|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 25.10.2024
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
BYDJET MUASSASALARI VA TASHKILOTLARI XODIMLARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISHNING MAXSUS JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 11-yanvarda 177-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 19-sentabrdagi 176-sonli “Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3561, 22.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-apreldagi PF-3730-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda Respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 114-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan 1995-yil 8-sentabrda 98-son buyruq bilan tasdiqlangan Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga (1995-yil 20-sentabr, roʻyxat raqami 177 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 6-son, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 77-modda, 2007-y., 19-20-son, 209-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-dekabr,
109-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 9-modda)