|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 27 SENTYABRDAGI PQ-475-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-noyabr,
234-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qiymatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshida “aksionerlik jamiyatlari va boshqa korxonalar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar” soʻzlari “ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 4-son, 32-modda) Aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“agar jamiyatning ustav fondida jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash kuzatuvchi kengashning vakolatiga kiritilmagan yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bilan unga topshirilmagan boʻlsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini maʼqullash. Bunda, navbatdagi yilga jamiyatning biznes-rejasi joriy yilning 1-dekabridan kechikmay kuzatuvchi kengash majlisida maʼqullanishi kerak;
ichki audit xizmatini tashkil va uning xodimlarini tayinlash”;
oʻn toʻrtinchi—yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn oltinchi—yigirma toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 448-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)