Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 24-apreldagi 13/1-son qarori (roʻyxat raqami 3513, 2024-yil 21-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2024-y., 10/24/3513/0359-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi
nizom quyidagi mazmundagi 12
1-band bilan toʻldirilsin:
“121. Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan mijozlarni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish jarayonida foydalanilgan jismoniy shaxslarning biometrik maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart.
Mijozga tegishli biometrik boʻlmagan boshqa turdagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 27
1-moddasi
uchinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 16-iyuldagi 16/2-son qarori (roʻyxat raqami 3665, 2025-yil 13-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 10/25/3665/0749-son) bilan tasdiqlangan Faktoring elektron platformalarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha minimal talablar toʻgʻrisidagi
nizom quyidagi mazmundagi 10
1-band bilan toʻldirilsin:
“101. Tashkilot tomonidan mijozlarni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish jarayonida foydalanilgan jismoniy shaxslarning biometrik maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart.
Mijozga tegishli biometrik boʻlmagan boshqa turdagi shaxsga doir maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 27
1-moddasi
uchinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 19-avgustdagi 20/2-son qarori (roʻyxat raqami 3679, 2025-yil 23-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3679/0865-son) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar toʻgʻrisidagi
nizom quyidagi mazmundagi 19
1-band bilan toʻldirilsin:
“191. Kredit byurolari tomonidan mijozlarni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish jarayonida foydalanilgan jismoniy shaxslarning biometrik maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart.