Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PORTLOVChI VA ZAHARLI MODDALARNI YaRATISh, IShLAB ChIQARISh, TAShISh, SAQLASh, REALIZATSIYA QILISh SOHASIDA XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli “Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashni va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda komissiya deb yuritiladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat litsenziyalanishi kerak boʻlgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish hamda sarflashda nazorat qilish, hisobga olish va xavfsizlikni taʼminlashning ulardan ruxsatsiz va belgilangan maqsaddan boshqa maqsadda foydalanishni istisno qiluvchi ishonchli, samarali tizimini yaratish;
portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalash va keyinchalik uning monitoringini olib borish boʻyicha ishlarni tashkil etish.
3. Komissiyaning ishchi organi funksiyasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda matnda ishchi organ deb yuritiladi) yuklansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Belgilab qoʻyilsinki, ishchi organ oʻz vakolatlari doirasida:
litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun komissiyaga kiritadi; tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni jalb etadi;
portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasida berilgan litsenziyalarning alohida reyestrlarini yuritadi; litsenziyalanayotgan faoliyatning ayrim turlari boʻyicha ishlayotgan yuridik shaxslar boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratadi va saqlaydi;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini (ularning buzilishidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda) belgilangan tartibda rejali va rejadan tashqari tekshiradi, tekshirish davomida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha zarur axborotlarni litsenziatdan soʻrab oladi;
litsenziya talablari va shartlarining mavjud buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha litsenziatga yozma koʻrsatmalar joʻnatadi, ular bajarilmagan taqdirda esa komissiyaga koʻrib chiqish uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Komissiyaning samarali faoliyatini tashkil etish, portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
4. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (B.J. Subanov), Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi (B.B. Alixonov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (A.J. Ramatov), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (V.N. Tyan), “Oʻzavtoyoʻl” davlat kompaniyasi (R.R. Yunusov) bilan birgalikda zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda Portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, Portlovchi moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini tashish qoidalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-sonli “Portlovchi moddalar va portlatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi IIV va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi qarori bilan tasdiqlangan “Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnoma (roʻyxat. № 1491, 08.07.2005-y.).
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-mart,
109-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-martdagi 109-son qaroriga
1-ILOVA
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi qurol-yarogʻlar va oʻq-dorilarni yaratish, ishlab chiqarish, shuningdek zaharli moddalardan tibbiyot maqsadlarida foydalanish boʻyicha faoliyatga tatbiq etilmaydi.
3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar tarkibi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash Komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda ishchi organ deb yuritiladi) komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
5. Ishchi organ litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish, litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish yoxud litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun komissiyaga kiritadi.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish huquqiga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish uchun ishchi organ tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni jalb qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga va faqat yuridik shaxslarga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziat tomonidan portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish hamda sanitariya norma va talablariga majburiy rioya qilish;
portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalari yaratiladigan, ishlab chiqariladigan obyektlarning ishonchli qoʻriqlanishini, ularni tashishning kuzatib borilishini taʼminlash hamda portlovchi va zaharli moddalardan ruxsatsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan rejim va boshqa chora-tadbirlarni koʻrish;
portlovchi va zaharli moddalarning, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarning, shuningdek portlatish vositalarining faoliyatning litsenziyalanayotgan turiga tegishli qismi miqdori va sarflanishini hisobga olib borish;
litsenziya talabgori tomonidan portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishning amalga oshirilishini tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;
litsenziya talabgorida unga mulk huquqi bilan yoki boshqacha qonuniy asosda tegishli boʻlgan, faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq toʻliq hajmda bajarish uchun zarur moddiy-texnik bazaning (binolar, xonalar, hududlar, apparatlar, asbob-uskunalar, transport, nazorat va oʻlchash, hisoblash va tashkiliy texnika vositalarining) mavjudligi;
shtatda tegishli malakaga ega boʻlgan, norma va qoidalar talablariga muvofiq portlovchi va zaharli moddalar bilan ishlashga ruxsat etilgan texnik xodimning, shu jumladan litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha tegishli maʼlumotga va kamida bir yil ish stajiga ega boʻlgan rahbarlar hamda muhandis-texnik xodimlarning mavjudligi;
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi, shuningdek portlovchi va zaharli moddalarni qoʻllanish bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi;
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi bilan bogʻliq ishlarni bevosita bajaruvchi xodimlarning muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi;
zaharli moddalarning yonishini va oqib chiqib ketishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalarning mavjudligi va ishga tayyor holatda saqlanishi.
8. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 7-bandida sanab oʻtilganlardan kelib chiquvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi ;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
faoliyatning litsenziyalanayotgan turlariga ruxsat etilgan tegishli malakali texnik xodimlarning ichki ishlar hududiy organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan roʻyxati;
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm yuzasidan hisobda turuvchi, shuningdek portlovchi va zaharli moddalarni qoʻllanish bilan bogʻliq qasddan jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan xodimlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi, tegishli tibbiyot muassasalarining maʼlumotnomalari ilova qilingan maʼlumotlar;
litsenziya talabgorida portlovchi va zaharli moddalarni amaldagi norma va qoidalar talablariga muvofiq saqlash uchun joylarning (portlovchi materiallar omborining tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma, omborning ijaraga olinganlik shartnomasi va boshqalar), ularni tashish uchun texnik vositalarning, portlovchi moddalarni tayyorlash uchun asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi texnik hujjatlar;
xodimning litsenziyalanayotgan faoliyat bilan bogʻliq halokatli vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasi;
litsenziya talabgori tomonidan uning arizasi ishchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar ishchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar ishchi organ masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
12. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
14. Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi ishchi organ tomonidan olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun komissiyaga kiritadi.
Ishchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddat doirasida:
litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni joyiga borib baholash;
tegishli xulosalar tayyorlash uchun shartnoma asosida ekspertlarni jalb etish huquqiga ega.
Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
15. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
16. Litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
17. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
18. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, komissiya litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi organning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin besh kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Litsenziya talabgorlarining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
27. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat ishchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ oʻz vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan litsenziatga taklif yuborish, bunday buzilishlarni bartaraf etishning taklif etiladigan muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish.
29. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida ishchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
30. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
31. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
32. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
33. Ishchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
34. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
36. Litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
37. Litsenziya berganlik uchun davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash sxemasi
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 109-son qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi
TARKIBI
Sultonov Oʻ.T. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi ‎
—‎ “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi, Komissiya raisining oʻrinbosari‎
Yunusov A.N. ‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining yetakchi mutaxassisi, masʼul kotib ‎

‎‎Komissiya aʼzolari:

Alixonov B.B. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi‎
Ahmedov N.A. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi raisi ‎
Saidov A.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Samatov P.A. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari‎
Niyozmatov B.I.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari‎
Usmonov A.T. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari ‎
Ibrohimov Gʻ.I.‎ —‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 5-martdagi 109-son qaroriga
3-ILOVA
Yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat litsenziyalanishi kerak boʻlgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalari roʻyxati
A. Portlovchi moddalar va portlatish vositalari
Portlovchi moddalar:
ammiakli selitralar asosida (ammonitlar, ammonallar, akvatollar, grammonitlar, granulitlar, detonitlar, dinamonlar, karbatollar, poremitlar va boshqalar);
nitrobirikmalar va ularning aralashmalari (trotil, dinitronaftalin, nitroglitserin, nitroglekol, TEN — pentaeritittetranitrat, geksogen, oktogen, tetril va boshqalar);
tutunli va tutunsiz poroxlar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;
issiqqa chidamli portlovchi moddalar, zaryadlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.
Portlatish vositalari:
oʻt oʻtkazuvchi pilta, poroxlarni yoqishning maxsus vositasi;
piston — portlatgichlar, pistonsiz portlatishda tezlashtiradigan vositalar, elektrportlatgichlar, shuningdek elektralangalatuvchilar va quduqlarda oʻq otib portlatish ishlari uchun issiqqa chidamli portlovchi patronlar;
tez portlovchi piltalar, tez portlovchi tasmalar, pirotexnik rele;
oraliq portlatgichlar va shashka — portlatgichlar.
B. Zaharli moddalar:
akrilonitril (ventoks);
metil spirti;
mishyakli angidrid;
mishyaksimon angidrid;
dixlorid simoblar (sulema) va boshqa simob tuzlari;
nikel tetrakarbonili;
sariq fosfor;
tsianidli vodorod va uning tuzlari (natriy tsianid, kaliy tsianid, kadmiy tsianid, kumush tsianid, simob tsianid va oksitsianid, qoʻrgʻoshin tsianid, mis tsianid, rux tsianid, kalsiy tsianid);
tsianqotishma;
“siklon”;
etilmerkurxlorid.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 114-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda)