Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 124-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
331-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“Ortiqcha toʻlangan (ortiqcha undirilgan) yoki xatolik bilan toʻlangan soliq (penya, jarima) summalarini soliqlarning toʻlov muddatlarini inobatga olgan holda hisobga olish summasi bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan hollarda elektron topshiriqnomalar davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik shakllantirilishi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmasdan “OʻRIMV” ATga elektron tarzda yuborilishi mumkin. Ushbu topshiriqnomalar “OʻRIMV” ATda inson omilisiz avtomatik ravishda maʼqullanadi va ijroga qabul qilinadi.”.
3.
35-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuborilgan topshiriqnomalar mazkur Yoʻriqnomaning 37-bandiga muvofiq bajariladi.”.
“37. Agar joriy tushumlar yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan mablagʻlarni 3 ish kuni mobaynida qaytarish imkoni boʻlmasa, ushbu mablagʻlar tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan qaytariladi.”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar joriy tushumlar yetarli boʻlmagan yoki mavjud boʻlmagan hollarda ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan mablagʻlarni 1 ish kuni mobaynida hisobga olish imkoni boʻlmasa, ushbu mablagʻlarni hisobga olish tegishli budjetning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.”;
5. 37
6-bandning
birinchi xatboshisidagi “5 ish kuni” degan soʻzlar “3 ish kuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.