1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Innovatsion faoliyatni axboriy taʼminlash hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijalarini transfer qilish | ||||
|
1. |
Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish. |
Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasi, yarmarkani oʻtkazish |
Har yili aprel oyida |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari |
|
2. |
Har yili oʻtkaziladigan Innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning amalga oshirilishini monitoring qilish tizimini ishlab chiqish va joriy etish. |
Monitoring olib borish toʻgʻrisida nizom |
2008-yil 1-oktabr |
Fan va texnologiya agentligi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
3. |
“Innovatsion gʻoyalar va loyihalar katologi”ni doimiy ravishda nashr qilish. |
Katalog |
Yarmarka oʻtkazilishidan bir oy oldin (yilda bir marotaba) |
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
4. |
Bajarishga tayyorlanayotgan, bajarilayotgan va yakuniga yetgan innovatsion loyihalar, biznes tomonidan innovatsion yechimlar topish boʻyicha soʻrovlar haqidagi barcha axborotlarni hamda boshqa maʼlumotlarni jamlagan Internet portalini qoʻllab-quvvatlash va yangilash. |
Veb-sayt |
Doimiy |
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi |
|
Oʻquv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarini qoʻllab-quvvatlash va yangilash. |
Veb-sayt |
2008-yil 1-avgustdan boshlab doimiy |
Fanlar akademiyasining ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, vazirliklar va idoralar, oliy taʼlim muassasalari OʻzAAA bilan hamkorlikda | |
|
5. |
Amaldagi patent berish tartibini patent berish tartib-taomillarini soddalashtirish, tezlashtirish va arzonlashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2009-yil 1-yanvar |
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Patent idorasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
Mahalliy oʻquv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari hamda boshqa subyektlarga ITTKI natijalarini xalqaro va mintaqaviy bazalarda roʻyxatdan oʻtkazish imkonini berish hamda intellektual mulk huquqlarini respublikadan tashqarida yanada samarali himoya qilish maqsadida dunyo ilmiy hamjamiyati va xalqaro patent idoralari bilan aloqalarni rivojlantirish. |
Hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar va boshqa xalqaro huquqiy hujjatlar |
2009-yil 1-yanvar |
Fanlar akademiyasi, TIV, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Patent idorasi, Monopoliyadan chiqarish davlat qoʻmitasi | |
|
6. |
Intellektual mulkni baholashning milliy standartlarini xalqaro talab va meʼyorlardan kelib chiqib rivojlantirish. |
Intellektual mulkni baholashning milliy standartlari |
2009-yil 1-mart |
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Patent idorasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi |
|
7. |
Oʻquv, ilmiy, ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlari boshqaruv xodimlari uchun ITTKIni tijoratlashtirish boʻyicha malaka oshirish kurslari tashkil qilish. |
Malaka oshirish kurslari |
2008-yil 1-noyabr |
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
Respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida ITTKIni boshqarish boʻyicha yangi yoʻnalishlar va fanlar, shu jumladan “Innovatsion menejment”, “Innovatsiya jarayonlarini boshqarish” va boshqa mutaxassisliklarni ochish. |
Fanlar va oʻquv dasturlari |
2009/2010 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi | |
|
8. |
Ilmiy faoliyatni ommalashtirish maqsadida yurtimiz ilm-fani yutuqlari toʻgʻrisida muntazam haftalik telekoʻrsatuvlarni tashkil qilish. |
Telekoʻrsatuv |
2008-yil sentabrdan boshlab |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi |
|
II. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ni ragʻbatlantirish | ||||
|
9. |
Innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish boʻyicha loyiha |
2008-yil 1-sentabrgacha |
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, vazirliklar va idoralar |
|
10. |
Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish. |
Tahliliy maʼlumotnoma, jadvalli materiallar |
2008-yil 1-sentabr |
Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
Xatlov natijalari boʻyicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalari bilan qayta jihozlash va qoʻshimcha jihozlash boʻyicha takliflar kiritish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2008-yil 1-oktabr | ||
|
11. |
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Adliya vazirligidan 2007-yil 11-iyunda 1688-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) oʻzgartirishlar kiritish. |
Nizomga oʻzgartirish kiritish boʻyicha loyiha |
2008-yil 1-sentabr |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
12. |
Ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish hamda ITTKIni joriy qilishga toʻsqinlik qiluvchi ziddiyatlarni va kamchiliklarni aniqlash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2009-yil 1-yanvar |
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
|
13. |
Texnologiyalar transferi agentligini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boʻysunuviga oʻtkazish hamda yuqori texnologiyalarni oʻrganish, mustaqil ekspertizadan oʻtkazish, mahalliy amaliyotga moslashtirish va joriy etishni uning asosiy vazifalari etib belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
Hukumat qarori loyihasi |
2008-yil 1-oktabr |
Iqtisodiyot vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi |
|
14. |
Quyidagilar boʻyicha takliflarni kiritish: |
|||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huzurida faoliyat yuritayotgan Fan va texnika markazlarini Innovatsion faoliyat, mahalliy va xorijiy texnologiyalar transferi hududiy markazlari etib qaytadan tashkil etish; |
Hududiy markazlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom |
2008-yil 1-oktabr |
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi | |
|
Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzurida, shuningdek, tasarrufida oʻquv, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari mavjud boshqa vazirlik va idoralar huzurida texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash va transfer qilish xizmatlarini tashkil etish. |
Texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash va transfer qilish xizmatlari toʻgʻrisida namunaviy nizom |
2008-yil 1-oktabr |
Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi | |
|
15. |
Har bir oliy taʼlim muassasasida talabalarning ITTKIda ishtirok etishi, kelgusida ushbu tajribadan diplom va dissertatsiya ishlarini tayyorlashda foydalanishini nazarda tutuvchi tizim yaratish. |
Talabalarni ITTKIga jalb qilish va ularni ragʻbatlantirish boʻyicha namunaviy tartib |
2008-yil 1-sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy taʼlim muassasalari |
|
III. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga talabni ragʻbatlantirish | ||||
|
16. |
Davlat ulushi boʻlgan har bir xoʻjalik birlashmasi va yirik korxonalarda quyidagilarni tashkil etish: |
|||
|
tarmoqni innovatsion rivojlantirishga javob beruvchi boʻlinma, zarur hollarda — loyiha-konstruktorlik byurosini ham; |
Namunaviy nizom |
2009-yil 1-yanvargacha |
Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va korxonalar | |
|
modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamgʻarmasi. |
Namunaviy nizom | |||
|
17. |
Tarmoq vazirliklar va idoralarida ichki tizim (tarmoq), shu jumladan innovatsion texnologiyalar va ITTKIni joriy etish boʻyicha texnologik siyosatni ishlab chiqish, tasdiqlash va ijro uchun qabul qilish. |
Idoraviy hujjat |
2008-yil 1-oktabr |
Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va korxonalar |
|
Tarmoq korxonalaridagi ishlab chiqarish bilan bogʻliq texnologik muammolarning innovatsion yechimlariga boʻlgan ehtiyojni yigʻish va tahlil qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat | |||
|
18. |
Tarmoq vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi mezonlarining tarmoq tizimlarini shakllantirish, bunda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarishda resurs sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, fondlar samaradorligi boʻyicha faoliyatni baholash mezonlarini tizimga kiritish. |
Mezonlar tizimi, korxonalarning innovatsion faoliyat koʻrsatkichlarining statistik hisobini yuritishni tashkil qilish |
2009-yil 1-yanvar |
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari |
|
19. |
Mahalliy xom ashyodan foydalangan holda ishlab chiqarishga joriy qilinayotgan innovatsion loyihalarni oʻrnatilgan tartibda Mahalliylashtirish dasturiga kiritish. |
Mahalliylashtirish dasturiga taklif |
Arizalar kelib tushishiga qarab |
Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni venchur moliyalashtirishni rivojlantirish | ||||
|
20. |
Venchur kompaniyalar, fondlar, venchur fondlarni boshqaruvchi kompaniyalar, innovatsion korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash. |
Hukumat qarori loyihasi |
2008-yil 1-oktabr |
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi |
|
21. |
Venchur fondlar va kompaniyalar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash. |
Oʻquv kurslari |
2008-yil va keyingi yillar |
Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bank-moliya akademiyasi |
|
22. |
Venchur loyihalarni sugʻurtalash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Venchur loyihalarni sugʻurtalash tartibi |
2009-yil 1-yanvar |
Moliya vazirligi, Sugʻurta kompaniyalari assotsiatsiyasi, “Oʻzsugʻurta” SK, “Oʻzagrosugʻurta” MSK, sugʻurta kompaniyalari, TIAISV |