubiy ishlar

24.‎

Mavjud jihozlar asosida amaliy-laboratoriya mashgʻulotlarida foydalanish uchun yaratilib, 100 nusxada chop etilgan bitta uslubiy ishlanma‎

30‎

25.‎‏‏

Tasdiqlangan bitta yangi laboratoriya, amaliy mashgʻulot, oʻquv amaliyoti ishlanmasi:‎

Hududiy boshqarma tomonidan:‎

yakka mualliflik‎

20‎

hammualliflik‎

10‎

Taʼlim tashkiloti Ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan:‎

yakka mualliflik‎

10‎

hammualliflik‎

5‎

26.‎

Xorijiy loyihalar asosida olingan jihozlardan oʻquv jarayonida foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida amaliy-laboratoriya mashgʻulotlarini bajarish boʻyicha bitta uslubiy ishlanma‎

10‎

27.‎‏

Ishlab chiqarish amaliyoti uchun oʻquv qoʻllanma (1 bosma tabogʻi uchun):‎

yakka mualliflik‎

10‎

hammualliflik‎

5‎

28.‎‏

Oʻquv amaliyoti uchun uslubiy qoʻllanma (1 bosma tabogʻi uchun):‎

yakka mualliflik‎

20‎

hammualliflik‎

10‎

29.‎‏

“Eng iqtidorli oʻquvchi” respublika koʻrik-tanloviga oʻquvchi-shogird tayyorlash (bitta oʻkuvchiga):‎

respublika miqyosida‎

20‎

viloyat miqyosida‎

10‎

taʼlim tashkiloti miqyosida‎

5‎

30.‎‏

Fan olimpiadalari va koʻrik-tanlov gʻoliblarini tayyorlash (bir nafar gʻolibga):‎

xalqaro miqyosda‎

40 ‎

respublika miqyosida‎

30‎

viloyat miqyosida‎

20‎

taʼlim tashkiloti miqyosida‎

10‎

31.‎‏

Amaliy ishlar koʻrgazmalarida sovrindor oʻrinlarni egallagan oʻquvchini tayyorlaganligi uchun:‎

xalqaro miqyosda‎

40‎

respublika miqyosida‎

30‎

viloyat miqyosida ‎

20‎

taʼlim tashkiloti miqyosida‎

10‎

32.‎‏

Sport oʻyinlariga gʻolib oʻquvchini tayyorlaganligi uchun (har bir oʻquvchi uchun):‎

xalqaro miqyosda‎

20‎

respublika miqyosida‎

15‎

viloyat miqyosida‎

10‎

taʼlim tashkiloti miqyosida‎

5‎

V. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar

33.‎‏

Taʼlim tashkilotidagi guruhlar tanlovida egallangan:‎

1-oʻrin‎

10‎

2-oʻrin‎

5‎

3-oʻrin‎

3‎

34.‎‏

Semestr va yil yakunlari boʻyicha guruhdagi oʻrtacha oʻzlashtirish darajasi: ‎

86—100 %‎

20‎

71—85 %‎

10‎

55—70 %‎

5‎

35.‎‏

Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi koʻrik-tanlovlarda guruh oʻquvchisining sovrindor boʻlganligi (har bir oʻquvchi uchun):‎

respublika miqyosida‎

30‎

viloyat miqyosida‎

20‎

taʼlim tashkiloti miqyosida‎

5‎

VI. Tashkiliy ishlar

36.‎

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini taʼlim tashkilotiga qamrab olish jarayonidagi faollik va bu boradagi amaliy natijalar‎

20 ballgacha ‎

37.‎

Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda taʼlim tashkiloti bilan korxona, tashkilot va muassasalar oʻrtasida hamkorlik shartnomalari oʻrnatish jarayonidagi bevosita faollik va bu boradagi amaliy natijalar‎

20 ballgacha ‎

38.‎

Taʼlim tashkilotini obodonlashtirish borasidagi bevosita ishtiroki ‎

10 ballgacha‎

39.‎

Taʼlim tashkiloti bitiruvchilarini ishga joylashtirish jarayonidagi bevosita faollik va bu boradagi amaliy natijalar‎

20 ballgacha‎

VII. Xato va kamchiliklar‎

40.‎‏

Mehnat intizomini uzrsiz sabablar bilan buzganligi uchun:‎

darsga kelmaslik‎

25‎

darsga kechikib kelish‎

10‎

darsni muddatidan oldin tugatish‎

10‎

sababsiz darsni tashlab chiqib ketish‎

5‎

41.‎‏

Taʼlim tashkilotining ichki tartib qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan tadbirlarda uzrsiz sabablar bilan qatnashmaslik:‎

taʼlim tashkilotida‎

5‎

oʻquvchilar uyida‎

5‎

tuman miqyosida‎

5‎

shahar miqyosida‎

10‎

42.‎‏

Oʻqituvchi oʻtgan darslarida oʻquvchilar davomatining muntazam pastligi uchun:‎

71—85 %‎

5‎

55—70 %‎

10‎

55 %dan past‎

40‎

43.‎

Bilim va malakalarni baholash agentligi oʻtkazgan sinovlarda oʻqituvchining bilim darajasi 55%dan pastligi‎

20‎

44.‎

Bilim va malakalarni baholash agentligi sinovlarida masʼul guruhi oʻquvchilarining oʻrtacha bilim darajasi 55 %dan pastligi‎

40‎

45.‎

Guruh oʻquvchilarining oʻqitiladigan fandan oʻrtacha oʻzlashtirish darajasini 55 %dan pastligi‎

20‎

46.‎‏

Mashgʻulot jurnallarini yuritishdagi xato, kamchiliklar uchun:‎

mashgʻulotlar jurnali yozuvlariga oʻzgartirish kiritilganligi;‎

20‎

mashgʻulot jurnallarini yuritilishini nazorat qilinmaganligi (taʼlim tashkiloti rahbar xodimlari uchun);‎

20‎

joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini oʻz vaqtida qayd etilmaganligi;‎

20‎

oʻquvchilar davomatini doimiy ravishda qayd etmaganligi;‎

15‎

uy vazifalarini jurnalda aks ettirmaganligi;‎

10‎

shakllarni belgilangan muddat va oʻrnatilgan tartibda toʻldirmaslik;‎

10‎

oʻquvchilar bilimini tizimli ravishda baholamaslik;‎

10‎

jurnalda yozilgan mavzularni taqvim-mavzu rejaga mos emasligi.‎

10‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-noyabrdagi 63-q/q-son va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-noyabrdagi 27-2025/B-sonli qarori (roʻyxat raqami 1846-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 351-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 10.12.2025-y., 10/25/1846-1/1143-son)