Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/23-son qarori (roʻyxat raqami 3042, 2018-yil 25-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/3042/1573-son) bilan tasdiqlangan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
19-bandida:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kredit byurosi binosida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi.”;
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.