Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2027-yil 12-yanvardan kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2023-yil 29-apreldagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3430, 2023-yil 4-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2023-y., 10/23/3430/0253-son) bilan tasdiqlangan Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 359-son “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar roʻyxatlariga kirmaydigan dori vositalari;”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 36-son
buyrugʻi (roʻyxat raqami 3604, 2025-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 10/25/3604/0089-son) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
“
prekursorlar — prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan, giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan, shuningdek, sanoat, farmatsevtika va boshqa sohalarda qoʻllanadigan kimyoviy moddalar.”;
“2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-iyundagi 337-son “Oʻzbekiston Respublikasida prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish va uzluksiz nazoratni taʼminlash chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi hamda 2026-yil 2-iyuldagi 359-son “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan belgilanadigan yuridik shaxslarning ehtiyoji doirasida amalga oshiriladi.”.
d) 65-bandning
toʻqqizinchi xatboshisidagi “davlat muassasasining Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga” degan soʻzlar “davlat muassasasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.