Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga
ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 16-apreldagi 3/2-son qarori (roʻyxat raqami 3302, 2021-yil 7-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 10/21/3302/0486-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning
muqaddimasi “mikromoliya banklarida” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/9-son qarori (roʻyxat raqami 3432, 2023-yil 8-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/3432/0266-son) bilan tasdiqlangan Bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari hamda banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
muqaddimasi “mikromoliya banklari” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-son qarori (roʻyxat raqami 3697, 2025-yil 28-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., № 10/25/3697/0992) bilan tasdiqlangan Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning
muqaddimasi “mikromoliya banklari” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.