Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2, 01-88-son qarori (roʻyxat raqami 2198, 2011-yil 19-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish boʻyicha
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom asosiy faoliyat turi kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan koʻrsatilayotgan ichimlik suvi taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, issiq suv taʼminoti va isitish (issiqlik taʼminoti) xizmatlari (bundan buyon matnda kommunal xizmatlar deb yuritiladi) boʻyicha tariflarni shakllantirish va xarajatlar tarkibini aniqlash tartibini belgilaydi”.
2.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kommunal xizmatlarning tariflarini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Tashkilotlar koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlarga narxlarni (tariflarni) raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga muvofiq mustaqil belgilaydi.”.
5. 26-bandning
beshinchi xatboshisidagi “meʼyoriy hujjatlarni” degan soʻzlar “normativ hujjatlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ilova
belgisidan “va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ilova
matnidagi “Issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1687, 2007-yil 7-iyun)” degan soʻzlar “Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, ochiq va yopiq tizimlar orqali uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3846, 2026-yil 4-iyun)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.