toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
qarori
Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2263-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 11-avgustdagi 51, 01/12-18/05-son qarori (roʻyxat raqami 2263, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 384-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarning xizmat haqi toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi oʻninchi xatboshisidagi “26-moddasiga” degan soʻzlar “27-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-iyul,
388-son
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S. MURODOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-iyul,
01/07-5-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2026-y., 10/26/2263-4/0778-son)