Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 26-oktabrdagi 13-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2954, 2017-yil 7-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2954/0389-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi
ikkinchi va
uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh toifalari boʻyicha sportchilardan, trenerlardan, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislardan iborat
jamoalar;
trenerlar kengashi — sport turlari boʻyicha bosh (katta) trenerlar va trenerlar, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlarning rahbarlari va boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, sport federatsiyalari (uyushmalari) va sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarida tashkil etiladigan sportchilarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi kollegial organ;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.