Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 11-avgustdagi 51, 01/12-18/05-son qarori (roʻyxat raqami 2263, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 384-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi
oʻninchi xatboshisidagi “26-moddasiga” degan soʻzlar “27-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.