Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI HUZURIDA AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek davlat hokimiyati organlari faoliyatining oʻz vaqtida va xolisona yoritilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-noyabr,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-noyabrdagi 243-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Davlat hokimiyati organlari faoliyatini oʻz vaqtida va xolisona yoritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillari vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida akkreditatsiya qilinadi.
2. Ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillarining (keyingi oʻrinlarda “muxbirlar” deb ataladi) huquqiy maqomi va kasb faoliyati prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom hamda akkreditatsiya qiladigan organlarning nizomlari bilan belgilanadi.
II. Akkreditatsiya qilishning asosiy tushunchalari va prinsiplari
3. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
muxbir — mehnat shartnomalari va boshqa shartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari tahririyatlari uchun xabarlar va materiallarni qidirish, toʻplash, qayta ishlash va tayyorlash kasbi bilan shugʻullanadigan jismoniy shaxs;
akkreditatsiya — muxbirning vakolatlarini davlat hokimiyati organlari tomonidan eʼtirof etish tartiboti boʻlib, uning natijalariga koʻra akkreditatsiya qiladigan organ akkreditatsiya qiladigan organning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun ommaviy axborot vositasi (keyingi oʻrinlarda “tahririyat” deb ataladi) vakilining oʻz sohasini bilishini tasdiqlovchi akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi;
akkreditatsiya qiluvchi organ — akkreditatsiya tartibotini tashkil etadigan, akkreditatsiyani oʻtkazadigan vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari.
4. Akkreditatsiya uni oʻtkazishga jalb etilgan mutaxassislarning oʻz ishini puxta bilishi va muxbirlarning mustaqilligi prinsiplariga asoslanadi.
Akkreditatsiyani oʻtkazishda oʻz ishini puxta bilish kadrlarni tegishli ravishda tanlash, akkreditatsiya tartibotida qatnashadigan ekspertlarni tayyorlash tizimi va, zaruriyat boʻlganda, bilimlarning alohida sohalari boʻyicha mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Mustaqillik akkreditatsiya tartibotida akkreditatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilinishiga biror-bir moliyaviy, maʼmuriy yoki boshqacha taʼsir koʻrsatishdan holi boʻlgan tashkilotlar va ekspertlar, mutaxassislarning qatnashishi bilan taʼminlanadi.
5. Muxbirning akkreditatsiya qilinishida uning oʻz ishini puxta bilishini aniqlash mezoni akkreditatsiya qiladigan organ va ommaviy axborot vositalari vakili faoliyatining oʻziga xosligi hisobga olingan holda, mazkur organning normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
6. Akkreditatsiya qiladigan organ huzurida oʻz muxbirini akkreditatsiya qilish huquqiga rasmiy ravishda roʻyxatdan oʻtkazilgan ommaviy axborot vositalari egadir.
III. Muxbirlarni akkreditatsiya qilish
7. Akkreditatsiya qiladigan organlar huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat oʻzining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qoʻyilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.
8. Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
ixtisoslashuvi;
tarqalish hududi;
elektron pochta manzili;
tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir oʻzi bilan birga olib yurishi zarur boʻlgan apparatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmanomaga batafsil maʼlumotlar (muxbirning xizmat mavqeyi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud boʻlgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muxbirning pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari, diplom maʼlumotlari va fotosurati “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
9. Muxbirni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi buyurtmanoma akkreditatsiya qiladigan organ tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida koʻrib chiqiladi.
10. Akkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan akkreditatsiya qiluvchi organ bilan birgalikda belgilanadi.
11. Akkreditatsiya tartiboti quyidagi asosiy tadbirlardan iborat boʻladi:
buyurtmanomani va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish;
muxbirlarni attestatsiyadan oʻtkazish;
akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish.
12. Ommaviy axborot vositasi tahririyati tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar va hujjatlarni koʻrib chiqishni akkreditatsiya qiluvchi organ tuzadigan ekspert guruhi amalga oshiradi. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari ariza tushgan paytdan boshlab oʻn kun muddatda ekspert xulosasi bilan rasmiylashtiriladi.
13. Attestatsiyani akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan rasmiy ravishda tuziladigan komissiya oʻtkazadi. Komissiya tarkibi va attestatsiyani oʻtkazish muddatlari tahririyat bilan kelishilishi kerak. Tahririyat komissiyaning ayrim aʼzolari ishtirok etishi va attestatsiya oʻtkazilishi muddatlari yuzasidan eʼtiroz sabablarini asoslagan holda taklif bildirishga haqlidir.
Komissiya attestatsiyani akkreditatsiya qiluvchi organ tasdiqlagan dasturga muvofiq oʻtkazadi. Muxbirning kasbiy sifatlari va layoqatini tavsiflash boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi ekspert xulosasi, shuningdek ekspertiza va attestatsiya jarayonida olingan boshqa axborotlar attestatsiya komissiyasining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. Attestatsiya natijalari attestatsiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
14. Akkreditatsiya qiluvchi organ attestatsiya dalolatnomasini koʻrib chiqish natijalari asosida muxbirni akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi buyurtmanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan koʻrib chiqiladi.
15. Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda akkreditatsiya qiluvchi organ qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va beradi.
16. Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan muxbirga 2 yilgacha muddatda amal qiladigan akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi guvohnoma akkreditatsiya qiluvchi organ reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab amal qiladi.
17. Akkreditatsiyaga taalluqli barcha hujjatlar (buyurtmanomalar, qarorlar, dalolatnomalar, akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi guvohnoma va shu kabilar) davlat tilida rasmiylashtiriladi.
18. Akkreditatsiya qiluvchi organ Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki mazkur Nizom asosida jurnalistni akkreditatsiya qilishni rad etishi mumkin. Akkreditatsiya qiluvchi organ bunday qarorning sabablari toʻgʻrisida uch kun muddatda ommaviy axborot vositasi tahririyatini yozma shaklda xabardor qiladi.
19. Zarur hollarda davlat hokimiyati organlari huzurida vaqtinchalik yoxud doimiy muxbirlik punktlari tashkil etilishi mumkin.
IV. Akkreditatsiya qilingan muxbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
20. Akkreditatsiya qilingan muxbirlar kasb faoliyati davrida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Muxbirni akkreditatsiya qilgan organlar uni majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar toʻgʻrisida oldindan xabardor qiladi, stenogrammalar, protokollar va boshqa hujjatlar bilan taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Akkreditatsiya muxbirning rasmiy shaxslar tashriflari davridagi tadbirlarda bevosita qatnashishini kafolatlamaydi. Oʻzbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatlarning rasmiy shaxslari tashriflari vaqtida muxbirlarni maxsus akkreditatsiya qilish tartibi qonunchilik, shuningdek ushbu tadbirni tayyorlash va oʻtkazish uchun masʼul xizmatlar talablariga binoan belgilanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
22. Akkreditatsiya qilingan muxbir quyidagi huquqlarga ega:
boʻlajak majlislar, kengashlar va boshqa tadbirlar toʻgʻrisida oldindan axborot olish;
akkreditatsiya qilgan organning binolari (xonalari) va obyektlariga tegishli guvohnoma (ruxsatnoma) asosida, ushbu organ tomonidan belgilangan tartibda kirish;
uni akkreditatsiya qilgan organlar tomonidan oʻtkaziladigan majlislar, yigʻilishlar, brifinglar (matbuot konferensiyalari) va boshqa tadbirlarda qatnashish, yopiq tadbir oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollar bundan mustasno;
akkreditatsiya qilgan organning masʼul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni soʻrash va olish, kirish erkin boʻlgan tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish va ulardan nusxa olish;
yozuvlardan, matnli materiallar tayyorlashda, akkreditatsiya qilingan ommaviy axborot vositalarining tele-, radiodasturlarida foydalanish;
audio-, video- yoki kinosuratga olish, ovoz yozish uchun zarur boʻlgan texnik apparatlardan, shuningdek kompyuter texnikasi vositalaridan faqat akkreditatsiya qilgan organning faoliyatini yoritish maqsadlarida foydalanish.
23. Akkreditatsiya qilingan muxbir quyidagilarga majbur:
akkreditatsiya qilgan organning binosida boʻlishda uning ichki tartib-qoidalariga va ishlarini tashkil etish talablariga rioya qilish;
oʻzi ishtirok etayotgan tadbirlarning oʻtkazilishiga aralashmaslik (agar tadbir matbuot uchun maxsus tashkil etilmagan boʻlsa);
akkreditatsiya qilgan organning faoliyati toʻgʻrisida xolisona axborot berish;
maxsus tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati organlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq boshqa talablarni bajarish.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. Muxbirning akkreditatsiyasini toʻxtatish va uni akkreditatsiyadan mahrum qilish tartibi
24. Quyidagilar akkreditatsiyaning toʻxtatilishi uchun asos hisoblanadi:
muxbirning tahririyatdan ishdan boʻshatilishi (ushbu holda tahririyat boshqa vakilni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan akkreditatsiya qiluvchi organga murojaat qilishga haqlidir);
muxbir vakili boʻlgan ommaviy axborot vositasi faoliyatining toʻxtatilishi;
tahririyat rahbariyati tomonidan muxbirni akkreditatsiya qilgan organning faoliyatini yoritishdan chetlatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi (rasmiy bildirishnoma asosida).
25. Muxbir:
oʻzi taklif etilgan tadbirlar oʻtkazilishi tartibiga aralashganda;
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikni va mazkur Nizomni muntazam ravishda buzganda akkreditatsiyadan mahrum etilishi mumkin.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Muxbirni akkreditatsiyadan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror akkreditatsiya qilgan organ tomonidan qabul qilinadi. Qaror asoslangan, yozma shaklda rasmiylashtirilgan, ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan dalillangan boʻlishi kerak.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Akkreditatsiya qilgan organ akkreditatsiyadan mahrum qilingan muxbirning tahririyatiga qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddatdan kechikmay rasmiy bildirishnoma yuboradi. Bunday qaror kuchga kirgan vaqtdan boshlab akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi va u tahririyat tomonidan akkreditatsiya qilgan organga qaytarilishi kerak.
VI. Yangi muddatga akkreditatsiya qilish
27. Akkreditatsiya qilingan muxbirni yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin tahririyat tomonidan taqdim etilgan buyurtmanoma asosida oʻtkaziladi.
28. Tahririyat akkreditatsiya qiluvchi organga akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin buyurtmanoma berishi kerak.
Yangi muddatga akkreditatsiya qilish akkreditatsiya qilingan muxbirning oldingi akkreditatsiyasi davridagi benuqson faoliyatini hisobga olgan holda soddalashtirilgan tartibot boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
VII. Texnik xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar
29. Tarjimonlar, teleoperatorlar, fotomuxbirlar, tele-, kino- va videoapparatlarga, aloqa vositalariga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar tahririyatning muxbirlarga biriktirilgan texnik xodimlari boʻlishi mumkin.
30. Akkreditatsiya qilingan muxbirlar texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ishga yollashi mumkin.
Jalb etiladigan texnik xodimlarning shaxsiy tarkibi akkreditatsiya qiluvchi organ bilan kelishiladi. Ularga oʻz faoliyatini amalga oshirishlari uchun akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan tegishli guvohnoma beriladi.
31.Akkreditatsiya qilingan muxbirning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga jurnalistlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadi.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
32. Davlat hokimiyati organlari huzuridagi akkreditatsiyani amalga oshirish tartibi bilan bogʻliq nizoli masalalar paydo boʻlgan taqdirda manfaatdor tomon qonunchilikda belgilangan tartibda ular yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Akkreditatsiya qiluvchi organ va ommaviy axborot vositalarining muxbirlari mazkur Nizom hamda ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ommaviy axborot vositalari muxbirlarini akkreditatsiya qilish sxemasi
Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
| |
|
|
|
| ||
|
(akkreditatsiya qiladigan organning nomi) | ||
|
| ||
№ _______ |
| |
| F.I.Sh. _________________________________________________________________________________________ | ||
|
(akkreditatsiya qilingan muxbir) | ||
| Nomi __________________________________________________________________________________________ | ||
|
(ommaviy axborot vositasi) | ||
| Tarqatish shakli _________________________________________________________________________________ | ||
|
(gazeta, jurnal va boshqalar) | ||
| Til (lar)i ______________________________________________________________________________________ | ||
| Muassis (lar)i __________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ | ||
| Ixtisoslashuvi__________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ | ||
| Tahririyat manzili _______________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ | ||
| Tarqatish hududi _________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ | ||
Berilgan sanasi ____________ | ||
Akkreditatsiya qiluvchi organning rahbari _____________________________________________ | ||
Ushbu guvohnoma “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq berilgan. | ||
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy, maʼmuriy, intizomiy javobgarlikka va boshqa javobgarlikka olib keladi. | ||
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 461-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)