Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
PAXTA TOLASINI RESPUBLIKANING IChKI ISTEʼMOLChILARIGA SOTIShNI TAKOMILLAShTIRISh VA TOʻQIMAChILIK SANOATINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Paxta tolasining yuqori likvidli resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek sifatli, eksportga yoʻnaltirilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni taʼminlash maqsadida:
1. Belgilansinki, paxta tolasi uni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan mahalliy toʻqimachilik korxonalariga birja savdolari orqali milliy valyutada, “Davlat belgisi” DIChB, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va Oʻzbekiston koʻrlar jamiyati korxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalariga texnologik ehtiyoj va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari doirasida toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilinadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-sonli qarori 5-bandida nazarda tutilgan, “Oʻzbekyengilsanoat” DAK korxonalariga ichki bozorda yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) shartnoma tuzish paytida tarkib topgan jahon narxlaridan past boʻlmagan narxlarda erkin muomaladagi valyutaga (qoʻshilgan qiymat soligʻi nulinchi stavka boʻyicha qoʻshib hisoblangan holda) sotib olishga ruxsat berish boʻyicha imtiyozlar muddati 2011-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin, bunda ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin.
3. Belgilansinki, respublikaning:
umumiy realizatsiya hajmida 80 foiz va undan ortiq foiz tayyor toʻqimachilik mahsulotini;
umumiy realizatsiya hajmida 60 foiz va undan ortiq foiz toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarini (kalava ip, gazlama, trikotaj polotno) erkin muomaladagi valyutaga sotuvchi toʻqimachilik sanoati korxonalari mol-mulk soligʻi toʻlashdan 2016-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrga ozod qilinadi.
 LexUZ sharhi
Mazkur banda nazarda tutilgan imtiyozlar muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-martdagi PQ-1512-sonli “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2018-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
 LexUZ sharhi
3-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-noyabr,
PQ-733-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 467-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda, 51-son, 584-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 06/17/5197/0045-son, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)