

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.09.2024
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1082327">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6693"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.05 Qimmatli qogʻozlarning hosillari;</span></div><div id="LBC6715"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.02.00 Chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;</span></div><div id="LBC6719"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1082327">[<b>TSZ:</b><div id="LS3751"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]</span></div></a></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><a id="-1082352"><p>“TASDIQLANGAN”</p>
<p>Oʻzbekiston Respublikasi </p>
<p>Davlat mulkini boshqarish</p>
<p>va tadbirkorlikni qoʻllab-</p>
<p>quvvatlash davlat qoʻmitasi</p>
<p>raisi birinchi oʻrinbosari</p>
<p>A.Abduqodirov</p>
<p>1997-yil 31-mart</p></a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1082357">Qimmatli qogʻozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada boʻlishi</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1082358">tartibi</a></div><div class="DEPARTMENTAL"><a id="-1082378">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 2-aprelda 320-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3916507"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-6985143"><em>Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 12-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi </em><a href="/ru/acts/-6976459?ONDATE=22.09.2024 00#-6977410">buyrugʻiga </a><em>(roʻyxat raqami 3521, 20.06.2024-y.) asosan 2024-yil 22-sentabrdan davlat reyestridan chiqariladi.</em></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3916508">I. Umumiy qoidalar</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771048"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771057">1.1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-2662539">Qonuni</a> hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlarning hosilalarini (negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari boʻlgan) chiqarish va muomalada boʻlish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771062">(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916517">1.2. Mazkur Tartibda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916518"><strong>qimmatli qogʻozlarning hosilalari</strong> (bundan buyon matnda QQH deb yuritiladi) — oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916519"><strong>opsion</strong> — emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻz emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qogʻozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qatʼiy belgilangan narx boʻyicha sotib olishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916520"><strong>qimmatli qogʻozlarga doir fyuchers</strong> (bundan buyon matnda fyuchers deb yuritiladi) — qimmatli qogʻoz boʻlib, u oʻzida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qogʻozlarning muayyan sonini qatʼiy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916521"><strong>bazis aktivi</strong> — QQHning negizida boʻlgan va qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916522"><strong>QQHning amal qilish muddati</strong> — QQHni saqlovchisi oʻzining bazis aktivini sotib olish yoki sotish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan davr (yoki aniq sana);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916523"><strong>QQHning xaridori (saqlovchisi)</strong> — bazis aktivini sotish yoki sotib olish huquqini (yoki majburiyatini) oʻziga oluvchi shaxs; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916524"><strong>QQHning sotuvchisi</strong> — QQHning xaridori talabiga koʻra bazis aktivini yetkazib berish yoki qabul qilish majburiyatini oʻziga oluvchi shaxs;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916525"><strong>global sertifikat</strong> — yagona sertifikat uchun talab qilinadigan barcha rekvizitlarni, ushbu QQHning emissiyasi va muomalasining umumiy shartlarini oʻzida jamlagan QQH butun chiqarilishini (yoki chiqarishning bir qismini) hujjatsiz shaklda rasmiylashtiradigan hujjat;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4291220"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4291222">Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4291238">(1.2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/ru/acts/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3916527">II. QQHni chiqarish va muomalada boʻlishi tartibi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916528">2.1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga faqat chiqarilishi oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan QQH yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916529">2.2. QQH quyidagicha chiqarilishi mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916530">hujjatli yoki hujjatsiz shaklda (hujjatsiz shakldagi chiqarilishlar global sertifikatlar bilan rasmiylashtiriladi);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916531">egasining nomi yozilgan;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916532">QQH sinflar va seriyalarga boʻlinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916533">2.3. QQHni chiqaruvchi va QQHning saqlovchilari oldida ular boʻyicha majburiyatlarni oʻz nomidan oluvchi yuridik shaxs emitent hisoblanadi. Varrantlar emissiyasi (mazkur Tartibning <a href="javascript:scrollText(-3916568)">2.10 bandiga</a> muvofiq) bir vaqtning oʻzida varrant negizida yotuvchi qimmatli qogʻozlarning emissiyasini amalga oshiruvchi yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916534">2.4. QQHda koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilish muddati bazis aktivning amal qilish muddatidan oshiq boʻlishi mumkin emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916535">2.5. Bazis aktivining tasnifi quyidagi maʼlumotlardan tarkib topishi kerak:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916536">qimmatli qogʻoz turi (xili, toifasi);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916537">qimmatli qogʻoz nominali;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916538">birligi uchun narxi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916539">soni;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916540">emitenti;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916541">umumiy qiymati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916542">qimmatli qogʻozning turiga qarab boshqa tavsiflar.</a></div><div class="TEXT_BOLD"><a id="-3916543">OPSIONLARNI CHIQARISH</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916544">2.6. Opsionlar opsion emitentining avval chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni ham uchinchi shaxslarning qimmatli qogʻozlarini ham sotib olish yoki sotish huquqini tasdiqlashi mumkin. Opsion saqlovchisi oʻzining sotib olish (sotish) huquqidan foydalanishi yoki undan voz kechishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916545">2.7. Opsionlarning chiqarilishiga (varrantlardan tashqari) bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻlganda yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916547">2.7.1. Sotishga opsion (put-opsion) — opsion saqlovchisiga QQHning bazis aktivi tavsifida koʻrsatilgan bazis aktivini kelajakda sotish huquqini beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916548">2.7.2. Sotib olishga opsion (koll-opsion) — QQHda belgilangan shartlar asosida bazis aktivini kelajakda sotib olish huquqini beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916549">2.8. Mukofot deb ataladigan opsion narxi xaridor tomonidan sotuvchiga opsionning oldi-sotdi shartnomasiga asosan toʻlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916550">2.9. Opsion quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olish lozim (1-son ilova<a href="javascript:scrollText(-3916657)">*</a>):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916552">nomini “sotib olishga opsion” yoki “sotishga opsion”;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916554">davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916555">opsion koʻchirmasi sanasini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916557">opsion emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916559">bazis aktivini sotish (sotib olishga opsion uchun) yoki sotib olish (sotishga opsion uchun) boʻyicha emitentning majburiyatini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916560">opsionning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916561">bazis aktivining tasnifini;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4291247"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4291254">emitentning imzosi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4291263">(2.9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/ru/acts/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916563">2.9<sup>1</sup>. Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916564">Agar aksiyadorlik jamiyatining eʼlon qilingan aksiyalari soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam boʻlsa, mazkur jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916565">Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi aʼzolariga mukofotni yoki ragʻbatlantirish toʻlovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916566">Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga koʻra joylashtirilgan ushbu turdagi aksiyalarning 5 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916567">Aksiyalarga doir opsionlar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni taʼsis etish chogʻida toʻliq toʻlanganidan keyin joylashtirilishi mumkin boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916568">2.10. Varrant opsionning alohida turi hisoblanib, u saqlovchisining muayyan muddat oraligʻida (yoki aniq kunda) varrant emitenti tomonidan birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qogʻozlarga bogʻlangan varrantlar chiqarilishi bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qogʻozlar bilan birga amalga oshiriladi. Bunda varrantning bazis aktivi boʻlgan qimmatli qogʻozlarning bitta chiqarilishi, varrantlarning faqat bitta chiqarilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916570">2.11. Varrantlarni:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916571">avval chiqarilib, uchinchi shaxslarga egaligida boʻlgan yoki emitent tomonidan qaytarib sotib olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916572">bazis aktivining narxi qimmatli qogʻozlarning (obligatsiyalardan tashqari) nominal qiymatidan past boʻlganda chiqarish taqiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916573">2.12. Varrantlarning emitenti varrantlarning birinchi saqlovchilari uchun varrantlarni sotib olishda teng narx shartlari, bu esa varrantlarning saqlovchilari qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqiga ega boʻlgan varantlar bilan tasdiqlangan yagona narxni belgilashni anglatadi. Bunda varrantlar saqlovchilari uchun qimmatli qogʻozlarni joylashtirish narxi varrantlarga ega boʻlmagan investorlar uchun joylashtirish narxidan farq qilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916574">2.13. Varrant quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olishi lozim (2-son ilova<a href="javascript:scrollText(-3916657)">*</a>): </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916575">nomi “varrant”;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916576">davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916577">varrant koʻchirmasi sanasini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916578">varrant emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916579">bazis aktivini sotish boʻyicha emitentning majburiyatini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916580">varrantning amal qilish muddati yoki bajarish sanasini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916581">bazis aktivining tasnifini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916582">varrant xaridorining nomini (egasining nomi yozilgan varrant uchun);</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4291281"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4291289">varrant emitentining imzosi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4291299">(2.13-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/ru/acts/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</a></div><div class="TEXT_BOLD"><a id="-3916584">FYUCHERSLARNI CHIQARISH</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916585">2.14. Bazis aktivi birinchi marotaba emissiyasi amalga oshirilayotgan qimmatli qogʻozlar boʻlgan fyucherslar chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi. Fyucherslar ularning emitenti tomonidan avval chiqarilgan oʻz qimmatli qogʻozlarini ham uchinchi shaxslarning qimmatli qogʻozlarini ham sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlashi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916586">2.15. Fyucherslar qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish yoxud kelgusida muomalada boʻlishi uchun sotish (qaytarish bitim) yoʻli bilan bajarilishga majburiydir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916587">2.16. Fyuchers quyidagi zaruriy rekvizitlarni oʻz ichiga olishi lozim (3-ilova<a href="javascript:scrollText(-3916657)">*</a>):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916588">nomi “fyuchers”; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916589">davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi va raqamini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916590">fyuchers koʻchirmasi sanasini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916591">fyuchers turini (sotib olishga yoki sotishga);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916592">fyuchers emitentining nomi, manzili va bank rekvizitlarini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916593">emitentning bazis aktivini sotish (sotib olish) majburiyatini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916594">fyuchersni bajarish sanasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916595">bazis aktivining tasnifini;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4291306"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4291309">fyuchers emitentining imzosi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4291314">(2.16-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/ru/acts/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3916597">III. QQHni davlat roʻyxatidan oʻtkazish</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4291335"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4291340">3.1. Qimmatli qogʻozlar emissiyasi tijorat banklari, sugʻurtalovchilar, birjalar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlariga binoan tashkil etilgan xoʻjalik birlashmalarining QQHning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Agentlikning markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4291345">(3.1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/ru/acts/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4291349"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4291351">3.2. Qolgan hollarda, QQHning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Agentlikning emitent yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan joydagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi. QQH keyingi chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish emitent dastlabki tarzda davlat roʻyxatidan oʻtgan organda amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4291354">(3.2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/ru/acts/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771072"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771079">3.3. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror amaldagi qonunchilik hujjatlari va ustavga muvofiq tegishli vakolatga ega QQH emitentining boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu organ tomonidan chiqarilish bilan bogʻliq boʻlgan chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari tasdiqlanishi lozim.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771083">(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916601">3.4. QQHni chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi tegishli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916602">QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916603">davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916604">QQHni chiqarish toʻgʻrisida qaror;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916605">QQHning emissiya risolasi (QQH ommaviy joylashtirilgan taqdirda);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916606">ikki asl nusxada QQH blankasining namunasi (QQH hujjatli shaklda chiqarilgan taqdirda);</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771092"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771096">QQHni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, agarda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma (ikki nusxada);</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771103">(3.4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771108"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771113">QQHning emissiya risolasi tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, qonunchilik hujjatlariga muvofiq sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, agarda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma (ikki nusxada);</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771115">(3.4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916609">QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan toʻlov hujjati;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771117"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771123">QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi qoʻyilgan holda.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771126">(3.4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916611">3.5. QQHning emissiya risolasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916612">emitent, uning taʼsischilari (aksiyadorlari) haqida toʻliq maʼlumotni;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916613">QQH emitentining oxirgi yil uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916614">QQHning chiqarilayotgan miqdorini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916615">QQH chiqarish va muomalasi tartibini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916616">bazis aktivining tasnifini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916617">emitentning QQH saqlovchilari oldidagi majburiyatini;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916618">QQH saqlovchilarining huquqlarini.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916619">3.7. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga quyidagi hollarda haqlidir:</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771129"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771132">QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar hamda ulardagi maʼlumotlarning qonunchilik hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlganda;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771136">(3.7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916621">QQH chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganda;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771141"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771142">qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlar toʻlanmaganda;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771143">(3.7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916623">QQH chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarishga boʻlgan huquqning yoʻqligi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916624">Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga koʻra QQXning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916625">3.8. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qarori QQH chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771150"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771155">3.9. QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi boʻyicha emitentning mansabdor shaxslari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771158">(3.9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771161"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771163">3.10. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ faqatgina QQH chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻliqligiga uchun javob beradi hamda qonunchilik hujjatlari va mazkur Tartib bilan oʻrnatilgan QQHni chiqarish qoidalarini bajarilishi ustidan nazorat qiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771166">(3.10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916628">3.12. Taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan eʼtirozlar mavjud boʻlmagan taqdirda QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har bir nusxasiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va QQHning chiqarilishiga berilgan davlat roʻyxat raqami koʻrsatiladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771169"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771170">Davlat roʻyxat raqamini berish, shuningdek Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestriga yozuvlar kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771171">(3.12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916634">3.13. QQHning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi QQHning chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilingan holda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga taqdim etiladi. QQHni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning nusxalari matnida farqlar mavjud boʻlganda hujjatning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda saqlanayotgan matni imtiyozli kuchga ega boʻladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916635">3.14. Opsionlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin, emitent:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916636">ikki oylik muddatda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan namunaga muvofiq opsionlarga (shu jumladan varrantlarga) buyurtma beradi va tayyorlaydi;</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771172"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771173">qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda axborotni oshkor qiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771174">(3.14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916640">Emitent ushbu chiqarilishdagi QQHning barcha potensial xaridorlarini bir xil xabardorligini taʼminlashi lozim.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771175"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771176">3.15. Emitent tomonidan varrantlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, ular qaysi qimmatli qogʻozlarga chiqarilayotgan boʻlsa, ushbu qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi bilan bir vaqtda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat va tartibda amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771177">(3.15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916642">3.16. Sotib olish fyucherslarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent bazis aktivi summasining 20% miqdorini hisob-kitob kliring palatasidagi oʻz hisobida deponentga qoʻyilganligi haqidagi qoʻshimcha maʼlumotnomani taqdim etishi shart.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771178"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771179">3.17. Emitent davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi vakolatli organ bilan kelishgan holda majburiy rekvizit tarkibiga, amaldagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Tartibga zid boʻlmagan QQHning boshqa shart va rekvizitlarni kiritishi mumkin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771180">(3.17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916644">3.18. QQH blanklari qimmatli qogʻozlar blanklari uchun belgilangan barcha talablarni qondirishi shart va qalbakilashtirishga qarshi yetarli himoya darajasiga ega boʻlishi lozim (fyucherslar bundan mustasno). QQH — opsionlar va varrantlarning blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatli qogʻozlar blanklarini ishlab chiqarish litsenziyasiga ega boʻlgan korxonalar tomonidan tayyorlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3916645">IV. QQHning muomalasi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916646">4.1. Opsionlarnig (shu jumladan varrantlarning) muomalasi birja ham birjadan tashqari bozorda ham amalga oshiriladi. Fyucherslar bilan operatsiyalar faqatgina birja bozorida amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771181"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771182">4.2. Qimmatli qogʻozlarning tashkillashtirilgan savdolarida QQHga doir bitimlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma ravishda (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. QQHga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771184">(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916650">4.3. Hujjatsiz shakldagi QQH boʻyicha talab qilish huquqini boshqaga oʻtkazish QQH saqlovchisining topshirigʻi asosida depo hisobvaragʻiga tegishli yozuvlarni kiritish orqali rasmiylashtiriladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4291364"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4291372">4.5. Blankali nomi yozilgan QQH boʻyicha talab qilish huquqini boshqalarga keyingi (birinchi bitimdan soʻng) oʻtkazilishi ushbu QQH blankalarining orqa tarafida yoxud raqamlangan va tikilgan qoʻshimcha varaqlar –– allonjlarda rasmiylashtiriladi. Bunda oʻz huquqini boshqaga berayotgan shaxs (sedent) va boshqaning huquqini oʻziga olayotgan shaxs (sessionar) oʻrtasida ikki tomonlama kelishuv (sessiya) tuzilishgan boʻlishi kerak. Sessiya vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi. Sessiyani rasmiylashtirish namunasi 4-ilovada<a href="javascript:scrollText(-3916657)">* </a>keltirilgan.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4291376">(4.5-band Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/ru/acts/4270159?ONDATE=04.04.2019 00#4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</a></div><div class="FOOTNOTE"><a id="-3916657">* <a href="/ru/acts/265455#704734">1 — 4-ilovalar</a> rus tilidagi matnda berilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916653">4.6. QQHning sotuvchisi QQHning saqlovchi tomonidan QQHda koʻrsatilgan muddatda sotib olish QQH taqdim etilganda QQHda koʻrsatilgan bazis aktivini sotish toʻgʻrisida, yoxud sotish QQH taqdim etilganda QQHda koʻrsatilgan bazis aktivini sotib olish toʻgʻrisida QQHning saqlovchisi bilan shartnoma tuzishi shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916654">4.7.QQHning saqlovchisi oʻzining huquqidan QQHda koʻrsatilgan muddatdan keyin foydalangan (QQHni emitentga taqdim etgan) boʻlsa, QQHning emitenti bunday huquqni QQHning saqlovchisi tomonidan realizatsiya qilinishini rad etish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916655">4.8. QQHda belgilangan shartlardan boshqa shartlarda bazis aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish QQHda belgilangan majburiyatlar bajarilishi deb hisoblanmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916658">4.9. Quyidagilar taqiqlanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916659">haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan QQHning oldi-sotdisi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916660">bitimni (sessiyani) rasmiylashtirish vaqtida sotuvchining mulki boʻlmagan QQHni sotish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916661">QQHni uni amal qilish muddati tugaydigan kunda sotish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-3916663">V. Hisobot va javobgarlik</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916665">5.1. QQHning emitenti va emitent bilan tuzilgan kelishilgan holda QQHni birinchi egalariga sotadigan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari har bir xaridorga, ushbu qimmatli qogʻozlarni sotib olgunga qadar, ularni chiqarish va muomalada boʻlish shartlari bilan tanishish imkoniyatini yaratib berishi shart.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771188"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771190">5.2. Agentlik qimmatli qogʻozlar muomalasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilik hujjatlari va ushbu Tartib talablari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida roʻyxatdan oʻtgan QQH emissiyasi jarayoni ustidan joriy nazoratni olib boradi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771191">(5.2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916669">5.3 Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi pul mablagʻlarini depozit qilish toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilganligi uchun javobgarlik boʻladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-4291395"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-4291396">5.4. Emitent va QQHning saqlovchisi Agentlikka belgilangan muddatda QQH chiqarilishi (muomalada boʻlishi) holati toʻgʻrisidagi soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etishi lozim.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-4291397">(5.4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 15-martdagi 2019-21-sonli <a href="/ru/acts/-4270159?ONDATE=04.04.2019 00#-4270292">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 320-5, 04.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2019-y., 10/19/320-5/2882-son)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5771194"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5771199">5.5. Mazkur Tartib talablarini bajarmagan, toʻliq yoki oʻz vaqtida bajarmagan, shuningdek amaldagi qonunchilik hujjatlarini buzgan holatida emitent va QQHning saqlovchisi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5771204">(5.5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli <a href="/ru/acts/-5749968?ONDATE=30.11.2021 00#-5761444">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3916674">5.6. Adliya vazirligi tomonidan 24.10.1994-yilda 110-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Davlat mulki ulushi sotilishiga Davlat mulki qoʻmitasi opsioni, shuningdek hamkorlarga erkin sotish va tasarruf etish uchun nazarda tutilgan ulush haqida”gi <a href="/ru/acts/-910474">nizom</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
